Научная статья на тему '“MUHOKAMAT UL LUG‘ATAYN” – QIYOSIY TILSHUNOSLIK ASARI'

“MUHOKAMAT UL LUG‘ATAYN” – QIYOSIY TILSHUNOSLIK ASARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7068
575
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Muhokamat ul lug‘atayn” / lug‘at / nutq / so‘z ta’rifi / tilshunoslik masalalari / tadqiqotlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ashurova Shoira Shodiyevna

Alisher Navoiyning sermahsul ijodiy merosi bizgacha yetib kelgan. Badiiy ijod bilan birga ilmiy asoslangan asarlar ham yaratganki, Navoiyning bu kitoblari bugungi kunimiz uchun ham dastur-ul amal vazifasini o‘tamoqda. Shulardan biri bu “Muhokamat ul lug‘atayn” --qimmatli ilmiy tilshunoslik asaridir. “Muhokamat ul lug‘atayn” asari ikki til-o‘zbek va fors-tojik tilining qiyosiy tadqiqiga asoslangan ilmiy asar Ushbu asar tilshunoslik lug‘ati hisoblanadi.. Maqolada asarni o‘rganish orqali tilshunoslik masalalariga to‘g‘ri yondashish haqida o‘z fikrlarimizni bayon etmoqchimiz. Tilimiz tarixiga bir nazar tashlash orqali Navoiyning ilmiy asoslarini sodda va tushunarli holda o‘qituvchi va o‘quvchilarga havola qilishni niyat qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“MUHOKAMAT UL LUG‘ATAYN” – QIYOSIY TILSHUNOSLIK ASARI»

"MUHOKAMAT UL LUG'ATAYN" - QIYOSIY TILSHUNOSLIK ASARI

Ashurova Shoira Shodiyevna

TTYeSI Akademil litsey Ona tili va adabiyot o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7583357

Annotatsiya. Alisher Navoiyning sermahsul ijodiy merosi bizgacha yetib kelgan. Badiiy ijod bilan birga ilmiy asoslangan asarlar ham yaratganki, Navoiyning bu kitoblari bugungi kunimiz uchun ham dastur-ul amal vazifasini o'tamoqda. Shulardan biri bu "Muhokamat ul lug'atayn" --qimmatli ilmiy tilshunoslik asaridir. "Muhokamat ul lug'atayn" asari ikki til-o'zbek va fors-tojik tilining qiyosiy tadqiqiga asoslangan ilmiy asar Ushbu asar tilshunoslik lug'ati hisoblanadi.. Maqolada asarni o'rganish orqali tilshunoslik masalalariga to'g'ri yondashish haqida o'z fikrlarimizni bayon etmoqchimiz. Tilimiz tarixiga bir nazar tashlash orqali Navoiyning ilmiy asoslarini sodda va tushunarli holda o'qituvchi va o'quvchilarga havola qilishni niyat qildik.

Kalit so'zlar: "Muhokamat ul lug'atayn", lug'at, nutq, so'z ta'rifi, tilshunoslik masalalari, tadqiqotlar.

Asarni tahlil qilishdan maqsadimiz Navoiyning tilning kelib chiqishi va ishlatilishiga berilgan ta'riflarini naqadar ko'ngilga yaqin va ilmiy asoslar bilan berilganligidadir. "Muhokamat ul-lug'atayn" qiyosiy lingvistik tadqiqot asaridir. Men ona tili va adabiyot o'qituvchisi sifatida bu ilmiy asarni o'quvchilarga ham tushuntirishni hamda darsliklardan o'rin olishini tavsiya qilaman.

Asar ikki qismdan iborat: muqaddima qismi hamda lug'at qismi mavjud. Asar O'zbek tili hamda fors-tojik tili qiyosiga bag'ishlangan bo'lib, Navoiy o'zbek tilining imkoniyatlarini, afzalliklarini, grammatik qurilishi, ma'no munosabati kabi qirralarini keng ochib bergan.

Asar Navoiy tomondan "so'z" ga ta'rif bilan boshlangan. Navoiy-so'z xazinasining poyloqchisi va shoirlar bulbuli sifatida tasvir etilgan. So'z- qimmatbaho durga qiyos etilgan. Dur daryo va dengizlarda bo'ladi. So'z dur sifatida ko'ngil dengizida yaratiladi. Ko'ngil shunday xazinalarni saqlovchi joydir. Dur narxi har xil qiymatga ega bo'lgani kabi so'z ham tuganmas qiymatga ega. Dur boylik va dori vositasida ham ishlatiladi. Uni g'avvoslar suv tagidan olib chiqqandan keyin qiymati ma'lum bo'ladi. So'z ham nutqda aytilgandan so'ng qiymati ma'lum bo'ladi. Yomon so'z zaharga o'xshaydi. Kishilar qalbiga ozor yetkazadi, sog' odamni o'ldirishi mumkin. Yaxshi so'z kasal odamni tuzatadi, kishilarga xush yoqadi. Iso

payg'ambarimizning yaxshi so'z bilan o'lgan insonlarni tiriltira olganligi ham buning isbotidir.

So'zning turlari juda ko'p. 72 xil turga bo'linishi va 72 xil xalqning so'zlashuv tili bor. Balki bundan ham ko'p bo'lishi mumkinki, bularning birida bo'lgan xususiyat boshqasida yo'qdir. So'zning turlari va xillari o'yimiz va tasavvurimizdan tashqarida, deydi Navoiy. Chunki yer yuzida 7 iqlim bor, bu yetti iqlimda necha mamlakat va har birida necha shahar bor, necha dasht va sahrolar bor. Barchasida turli xalqlar, qabilalar yashaydilar. Har birining so'zlashuvlari turlichadir, farqlidir. Hatto qushlar va hayvonlar ham o'zlariga xos o'zgacha har xil ovoz, xonish va navo chiqaradilar. Insonlarning so'zida esa ma'no mavjud va shu ma'no tufayli, so'z sababli hayvonlardan ajralib turadi va yuksak martabaga loyiqdir.

So'zning ta'rifini bayon etadigan bo'lsak, turli mamlakat va turli shahar, o'rmon, tog'larda yashovchi xalqlar so'zlaganda turfa ma'no farqlari bordir. Ammo bu tillarning barchasidan nafislik bilan ajralib turadigan til-arab tilidir. Bu til badiiy, mo'jiza ko'rsatuvchi, chunki Ollohning vahiylari payg'ambarlarimizga shu tilda yetkazilgan. Payg'ambarlarning saodatga eltuvchi hadislari shu tilda aytilgan. Boshqa til xalqlari bu fikrni qabul qilmasdan boshqa choralari yo'q, bu fikrni faqat to'g'ri deb ayta oladilar, xolos.

Bundan keyin yana 3 til borki, bular hamma tillarning aslidir. Bu tildan tarqalgan shohobchalar ko'pdir. Ammo turkiy, forsiy va hindiy tillari asl tillarning chiqish o'rnidir.Bu esa Nuh payg'ambarning uch o'g'li Yofas, Som va Homga borib taqaladi. Dunyoni suv bosganda hech bir odam farzandi qolmaydi. Bunda faqat Nuh va uning kemasidagilar omon qoladi. Nuh uch o'glini uchta joyga yuboradi. Yofasni-Abut-turkni Xitoyga, Somni, ya'ni Abul-fursni Eron va Turon mamlakatlari o'rtasiga hokim qildi. Homni, ya'ni Abul-hindni Hindiston mamlakatiga yuboradilar. Ulardan yana insoniyat ko'payib ketganligi aytiladi. Abut-turk qarindoshlariga nisbatan ulug'roq nasabli bo'ladi. Hindi tilida so'zlashuvchilar esa past martabalidir, deydi Navoiy. Shu o'rinda chiroyli tashbehlar bilan arab va hind tillarini solishtiradi, hamda arab tili mavqeyini yuqori ekanligini ta'kidlaydilar.

Navoiy ushbu ilmiy asarida turk tili va fors tilini solishtiradi, qiyoslaydi.Bu tilda so'zlashuvchi xalqlarining fe'l-atvorini ham qiyoslab shunday deydilar: turklar forslarga nisbatan tezfahmroq, tushunchasi yuqoriroq, yaratilishi sofroq va tozaroq bo'lganligini, forslar esa chuqur ilmli va kamolda yetukroq. Bu ilm-fandan ma'lum. Ammo turk tilida belgilar ortiqroq, so'z nozikliklari ko'pligini tan olish kerak. Turklar forslarga qaraganda yumshoq ko'ngilli hamdir. Ammo bu davrda barcha forsiy tilini ulug'lagan holda turk tilini qo'pol til deb aytishadi. Aslida esa turkiy tilning imkoniyatlari forsiy tilidan ko'ra kengroqdir.

Ammo turklarning katta-kichigi, amaldori va oddiy xalqi ham fors-sart tilini biladilar, shu tilda so'zlashadilar. Hatto fors tilida hikoya va she'rlar ham bitadilar.

Ammo forslar turk tilini o'rganmaydilar, bilmaydilar va so'zlamaydilar. Agar birortasi so'zlasa ham forsiy ekani so'z boshlagandayoq seziladi. Turk tilida bir so'zni ifodalash uchun bir necha sinonimlardan foydalanadiki, ularning har biriga ehtiyoj bor ya'ni ma'no farqlari mavjud. Masalan: ingramoq, singramoq, yig'lmoq, siqtamoq, o'kurmoq, inichkirmoq(ichida yig'lamoq) kabi so'zlarni forsiy tildan barchasini topib bo'lmaydi.Shunday bir qator misollarni keltirish mumkin: qarog', qabog' telmurmak, qimsanmoq, qizg'anmoq kabi so'zlarni topish qiyin. Meng-xol degan ma'noda ishlatiladi bu ham forslarda yo'q. Bunday so'zlarni har birini aytsak, so'z uzayib ketadi. Turklarda shunday ma'nolar bilan tajnis va iyhom she'riy san'atlarini yuzaga chiqarish mumkin. Tajnis shakldosh so'zlardan foydalanish va bu she'r tuyuq bo'ladi. Iyhom esa she'rda omonim so'zlardan foydalanib, she'rni ikki xil ma'noda tushunishdir.Tajnis va iyhom kabi she'riy san'atlar bilan she'rlar bitish forsiylardan ko'ra turklarda ko'pdir. Masalan "Ot" so'zini olaylik: bir ma'nosi ism, yana bir ma'nosi hayvon, bir ma'nosi otmoq harakatini bildiruvchi fe'ldir. Tajnisni ko'ring. Bayt:.

Chun pari-yu hurdur oting, begim, Sur'atichra dev erur oting, begim, Har hadanggikim, ulus andin qochar, Notavon jonim sari oting begim

Bu tuyuq janrini yuzaga chiqardi. Bu janr ta'rifmi :Mezon ul-avzon" nomli aruz haqida yozilgan asardan o'qishingiz mumkin.

"Muhokamat ul lug'atayn" asari ikki til: turk va fors tilining muhokamasi sifatida turkiy tilning afzalliklarini grammatikasi va lug'at boyligini ko'rsatib beradigan ilmiy asardir.

Navoiy asarda tilshunoslik masalalari haqida: so'z yasalishi, ma'nodosh so'zlar, zid ma'noli so'zlar, ko'p ma'noli so'zlar, uyadosh so'zlar, talaffuzdosh so'zlar haqida to'xtalaib misollar bilan turkiy tildagi barcha imkoniyatlarni batafsil tushuntirib o'tadi. Turkiy til va fors tilini qiyoslash natijasida turkiy tilni badiiy adabiyotda qo'llash afzalliklarini yaqqol ko'rsatib, sanab o'tadi. Asarda Navoiy Turkiy tilning ahvoli qarovsiz holga kelganligini aytadi, barcha ijod vakillari forsiyda ijod qilishini turkiy tilning badiiy ifodasidan benasibligini ta'kidlagan holda ushbu tilni yuzaga chiqarishga bel bog'laganligini va ijod qilganligini hamda yutuqlarga erishganligini isbotlaydi."Garoyib us-sig'ar" devoni- bolalik qiziqishlari (she'riy to'plam), " Navodir ush-shabob" yigitlik davri bayoni, "Badoyi ul-vasat" o'rta yosh davri, "Favoyid ul-kibar"qarilik davri foydalari haqida devonlarini turkiyda bitganligini aytadilar

Yana bir ulug' asari "Xamsa" dostonini turkiy tilda yozishga jazm qilganligini ta'kidlaydilar. Xamsa dostonlari Navoiydan oldin forsiyda yozilganligini ularga qarab andoza olib yozgan besh dostonni ustozlarining davomchisi sifatida yaratganligini

aytadilar, ya'ni Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", Sab'ai Sayyora", Saddi Iskandariy".

Xamsani yozishdan bo'shagandan so'ng ham "Zubdat ut-tavorix" tarixiy asarini yozganligini, "Nasoyim ul-muhabbat" kabi avliyolar haqidagi asarini "Lison ut-tayr" falsafiy asarini, "Nazm ul-javohir" kabi asarlarini dunyoga keltirganligini aytadilar.

Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy bobomiz ta'kidlaganidek, Til buyuk ne'matdir, har bir millat o'z tilini e'zozlasa, qadrlasa, taraqqiyoti uchun jon kuydirsa, u til go'zal, betakror va buyuk bo'lib qolaveradi! Har bir xalq aziz va muqaddas bo'lgan o'z tilini asrash, rivojlantirish, jozibasini to'la namoyon etish uchun harakat qiladi, chunki unda xalq tarixi, milliy qadriyatlari, madaniyati ifodalanadi.

Adabiyotlar:

1. A.Navoiy Muhokamat ul-lug'atayn. Porso. Shamsiyev nashrga tayyorlovchi. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish.- Toshkent: O'qituvchi,1992.

2. Mirtojiyev M. O'zbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasi. - T.,2000.

3. Mirtojiyev M. O'zbek tili semasiologiyasi. - Toshkent: «Mumtoz so'z», 2010.

4. Sodiqov A, Abduazizov A., Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. Toshkent: O'qituvchi,1981

5. Eltazarov J. So'z turkumlari haqidagi lingvistik nazariyalar. -Samarqand:SamDU nashri, 1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.