NOTA YOZUVNING QADIMIY USULLARI
Bobir Mansurovich Ibragimov O'zDK huzuridagi B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Annotatsiya: Mazkur maqolada nota yozuvining qadimiy usullarinig kelib chiqishi, turli davrlar va xalqlarning musiqiy matn namunalarini taqqoslanishi, ma'lum bo'lgan barcha usullardan eng qadimiysi bu chizmalar yordamida eshitiladigan ohanglarni belgilanishi va boshqa boir qator foydali ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: musiqa, nota, nota yozuvi, musiqiy ohang, alifbo, san'at, tetraxord, dekodlash, harfli belgilar
ANCIENT METHODS OF NOTE WRITING
Babir Mansurovich Ibragimov National Pop Art Institute named after B.Zokirov under the UzSK
Abstract: In this article, the origin of the ancient methods of notation, comparison of musical text samples of different periods and peoples, the most ancient of all known methods is the determination of audible tones with the help of drawings, and a number of other useful information.
Keywords: music, sheet music, notation, musical tone, alphabet, art, tetrachord, decoding, letter symbols
Nota yozuv, notatsiya (lot.notatio - yozish, belgilash) - musiqani yozib olish uchun ishlatiladigan grafik belgilar tizimi, shuningdek musiqani notalardagi aksi - o'zi.
Dunyoda musiqiy nota bo'lmagan va musiqa faqat og'zaki ravishda yetkazilgan vaqt bo'lganligini tasavvur qilish qiyin. Musiqiy ohanglarni saqlab qolish yo'lini topish zarurati musiqiy notaning yaratilishiga olib keldi. Ko'p avlodlarning sa'y - harakatlari bilan musiqaning "jonli" tovushini shartli grafik yozuv-notatsiya tiliga tarjima qilishning tobora takomillashib borayotgan tizimlari yaratildi. Turli davrlar va xalqlarning musiqiy matn namunalarini taqqoslab, ular bir-biriga o'xshamasligini ko'rish mumkin. Ammo musiqaning maxsus an'anaviy belgilar yordamida o'rnatilishi barcha farqlar bilan ularda umumiylikni ifoda etadi. Ular musiqiy madaniyatning ko'p asrlik rivojlanishi davomida musiqiy nota shakli o'zgarib, insonlar hozir qo'llayotgan musiqiy nota shakliga keldi.
Ma'lum bo'lgan barcha usullardan eng qadimiysi bu chizmalar yordamida eshitiladigan ohanglarni belgilashdan iborat bo'lgan. Bunday yozuv namunalari
qadimgi Misr yodgorliklarini o'rganishda topilgan. Turli mamlakatlar olimlari eng qadimgi musiqiy yozuvlarning ma'nolarini ochishga harakat qilmoqdalar.
Bari shahridagi universitetning ikki italiyalik olimi-musiqashunos Anna Gabriella Kaldaralo va Madaniyatshunoslik va arxeoastronomiya (bu fan turli tarixiy davrlarda osmondagi yulduzlarning o'rnini o'rganadi) bo'yicha mutaxassis Nedim Vlera fir'avnlarni dafn etish marosimlarida ijro etilgan qadimgi Misr madhiyalarining yozuvlarini o'rganib, zamonaviy musiqiy tilga tarjima qilishga muvaffaq bo'lishdi (6-rasm).
Ularning versiyasiga ko'ra, qadimgi misrliklar musiqani yozib olish uchun samoviy jismlarni tasvirlaydigan ierogliflardan foydalanganlar. Ular orasida Quyosh, oy va yulduzlar bor: Isis ma'budasiga bag'ishlangan Sirius va Venera qadimgi misrliklar mifologiyasida vaqt xudosining timsoli bo'lib xizmat qilgan. Ieroglifdagi yulduzlarning joylashuvi musiqiy belgilarning paydo bo'lishini aniqlashga yordam berdi. Nedim Vleraning so'zlariga ko'ra Siriusni bildiruvchi musiqiy belgining ieroglifi bu yulduzning miloddan avvalgi to'rtinchi ming yillikning o'rtalariga xos bo'lgan ufq ustidagi joylashishini qayd etadi.
Olimlar papirus va barelyeflarda1 yozilgan 12 ta diniy madhiyani tiklashga muvaffaq bo'lindi. Italiyalik tadqiqotchilar qadimiy musiqaning eng munosibi etib arfa, daflar (barabanlar) va arab gitarasini muqobil deb bildilar. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu musiqa juda nozik ovozga ega.
Boshqa tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, musiqiy nota zamonaviy Suriya hududida paydo bo'lgan bo'lishi mumkin. Suriyalik olimlar o'tgan asrning 50-yillarida Suriyaning shimoli-g'arbiy qismidagi qadimgi Ugarit shahrida topilgan yozuvlarni o'rganishni yakunlab, shunday bayonot berishdi. So'nra arxeologlar miloddan avvalgi ikki ming yillikning o'rtalariga oid yozilgan musiqiy belgilarni topishga muvaffaq bo'lishdi. Tugallangan tadqiqot Ugarit shahrida topilgan topilma
1 Barelyef - tekis yuzaga ishlanadigan bo'rtma naqsh.
6-rasm
musiqa asarining eng qadimgi yozuvlaridan biri ekanligini tasdiqladi. Matnlar sopol, gorizontal ravishda, chapdan o'ngga, Suriyaning qadimiy tillaridan biri bo'lgan hurrit tilida yozilganligi ma'lum bo'ldi (7-rasm).
Olimlar ushbu notalar va matnlami dekodlashga2 muvaffaq bo'lindi. Musiqa alohida, so'zlar alohida yozilgan va ularni qanday birlashtirish bo'yicha batafsil ko'rsatmalar ishlab chiqilgan. Musiqa "Nikale madhiyasi" deb nomlanadi (Nikala -hurriylar mifologiyasiga ko'ra oy xudosining rafiqasi).
Musiqiy yozuvning yanada rivojlanishi ularning balandligini ko'rsatadigan tovushlarning harf bilan belgilanishi bilan bog'liq. Alfavitli notatsiya bu balandlikni ko'rsatish uchun alifbo harflari (yunon, lotin va boshqalar), shuningdek ularning grafik modifikatsiyalari ishlatiladigan musiqiy notaning bir turi. Harfli yozuv bu hozirgi kungacha o'z ma'nosini saqlab qolgan eng qadimgi yozuv turi.
Qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan bu tizim keng tarqalgan. Qadimgi Yunoniston musiqasi tosh ustunlar va qabrlarga o'yilgan yozuvlar bo'lgan bir nechta bo'laklarda saqlanib qolgan. Musiqiy yozuv uchun yunon va Finikiya alifbosidagi harflar ishlatilgan. 1893-yilda Apollon xudosining muqaddas shahri Delfida qazish ishlarini olib borgan fransuz arxeologlari ikkita qiziq tosh yozuvlarni topdilar. Miloddan avvalgi ikkinchi asr oxirlarida Apollon sharafiga madhiyalar yozilgan. Ammo ilgari topilgan boshqa yunon qo'lyozmalaridan ular madhiyalar satrlari orasida o'yilgan qo'shimcha belgilar bilan ajralib turardi. Ushbu qisman omon qolgan musiqiy
2 Dekodlash - qabul qilingan ma'lumotni tahlil qilish va sintez qilish asosida shaxs tomonidan amalga oshiriladigan obyektni aniqlash jarayoni
partituralar qadimgi Yunoniston musiqasining eng qadimgi namunalaridan bin hisoblanadi.
Ularning ko'pchiligi papiruslarda, ko'pincha juda kichik shaklsiz bo'laklarda qayd etilgan, ammo ular asosan miloddan avvalgi 450-yillarda Evripid tomonidan yozilgan mashhur "Orest" dramasi kabi qadimgi yunon asarlariga hamroh bo'lish uchun musiqiy kompozitsiyalardan parchalar ekanligini tushunish uchun yetarli. Ushbu noyob arxeologik topilmalar qadimgi yunon musiqiy yozuvlari deb ta'riflanadi.
Eramizdan avvalgi uch yoki to'rtinchi asrlarda yashab o'tgan qadimgi yunon musiqiy nazariyotchisi Alipiy o'z asarlarida yunon musiqasi uchun klassikaga aylangan juda qulay musiqa tizimini yaratadi. U musiqada ishlatgan belgilar ro'yxatini (alifbo va psevdo-alifbo belgilarining aralashmasi) tuzdi va ularning ma'nolari haqida batafsil tushuntirish berdi. Uning bu ishi o'rta asrlarda keng tarqalgan nusxa ko'chirish tufayli saqlanib qoldi. Qadimgi yunon musiqiy nota tizimi haqidagi bilim hech qachon yo'qolmagan. Aslida XVII asrlarda rivojlana boshlagan hozirgi ko'rinishdagi nota yozuv tizimi yunon musiqa yozuvi namunasiga asoslangan.
Yunonlar ikki xil yozuvga ega edilar: biri paydo bo'lgan paytdan boshlab eng qadimgi diatonik, keyinchalik instrumental yozuv sifatida saqlanib qolgan; ikkinchisi, keyinchalik, enarmonik-xromatik bo'lib, qo'shiq aytish uchun kiritilgan.
Qadimgi yunon musiqiy yozuvi jadvali: yuqori qator vokal notasi, o'rtasi instrumental, pastki qismi zamonaviy transkript (8-rasm).
8-rasm
Yuqorigi qism: Oraliq qism:
vr A BT A' E'Z' H*e'P K* A' M 'N'H' O' II JL X-©- X * V
z' WN' tj'c yvax'Tji^'K'h/ n z
fis" f" o" e" dis" d" eis" c" h' h' als' a' gis' g' fis'
O'rta qism: (SuueaxopA'b):
abt ¿ez Hei kamw2o tt p c t v <t> x n
\ fH 1JC>V<KT DoCIJF
f' e' e' dis" d' eis' c' h h ais a gis g fis f e
Pastki qism:
v r i v r 7 h m — ¿¿v wn m Q Jb3 h f- -n
L LT H 1 h 3uE H X h H B 8 3oj£ T -3 q»
e dis d eis c H H Ais A Gis G Fis F E
Qo'llanilmaydi:
X J-
>K-€ c;
(E Dis)
9-rasm. Papirusga yozilgan qadimgi yunon qo'shig'i
Rim musiqa nazariyasida tovush balandlikni bildiruvchi yunoncha harflar lotin harflari bilan almashtirildi. Ushbu yozuv Rim davlat arbobi, nazariy musiqashunos Boetsiyga tegishli. Yunonlarning pastlama tovushqator - tetraxord o'rniga A, B, C, D, E, F, G harflari yuqorilama tovushlar tizimiga bog'langan (9-rasm).
Hozirda tovushlarning lotin yozuvlari zamonaviy musiqa amaliyotida keng qo'llaniladi.
Foydalanagan adabiyotlar
1. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - Sh harfi. 268 bet. Davlat ilmiy nashriyoti.
2. Разова С.Г. Из истории нотной записи. Материалы для дополнительного чтения. Новосибирск 2015. 93 стр.
3. Хейнце - Яшугин Музыкальная энциклопедия. Хорезмская табулатура. Т. 6 (1982).
4. Hamedov A.P. "Ozbek ananaviy musiqa ijrochiligi xrestomatsiyasi". Toshkent 1995-yil.