Научная статья на тему 'JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O`QITISHNING O`QUVKO`RGAZMALI DIDAKTIK VOSITALARIDAN FOYDALANIShНИНГ AHAMIYATI'

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O`QITISHNING O`QUVKO`RGAZMALI DIDAKTIK VOSITALARIDAN FOYDALANIShНИНГ AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / jarayon / didaktik vosita / axborot / ma’lumot / maqsad / natija. / education / process / didactic means / information / goal / result.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qobiljonov Q.

mazkur maqolada o‘qitishning o‘quv-ko‘rgazmali vositalari, jumladan: real (natural) ko`rgazmali hamda axborotli-tarqatma vositalardan foydalanish va ularning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF USING TEACHING AND DEMONSTRATION DIDACTICAL TOOLS IN PHYSICAL EDUCATION LESSONS

This article outlines the use of educational and demonstration teaching aids, including: real (natural) and information-distributing means, as well as their importance in increasing the effectiveness of education.

Текст научной работы на тему «JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O`QITISHNING O`QUVKO`RGAZMALI DIDAKTIK VOSITALARIDAN FOYDALANIShНИНГ AHAMIYATI»

Qobiljonov Q. Buxoro davlat universiteti Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi o^qituvchisi

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O QITISHNING O QUV-KORGAZMALI DIDAKTIK VOSITALARIDAN FOYDALANIShHHHr

AHAMIYATI

Annotatsiya: mazkur maqolada o 'qitishning o 'quv-ko 'rgazmali vositalari, jumladan: real (natural) ko^rgazmali hamda axborotli-tarqatma vositalardan foydalanish va ularning ta'lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, jarayon, didaktik vosita, axborot, ma'lumot, maqsad,

natija.

Kobilzhonov K. lecturer

Department of Theory and Methods of Sports

Bukhara State University

THE IMPORTANCE OF USING TEACHING AND DEMONSTRATION DIDACTICAL TOOLS IN PHYSICAL EDUCATION LESSONS

Abstract. This article outlines the use of educational and demonstration teaching aids, including: real (natural) and information-distributing means, as well as their importance in increasing the effectiveness of education.

Key words: education, process, didactic means, information, goal, result.

Ilmiy va ilmiy texnikaviy axborotlarning keskin o'sishi va tinimsiz rivojlanib murakkablashib borishi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni turli sohalari bo'yicha egallanadigan malumotlarning ilmiy asoslarini o'zlashtirish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Bu hol talim, talim jarayonini, talim mazmunini va ularni tashkil etishning shakl, metod, vositalarini mukammalligini taminlash zaruriyatini tugMiradi. Bu zaruriyatni amaliy hal etishning yollaridan biri o'quv-tarbiya jarayonini didaktik vositalar majmui bilan yaqindan taminlashdir.

Zero, didaktik vositalar ayni paytda tinglovchi-o'quvchining ham eshitish, ham ko'rish organlariga tasir etib, ularning o'quv-biluv faoliyatlarini jadallashtirish, o'zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga tezroq tadbiq etish imkonini beruvchi vosita hisoblanadi.

Didaktik vositalar majmui tizimida o'qitishning o'quv-ko'rgazmali vositalari muhim talimiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Ilmiy-nazariy malumotlar va ta'lim muassasalari tajribasining ko'rsatishicha o'quv-ko'rgazmali vositalar o'qitishning didaktik vositalari

majmui mazmunidagi eng oddiy, eng qulay va qo'llash uchun har tomonlama oson hamda ko'p tarqalgan vositalar hisoblanadi.

O'qitishning o'quv-ko'rgazmali vositalarini ba'zan vizual, ya'ni o'qitishning tovushsiz vositalari deb ham atashadi. Chunki, o'quv-ko'rgazmali vositalarda axborotlar (ob'yekt) tasvirlangan bo'lib, ularda tovush bo'lmaydi. Shuning uchun ham ularni faqat namoyish etish mumkin bo'ladi.

O'qitishning o'quv-ko'rgazmali vositalarini ko'p qo'llanishining yana bir sababi, ular oddiy maktab sharoitida ham tayyorlanishi mumkin. Ularda ma'lumotlar (ob'yekt) qisqa, lo'nda, yo'nalishli, bayon etiladi. Shuning uchun ulardan foydalanish, ularni qo' llash va yaratish juda oson hisoblanadi. Shu o'rinda e'tirof etish joizki, jismoniy tarbiya darslarida o'quv-ko'rgazmali vositalar muntazam faoliyatda bo'lishi, o'qituvchining mavzuli-ishchi rejasida o'z ifodasini topishi uchun ta'lim muassasalarida o'quv-ko'rgazmalari vositalar kartotekasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

Kartotekada o'quv-ko'rgazmali vositaning nomi, mavzuli-o'quv dasturdagi mavzu raqami, qisqacha mazmuni ifodalanishi darkor. Chunki, bu vositadan aniq vaqtda, aniq mavzuda foydalanishni osonlashtiradi.

O'quv-ko' rgazmali didaktik vositaning juda ko' p turlari mavjud bo'lib, ular o'quv predmetlarining juda ko'p jihatlarini, kunlik turmushimizdagi hodisotlarni, ishlab chiqarish sohalaridagi ayrim lavhalarni aks ettiradi. Ulardan o'rinli foydalanish o'quv predmetining mazmunini qiziqarli, o'quv ma'lumotlarini ta'sirchan, o'quvchilar o'zlashtirish jarayonini samarali qiladi.

O'quv-ko'rgazmali vositalarini tor ma'noda ko'rgazmali vositalar, kengroq ma'noda o'qitishning didaktik vositalari deb atash qabul qilingan.

Axborotni uzatish, muayyan ko'rinishda izohlash nuqtai nazaridan natural o'quv-ko'rgazmali vositalar eng qulay va ko'p qo'llaniladigan vosita hisoblanadi.

Chunki, ularni tabiiy holda ko'rsatish imkoniyatlari katta. Ularni pechatli (chop etilgan) ko'rsatmali vositalar to'ldiradi. Ular mavjud va ularni ta'lim muassasasi sharoitida ham yasash mumkin. O'qitishning hajmli ko'rgazmali vositalari ko'p tarqalgani hamda ularni yaratish imkoniyati mavjudligi uchun ham ular eng qulay o'quv-ko'rgazmali vosita sanaladi.

Bugungi bozor iqtisodi sharoitida ulardan foydalanish faoliyat uchun samarali bo'ladi. Proektsion ko'rgazmali vositalar garchi texnika bilan bog'liqlik tomoni bo'lsada, ular ovozsiz namoyish etilganligi sababli ular ushbu guruhga kiritilgan. Ularni ham tabiiy holatda uncha ko' p mablag' sarflamasdan taxrlash va qo'llash mumkin bo'ladi.

Qayd etib o'tilgan, guruhlardan o'rin olgan o'quv-ko'rgazmali vositalardan foydalanganda, birinchidan, o'quv yurtining shart-sharoitidan kelib chiqish, ikkinchidan, o'quvchilarning ushbu didaktik vositaga munosabatlarini inobatga olish va nihoyat, uchinchidan, ularning samaradorligiga va didaktik jarayonning muhim tamoyillariga tayanish lozim bo'ladi. endi har bir guruhdagi o'quv-ko'rgazmali vositalar mazjmui bilan tanishib chiqamiz.

Real (natural) ko'rgazmali vositalar. Jadvalda qayd etilganidek bunday o'quv-ko'rgazmali vositalar, odatda biologiya, zoologiya, ishlab chiqarish mehnati, geografiya fanining ayrim bo'limlari, tasviriy san'at, adabiyot fanining ayrim bo'limlari (sahna asarlari)ni o'rganishda qo'llaniladi. Real (natural) o'quv-ko'rgazmali vositalar, iqtisodiy yo'nalishdagi fanlarni o'qitishda qo'llanilishi ham mumkin. Ammo, ular kam qo'llaniladi, chunki hajmli va chop etilgan (pechatli) o'quv-ko'rgazmali vositalar bu yo'nalish uchun kengroq imkoniyat kasb etadi. Chunki, ular ko'p. Real (natural) ko'rgazmali vositalar ishlab chiqarish jarayoni, mehnat, tabiat fanlarini o'rganish uchun eng ko'p ma'lumot beruvchi vositalar hisoblanadi. O'qitishning bu vositalari bir-birini to' ldiradi va mashg'ulot jarayonida uyg'unlashadi.

Talim samaradorligini oshirishda kollektsiya va doska katta rol' o'ynaydi. Maktab o'quv-ko'rgazmali kollektsiyalari deyilganda narsa va jihozlar inobatga olinib, ular muayyan belgilari (o'simlik, sudralib yuruvchi hayvonlar, suvda yashovchi hayvonlar va h.k.)ga qarab tanlab olingan va yangi axborotlarni bayon etish yoxud o'tilganlarni takrorlash, taqqoslash, maqsadida ishlatiladigan vositalar tushiniladi. Kollektsiyalar botanika, zoologiya, kimyo, fizika, amaliy mehnat mashg'ulotlarida ko'proq ma'lumdir. Masalan, o'simliklar kollektsiyasi, plastmassalar, tuzlar, kondensatlar va h.k.larni ko'p uchratish mumkin. Bu kollektsiyalarning ko'pchiligini o'qituvchi o'quvchilar yordamida maktab sharoitida tayyorlash imkoniyatiga ega.

Kollektsiyalar fan kabinetlarida, maxsus jihozlangan xonalarda, karidorlarda osib quyiladi va mavzuni o'rganish jarayonida undan foydalaniladi. Ularni maxsus karobkalarda saqlash, tarqatma material sifatida foydalanish ham mumkin. Ayniqsa talabalarning mustaqil ishlarini yo'lga qo'yish va amalga oshirishda kollektsiyalar katta yordam beradi.

Axborotli-tarqatma didaktik vositalar. Maktab amaliyotida qo'llaniladigan axborotli-tarqatma didaktik vositalar yangi bilim berish, yangi bilimlarni mustahkamlash va o'zlashtirilgan ma'lumotlarni muayyan jarayonda amalga oshirish uchun qo'llaniladi. Axborotli tarqatma didaktik vositalar chop etilgan yoki qo'lda yasalgan bo' lishi mumkin. Bunday didaktik vositalar topshiriq tarzida yoki test vazifasi shaklida qo'llaniladi.

Tajribaning ko'rsatishicha axborotli-tarqatma didaktik vositalarni nazariy mashg'ulotlarda qo'llash imkoniyati katta. Bunda ma'ruzachi mavzuning asosiy yo'nalishlarini bayon etgandan so'ng, ma'ruzadan o'quvchi-talabalarning qanchalik tasavvurga ega bo'lganliklarini aniqlash maqsadida tarqatma didaktik topshiriq tariqasida o'quvchilarga murojaat qilishi va asosiy ma'lumotlarni qay tarzda o'zlashtirilganligini bilib olishi mumkin bo'ladi.

Tarqatma didaktik vositalardan foydalanilganda o'qituvchi muayyan pedagogik qoidalarga rioya qilishi darkor. Bular:

- axborotli-tarqatma didaktik vosita davr talablarini o'zida ifodalaydigan DTS asosida tuzilgan bo'lishi;

- fan xususiyati, o'tilgan mavzu mazmunini o'zida ifodalashi;

- o'quvchi-talabalarda qiziqish, izlanuvchanlik, mustaqillik tuyg'ularini uyg'otishi;

- o' quvchi-talabalarning yoshi (1, 2, 3, 4 - kurs, guruh va h.k.), tayyorgarlik darajasiga mos bo'lib bilimini to'ldirishga ilhomlantira olishi;

- o'tilgan mavzu, bugun o'tiladigan mavzu va kelajakda o tilishi kerak bo'lgan mavzularni bir-biriga bog'lay olishga xizmat qila olishi darkor.

Qayd etilgan pedagogik talablarga rioya qilish, axborotli-didaktik tarqatma materiallarning mashg'ulot mazmundorligini oshirishiga, auditoriyada ishchanlik kayfiyatini tashkil etishiga va o' quvchi-talabalarning mustaqil ishlashlarini yo'lga qo'yishga hamda shu asosda o'quv axborotlarini puxta o'zlashtirishga katta yordam beradi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Ахмеджанов М.М., Тухтаева З.Ш. Дидактик воситалар мажмуаси. Укув кулланма. - Т.: «Фан ва технологиялар», 2008. -100-б.

2. Абдуллаев К.Ф., Бобомуродова Н.Ж. Физическая культура и спорт -эффективное средство предотвращения вредных привычек у подростков //Человек и природа, 2018. С. 195-198.

3. Абдуллаев К.Ф. Воспитание двигательных качеств подростков в семье // Вестник науки и образования, 2020. № 9-2 (87).

4. Абдуллаев К.Ф. Активный отдых как форма физического воспитания детей // Европа и Современная Россия. Интегративная функция педагогической науки в едином образовательном пространстве, 2018. С. 1821.

5. Кравчук, В. И., Б. Б. Маъмуров, and К. К. Кобилжонов. "Воспитание и спорт."

6. Кобилжонов К. Роль семьи в обучении детей национальной борьбе кураш //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 9-2 (87). - С. 67-69.

7. Кобилжонов К. К., Фазлиддинов Ф. С., Фозилова З. Ж. Идея совершенной личности в трудах мыслителей востока //Педагогическое образование и наука. - 2020. - №. 1. - С. 100-103.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.