Научная статья на тему 'IKKI XALQNING DO’STLIK KO’PRIGI – ABDURAHMON JOMIY VA ALISHER NAVOIY HAQIDA MULOHAZALAR'

IKKI XALQNING DO’STLIK KO’PRIGI – ABDURAHMON JOMIY VA ALISHER NAVOIY HAQIDA MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
497
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abdurahmon Jomiy / O’rta Osiyo / Xuroson / Eron / Alisher Navoiy / Xuroson / Buxoro / Samarqand / Hirot / Dehli. / Abdurrahman Jami / Central Asia / Khorasan / Iran / Alisher Navoi / Khorasan / Bukhara / Samarkand / Herat / Delhi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — A. Abduvaliyev, Z. Abduvaliyeva

Abdurahmon Jomiy ham, Alisher Navoiy ham o’z davrining an’anasiga ko’ra o’zlarining ko’p asarlarini shoh, sulton va ta’magir saroy xodimlari, mulla, shayx, shoir va tarixnavislari haqida yozib, ularni xalqqa nisbatan insofli, karomatli, muravvatli, raiyatparvar, oddiy mehnatkash odamlarni hurmat qilishga da’vat qilganlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BRIDGE OF FRIENDSHIP BETWEEN TWO NATIONS CONSIDERATIONS ABOUT ABDURAHMAN JAMIA AND ALISHER NAVAI

Both Abdurrahman Jami and Alisher Navoi, according to the tradition of their time, wrote many of their works about the Shah, Sultan, and Tamaghir palace officials, mullahs, sheikhs, poets, and historians, and made them fair to the people. , who called to respect the generous, kind, generous, ordinary hardworking people.

Текст научной работы на тему «IKKI XALQNING DO’STLIK KO’PRIGI – ABDURAHMON JOMIY VA ALISHER NAVOIY HAQIDA MULOHAZALAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

IKKI XALQNING DO'STLIK KO'PRIGI - ABDURAHMON JOMIY VA ALISHER

NAVOIY HAQIDA MULOHAZALAR Abduvaliyev A.A

JDPU O'zbek tilini o'qitish metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi

Abduvaliyeva Z.N.

JDPU O'zbek tilini o'qitish metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7454020 Annotatsiya. Abdurahmon Jomiy ham, Alisher Navoiy ham o'z davrining an'anasiga ko'ra o'zlarining ko'p asarlarini shoh, sulton va ta'magir saroy xodimlari, mulla, shayx, shoir va tarixnavislari haqida yozib, ularni xalqqa nisbatan insofli, karomatli, muravvatli, raiyatparvar, oddiy mehnatkash odamlarni hurmat qilishga da'vat qilganlar.

Kalit so'zlar: Abdurahmon Jomiy, O 'rta Osiyo, Xuroson, Eron, Alisher Navoiy, Xuroson, Buxoro, Samarqand, Hirot, Dehli.

МОСТ ДРУЖБЫ МЕЖДУ ДВУМЯ НАРОДАМИ - СООБРАЖЕНИЯ ОБ

АБДУРАХМАНЕ ДЖАМИИ И АЛИШЕРЕ НАВАИ Аннотация. И Абдуррахман Джами, и Алишер Навои по традиции своего времени написали много своих произведений о шахских, султанских и тамагирских дворцовых чиновниках, муллах, шейхах, поэтах, историках и сделали их справедливыми к народу. , призывавшего уважать щедрых, добрых, великодушных, простых трудолюбивых людей.

Ключевые слова: Абдуррахман Джами, Средняя Азия, Хорасан, Иран, Алишер Навои, Хорасан, Бухара, Самарканд, Герат, Дели.

BRIDGE OF FRIENDSHIP BETWEEN TWO NATIONS - CONSIDERATIONS ABOUT ABDURAHMAN JAMIA AND ALISHER NAVAI Abstract. Both Abdurrahman Jami and Alisher Navoi, according to the tradition of their time, wrote many of their works about the Shah, Sultan, and Tamaghir palace officials, mullahs, sheikhs, poets, and historians, and made them fair to the people. , who called to respect the generous, kind, generous, ordinary hardworking people.

Keywords: Abdurrahman Jami, Central Asia, Khorasan, Iran, Alisher Navoi, Khorasan, Bukhara, Samarkand, Herat, Delhi.

Ustoz Abdurahmon Jomiy va uning shogirdi Alisher Navoiy bir shaharda Hirot shahrida tug'ilib, umrining oxirigacha o'sha shaharda yashaganlar.Bu davrda ma'lumki, O'rta Osiyo, Xuroson, Eron, Kavkazorti davlatlari hamda Hindustonda ham fors tili asosiy davlat tili hisoblangan.O'sha davrda nomi dunyoga eng mashhur shaharlar Buxoro, Samarqand, Hirot, Dehli, Balx hamda Eronning barcha katta shaharlarida olimlar, shoirlar, tarixnavislar, qasida va ruboiy yozuvchilari ham fors tilida ijod qilganlar.Lekin bu buyuk shaharlarning aksariyatida forsiy-zabon xalqlar bilan bir qatorda turkiy(o'zbek) tilda ham so'zlovchi xalqlar birga yashaganlar.Ma'lumki, o'sha zamonda turkiygo'y xalqlar vakillari ham,asosan, fors tilida asar va she'rlar, ta'rixlar yozib, dunyoga mashhur bo'lganlar. Alisher Navoiy ham yuqoridagi shoirlar qatorida fors tilida devon, qasida va g'azallar yozgan buyuk alloma hisoblanadi.Ustoz va shogirdlar o'z zamonasining donishmandi, shoiri, mutafakkiri hisoblangan.Jomiy ham, Navoiy ham turk, fors, arab tillarini mukammal bilgan, shuning uchun ham Alisher Navoiy o'z asarlarini uch tilda ham ijod qilgan.Ular bir - birlarining asarlari qo'lyozmalarini birinchi marotaba o'zlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'qib chiqib baho berganlar.Allomalar o'z asarlarida ham o'z ustozlari yoki shogirdlarining asarlariga, ya'ni ijod mahsullariga baho berganlar.

Abdurahmon Jomiyning "Yusuf va Zulayho","Xiradnomayi Iskandariy" va "Bahoriston" asarlarida Alisher Navoiyning o'ziga va asarlariga alohida maqtovlar aytgan bo'lsa, Alisher Navoiyning "Muhokamat ul - lug'atayn" asarida qayd qilinishicha,Abdurahmon Jomiy yangi yozgan asarlarini Navoiyga berib:"Bu avroqni ol va boshtin oyog'iga nazar sol, xotiring'a har ne aytkudek so'z kelsa ayt" der va Navoiyning fikrlarini samimiyat bilan qabul qilardi.Shunday qilib Abdurahmon Jomiy ko'p joylarda Alisher Navoiyning maslahatlarini olar va o'zining yangi asari bilan dastlab uni tanishtirar erdi.Bu haqda Navoiy "Xamsa" asarida shunday yozgan edi: "Nomayekim raqam etib xomasin. Ko'rmadi, men ko'rmagan, el nomasi".

Alisher Navoiy ham o'z asarlarini qo'lyozma nusxalarini dastlab ustozi Jomiyga ko'rsatgan va uning maslahatini olgan.Xullas, ustoz va shogird asarlarini birinchi marta bir -birlari ko'rib chiqqanlar.Ma'lumki, Jomiy ham, Navoiy ham tasavvuf ilmini o'zlashtirgan, l ekin keyinchalik ayrim tasavvuf shayxi bo'la turib, mutaasib olimlar, shayxlar, so'filarga va bunday kishilarning o'z nafsi yo'lida qilayotgan ro'yoyi hiylalarini fosh qilishga harakat qildi.

Abdurahmon Jomiy ham, Alisher Navoiy ham o'z davrining an'anasiga ko'ra o'zlarining ko'p asarlarini shoh, sulton va ta'magir saroy xodimlari, mulla, shayx, shoir va tarixnavislari haqida yozib, ularni xalqqa nisbatan insofli, karomatli, muravvatli, raiyatparvar, oddiy mehnatkash odamlarni hurmat qilishga da'vat qilganlar.Abdurahmon Jomiy fikricha, ta'ma bor joyda odillik bo'lmaydi va ta'ma qilgan kishi odil bo'la olmaydi.

Alisher Navoiy ham o'zining ustozini yuqoridagi fikrlariga qo'shilib, uning fikrlarini tasdiqlagagn holatda o'g'ri, kazzob, firibgar, yolg'onchi faqatgina mehnatkash xalqning hisobidan kun ko'ruvchi, davlatdorlarni xalqqa qilgan zulmlari haqida o'zining quyidagi forscha g'azalida shunday yozgan: Mazmuni: "Men shunday olamni hohlaymanki,unda bu olam kishilari bo'lmasa, bu olamdagidek xalqqa g'am - qayg'u bo'lmasa" Bunday misralarni buyuk mutafakkir, zullisonayn shoir Alisher Navoiyning o'zbek tilida yozgan g'azallarida ham ko'rishimiz mumkin. Masalan,"G'aroyib us - sig'ar" devonidagi ushbu misralar:

Yuqoridagi misralardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, shoirning ikki tildagi she'rlarini qiyosiy o'rganishda, bu tillarda yozgan she'rlarining aksariyatida yuksak badiiy mahorat borligi yaqqol ko'rinib turadi.Uning fors tilida yozgan she'rlari, qasidalarini ham forsiyzabon mashhur shoirlar bilan bir qatorda qo'yish mumkin, albatta.Shoirning ustozi Abdurahmon Jomiy ham Navoiyning fors tilida yozgan she'rlariga, boshqa nomdor forsiyzabon shoirlar bilan bir qatorga qo'ygan va shogirdini o'zining hammaslagi, hamfikri va buyuk mutafakkir zullisonayn shoir, mehribon do'st sifatida munosabat bildirgan.Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiyga turkiy tildagi ijodini ham qo'llab - quvvatlagan.Bu tilde go'zal ijod namunalar yaratishiga oq fotiha bergan.Navoiy bu haqida o'zining quyidagi baytida shunday yozgan edi: Turkiy tilda yozishni boshlagani, yana forsiy tilde yozayotgan turkiy xalqlar vakillarini ham turkiy(eski o'zbek) tilda yozishga, millat g'ururini ko'tarishga chaqiradi.Bu haqida o'zining "Muhokamat ul - lug'atayn" asarida shunday yozgan edi:"Andin so'ngrakim, turk(eski o'zbek) tilining jamiyati muncha daloil bilan sobit bo'ldi; kerak erdikim, bu xalq orasidin paydo bo'lg'on ta'b ahli salohiyat va ta'blarin o'z tillari turg'och, o'zga tila bila zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi.Va gar ikkalasi til(o'zbek va fors - tojik) tili bila aytur qobilyatlari bo'lsa, o'z tillari bila ko'proqaytsalar erdi va yana bir til bila ozroq aytsalar erdi. Va gar mubolag'a qilsalar, ikkalasi til bila teng aytsalar erdi. Bu ehtimolga yo'l bersa bilmaskim,turk ulusining xushta'bla ri

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

majmui sort tili bila nazm aytgaylar va bilkul turk tili bila aytmag'aylar, balki ko'pi ayta olmaydilar".

Alisher Navoiy yuqoridagi gaplarida turkiy xalq vakili bo'lib turkiyda yoza olmaydiganlarni tanqid qilgan.Ularni iloji boricha turkiyda ko'proq yozishga chaqirdi.Bu haqida "Lison ut - tayr" asarida shunday yozgan edi:

Shundan ma'lum bo'ladiki, Navoiyning she'rlarini qiyosiy o'rganilganda har ikki tilda yozgan g'azallarini yuksak badiiy mahorat yozganligi va ikki tilda so'zlovchi xalqqa tushunarli holda yozganligini ko'rishimiz mumkin.Bu ma'nolarda yozilgan misralar haddan tashqari ko'p uchraydi,Alisher Navoiy davlat ishlarida, bosh vazir bo'lib ishlaganida ham Abdurahmon Jomiy bilan ko'p maslahatlashgan.Jomiy hamma vaqt do'stlarini, shogirdlarini hatto davlatdoru podshohlarni poklik bilan hayot kechirishga chorlab, inson tabiatidagi manfiy xislatlarni tanqid qilgan.Shu mavzuni aks ettiruvchi fikrini quyidagi "Sibhat ul - abror" dostonidagi baytda quyidagicha yozgan:

Ustoz Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiyning fors tilida yozgan merosi "Devoni Foniy","Sittayi zaruriya","Fusuli arba'a"."Risolayi Mufradot","Munshaoti forsiy" va "Tuhfat ul - afkor" qasidasiga baho berib,shogirdini buyuk fors - tojik shoirlari Sa'diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Kamol Xo'jandiy va boshqalar bilan teng qo'ygan holda baho bergan.Chunki Alisher Navoiy Sa'diy She'roziy, Hofiz Sheroziy g'azallariga matla'li tatabbu'lar yaratgan.

Bu baytlarda Hofiz va Navoiy ma'no jihatdan bir - biriga yaqin ma'noli so'zlarni, ro'y va rux so'zlarining sinonimi bo'lmish yuz so'zini qo'llagan.Oinayi jom, mayi gulbom birikmalari ham ma'no jihatdan yaqinligini ko'rsatadi.Jomiy yetmish sakkiz yoshda bo'lishiga qaramay,tetik va baquvvat edi.Ammo to'satdan shamollab yotib qoladi.Alisher Navoiy ustozining hurmat ini joyiga qo'yib yotib qolgan kunidan boshlab, dunyoni tark etkunga qadar bemorning yonida o'tirdi. U 1492 - yil 8 - noyabrda vafot etdi.Butun Xuroson va Movaraunnahrda

yashovchi xalq, shoir - u ulamolar qayg'uda edilar.Uning vafoti bir tarixiy asarda shunday yozilgan edi:"Dud az Xuroson bar omad", ya'ni "Xurosondan tutun chiqib ketdi".Ushbu misrada Jomiyning vafot etishi sababli Xuroson xalqlarining qayg'usi aks ettirilgan.Bu jumladagi so'z birikma abjad hisobi bilan 912, bundan dud - 14 raqamini olib tashlasa (912-14=898), Jomiy vafot etgan yil kelib chiqadi. Bu do'stlikning umrboqiyligi shundaki, forsiygo'y va turkiygo'y xalqlar uchun bu ustoz va shogirdning asarlari ikki tilga ham tarjima qilingan.Abdurahmon Jomiy asarlarini ham o'zbek tiliga tarjima qilish uchun ham yo'l ochib berilgan.Navoiy asarlari ham xudd shunday turli tillarga tarjima qilinmoqda.Ikkala shoir ham Xuroson - u Movaraunnahrda yashovchi ko'p millatli xalqlar o'rtasidagi do'stlik, hamjihatlik, ahillikni, mamlakat obodonchiligi, adolatli podshoh va amaldorlar bo'lishini istab asarlar yaratgan.

REFERENCES

1. Апресян Ю. Д. Избранные труды в 2х т. Т. II.: Интегральное описание языка и системная лексикография. - М.: Школа «Языки русской культуры», 1995. -С.357.

2. Джаббаров Ш.Х. "Вакт" тушунчаси концептуаллашувининг назарий асослари.2Суз санъати" халкаро журнали. 2021.№2.Б.86. file:///C:/Users/Sulaymon/Downloads/3163-B8-6417-1-10-20211028.pdf

3. Драчева С.И. Экспериментальное исследование вербального содержания этнической концептуальной системы // Текст: структура и функционирование. Вып. 2. Барнаул: Изд-во Алт. ун-та, 1997. С. 60-64.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. Кубрякова, Е.С. Язык пространства и пространство языка / Е.С. Кубрякова // Известия РАН. Серия литературы и языка. - 1997. - Т. 56, № 3. - С. 22-31.

5. Ладо Р. Лингвистика поверх границ культур // Новое в зарубежной лингвистике. -Вып. XXV: Контрастивная лингвистика. - М., 1989. - С.46.

6. Махмудов Н. Ук;итувчи нущи маданияти. -Тошкент, 2007. -Б.40.

7. Маслова В.А. Когнитивная лингвистика. — Мн.: ТетраСистемс, 2004.С.5.

8. Мазаева, Н.Ю. Языковая и концептуальная картины мира (к теории вопроса) / Н.Ю.Мазаева // Известия вузов. Северо-кавказский регион. - 2006.- С.15.

9. Павилёнис Р.И. Проблема смысла: Современный логико-функциональный анализ языка. - М., 1983.С.286.

10. Ше:///С:/и8еге/и8ег/Во,^1оаё8/3748-В8-7552-2-10-20220115.рёГ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.