Научная статья на тему 'O‘QITISH VOSITALARINING TAʼLIM-TARBIYA JARAYONIDAGI AHAMIYATI'

O‘QITISH VOSITALARINING TAʼLIM-TARBIYA JARAYONIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta`lim / o‘qitish vositasi / ko‘rgazma / mutahassis / sinf / mikropreparatlar / tirik oʼsimlik va hayvonlar / kollektsiyalar / tuluplar / gerbariylar / osteologik materiallar / ob`ekt. / education / textbook / exhibition / specialist / class / micropreparations / living plants and animals / collections / tulips / herbariums / osteological materials / object.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Аxmadjonova S. Sh

Maqolada o‘qitish vositalaridan dars jarayonida foydalanish holatlari, o‘quvchi-talabalarning ayni fanga bo‘lgan qiziqishi, bilim, ko‘nikma, malaka egallashlarida ko‘rgazmali qurollarning o‘rni, hotirani shakllanishida, o‘tilgan ma`lumotlarni esda saqlab qolishda ko‘rgazmali qurollarning muhim rol o‘ynashligi to‘g`risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF TEACHING AIDS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

The article discusses cases of using teaching aids during a lesson, students' interest in the subject, the role of visual aids in the acquisition of knowledge, skills and abilities, in the formation of memory, and discusses the important role of visual aids.

Текст научной работы на тему «O‘QITISH VOSITALARINING TAʼLIM-TARBIYA JARAYONIDAGI AHAMIYATI»

Axmadjonova S.Sh., b.f. f.d., PhD

dotsent

Farg'ona davlat universiteti

O'QITISH VOSITALARINING TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI

AHAMIYATI

Annotatsiya: Maqolada o 'qitish vositalaridan dars jarayonida foydalanish holatlari, o 'quvchi-talabalarning ayni fanga bo 'lgan qiziqishi, bilim, ko 'nikma, malaka egallashlarida ko'rgazmali qurollarning o'rni, hotirani shakllanishida, o 'tilgan malumotlarni esda saqlab qolishda ko 'rgazmali qurollarning muhim rol o 'ynashligi to 'g^risida fikryuritiladi.

Kalit so'zlar: talim, o'qitish vositasi, ko'rgazma, mutahassis, sinf, mikropreparatlar, tirik o'simlik va hayvonlar, kollektsiyalar, tuluplar, gerbariylar, osteologik materiallar, ob "ekt.

Akhmadzhonova S.Sh., b.f. f.d., PhD associate professor Fergana State University

THE IMPORTANCE OF TEACHING AIDS IN THE EDUCATIONAL

PROCESS

Abstract: The article discusses cases of using teaching aids during a lesson, students' interest in the subject, the role of visual aids in the acquisition of knowledge, skills and abilities, in the formation of memory, and discusses the important role of visual aids.

Key words: education, textbook, exhibition, specialist, class, micropreparations, living plants and animals, collections, tulips, herbariums, osteological materials, object.

"Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishiga bog'liqdir.

O'zbekistondagi mehnat salohiyatining muhim xususiayti, ta'lim darajasining yuqoriligidir. Bu esa respublikaning inson salohiyati yuqori darajada rivojlangan iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlar bilan bir qatorga olib chiqadi.

Respublikada majburiy umumiy o'rta ta'lim qonun yo'li bilan mustahkamlab qo'yilgan. Bunday ta'limni umumiy ta'lim maktablari, litseylar, gimnaziyalar, o'rta kasb -hunar o'quv yurtlari va tijorat maktablarining keng tarmog'i orqali olish mumkin. Ya'ni hozir bilim darajasi jihatidan respublika haqli suratda o'qimishli mamlakatlar qatoriga kiradi.

Shunday sharoitlar davlat tomonidan yaratilganligi,o,qituvchilarga dars o'tish jarayonini masuliyatini yanada oshishiga olib keladi.

Dars qadimdan o'quvchi-o'qituvchi orasidagi muloqot bolib, zamon bilan hamnafas, o'qituvchi fikrini toldiruvchi, asoslovchi sifatida korgazmalarni keltirish mumkin.Korgazmalar turlicha bo'lishiga qaramasdan har doim yangilanib boradi.

Ta'lim berish jarayonida o'qituvchining asosiy vazifasi o'rganiladigan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda eng yuqori samara beradigan o'qitish vositalaridan foydalana olish sanati hisoblanadi. Yosh o'qituvchilar barcha sinflar uchun bir hil ko'rgazma olib kirilsa, malakali mutaxassislar sinf yoki guruxga o'qitish vositalarini tanlay olishadi.

O'qitish vositalari o'quvchi tanasida joylashgan analizatorlarni qancha ko'p tasirlay olishiga qarab darsning turli bosqichlarida qollaniladi. Masalan, ayrim o'quvchilar boshqa tengdoshlariga nisbatan ilmiy dunyoqarashi rivojlanganroq, barcha darslarni o'rganishga qiziquvchan, tajriba qo'ya oladigan, idrok etish, tasavvur qilish, esda saqlash, amalda qo'llash va natijalarni tekshira oladigan bo'lsa, ikkinchi o'quvchi bunday natijaga erisha olmaydi. Sabab, ular dars jarayonida o'qituvchini bir hil diqqat bilan eshitishmagan. Yoki keyingi partada o'tirgan xolda diqqati bo'lingan, aynan shu masala tufayli ko'p maktablarda birinchi parta muammosi hech kimga sir emas. Biologiya tizimidagi fanlarni o'qitish jarayonida tabiiy ko'rgazmali vositalar yetakchi o'rinni egallaydi. Tabiiy ko'rgazmali vositalarga mikropreparatlar, tirik o'simlik va hayvonlar, kollektsiyalar, tuluplar, gerbariylar, osteologik materiallar va shu kabilar kiradi. Albatta, hamma darsda ham tabiiy ob'ektlarni ko'rsatib bo'lmaydi. Ayrim ko'rgazmalar o'simlik va xayvonot dunyosini malum bir bosqichini ifodalovchi maxsus materiallardan ishlangan ko'rgazmalar bo'lishi mumkin. Ularga mulyajlar, statik va dinamik modellar, rasmlar, chizmalar, reltefli jadvallar kiradi. Ko'rgazma vositalariga shuningdek, har-xil laboratoriya asboblari, mikroskop, turli hil ignalar, lupa...kiradi. Bundan tashqari, o'qitishning texnik vositalariga, televizor, kompyuter, magnitafon kiradi. Shu sababli, ko'pgina o'simlik va hayvonlar, tirik tabiatning rivojlanish jarayonlari va qonuniyatlari maxsus tayyorlangan qisqa metrajli ko'rsatuvlar orqali tushuntiriladi, qushlarning ovozi eshitish orqali farqlanishi mumkin.

Biologiya tizimidagi fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari juda katta tezlikda ortib bormoqda. Tasviriy vositalarni kompyuter xotirasiga joylab, ulardan mavzuni o'rganish jarayonida foydalanish ko'zlangan natijani berishi mumkin. Axborot texnologiyalaridan multimedialarni namoyish etish, modul dasturlari orqali talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish, qo'shimcha material to'plash va ular ustida mustaqil ishlash, nazorat dasturlari va test topshiriqlari orqali talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholash, talabalarning qiziqishini rivojlantirishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Biologiyani o'qitishda og'zaki bayon, ko'rgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda hamkorlikda o'qitish, muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan

foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Interfaol metodlardan foydalanishda, o'quv partalarini ananaviy joylashuvini o'zgarishi, aynan "birinchi parta" muammosini yo'q qiladi. Jumladan, hamkorlik ta'limi texnologiyalari o'quv jarayonida o'quvchilarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bir-birlari bilan kelishuvni yuzaga keltiradi, birgalikda harakatlanishga o'rgatadi, bilimlarni birgalikda o'zlashtirishlari, o'zaro rivojlanishlari, shuningdek, o'zaro munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ta'minlaydi.

O'quvchilarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma'lum xulosalarga kelish kabi ko'nikma va malakalarni shakllantirishda muammoli ta'lim muhim rol o'ynaydi. Muammoli darslarning tashkillanishi o'quvchilarda avval o'zlashtirgan bilimlarini muammoni hal etishda qo'llash, yangi bilimlarni egallash ko'nikmalarini shakllantiradi, bilimlarni o'zlashtirish va amalda qo'llash malakasini rivojlantiradi, izlanuvchanligi, qiziqishi, mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati, aqliy kamoloti, zakovatini rivojlanishiga olib keladi.

Munozarali darslar ham muammoli ta'lim texnologiyasiga asoslanadi.Bu darslarning maqsadi o'quvchilarda o'z bilimini asoslash, nutqini o'stirish, bilish faoliyatini faollashtirish orqali tahsil olishga, fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini kengaytirish, qo'shimcha adabiyotlarni o'qish, avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qo'llash imkoniyatlarini beradi.

Xulosa qilib aytganda turli hil ko'rgazmalarni dars jarayonlarida almashtirb turish o'quvchilar bilimini oshishiga, yangi mavzuni oson o'zlashtirishiga yordam beradi, chunki bosh miya yangi ilgari ko'rilmagan ko'rgazma yoki jihozni o'zlashtirishga tezroq harakat qiladi. Aynan shu fiziologik jarayondan o'quvchilarga bilim berishda foydalanish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Axmadjonova, S. Sh., & Kayumova, O. I. (2021). Biologiya fanini o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyasidan foydalanish. Ob^estvo i innovatsii, 2(4/S), 4245.

2.Axmadjonova, S. Sh., & Kayumova, O. I. (2021). Ispoltzovanie texnologii problemnogo obucheniya v prepodavanii biologii. Ob^estvo i innovatsii, 2(4/S), 42-45.

3.Axmadjonova, S. Sh., & Akbarova."Yosh fiziologiyasi va gigienasi" fanini o'qitishda interfaol metodlarni qo'llash. Globallashuv sharoitida fan va ta'limni rivojlanish tendentsiyalarii. Respublika ilmiy-amaliy internet konferentsiyasii. Farg'ona. 2017

4.Akhmadjonova, S., & Turkistonova, M. (2020). USE OF DIDACTIC GAME TECHNOLOGY IN TEACHING YOUTH PHYSIOLOGY LESSONS.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.