Научная статья на тему 'DIDAKTIK TA`LIM VOSITALARI TALIM JARAYONI SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA'

DIDAKTIK TA`LIM VOSITALARI TALIM JARAYONI SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1257
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA`LIM / JARAYON / VOSITA / O`QUV MASHG`ULOTI / TAFAKKUR / FAOLIYAT / TEXNOLOGIYA / SAMARADORLIK / NATIJA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayev Q.F.

Mazkur maqolada ta`lim muassasalari o`quv-tarbiya jarayonining samaradorligini ta`minlash, bilim oluvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirishga ijobiy ta`sir ko`rsatuvchi zamonaviy didaktik-texnik vositalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari mazmuni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIDACTIC EDUCATIONAL TOOLS AS A FACTOR OF INCREASING THE EFFICIENCY OF THE EDUCATIONAL PROCESS

This article describes the content of the pedagogical conditions for the use of modern didactic and technical means that have a positive impact on the effectiveness of the educational process in educational institutions, the development of creative thinking of students.

Текст научной работы на тему «DIDAKTIK TA`LIM VOSITALARI TALIM JARAYONI SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA»

Abdullayev Q.F. pedagogika kafedrasi dotsenti

BuxDU

DIDAKTIK TALIM VOSITALARI TALIM JARAYONI SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA

Annotasiya: mazkur maqolada talim muassasalari o^quv-tarbiya jarayonining samaradorligini ta^minlash, bilim oluvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirishga ijobiy ta^sir ko^rsatuvchi zamonaviy didaktik-texnik vositalardan foydalanishningpedagogik shart-sharoitlari mazmuni yoritilgan.

Kalit so^zlar: talim, jarayon, vosita, o^quv mashg^uloti, tafakkur, faoliyat, texnologiya, samaradorlik, natija.

Abdullayev Q.F. associate professor pedagogy Bukhara State University

DIDACTIC EDUCATIONAL TOOLS AS A FACTOR OF INCREASING THE EFFICIENCY OF THE EDUCATIONAL PROCESS

Annotation: This article describes the content of the pedagogical conditions for the use of modern didactic and technical means that have a positive impact on the effectiveness of the educational process in educational institutions, the development of creative thinking of students.

Keywords: education, process, tool, training, thinking, activity, technology, efficiency, result.

Bugungi kunga kelib uzluksiz ta'lim tizimida va jamiyatda pedagoglik kasbi eng nufuzli, sharafli kasbga aylanib bormoqda. Bu esa o z navbatida pedagogik jarayonga tajribali va istedodli pedagoglarni jalb qilishni taqozo etadi. Ushbu dolzarb muammoni hal etishda, yani davlat talim standartlari talablari darajasidagi kadrlarni tayyorlash ishlari pedagoglar tomonidan faqatgina zamonaviy oqitish texnologiya va ouv-didaktik hamda vizual vositalarni qo'llab didaktik jarayonni tashkil etish va obyektiv boshqarish orqali ijobiy amalga oshirilishi mumkin.

Mashg'ulotlarni didaktik vositalardan foydalanib otkazish oqituvchi tomonidan tashkil qilinadi. Shuning uchun didakik vositalardan umumiy orta maktablarda darslarida, profesional ta limi va oliy ta lim muassasalarida esa ma ruza, amaliy mashg ulotlarni tayyorlash va o tkazish nazarda tutilgan. Buning uchun dastlab o quv dasturi, mavzu mazmuni yaxshilab o rganilib, elektron o quv darsligi yoki qo llanmasi, virtual ko rgazmalar, didaktik

materiallar tayyorlanadi. Bunda asosan nazariy ma'lumotlarni bayon etish, talabalarda nazariy-texnik tafakkurni rivojlantirish, kurs mazmuniga kiziqishni uyg'otish, mutaxassislikka tayyorlanish motivlarini rivojlantirish nazarda tutiladi.

1. Didaktik vosita yordamida o'quv mashg'ulotini tayyorlash. Didaktik vositalar majmuini o'quv mashg'ulotlarida tadbiq etganda, ayniqsa, audiovizual vositalarni qo'llash quyidagi tartibda amalga oshirilishi tavsiya etiladi:

a) Didaktik vositalarni o'quv mashg'ulotiga tayyorlash:

b) didaktik vosita ma'lumotlarini idrok etishga o'quvchilarni tayyorlash: g) didaktik vositalar mazmunidagi materiallarni namoyish etish uchun

o'qituvchining qisqa izohi.

d)didaktik vositalardagi ma'lumotlarni o'quvchi xotirasida mustahkamlashni tashkil etish;

j)didaktik vositalar majmun mazmunidagi ma'lumotlarni to'ldirish uchun uyga topshiriqlar berish va h.k.

Shuningdek, texnika vositasi, audio, vedeo vositalarini darsga tayyorlaganda, ularni bir necha marta sinab ko'rishi, mutaxassis bilan maslahatlashib apparaturani sinovdan o'tkazishi lozim. Shunga ishonch hosil qilgandan so'ng didaktik vositani namoyish etishga kirishish mumkin.

b) didaktik vosita ma'lumotlarini idrok etishga o'quvchilarni tayyorlash uchun, avvalo, didaktik vosita namoyish qilinishdan oldin, unda aks ettirilgan ma'lumotning o'quv fani, o'quv dasturi, o'quv mavzusi tizimida tutgan o'rnini o'quvchilar diqqatiga havola etish uchun ular haqida izoh berish talab etiladi.

Shunday qilib, o'qituvchi o'quvchilarni didaktik vositalar majmui mazmunini idrok etishda tayyorlar ekan har doim va hamma vaqt:

-didaktik vosita mazmunidagi ma'lumotlar bilan o'quv mavzusi ma'lumotlarining uzviy birligi;

-didaktik vositaning ma'lumotlarini xato ozlashtirilishini oldini olishni; -didaktik vosita yordamida oquvchilar bilimini chuqurlashtirish, ko nikma va malakalarni kengaytirish kabi masalalarni yoddan chiqarmaslik lozim.

- didaktik vosita yordamida o' quv ma' lumotlarini bayon etish. Zamonaviy vitual ko'rgazmalar dasturiy maxsulotlar bo'lib, ularni yaratishda kamida ikki kishi qatnashadi: mazmun qismi muallifi va dasturchi.

Vitual ko'rgazmani yaratishdagi muammolardan yana biri, muallif ijodini kompyuter dasturi ko'rinishiga keltirishda muallif va dasturchini o'zaro hamkorligidir. Qiyinchilik shundan iboratki muallif kompyuter dasturlari imkoniyati to'g'risida yaxshi tasavvurga ega bo'lmaydi, dasturchi esa yaratilayotgan darslik predmeti bo'yicha mutaxassis emas.

Virtual ko'rgazmalar bir-biridan tubdan farq qiladigan uch shakldagi dasturga ajratildi:

Interaktiv namoyishlar. Ko'p hollarda namoyishli dasturlar kompyuterli laboratoriya bola olmaydi, chunki etarli interaktiv elementlarga ega bo'lmaydi, lekin funktsiyalarini tajriba o'tkazish buyurtmasi bo'yicha bajarishi mumkin. Ko'p hollarda bunday dasturlar o'quv materialini qabul qilish uchun qo'shimcha vosita sifatida elektron darslik qismi bo'lishi mumkin.

Oddiy modellar: Eng ko'p uchraydigan turi. Oddiy model odatda tajriba ishi modeli bo'ladi. Ba'zi belgilariga ko'ra birlashtirilgan oddiy modellar to'laqonli virtual kompyuter laboratoriyasi bo'ladigan tajriba ishlari to'plami bo'ladi.

Bunday turdagi laboratoriyani keng tarqalganligi, ularni yaratish osonligida, chunki bitta yoki ikkita matematik ifoda bilan yoziladigan bitta oddiy jarayon ko'rib chiqiladi, turlicha laboratoriya ishlari esa bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda turli dasturchilar tomonidan bajarilishi mumkin. Bunday yondashuvni universal tizim yaratish shart bo' lmaganda, uncha katta bo' lmagan tajriba ishlari kursi yaratish uchun tavsiya qilinadi.

Universal laboratoriya: Agar uning imkoniyatlaridan bitta tajribada turlicha hodisalarni tajribadan o'tkazishda foydalanish imkoniyati bo lsa, kompyuterli laboratoriyalar haqiqatda universal hisoblanadi. Universal laboratoriya-larni yaratish tajribali dasturchilar guruhi tomonidan, ko'p hollarda ilmiy yoik ishlab chiqarish bilan bog'liq modellashtirish tizimini tajriba sifatida qo'llab amalga oshiriladi.

Pedagogik texnologiyaning xislati shundaki, unda qo'yilgan maqsadlargaerishish kafolatini beruvchi o'quv jarayoni yaratiladi va amalga oshiriladi. O'qitish texnologiyasi quyidagi asosiy elementlarni o'z ichiga oladi:

-o'quv maqsadlarini o'ta aniq darajada ishlab chiqarish, ularni o'lchash va baholash mezonlarini tanlab olish;

-qo'yilgan o'quv maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan o'quv jarayonini ishlab chiqish va aniq ifoda etish;

-o'quv maqsadlarini, butun o'quv jarayonini, o'qitish natijalariga kafolatli erishishga yo'naltirish;

-o'qitish natijalarini, operativ zudlik bilan baholash va o'qitish jarayonida tuzatishlar kiritish;

-o'qitish natijalarini, operativ zudlik bilan baholash va o'qitish jarayonida tuzatishlar kiritish; o'qitish natijalarini yakuniy baholash.

Shunday qilib, nazariy va amaliy mashg'ulotlar jarayonida didaktik vositalar majmuidan foydalanish, birinchidan, talabalarning o'quv didaktik va texnik tafakkurini shakllantirishga, zamonaviy texnika vositalari bilan ishlash ko'nikmalarini hosil qilishga yordam bersa; ikkinchidan o'rganadigan fanlar mazmunini yangi davr talablaridagi ma'lumotlar bilan to'ldirishni, manbalar bilan mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarini shakllanishiga amaliy yordam ko'rsatadi; uchinchidan, didaktik vositalar majmuini mashg'ulotlarga keng qo'llashga o'qituvchi-professorlarni yo'naltiradi; to'rtinchidan, talaba-o'quvchilarning xotirasini, ijodiy qobiliyatlarini, jismoniy barkamolligini

rivojla-nishini taminlaydi; beshinchidan, oquv-tarbiya jarayonini jadallashtirish, mukammallashtirishning pedagogik asoslarini kuchaytiradi va o qishning insonparvarlashtirish tamoyilini ro yobga chiqarish orqali bo lajak mutaxassislarni ma naviy-axloqiy salohiyati va kasbiy mahoratni oshirishga imkon yaratadi.

Shuning uchun ham, oqitishning didaktik vositalarini nazariy va amaliy mashgulotlar jarayoniga tadbiq etish kadrlar tayyorlash milliy dasturi nazarda tutgan asosiy vazifa hisoblanadi.

Faoydalanilgan adabiyotlar:

1. Кравченя, Э.М. Технические средства обучения и методика их применения: методическое пособие / Э.М. Кравченя. - Минск: БНТУ, 2011. - 55 с.

2. АБДУЛЛАЕВ К. Ф. Мыслители востока о педагогической профессии //Культура мира и ненасилия подрастающего поколения: ракурсы интерпретации и педагогические условия развития. - 2020. - С. 117-120.

3. Абдуллаев К. Ф., Бобомуродова Н. Ж. К проблеме взаимодействия общества и природы //Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI века. - 2019. - С. 255-256.

4. Бобомуродова Н. Ж. ЗАДАЧИ ШКОЛЫ ПО ОХРАНЕ ПРИРОДЫ ШКОЛЬНИКОВ //Вопросы науки и образования. - 2021. - №. 13 (138). - С. 18-20.

5. Abdullayev Q.F., Sharipova S.X. QADIMGI PANDNOMALARDA OILA TARBIYASI MAZMUNI //Экономика и социум. - 2022. - №. 4-1 (95). - С. 7-11.

6. Абдуллаев К. Ф. Истоки начального образование у зороастрийцев //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2011. - №.

7. - С. 116-119.

7. Амонов М. Н. ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЕ ОРГАНИЗАТОРСКИХ КАЧЕСТВ У УЧАЩИХСЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КОЛЛЕДЖЕЙ //Научное пространство: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2020. - С. 9-14.

8. Amonov M. N. THE PROBLEMS OF DESIGNING PROFESSIONAL SKILLS AND INDEPENDENT TRAINING OF FUTURE TEACHERS IN UZBEKISTAN //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. -№. 3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.