Yormatov F.J. Termiz davlat Universitetining Pedagogika instituti Tillar fakulteti dekani Tarix fanlari nomzodi, dotsent
NURONIYLARNI HAR TOMONLAMA QO'LLAB QUVVATLASH BORASIDAGI ERISHILGAN YUTUQLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab hozirgi kungacha bo'lgan davrda nuroniylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha ishlab chiqilgan chora tadbirlar hamda erishilgan yutuqlar ilmiy tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: O 'zbekiston, Prezident, qaror, Nuroniylar, ijtimoiy himoya, yolg'iz keksalar, mehnat faxriylari, xotira va qadrlash, turmush, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo.
Yormatov F.J., candidate of historical sciences
associate professor dean of the faculty of languages Pedagogical Institute Termez State University
ACHIEVEMENTS IN SUPPORTING NURONI IN EVERY WAY
Annotation: This article provides a scientific analysis of the measures developed and achievements in the field of comprehensive support of the youth in Uzbekistan from the first years of independence to the present day.
Keywords: Uzbekistan, President, decree, Nuroniylar, social protection, lonely elderly, labor veterans, memory and respect, marriage, Kashkadarya, Namangan, Surkhandarya.
Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar mazmun-mohiyati avvalo insonni ulug'lashga, uning sha'ni, qadr-qimmatini oshirishga, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilyotganligi bilan qimmatlidir. Ayniqsa, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularga hurmat-e'tibor va mehr-oqibat ko'rsatish, salomatliklarini asrash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida so'nggi yillarda davlatimizning mavjud me'yoriy-huquqiy bazasi yanada takomillashib, qator qonunchilik hujjatlari ishlab chiqildi.Katta hajmdagi arxiv hujjatlari, boshqa manbalarni o'rganish asosida mustaqillik yillarida urush va mehnat faxriylari, yolg'iz keksalar va nogironlarga moddiy, ma'naviy, tibbiy yordam ko'rsatis h, ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish borasida ham talaygina ishlar olib borilganligini ko'rish
mumkin. Qariyalarga, yolg'iz, kam ta'minlangan nafaqaxo'rlarni ijtimoiy ta'minlashda yurtimizning barcha hududlarida ham ijobiy ishlar amalga oshirildi. 1991 yilda respublika bo'yicha 30573 nafar yolg'iz qariyalar bo'lgan bo'lsa, ularning 1861 nafari Surxondaryo, 1717 nafari esa Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qilardi.[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 sentyabrdagi '2007-2010 yillarda yolg'iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko'rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida' [5] gi Qarori va 2007-yil 17-oktyabrdagi 'Pensionerlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida" [6] gi Farmonining bajarilishi ham tahlil etilgan. Jumladan, 'Jarqo'rg'onneft' ochiq aksiyadorlik jamiyatida uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan 165 nafar faxriyga 6,5 mln. so'm qo'shimcha nafaqa berildi. [7]
Qashqadaryo viloyatida esa 1042 nafar yolg'iz keksalar, pensioner va nogironlarning uylari ta'mirlab berildi. 2014-yildan boshlab Mehnat vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda mamlakatda yolg'iz keksalarga va nogironlarga professional ijtimoiy xizmat ko'rsatish' loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu loyiha ko'magida 'Keksalarni e'zozlash yili' Davlat dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-sonli 'Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida' .[8]gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga muvofiq, o'zgalar yordamiga muhtoj yolg'iz ke ksalar va nogironlarni izlash va ularning hayot darajasini baholash tizimi ishga tushirildi. Tadbirlar mahalliy boshqaruv organlari, sog'liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimi xodimalri tomonidan muntazam (har chorakda 1 marta) uyma-uy aylanib yurish orqali amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli 'O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tizimining turg'un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to'lash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida' [9]gi qaroriga ko'ra I va II guruh nogironlari, bolalikdan nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogiron shaxslar Tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to'lovidan ozod qilindi. Bundan tashqari, 2016-yil 26-dekabrda O'RQ-415-sonli 'Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to'g'risida'gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni[10] qabul qilindi. Ushbu qonun aholining ehtiyojmand toifalariga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishning umumiy talablari va asosi y yo'nalishlarini aniqlab olish, shuningdek, davlat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlari va tadbirkorlik sub'ektlarining ushbu sohadagi roli va javobgarligini oshirish masalalarini belgilab berdi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi 'Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o'rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida' [11]gi qarorining imzolanishi ham yurtimizda keksalarga hukumat tomonidan qanchalik e'tibor berilayotganligidan dalolat beradi. Yangi tizimning kiritilishi ijtimoiy yordamga muhtoj insonlar va ularning oilalarini izlab topish, ro'yhatga olish va himoya qilish tizimini mukamallashtirdi. Xususan, 2016-yil mobaynida faqatgina Toshkent viloyatining o'zida 200 dan ortiq yolg'iz keksa yoshdagi fuqarolar ijtimoiy himoyaga olingan. Butun respublika bo'yicha 17 mingdan ortiq yolg'iz keksalar va nogironlar ijtimoiy xizmatlardan foydalanishyapti.Loyihaning natijalarini davomiyligini ta'minlash uchun harakatlar qilindi. Yolgiz keksa va nogironlarga g'amho'rliq qilish va ehtiyojlarini qondirish 2016 -2020 BMTning O'zbekistonga ko'mak dasturiga va Barqaror Taraqqiyot Maqsadlar tarkibiga kirgan.
Avvalo, ta'kidlash joizki, boshqarmada 'Nuroniy' boshlang'ich jamoatchilik kengashi tuzilgan bo'lib, bugungi kunda 2789 nafar nuroniylar ro'yxatga olingan. Shundan 1807 nafarini ayollar tashkil etadi.'Xotira va Qadrlash kuni' munosabati bilan ana shunday ilmu ma'rifat va istiqbol yo'lidagi faoliyati bilan qadr topgan ustoz-muallimlar, faxriy pedagoglar oilalariga yo'qlovlar uyushtirildi. Nafaqadagi va ayni paytda ham sohada faoliyat olib borayotgan faxriylar holidan xabar olindi. Tizim bo'yicha 'Xotira va qadrlash kuni' munosabati bilan 1603 nafar faxriylarga 108 mln. 903 ming so'mlik moddiy yordam ko'rsatildi. Bizga ma'lumki, Ikkinchi jahon urushining suronli yillarida o'zining mehnati bilan front va front orqasida juda ko'plab vatandoshlarimiz fidoiylik namunalarini ko'rsatganlar.Ularning eson-omon qaytganlari ham hozirgi kunda juda kamayib bormoqda. Eng oxirgi aniq tahlillar va hisob-kitoblarga ko'ra juda ko'plab vatandoshlarimiz frontga borganligi aniqlandi. Biz buni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 75 yilligiga bag'ishlangan ma'ruzasidan bilib olishimiz mumkin.
O'zbekistondan 1 mln.951 ming kishi urushga borgan. 451mingdan ortiq yurtdoshlarimizning nomlari va taqdiri esa shuncha yillar davomida e'tibordan chetda qolgan. 538 ming o'zbekiston fuqarolari urushda halok bo'lgan bo'lsa, 158 ming hamyurtlarimiz bedarak ketgan. Quloq qilingan va boshqa o'lkalarga surgun qilingan 59 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz ham urushda qatnashgan. Front orqasida ham O'zbekistonliklar buyuk jasorat ko'rsatdilar. Ayniqsa, sanoat korxonalarining ko'chirib kelinishi halqimizning bardoshini yana bir sinovdan o'tkazdi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bu haqda gapirib: 'O'sha olovli yillarda O'zbekistonda 7 yoshdan 70 yoshgacha butun halqimiz 'Hamma narsa - front uchun, hamma narsa - g'alaba uchun!' deb yashadi, orom va halovatdan voz kechib, tinimsiz og'ir mehnat qildi [ 13 ]' degan edi. 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan '2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi'[5]ning to'rtinchi yo'nalishi 'Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari' deb nomlangan bo'lib, unda pensionerlar, nogiron, yolg'iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to'laqonli hayot faoliyatini ta'minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish masalalari ham o'rin olgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining '2022 - yil 28-yanvardagi 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida'[14]gi PF-60-son farmonida ham bu masalalar izchil davom ettirilishi qa'tiy belgilab qo'yilgan.
Muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev O'zbekiston xalqiga yangi yil tabrigida 'Men Yangi - 2022 yilni mamlakatimizda 'Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili' deb e'lon qilishni taklif etaman.
Inson qadrini ulug'lash yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash demakdir.
Muhtaram urush va mehnat faxriylarini, aziz ayollarimiz hamda yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash, ko'makka muhtoj insonlarga g'amxo'rlik ko'rsatishga alohida e'tibor beramiz'[15] deya alohida takidladilar.
Xulosa sifatida shuni takidlash joizki, o'tgan yillar mobaynida nuroniylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida erishilgan yutuqlar bisyordir va bu kabi ezgu ishlar bundan keyin ham yuksalishi muqarrardir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I. Demokratlashtirish va inson huquqlari. - Toshkent, 2004. № 1. - B. 17. 2.O'zR MDA.M-15-fond, 1-ro'yxat, 91-ish, 120-varaq.
3.Qashqadaryo viloyati Davlat arxivi.142-fond, 1-ro'yxat, 461-ish, 4-varaq.
4.Qarang: Mustaqillik.Izohli ilmiy-ommabop lug'at. - Toshkent: Sharq, 2006. -B. 455
5.Sahovat. - Toshkent, 2006. № 5-6. - B. 5. 6.Sahovat. - Toshkent, 2007. № 4-5. - B. 4. 7.O'zbekiston ovozi. 2009 yil 14 aprel
8.https://lex.uz/docs/2718856
9. https://lex.uz/uz/docs/-3083192
10.Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati materiallari.
II.0'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan. 2019-yil 7-may. 15.Yangi O'zbekiston gazetasi. 2022-yil 1-yanvar.