Научная статья на тему 'O‘KUZBEKLAR VA AYNLARDAGI UMUMMADANIY ILDIZLAR'

O‘KUZBEKLAR VA AYNLARDAGI UMUMMADANIY ILDIZLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
50
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alloh / olam / inson / yer / Safiyulloh / Nuh / Ibrohim / Muhammad / Som-Abulajam / Hom-Abulhind / Yofas-Abut-turk / Tur / Turon / Turkiston / turlar / o‘kuzbeklar / aynlar / sakura / chiya / Jabarqa / Kun / olov / Hayotbaxsh / taom / himoya / enlama (kenglik) nuqtalari / qutjilarning tamg‘asi / Gvatemala / Quchi shahri / o‘choq / issiqlik / havo / toshtemir / chukun / temir / po‘lat / buddizm / kushonlar / jabag‘u / Buyuk Irak yo‘li / Dalvarzintepa / Xolchayontepa / Fayoztepa / Qoratepa / Allah / universe / human / Earth / Safiyullah / Noah / Ibrahim / Muhammad / Som-Abulajam / Hom-Abulhind / Yofas-Abutturk / Tur / Turan / Turkestan / types / Uzbeks / Ayns / sakura / Chiya / Jabarqa / Kun / fire / Life-giving / food / protection / latitude (latitude) points / sign of boxes / Guatemala / Guchi city / furnace / heat / air / flint / cast iron / iron / steel / Buddhism / cushions / jabagu / Great Iraqi Road / Dalvarzintepa / Holchayontepa / Fayoztepa / Karatepa.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Lafasov, Urak

Ushbu (“O‘kuzbeklar va aynlardagi umummadaniy ildizlar”) maqolada buyuk qudrat egasi Alloh olamni yaratib insonlarning adolatli va erkin yashashlarini ta’minlash uchun islom qonunlarini joriy qilganligi, yer yuziga odam bilan islom birga tushirilganligi va Yaratgan islomni to‘rt marta yangilanganligi haqida yozilgan. Ushbu yangilanishlar Safiyulloh, Nuh, Ibrohim va Muhammad(s.a.v) davrida bo‘lganligi ta’kidlangan. Hozir yerda yashayotgan insonlar Nuhning uch o‘g‘li Som-Abulajam, Hom-Abulhind, Yofas-Abut-turkdan tarqaganligi aytib o‘tilgan. Ota duosini olgan Yofas (Tur)ga Turon va Turkiston berilganligi va uning avlodlari turlar deb atalganligi, turlarning aslzodalari o‘kuzbeklar, yaponlarga asos bo‘lgan aynlar esa turlarga mansubligi, yaponlardagi sakura aslida chiya, Yaponiyaning asl nomi Jabarqa “quruqlik bor joy” ekanligi sharhlangan. Biz yashayotgan yulduzlar turkumida quvvatlanish manbai sifatida Kun (Quyosh) yaratilganligi, yerdagi ikkinchi quvvatlanish manbai olov sababli Safiyulloh va Hayotbaxsh zurriyotlari taom lazzati va himoya qudratini his qilganligi ta’kidlangan. yer yuzida Ko‘kdagi sayyora va yulduzlar tiniq ko‘rinadigan beshta enlama (kenglik) nuqta borligi, ularning barchasi turlar yashaydigan hududda ekanligi, nuqtalar birlashtirilganda aylana shakl yuzaga kelishi, enlama shakl esa qutjilarning tamg‘asi bo‘lganligi, Kun chiqishdagi jabarqa va Kun botishdagi indeyts aynlarda ham ana shu tamg‘a hozirgacha saqlanganligi qayd etilgan. Amerika qurjilarining tilidagi turkiy so‘zlar, Gvatemaladagi Quchi shahri, turlar olovdan unumli foydalanish uchun o‘choqni kashf qilganligini, issiqlik va havo yordamida toshtemirni eritib chukun, temir va po‘lat olganligi to‘g‘risida ma'lumot berilgan. yer sharida islom, xristian dinlaridan so‘ng keng tarqalgan buddizm ekanligi, kushonlar davridagi buddizmga tegishli qadimiy obidalar O‘zbekistonning Surondaryo viloyati hududida saqlanganligi, kushon hukmdorlari jabag‘u//yobu deb atalganligi, Buyuk Irak yo‘lini uchta tarmog‘i Kushon saltanati hududdidan o‘tganligi, budda obidalarini o‘rganishda faol qatnashgan yapon olimi Kato Kyudzo, Dalvarzintepa, Xolchayontepa, Fayoztepa va Qoratepa kabi obidalar haqidagi izohlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMMON CULTURAL ROOTS IN UZBEKS AND AYNS

This article (“Common cultural roots in Uzbeks and Ayns”) shows that God, the owner of great power, created the world and introduced Islamic laws to ensure that people live justly and freely. In addition, it is written that Islam was brought down to earth together with man and that Allah renewed Islam four times. It is stated that these updates were during the time of Safiyullah, Noah, Ibrahim and Muhammad (pbuh). It is mentioned that the people living on earth now spread from Noah's three sons, Som-Abulajam, Hom-Abulhind, Yofas-Abutturk. It is stated that Jofas (Tur), who received the blessing of the father, was given Turan and Turkestan, and his descendants were called Turs. It is explained that the ancestors of the species are the Uzbeks, and the Ain, who are the basis of the Japanese, belong to the species. It is noted that Sun (Sun) was created as a source of energy in the constellation we live in, and the second source of energy on Earth is fire, so the descendants of Safiyullah and Hayotbakhsh felt the taste of food and the power of protection. It is stated that there are five points of latitude (latitude) on the earth where the blue planet and stars are clearly visible, all of them are in the habitat of the species, when the points are combined, a circle is formed, and the latitude is the mark of the boxes. It is noted that the same mark is still preserved in the Jabarka at sunrise and indates at sunset. Turkic words in the language of the Amerindians, the city of Kuchi in Guatemala, state that the species invented the hearth for the efficient use of fire. It is reported that iron and steel were obtained by melting cast iron with the help of heat and air. It has been mentioned that Buddhism is widespread after Islam and Christianity, and that the ancient monuments related to Buddhism during the Kushon era were preserved in the Surkhandarya region of Uzbekistan. The Kushan rulers were called Jabagu/Yabu, three branches of the Great Silk Road passed through the territory of the Kushan kingdom, the Japanese scholar Kato Kyuzo, who actively participated in the study of Buddhist monuments, commented on such monuments as Dalwarzintepa, Holchayontepa, Fayoztepa, and Karatepa.

Текст научной работы на тему «O‘KUZBEKLAR VA AYNLARDAGI UMUMMADANIY ILDIZLAR»

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman

3(20), March, 2023

O'KUZBEKLAR VA AYNLARDAGI UMUMMADANIY ILDIZLAR Common cultural roots in Uzbeks and Ayns

d https://doi.org/10.5281/zenodo.8091869

LAFASOV Urak F.f.n., dotsent, TDSHU

ANNOTATSIYA

Ushbu ("O'kuzbeklar va aynlardagi umummadaniy ildizlar") maqolada buyuk qudrat egasi Alloh olamni yaratib insonlarning adolatli va erkin yashashlarini ta'minlash uchun islom qonunlarini joriy qilganligi, yer yuziga odam bilan islom birga tushirilganligi va Yaratgan islomni to'rt marta yangilanganligi haqida yozilgan. Ushbu yangilanishlar Safiyulloh, Nuh, Ibrohim va Muhammad(s.a.v) davrida bo'lganligi ta'kidlangan. Hozir yerda yashayotgan insonlar Nuhning uch o'g'li Som-Abulajam, Hom-Abulhind, Yofas-Abut-turkdan tarqaganligi aytib o'tilgan. Ota duosini olgan Yofas (Tur)ga Turon va Turkiston berilganligi va uning avlodlari turlar deb atalganligi, turlarning aslzodalari o'kuzbeklar, yaponlarga asos bo'lgan aynlar esa turlarga mansubligi, yaponlardagi sakura aslida chiya, Yaponiyaning asl nomi Jabarqa "quruqlik bor joy" ekanligi sharhlangan. Biz yashayotgan yulduzlar turkumida quvvatlanish manbai sifatida Kun (Quyosh) yaratilganligi, yerdagi ikkinchi quvvatlanish manbai olov sababli Safiyulloh va Hayotbaxsh zurriyotlari taom lazzati va himoya qudratini his qilganligi ta'kidlangan. yer yuzida Ko'kdagi sayyora va yulduzlar tiniq ko'rinadigan beshta enlama (kenglik) nuqta borligi, ularning barchasi turlar yashaydigan hududda ekanligi, nuqtalar birlashtirilganda aylana shakl yuzaga kelishi, enlama shakl esa qutjilarning tamg'asi bo'lganligi, Kun chiqishdagi jabarqa va Kun botishdagi indeyts aynlarda ham ana shu tamg'a hozirgacha saqlanganligi qayd etilgan. Amerika qurjilarining tilidagi turkiy so'zlar, Gvatemaladagi Quchi shahri, turlar olovdan unumli foydalanish uchun o'choqni kashf qilganligini, issiqlik va havo yordamida toshtemirni eritib chukun, temir vapo'lat olganligi to'g'risida ma'lumot berilgan. yer sharida islom, xristian dinlaridan so'ng keng tarqalgan buddizm ekanligi, kushonlar davridagi buddizmga tegishli qadimiy obidalar O'zbekistonning Surondaryo viloyati hududida saqlanganligi, kushon hukmdorlari jabag'u//yobu deb atalganligi, Buyuk Irak yo'lini uchta tarmog 'i Kushon saltanati hududdidan o'tganligi, budda obidalarini o'rganishda faol qatnashgan yapon olimi Kato Kyudzo, Dalvarzintepa, Xolchayontepa, Fayoztepa va Qoratepa kabi obidalar haqidagi izohlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Alloh, olam, inson, yer, Safiyulloh, Nuh, Ibrohim, Muhammad, Som-Abulajam, Hom-Abulhind, Yofas-Abut-turk, Tur, Turon, Turkiston, turlar, o'kuzbeklar, aynlar, sakura, chiya, Jabarqa, Kun, olov, Hayotbaxsh, taom, himoya, enlama (kenglik) nuqtalari, qutjilarning tamg'asi, Gvatemala, Quchi shahri, o'choq, issiqlik, havo, toshtemir, chukun, temir, po'lat, buddizm, kushonlar, jabag'u, Buyuk Irak yo'li, Dalvarzintepa, Xolchayontepa, Fayoztepa, Qoratepa.

ABSTRACT

This article ("Common cultural roots in Uzbeks and Ayns ") shows that God, the owner of great power, created the world and introduced Islamic laws to ensure that people live justly and freely. In addition, it is written that Islam was brought down to earth together with man and that Allah renewed Islam four times. It is stated that these updates were during the time of Safiyullah, Noah, Ibrahim and Muhammad (pbuh). It is mentioned that the people living on earth now spread from Noah's three sons, Som-Abulajam, Hom-Abulhind, Yofas-Abutturk. It is stated that Jofas (Tur), who received the blessing of the father, was given Turan and Turkestan, and his descendants were called Turs. It is explained that the ancestors of the species are the Uzbeks, and the Ain, who are the basis of the Japanese, belong to the species. It is noted that Sun (Sun) was created as a source of energy in the constellation we live in, and the second source of energy on Earth is fire, so the descendants of Safiyullah and Hayotbakhsh felt the taste offood and the power of protection. It is

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman

3(20), March, 2023

stated that there are five points of latitude (latitude) on the earth where the blue planet and stars are clearly visible, all of them are in the habitat of the species, when the points are combined, a circle is formed, and the latitude is the mark of the boxes. It is noted that the same mark is still preserved in the Jabarka at sunrise and indates at sunset. Turkic words in the language of the Amerindians, the city of Kuchi in Guatemala, state that the species invented the hearth for the efficient use of fire. It is reported that iron and steel were obtained by melting cast iron with the help of heat and air. It has been mentioned that Buddhism is widespread after Islam and Christianity, and that the ancient monuments related to Buddhism during the Kushon era were preserved in the Surkhandarya region of Uzbekistan. The Kushan rulers were called Jabagu/Yabu, three branches of the Great Silk Road passed through the territory of the Kushan kingdom, the Japanese scholar Kato Kyuzo, who actively participated in the study of Buddhist monuments, commented on such monuments as Dalwarzintepa, Holchayontepa, Fayoztepa, and Karatepa.

Key words: Allah, universe, human, Earth, Safiyullah, Noah, Ibrahim, Muhammad, Som-Abulajam, Hom-Abulhind, Yofas-Abutturk, Tur, Turan, Turkestan, types, Uzbeks, Ayns, sakura, Chiya, Jabarqa, Kun , fire, Life-giving, food, protection, latitude (latitude) points, sign of boxes, Guatemala, Guchi city, furnace, heat, air, flint, cast iron, iron, steel, Buddhism, cushions, jabagu, Great Iraqi Road, Dalvarzintepa, Holchayontepa , Fayoztepa, Karatepa.

Buyuk qudrat egasi bo'lgan Alloh olamni yaratib, insonlar adolatli va erkin yashashlarini ta'minlash uchun islom qonunlarini joriy qildi. Yer yuziga odam bilan islom birga tushirilgan. Yaratuvchi zot Yer yuzidagi islomni to'rt marta yangilagan. Shu bois ulug' ulamolar o'z tilovatini: "Avval Odam Safiyulloh, Nuh nabiyulloh, Ibrohim halilulloh, Muhammad rasululloh", deb boshlaydilar. Buning ma'nosi shuki, islom Yerga Safiyulloh bilan birga kelgan. So'ng Huh yalavaj davrida va Ibrohim payg'ambar vaqtida yangilangan. To'rtinchi yangilanish pasul Muhammad(s.a.v) davrida bo'lib, muqaddas va o'zgarmas kitob Qur'oni Karim nozil bo'lgan.

Mirzo Ulug'bek to'fon tufayli Nuhning kemasida jon saqlagan odamlarning quruqlikkka qaytish voqeasini shunday bayon qilgan: "Onhazrati Nuh alayhissalom va u kishining uch farzandi: Som, Hom, Yofas, Nuh alayhissalom o'g'illarining xotinlaridan tashqari hech kim qolmadi1". Vaqt o'tib Nuh payg'ambar o'g'illariga Yer yuzidagi hududlarni taqsimlab bergan: "Shom, Jazira, Iroq, Fors, Xuroson (Eron), Ozarbayjon, aksar Vasatiya ma'mur mamlakatlarini Somga bergan edi2". Shuning uchun Som ibn Nuh "Abul-ajam" nomini olgan. "Marg 'ib diyori va Habasha shaharlari, Zanax, Hinduston orollari, Hindu Sund va Sudon Hom hissasiga tushgan edi3". Shundan so'ng Hom ibn Nuhga "Abul-hind' sifati berilgan. Nuh yalavaj "Turonzamin va Turkistonni Yofas alayhissalom uchun asrab qo'ygan edi4". Shu sababli uni "Abut-turk" deyishgan. Nuhning o'g'li Yofas ota nomusini jasurlik va jur'at bilan himoya qilgani uchun otasi: "Sening avlodlaring islom qo'riqchilari bo'lsin va ularning orasidan payg'ambarlar chisin", deb duo qilgan. Yofas ibn Nuhning ikkinchi nomi Tur bo'lgan va uning avlodlari turlar deb atalgan. Ularning aslzodalari qutji, qiyot, qong'irot, nayman, ya'ni o'kuzbeklar hisoblanadi.

Yofas (Tur) ibn Nuh

Turon turlar Aynlar

Otasini o'ta darajada hurmat qilgani va ulug' sanagani bois Tangri ularga beqiyos darajada aql-zakovat ato etdi. Shuning uchun turlar dunyo tamaddunini boshlab bergan va doimo tamaddun asoschilari sifatida qadrlangan qavmlardir. Yaponlarga asos bo'lgan el qutjilar va qong'irotlar tarkibida hozir ham saqlangan ayn(aynli)lardir. Qutchilar yashaydigan Chiyali (Sakurali)da hozir

1 Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Т., "Чулпон" нашриёти, 1994, 28-бет.

2 Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Т., "Чулпон" нашриёти, 1994, 31-бет.

3 Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Т., "Чулпон" нашриёти, 1994, 32-бет.

4 Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Т., "Чулпон" нашриёти, 1994, 34-бет.

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman

3(20), March, 2023

ham chiya (sakura) o'sadi. Qutjilarning asosiy tamg'asi aylana, quyoshga o'xshash shakldir. Aynlarning bir qismi Chin-Mochin orqali Yapon orollari Jabarqaga borib qolishgan5. Jabarqa (Yaponiya) ham Buyuk Turon tarkibiga kirgan. Mazkur ma'lumot Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asarida keltirilgan6. Jabarqa termini quyidagi so'zlarning birikuvidan yuzaga kelgan: täjjla. 7 ( U ja8 - joy, jj bar9 - bor, & qa(q)10 - quruqlik) ya'ni "quruqlik bor joy" gup. Mazkur orollarda turkiy xalqlarning yaqin qarindoshlari aynlilar istiqomat qilishadi.

Tengsiz yaratuvchi zot Parvardigor insonlar yashaydi deb bino qilingan yulduzlar turkumiga asosiy quvvatlanish (energiya) manbai sifatida Kun (Quyosh)ni yaratib bergan. Yer sharida istiqomat qiladigan odamlar qo'shimcha kuch-quvvatga ega bo'lishlari uchun ularga ikkinchi quvvatlanish (energiya) manbai bo'lgan o't (o/ov)ni in'om qilgan. Yerdagi Odam-tuproq (asl ismi Safiyulloh-tanlangan11) ota va Havvo-egi/gan suyak (asl ismi Hayotbaxsh-tirik12) onaning zurriyotlari olov yordamida himoyani, taom lazzatini his eta boshladilar.

Yer yuzida Ko'kdagi sayyora va yulduzlar juda tiniq ko'rinadigan beshta enlama (kenglik) nuqta bor. Bularning to'rttasi turkiy aynlar yashaydigan hududda, bittasi esa yabon aynlari istiqomat qiladigan hududda joylashgan. Ana shu beshta nuqtalar birlashtirilganda enlama (aylana) shakl yuzaga keladi. Osmon ilmidan xabardor bo'lgan qutjilar qadimdan enlama shaklni o'zlarining asosiy tamg'a sifatida e'zozlashgan.

Enlama (kenglik) nuqtalar

Yukayya (AQSH, turkiylar) Geytersberg (AQSH, turkiylar) Karloforte (Italiya) Kitob (O'zbekiston) Mitsudzava (Yaponiya)

5 U.P.Lafasov. Relationship between Turks and Japanese. "International jornal of scientific & texnology research". Volume 9, Issue 02, February 2020, page 3935.

6 Махмуд Кошгарий. Девону лугатит турк. Уч томлик. I том. Т., 1960. "Фан" нашриёти. 65-бет.

7 Махмуд Кошгарий. Девону лугатит турк. Уч томлик. I том. Т., 1960. "Фан" нашриёти. 65-бет.

8 Русско-персидский словарь. Москва. Издательство "Советская энцилопедия". Стр. 392.

9 Махмуд Кошгарий. Девону лугатит турк. Уч томлик. I том. Т., 1960. "Фан" нашриёти. 341-бет.

10 Махмуд Кошгарий. Девону лугатит турк. Уч томлик. II том. Т., 1963. "Фан" нашриёти. 386-бет.

11 Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Т., "Чулпон" нашриёти, 1994, 16-бет.

12 Нишонбой Х,усанов. Узбек антропонимлари тарихи. Тошкент: "Навруз" 2014, 36-бет.

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman

3(20), March, 2023

Turlarning bir qismi bo'lgan aynlar tabiiy quvvatlanish manbai Kunning chiqish joyini topish maqsadida Chiqish (Sharq) tomon ko'chishgan va Yaponiya orollariga borib qolishgan, ammo ular ota-bobolarining aylana tamg'asini saqlab qolishgan. Aslida aynlilar o'z ichida ikki aymoqqa ajraladi: 1) oq tuv (tug')li; 2) qora tuv (tug')li13.

Qutjilar bayrog'i Amir Temur bayrog'i

o

Turlar tarixida aylana tamg'ali bayroq ilgaridan bo'lgan. Sohibqiron Amir Temur va Mahmud G'aznaviy bayroqlarida ham ushbu tamg'ani ko'rish mumkin.

13 U.P.Lafasov. Cultural roots of okuzbeks and Japanese. International Journal of Early Childhood Special Education.Vol 14, Issue 02, 2022, page 4220.

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik (E)ISSN:2181-1784

tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman www.oriens.uz

mmmmw№2 3(20), March, 2023

Turlarning bir qismi bo'lgan aynlar tabiiy quvvatlanish manbai Kunning botish joyini topish maqsadida Botish (G'arb) tomonga ko'chishgan. Ular Bering quruqligi (keyin bo'gozga aylangan) orqali Amerika qit'asiga kirib borishgan.

Indeyslar bayroqlari

Keyin Markaziy Amerika (Gvatemala 14)ga borib makon qurishgan. U yerda hozir ham Quchi shahri bor. Mazkur turlar ota-bobolarining urf-odatlari, udumlarini saqlab qolishgan. Ularning tilida hozir ham turkiy so'zlar asosiy ko'pchilikni tashkil qiladi. Amerikalik tur, ya'ni quchilar tilida qo'llanayotgan quyidagi sozlarni misol sifatida keltiramiz. M.: chak (o'choq), Sol-Kun (Sana-Kun, ya'ni taqvim-kalendar), kalama (qatlama), chal (chol-oqsoqol), Kun (Quyosh), kul (qo'l), ul (o'g'il), ach (ochmoq), baldiz (baldiz-qaynsingil), chok (ko'p), ip (ip), ich (ichmoq), kiyik (kiyik), kayak (qayiq), koy (qo 'ymoq), kuk (ko 'k, osmon), ulu (ullu, ulug'), kuch (kuch), ok (o 'q), ol (olmoq), son (so 'ng), jel (el-shabada)15.

Aynlar

O'kuzbeklar (qutjilar) Indeys-mayyalar (qujilar) Aynlar (qutjilar)

14 https://bigenc.ru/ethnologv/text/2070658

15 https://youtu.be/PKBa

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman

3(20), March, 2023

Insonlar ishonchli himoyada yashashlari, o'zlarini, dinini, mamlakatlarini qo'riqlashlari shart edi. Buning uchun sinmaydigan, qattiq va mustahkam qurol-yarog'lari zarur edi. Shu sabab Yaratgan Yerga koinotdan toshtemirni tushurdi. Toshtemirni olov yordamida eritishning sirini turlar (islom qo'riqchilari)ga ato etdi. Ular avval o't yoqishni o'rgandilar. Olovdan unumli foydalanish uchun o't+yoq=o 'tyoq - o'choq kashf qilishdi.

Yerdagi quvvatlanish manbai

o't (olov) o't+yoq(chaq)=o'choq

Turkiylarning aslzodalaridan qutjilar aqlni ishga solib, issiqlik yordamida toshtemir eritishni o'rgandilar. Issiqlikni me'yoriy yo'naltirishni bilmaganlari bois dastlab chuk+un+di=chukun//chugun//cho'yan hosil bo'ldi. Keyinchalik turlar issiqlikni bir me'yorda taqsimlashda havodan foydalanishni kashf qildilar. Buning natijasida dam+ur=temir, jel-uzat=jelezani olishga erishdilar. So'ngra issiqlikni pog'onalab ko'tarishni topgandan keyin po 'p+lat=po'latni olishga muvaffaq bo'ldilar.

O't yordamida olingan ma'danlar

chuk+undi - chukun dam+ur=temir, jel+uzat=jeleza po p+lat=po 'lat

Turkiylar ana shu aql mahsuli tufayli o'zini, Vatanini va dinini himoya qila oldilar. Allohni ulug'lagan va islomni unutmagan turkiylar har doim o'z e'tiqodlariga sodiq qoldilar.

Yofas (Tur) ibn Nuh

Tur Turuk Turkiston

Nuhning Hom va Som kabi o'g'illarida tarqalgan qavmlar va ularning aralashuvdan shakllangan ellarda manmanlik chuqur ildiz otdi. Natijada ular Allohni unutib olov va toshtemirga sig'ish boshlandi. Insonlarning olovga topinishi oqibatida otashpastlik, toshtemirga topinishidan esa buddizm yuzaga kelgan.

Buddizm yer yuzida islom va xristian dinlaridan keyin keng tarqalgan din hisoblanadi. Miloddan avvalgi 1-2-asrlarda Markaziy Osiyoda paydo bo'lgan. Miloddan avvalgi 5-6-asrlarda Hindiston, Chin (Xitoy), Quriya va Jabarqa (Yaponiya)da yoyilgan16. Hozirgi kunda Tibet, Shiri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Butan va Yaponiya singari davlatlarning asosiy dini hisoblanadi17. Buddizm ta'limotiga ko'ra hamma narsa o'zgaruvchan, hatto Xudoning ham o'zgarib turishi e'tirof etilgan.

Markaziy Osiyodagi Kushon saltanati miloddan avvalgi 4-1-asrlardan milodiy 1-3-asrlargacha faoliyat ko'rsatgan. Chin yilnomalarida kushonlar "guyshyan" shaklida izohlangan. Kushon davlatiga O'kuziya (Markaziy Osiyo), hozirgi Sharqiy Turkiston, hozirgi Afgoniston, hozirgi Pokiston va hozirgi Hindistonning asosiy qismi kirgan.

Kushonlar hukmdori jabag'u/jabg'u/yobg'u/yobu/yabu deb atalgan. Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida j(y)abaqu "bir toifa turkiy xa/q/af deb izohlangan18. Tilshunos olim ana shu lug'aviy birlikka o'xshash yana bir terminni ham sharhlagan. J(y)afg'u "xa/qdan chiqqan xoqondan ikki pog'ona quyi turadigan shaxs(boshliq)19". Yuqorilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, kushonlar turlarning forslar bilan aralashgan qorishiq qavmi

16 U.P.Lafasov. The Migration of the Japanese from the Center of Turan to the East (Японларнинг Турондан кучиши). Winburne univ technology, fac business & law, c/o arran gare, philosophy & cultural inquiry, po box 218, hawthorn. Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol. 27, No. 1, 2021, page 382.

17 https://uz.wikipedia.org/wiki/Buddizm

18 Девону луготит турк. Уч томлик. 3-том. Тошкент: "УзФА" нашриёти. 1963, 43-бет.

19 Девону луготит турк. Уч томлик. 3-том. Тошкент: "УзФА" нашриёти. 1963, 39-бет.

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman

3(20), March, 2023

hisoblanadi. Ular Munsak ibn Yofas avlodlari munsaklardir, ya'ni ona tarafi forslar, shu bois munsaklar ona taraf tilida so'zlashgan. Munsaklarga xorazmliklar, saklar, massagetlar va sug'diar kiradi. Ular turkiy aslzodalarga amaki avlod hisoblangani bois quyiroq maqomda bo'lgan. Bunday holat hozirgacha saqlangan va bunga tarixda ham dalillar mavjud. Isbot uchun Shohbaxt Shayboniyxonning quyidagi tuyug'ini keltirish mumkin: Sug'd ichinda o'ltutubdur yobular, Yobularning mingan oti yobular. Yobularning ilgidan el tinmadi, Yo bular bo 'lsin bu yerda yo bular. Yobular jussasi yirik, mushaklari baquvvat bo'lgani uchun ulardan polvonlar ko'p chiqqan. Ilmiy izohga ko'ra, yobu zotli ot ham haybatli, gavdasi katta bo'ladi20. Aynlar bilan yobular ham ketgani uchun hozirgi Yaponiyaning Xyogo mintaqasida Yabu shahri bor. 1970-yilda tug'ilgan yaponiyalik mashhur kurashchi, dzyudoist Yabu Naomo21ning ismi ismi ham shunday atalgan. Kushonlar hukmdor Kan Ishka (Xan Ishka) davrida saltanat yanada ravnaq topgan. Davlatning shimoliy qismi hisoblangan Hisor tog' tizmasi daralarida mustahkam devor qurilgan. Kushonlarning asosiy ittifoqchisi Yabon ibn Nuhning avlodlari yabonlar(yunonlar) bo'lgan. Buyuk ipak yo'lining ikkita quruqlik va bitta suv yo'li tarmog'i Kushon mamlakatidan o'tgan edi: 1) Qitayndan boshlangan birinchi savdo yo 'li Chin, Sharqiy Turkiston, Kushon, Sug 'diyona, G 'arbiy Turon, Eron orqali Yunoniston va Misrgacha borgan; 2) Qitayndan boshlangan ikkinchi savdo yo 'li Chin, Sharqiy Turkiston, Kushon, Elkun(Xorazm), Yuqori Turon, O'rol to'g'ini yoqalab Shimoliy Turonga borgan; 3) Qitayndan kelgan savdogarlar O'kuz(Amudaryo)dan ulkan kema va katta qayiqlarda Elkun/Xorazm(Orol) orqali Hazor(Kaspiy) dengizigacha suzib borib savdo qilishgan.

Buyuk ipak yo'lining atrofida juda ko'p qal'a va shaharlar bunyod etilgan. Shu asnoda Sopolli madaniyatining uzviy davomi sifatida Kushonlar davri madaniyati shakllangan. Mazkur qadimiy obidalarni o'rganishda faol qatnashgan, yurtimiz tarixiga tegishli madaniy yodgorliklarning sirini ochish va ularni jahon ilm ahliga ma'lum qilishda mashaqqatli mehnati qilgan yapon arxeolog olimi Kato Kyudzodir. Kato Kyudzo 1922-yilning 18-mayida Yapon imperiyasiga qarashli Shimoliy Koreyaning Kyosan provintsiyasida tug'ilgan. Ikkinchi jahon urushidan oldin Sofiya universitetida ta'lim olishni boshlagan. Keyin urushga ketib, Sovet Ittifoqida asirlikda bo'lgan. Afv etilgandan keyin Yaponiyaga qaytgan va o'qishini davom ettirgan. Universitetni bitirgandan keyin "Xeybonsya" qomuslar nashriyotda ishlagan va ilk ilmiy tadqiqotlarini o'sha paytda boshlagan. 1972-yilda O'zbekistonga kelgan hamda O'zFAsi bilan hamkorlikni boshlagan. Kato Kyudzo Surxondaryo viloyati hududidagi Dalvarzintepa, Xolchayon, Fayoztepa va Qoratepa kabi qadimiy obidalaridagi qazish ishlarida shaxsan qatnashgan. Barcha taassurotlarini ilmiy asarlarida bayon qilgan. Kato Kyudzo 2002-yilda Tokay nashriyotida "Oyxonim" monografiyasini nashr ettirgan. Keyinchalik uning "Dalvarzintepa shahri", "Janubiy O 'zbekiston qadimiyati", "Buyuk Ipak yo 'li chorrohasida", "Yevroosiyo tamadduniga sayohat' va "O'rta Osiyoning ulug' insonlarf kabi tadqiqotlari nashr etilgan. Kato Kyudzo buyuk siymolar Amir Temur, Mirzo Ulugbek va Bobur Mirzolarning asarlarini yapon tiliga tarjima qilgan. Kato Kyudzo ilmiy tadqiqotlari uchun Osako universitetining faxriy professori bo'lgan. Taniqli arxeolog, faxriy professor, Termiz shahrining faxriy begi (grajdani) Kato Kyudzo o'zbek jurnalistlariga bergan intervyusida shundday degan edi: "Men, yaponman, ammo O'zbekistonni o'zimning ikkinchi Vatanim deb bilaman, men ushbu davlatning faxriy grajdani bo'lganimdan faxrlanamarí'. Kato Kyudzo yaponlarning ota-bobolari aynlar Surxondaryodan ketganligini bilganida edi. Mening asl Vatanim O'zbekiston va men esa "o'zbekman" degan bo'lar edi. 2002-yilning 2-aprelida tashkil etilgan Termiz arxeologik muzeyining birinchi qavatida yapon olimi Kato Kyudzoning ilmiy faoliyati aks etgan ko'rgazma zali bor. Baqtiriya, ya'ni Surxon vohasi Kushon madaniyatining qadim maskani hisoblanadi, u yerda yirik va noyob tarixiy obidalar juda ko'p: 1. Dalvarzintepa22 shahar xarobasi bo'lib, miloddan avvalgi 4-1-asrlarda bunyod etilgan. Dalvarzintepa Kushon saltanati o'rdakenti bo'lgan. Umumiy maydoni 47 gektar va ikki qal'aga bo'lingan. Ichki qal'a 12 gaz qalinlikdagi mudofaa devori bilan

20 kh-davron.uz.

21 https://ru.m.wikipedia.org

22 https://www.surxondaryo .uz/blo g/vilovatining-tarikhij-j odgorliklari

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman

3(20), March, 2023

o'ralgan bo'lib, unda hukmdor saroyi joylashgan. Tashqi qal'a 7 gaz qalinlikdagi himoya devori bilan to'silgan va unda aslzodalar, ruhoniylar, hunarmandlar, kulollar va savdogarlar istiqomat qilishgan. Tashqi qal'ada bir necha shohko'cha va ko'plab katta ko'chalar bo'lgan. Dalvarzintepa shahar xaroblari hozirgi Sho'rchi tuman markazidan 10 chaqirim shimoli-sharqda joylashgan. Qadimiy obidani o'rganish 1962-yilda boshlangan. Shahar xarobasining shimoliy qismi 1967-yilda arxeologlar G.Pugachenkova va M.E.Masson budda ibodatxona va ajoyib tasviriy lavhalar topishgan. 1972-yilda qal'aning shahar qismi qazilganda 36 kg oltin buyumlar xazinasi topilgan23 va bu Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasidan qolishmaydi. Yapon arxeolog olimi Kato Kyudzo ko'hna shahar xarobalarini qazish ishlarida qatnashgan. Bundan tashqari fil suyagidan ishlangan shaxmat donalari (miloddan avvalgi 1-2-asrlar), turli qimmatbaho toshlar, tangalar va sopoldan yasalgan noyob buyumlar topilgan. 2. Xolchayon24 majmuasi (hukmdor saroyi, Xonaqohtepa, Qorabogtepa, Maslahattepa va boshqa imoratlar) miloddan avvalgi 2-1-asrlarda bunyod etilgan. Majmua Denov tumani hududida joylashgan. Tarixiy obida G.Pugachenkova (1959-63), Kato Kyudzo (1972) tomonidan o'rganilgan. Majmua doimiy suv bilan ta'minlangan istehkom, saroy, turli binolar va bog'dan iborat bo'lgan. Hukmdor saroyida yog'och o'ra(ustun)li ayvon, taxt uchun xona, yo'lak va boshqa qismlar pishiq g'ishtdan ishlangan. Devorlarga turli surat hamda naqshlar solingan. Rasmlarda uzum g'ujumi, gullar, yaproqlar va ularning orasidan ko'rinib turgan mevalar tasviri aks etgan. Sochi silliq taralgan baqtiriyalik yigit, uning yonida boshqa etnik guruhga mansub yigit tasviri qoldiqlari topilgan. Aslida bino haykallar bilan bezatilgan, ular yelimli tabiiy bo'yoqlar bilan bo'yalgan. Suratlarda ayol va erkak qiyofalari aks etgan. Shuningdek sovut kiygan jangchilarga bilan maslahat berayotgan hukmdor va jang ko'rinishi tasvirlari mohirona ishlangan. Xolchayondan xum, tog'ora, ko'za, sopol kosa va piyola kabi idishlar; xanjar, qilich kabi qurollar; turli taqinchoq va tangalar topilgan. 3. Fayoztepa25 budda ibodatxonasi milodiy 3-1-asrlarda bunyod etilgan. Yodgorlik 1968-yilda mahalliy cho'pon Absad Beknayevning ohaktoshdan ishlangan budda sanamini uchma qum ustidan topib olib, Termiz o'lkashunoslik muzeyiga topshirishganidan keyin aniqlangan. Fayoztepa Qoratepa yodgorligidan bir chaqirim shimoli-g'arbda joylashgan. Ibodatxonani o'rganish 1968-1976-yillarda arxeologlar L.I.Albaumov, Kato Kyudzo tomonidan amalga oshirilgan. Yodgorlik uch qism: monumental inshoot, markazi ibodatxona va 20 ta xonali to'rtburchak ayvonli hovlidan iborat. Hovlining shimoli-g'arbida monastr va xo'jalik-qurilish imoratlari borligi aniqlangan. Binoning uzunligi 117 metr, kengligi 34 metr, maydoni 1,5 ming kv.m. ga tengdir. Ayrim xonalarda budda haykallarini o'rnatish uchun tagkursilar bo'lgan.

4. Qoratepa26 budda g'or ibodatxona majmuasi uchta tabiiy do'nglik ustiga milodiy 1-asrda qurilgan va 2-3-asrlarda ravnaq topgan. Majmua Eski Termizning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Yodgorlik sakkiz gektardan iborat g'orlar to'plamidir. Janubiy do'nglikda o'n beshta, g'arbiy do'nglikda beshta g'or to'plami, shimoliy do'nglikning sharqiy qismi yer ustida joylashgan monumental majmua bo'lgan. Hovli to'rt tomondan qubbasimon tomli baland aylanma yo'laklar bilan o'ralgan bo'lib, ular hovlini yonma-yon devorlar oralig'ida joylashgan o'tish yo'llari bilan bog'lagan. Aylanma yo'laklar bo'ylab gumbaz tomli qator kichkina to'rtburchak hujralar joylashgan. G'arbiy qismi yer ustida esa o'rtacha hashamatli ibodatxona bo'lgan. Uning devori marmarsimon ohaktoshdan tayyorlangn lavha(friz)lar bilan bezatilgan. Ularda ilohiy timsollar hayot bilan uyg'un tasvirlangan. Yodgorlikni o'rganishni 1926-28-yillarda moskvalik olimlar boshlashgan. Keyin M.E.Masson, E.G.Pchelina (1937), B.Y.Staviskiy (1960), Kato Kyudzo (1972)lar tomonidan o'rganilgan. Hozir Sh.Pidayev rahbarligida qazish ishlari olib borilmoqda. Qoratepa budda ibodatxonasi o'z davrida eng katta va mahobatli budda inshooti bo'lib, unda mahalliy me'morchilik uslubi aniq ko'zga tashlanadi. Dunyoning to'rt tarafiga qaratib qurilgan stupa uning markazi

23 https://uzbekistan.travel/ru/o/dalverzintepa/

24 https://www.surxondaryo .uz/blo g/vilovatining-tarikhii-j odgorliklari

25 https://www.surxondaryo .uz/blo g/v iloyatining-tarikhij-j odgorliklari

26 https://www.surxondaryo .uz/blo g/v iloyatining-tarikhij -j odgorliklari

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman

3(20), March, 2023

hisoblangan. Ushbu g'or ibodatxonalari uslubini keyinchalik hindlar ham o'zlashtirgan. Bu joyda yangi ibodatxonalar qurilgan, eskilari esa ta'mirlab borilgan. Majmuadan sopoldan ishlangan idishlar, kosa, ko'za, budda haykallari va chiroqdonlar; ohaktoshdan ishlangan me'moriy bezaklar va plitalar topilgan. Qoratepa majmuasidagi me'moriy bezaklar qo'shni mintaqalarga o'z ta'sirini o'tkazgan.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, o'kuzbeklar va aynlardagi umummadaniy ildizlar bir-biri bilan chambarchas hamda mustahkam holda bog'lanib ketgan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Т., "Чулпон". 1994, 34-бет.

2. Махмуд Кошгарий. Девону лугатит турк. Уч томлик. I том. Т., 1960. "Фан". 65-бет.

3. Девону луготит турк. Уч томлик. 3-том. Тошкент: "УзФА". 11963, 43-бет.

4. Русско-персидский словарь. Москва: "Советская энцилопедия". Стр. 392.

5. Махмуд Кошгарий. Девону лугатит турк. Уч томлик. II том. Т., 1963. "Фан". 386-бет.

6. Нишонбой Хусанов. Узбек антропонимлари тарихи. Тошкент: "Навруз" 2014, 36-бет.

7. U.P.Lafasov. Relationship between Turks and Japanese. "International jornal of scientific & texnology research". Volume 9, Issue 02, February 2020, page 3935.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. U.P.Lafasov. The Migration of the Japanese from the Center of Turan to the East (Японларнинг Турондан кучиши). Winburne univ technology, fac business & law, c/o arran gare, philosophy & cultural inquiry, po box 218, hawthorn. Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol. 27, No. 1, 2021, page 382.

9. U.P.Lafasov. Cultural roots of okuzbeks and Japanese. International Journal of Early Childhood Special Education.Vol 14, Issue 02, 2022, page 4220.

ELEKTRON ADABIYOTLAR

1. https://bigenc.ru/ethnology/text/2070658

2. https://youtu.be/PKBa

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Buddizm

4. kh-davron.uz.

5. https://www.surxondaryo.uz/blog/viloyatining-tarikhii-jodgorliklari

6. https://uzbekistan.travel/ ru/o/dalverzintepa/

7. https://www.surxondaryo.uz/blog/viloyatining-tarikhij-jodgorliklari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.