Научная статья на тему 'MADANIYATLAR ARO MULOQOTNING BA’ZI JIHATLARI XUSUSIDA MULOHAZALAR (YAPON MADANIYATI VA ADABIYOTINING ILK DAVRI MISOLIDA)'

MADANIYATLAR ARO MULOQOTNING BA’ZI JIHATLARI XUSUSIDA MULOHAZALAR (YAPON MADANIYATI VA ADABIYOTINING ILK DAVRI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
399
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jyomon davri / yayoy madaniyati / kofun jiday / “Ych muqaddas buyum” / Yamato / shahzoda Shotoku / “qirolicha” Suyko / Nippon / Nara / adabiy davrlanish / Kojiki / Nixonshyoki / Gimmey / Fudoki.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mamatqulova X.A.

Maqola yapon madaniyati va adabiyotining yozuvgacha bo’lgan davri hamda Nara davrida madaniyatlarning ta`siri tadqiqotiga bag`ishlangan. Mazkur davrlar Yaponiya tarixi, ijtimoiy – madaniy hayoti va adabiy jarayonlardagi o’zgarishlar yoritilgan. Yaponiyaning paleolit davridan Xeyan davrigacha etnomadaniy xususiyatlarning shakllanishi hamda tilda va matnda ifodasi ma`lumotlar asosida tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATLAR ARO MULOQOTNING BA’ZI JIHATLARI XUSUSIDA MULOHAZALAR (YAPON MADANIYATI VA ADABIYOTINING ILK DAVRI MISOLIDA)»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MADANIYATLAR ARO MULOQOTNING BA'ZI JIHATLARI XUSUSIDA

MULOHAZALAR (YAPON MADANIYATI VA ADABIYOTINING ILK DAVRI MISOLIDA)

Mamatqulova X.A.

Samarqand davlat chet tillar instituti Yapon filologiyasi kafedrasi dotsenti

Annotatsiya: Maqola yapon madaniyati va adabiyotiningyozuvgacha bo'lgan davri hamda Nara davrida madaniyatlarning ta'siri tadqiqotiga bagishlangan. Mazkur davrlar Yaponiya tarixi, ijtimoiy - madaniy hayoti va adabiy jarayonlardagi o'zgarishlar yoritilgan. Yaponiyaningpaleolit davridan Xeyan davrigacha etnomadaniy xususiyatlarning shakllanishi hamda tilda va matnda ifodasi malumotlar asosida tadqiq qilingan.

Kalit so'zlar: Jyomon davri, yayoy madaniyati, kofun jiday, "Ych muqaddas buyum", Yamato, shahzoda Shotoku, "qirolicha" Suyko, Nippon, Nara, adabiy davrlanish, Kojiki, Nixonshyoki, Gimmey, Fudoki.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7552609

Annotation: The article is devoted to the study of the characteristics of the culture and literature of Japan before the pre-alphabeticalperiod and the era of Nara. Changes in the socio-cultural life and literary process of Japan of these periods are described. The formation of the ethnocultural features of Japan from the Paleolithic period to the Heian epoch and their expression in the language and text based on information are investigated.

Key words: Jomon era, yayoi culture, kofun zhidai, "Three sacred objects", Yamato, Prince Shotoku, "empress" Suiko, Nippon, Nara, literary periodization, Kojiki, Nihonshoki, Himmei, Fudoki.

Zamonaviy arxeologik topilmalar Yaponiyada birinchi odam qoldirgan izining topilgan vaqtini yanada uzoq davrlarga surib bormoqda. Yaponiyaning poleolit davri yaqin-yaqingacha zamonaviy tadqiqotchilar uchun hazil tuyulgan bo'lsa, yapon olimlari uchun haqiqat ekanligi o'tkazilgan tadqiqotlar natijasida aniqlanmoqda.

Qadimgi qabilalar aholisining yashaydigan joyida yapon orollari Osiyo materigining bir qismi bo'lgan. U yerda yashagan qabilalar Sharq, Janubiy Sharq, Shimoliy Osiyo hududlaridan kelgan bo'lib, qolib ketishgan. Eramizdan o'n ming yillar oldin muzliklar davri tugab jahon okeanining sathi ko'tarilgan. Buning evaziga Yaponiya arxipelagi vujudga kelgan. Dunyoning isishi va dengiz oqimlarining o'zgarishi yapon paleoliti dashtlarining qalin o'rmonlar bilan qoplanishiga olib keladi. Yaponiya orollariga ikki xil qabilalar ko'cha boshlagan [4.75.]. Boshida Proto-aynlar qabilalari keyinchalik esa Avstroneziya qabilalari, ular Janubiy sharqiy osiyoning kengliklariga joylashib u yerdagi qabilalar madaniyatini saqlagan holda o'zlarining madaniyatlarini mavjud bo'lgan madaniyatga qo'shib borganlar. Poleolit

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

davrining minginchi yillarida va Neolit davrida ham bir madaniyat boshqa madaniyat bilan almashinib, o'zining azaliy xususiyatlarini yo'qotmangan. Aynan shu davrlarda qadimiy yaponlar sopol buyumlar yasay boshlaganlar. Sopol buyumlar orasida ovqat pishirish, oziq -ovqatlarni saqlashga mo'ljallangan ichi chuqur ko'zalar alohida ajralib turgan. Ularning o'ziga xos bezagi arqonli naqsh bo'lgan. Arqonli naqsh yapon tilida Jyomon deyilgan. Bunday bezakli idishlar miloddan avvalgi II asr o'rtalarigacha uchraydi. Shu bois arxeologlar neolit davri madaniyatini "Jyomon madaniyati", yapon arxipelagidagi etakchilik davrini esa Jyomon davri deb atashgan. Neolit davrida qadimiy yaponlar o'troq holdagi yashash tarziga o'tadilar. Ular baland bo'lmagan tepaliklarda yigirma-o'ttiz kishilik guruh bo'lib yashaganlar. Ovchilik, madaniylashgan o'simliklarning mevalarini terish bilan shug'ullanganlar. Sholikorlik bilan tanisha boshlaydilar.

Miloddan avvalgi IV - III asrlarda Kyushu orolining shimoliga va Honshyu orolining janubiy g'arbiga Koreya yarim orolidan proto yapon qabilalari ko'cha boshlaganlar. Ular o'zlari bilan uy hayvonlarini, guruch, qo'rg'oshin hamda bronza yasash sirlarini olib kelganlar. Ularning xo'jaligida ovchilik va baliqchilikdan ko'ra dehqonchilik ayniqsa sholichilik birlamchi bo'lgan [1.172.].

Miloddan avvalgi III asrda Yaponiya orollarida ilk bronza madaniyati tarqala boshlagan (yayoy madaniyati). Bu davrda marosimlar uchun boronzadan qilich va nayzalar, bronzadan oynalar va qo'ng'iroqlar yasaganlar. Ienaga Saburoning ta'kidlashicha "Mazkur qurollar "shohlarning" siyosiy hukumronligi ramzlari bo'lib, qishloq qabilalari tomonidan marosimlarda ishlatilinilgan" [1.32.].

Xitoy yilnomalarida yaponlar (xitoycha vojen, yaponcha vajin - vaning odamlari) haqidagi ilk ma'lumotlar miloddan avvalgi I asrga to'g'ri keladi. "Xan shu"da (Xan sulolasi tarixida): "Lolan daryosi bo'ylarida vojenlar yashaydilar.Ular yuzdan ortiq hududlarga bolinganlar [1.20.].

Eramizning I asrida xalqining koplab mayda hududlari urug'chilik va qabilachilik asosida birlasha boshlaganlar. Urug'(uji) asosiy ijtimoiy tashkilot sifatida qarindoshchilik munosabatlariga asoslanadi. Hududi umumiy, yaratuvchi-ma'budga(ujikami) sig'nadi, yagona sardorga (uji-no-kami)bo'ysunadi. Sardor boshqa urug'lar bilan aloqalar olib boradi, urug' a'zolarining ustidan hukm chiqargan hamda urug'ning oliy shamani hisoblangan. Eramizning boshlarida qadimiy yapon urug'lari qondoshchilik va hududiy birlashmalardan iborat edi [1.15.].

III asrning ikkinchi yarmida ilk temir davri boshlanib Yaponiya tarixida "Kofun jiday"- qo'rg'on davri deb nom olgan. Sardorlarni keyinchalik avlodlarning ulug'larini dafn qilganda ham dumaloq shakldagi (V asrning oxirlaridan VII asrning oxirlarigacha kvadrat-dumaloq)qo'rg'onlar qurishgan, keyinchalik ulardan dafn buyumlari: marosimga oid buyumlardan harbiy buyumlargacha topilgan.

III asrda uchta qabilaviy uyushmalar mavjud bo'lgan. Markaziy Kyusyuda Kuna, Shimoliy Kyusyuda Ematay Xonsyu orolining markaziy qismida Yamato. Har biri o'zining sardori tomonidan boshqarilgan va qit'a bilan mustaqil aqloqalar olib borganlar. Xitoy solnomalaridan "Vey ji" da (Vey qirolligi tarixi) keltirilishicha Vey qirolligi hamda Kyusyu orolining shimolida "qirolicha" Fimiko saltanati o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilgan.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Hunarmandchilik va dehqonchilikning paydo bo'lishi va rivojlanishi immigrant (kikaji) larning yangi oqimini yuzaga keltirgan, ular - xitoylar va koreyslar, yuqori rivojlangan madaniyat vakillari sifatida ularning hunarmandchilik mahsulotlariga ehtiyoj katta bo'lganligi bois Ichki Yapon dengizi qirg'oqlariga ixcham-ixcham guruhlar tartibida joylashtirilganlar.

Qadimgi yaponlarning diniy e'tiqodlari keyingi davrlarda sinto-(ma'budlar yo'li) deb nomlanadi. O'zida animizm, ajdodlar e'tiqodi hamda ikki turdagi shomonlik-shimoliy osiyo va malay-poleziya unsurlarini birlashtiradi. "Yaponiya anallarida"(Vm asr.) Yaponiyaning samoviy mab'udlar tomonidan tashkil topishi haqidagi bo'limida shunday deyilgan: "O'sha yerda ko'p kamilar mavjud bo'lib, chaqnab turadilar.... Shuningdek, daraxtlar va maysalar ham bor, ular gapiradilar.

Har bir urug' o'zining yasirosiga-muqaddas joyiga ega bo'lgan. U yerda urug'ning ajdodlariga ta'zim bajo keltirganlar. Uji federatsiyalarining tashkil topishi va Yamato urug'ining kuchayishi munosabati bilan shu urug'ning yaratuvchisi hisoblangan quyosh ma'budasi Amaterasuga topinish boshlangan. U boshqa mahalliy topinishlarni siqib chiqarmaydi, lekin ulardan ko'ra ko'tarilib ilk yapon davlatining barcha hududlariga tarqalgan. Ise viloyatida Tinch okeaninig qirg'og'ida Amaterasuga topinish uchun bino tiklaydilar. Bu yerning kohini turmushga chiqmagan malika bo'lgan. Davlat barpo bo'lishi haqidagi umum yapon miflari arxaik koreys folkori va marosimlaridagi voqealarga o'xshash. Ildizlari Shimoliy Osiyoga borib taqalsa ajab emas [1.82.].

"Ych muqaddas buyum"- qilich, yashma, bronza ko'zgu Yamato "qirollarining" ramzi hisoblangan. Sekinlik bilan qabilalarI ichida tabaqalanish boshlangan. Imtiyozga ega guruhlar va nasldan-naslga o'tuvchi tobe hunarmandlar-belar hamda dehqonlar-tabelar. Boyligi va huquqlariga ko'ra qabilalar ham bo'lina boshlaydilar. Har bir qabila va boshliqlarining etakchilikka intilishi bir tomondan ular orasida kelishmovchilikka olib kelsa, ikkinchi tomondan ularning o'zaro bir davlat ostida birlashuvlariga zamin yaratadi. Ilk davlat tashkilotlarining doimiy poytaxtlari bo'lmagan. Har bir "qirol" ma'muriy markazini yangi joyga ko'chirgan. Sababi vafot etgan "qirol' hududini la'natlangan degan tasavvur hamda Yamato davlatiga kirgan kuchli qabilaning manfaatlari bo'lgan. Davlat boshqaruvi o'zining ehtiyojlarini keltirib chiqargan: ma'muriy apparatning yaratilishi, markazlashuvning g'oyaviy asoslanishi, davlat tizimining barcha sohalari faoliyati uchun yozuvning qabul qilinishi.

Orolga IV-V asrlarda Xitoy va Koreyadan ko'chib kelgan bir qancha muhojirlar Xitoy ieroglif yozuvini bilganlar. Ma'lumotlarga ko'ra, yozuv VI asrning o'ttizinchi yillarida keng miqyosda kirib keladi [1.17.]. Vakayama viloyatida topilgan bronza oynadagi yozuvga 503 yil deb sana qo'yilgan[1.24.].

Yaponiyada yozuv madaniyatining uzluksiz tarixi VII asrdan boshlangan. Hozirgi kunda buddaviylik ibodatxonalarida eng ko'p qadimiy matnlar mavjud, zero ularda bronzadan yasalgan qadimiy madaniy buyumlar saqlanib qolgan. Yaponiyada buddaviylik tarqalishining asosiy nuqtasi 552 ( boshqa variantda 538 yil) yil koreys davlati Pekchedan qimmatbaho sovg'alar bilan kelgan elchilar bilan bog'liq. Sovg'alar ichida Buddaning haykaltaroshlik tasvirlari, budda yozuvlarining qo'lyozma matnlari, marosimlarda ishlatiladigan qimmatbaho idish ham bo'lgan. 594 yil valiahd shaxzoda Shotoku (574-622) "qirolicha" Suyko (554-628) nomidan buddaviylik ta'limotining uch xazinasi - Buddaga, ta'limotiga (dxarmaga), xizmat

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qiluvchilar jamoasiga(sangxu) e'tiqod qilishga farmon chiqarib xalqqa e'lon qiladi. "Yaponiya anallarida" imperator Temmu (673)davrida buddaviylik ta'limotining qonunlari xitoycha tarjimasi VII asrda yaponlar orasida keng tarqalganligi, u uch mingdan ortiq o'ramadan iborat ekanligi, qayta ko'chirishga ko'p odamlar jalb qilinganligi bayon etilgan.

Hukumron urug'ining ilohiyligi to'g'risidagi cintoistik kontsepsiya davlat boshqaruviga qaratilmagan bo'lib, hukumdorning unga tobe urug'lar boshliqlaridan mutlaq ustunligini e'tirof etgan. Davlat boshqaruvida g'oyaviy ta'limotni qabul qilish borasida ta'sirga ega urug'lar orasida uzoq tortishuvlardan so'ng buddaviylikni tarqatishga, keyinchalik konfutsianlik va xitoy siyosiy institutlarini o'zlashtirishga qaror qilganlar. Natijada buddizm davlat diniga aylangan.

604 yilda shaxzoda Shotoku 17 moddadan iborat birinchi Konstitusiyani qabul qilgan. VI asrning oxirlarida Yaponiyaga Markaziy va G'arbiy Osiyodan moddiy buyumlar kirib kelgan. 607 yilda Shotoku Xitoyga Ono-no Imoko boshchiligida keng ko'lamda elchilarni yuborgan. Xitoy imperatoriga yozilgan maktub shunday boshlangan: "Quyosh chiqar mamlakatning samo o'g'loni Quyosh botar mamlakatning samo o'g'loniga murojaat qiladi...". Shu tarzda Yamato davlati Xitoy bilan mustaqil va teng huquqli munosabatlar o'rnatishga harakat qilgan. Oradan bir yil o'tib Xitoydan javob tariqasida elchilar kelgan.

Buddizm va konfutsianlikning tarqalishi hamda VII asrda Xitoy andazalaridagi siyosiy institutlarining tatbiq etilishi, fan va texnikaning taraqqiyoti Yaponiyaning mintaqa tamadduniga jalb etilishiga olib kelgan. O'zlastirilgan (Sharqiy Osiyodan, Hind-buddizmdan, Markaziy Osiyodan ) unsurlar protoyapon madaniyatining o'ziga xos sintetik ya'ni bir tomondan an'nalarni saqlab qolgan, ikkinchi tomondan yangiliklarni faol o'zlashtirib olgan madaniyatga aylanishiga omil bo'lgan. Mazkur xususiyatlar Yaponiya tarixining rivojlangan yozma madaniyatining bosqichlarida yaqqol ko'rinadi.

VII asrning ikkinchi yarmida Yaponiyaning Yamato nomining o'rniga xitoylashgan nom Nippon (Nixon, xitoycha Jiben-Quyoshning ildizi) myomalaga kiritiladi. Bu davrda yapon hukumdorlari Kuyusyu, Sikoku, Xonsyu orolining katta qismida hukumronliklarini o'rnatgan edilar. Xonsyu orolining shimoliy qismida bo'ysunmas ayn qabilalari istiqomat qilganlar. Bir paytlar Yamato federatsiyasini tashkil qilgan yapon urug'lari tinimsiz bo'linishlar va tarkibiga boshqa urug'larni qabul qilishlari natijasida tubdan o'zgarganlar. 664 yil "qirol" Tenji urug'larni tabaqalashtirish xususida farmon chiqargan. Uryg' boshliqlarining mavqesiga ko'ra turli uzunlikdagu qilichlarni joriy etgan. Ilk davlatchilikning tashkil topishi g'oyaviy ta'minotidan tashqari tez sur'atlarda xo'jalikning, hunarmandchilikning, fan va san'atning taraqqiyotiga olib kelgan. Qurulish ishlari avj olgan. Saroylar, ibodatxonalar, yo'llar, ko'priklar, bandargohlar, kemalar qurulish shular jumlasidandir. Foydali er qazilmalari ishlari, metallurgiya va mexanika rivojlangan (kompasning, suvda harakatlanadigan g'ildiraklar kabilarning muomalaga kiritilishi). Astronomiya sohasida esa taqvim kiritilgan, yo'l, xitoy tizimiga asoslanib yil oyga, kichik va katta mavsumlarga sutka va soatlarga bo'lingan va hokazo, qishloq xo'jalik ishlarining muddatlari aniqlangan. Matematika, tibbiyot, qog'oz va yozyv jihozlarini ishlab chiqarish, to'qimachilik, rassomchilik, musiqa taraqqiyot etgan. Muayyan hunarmandchilik sohalari uchun alohida korporatsiyalar tashkil etilgan. Saroyda fan va turli ishlab chiqarish sohalarini boshqaradigan bo'limlar tashkil qilingan. 645 yilda Xitoy

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Tan sulolasi andazasida aholini va qishloq xojaligining erlari ro'yxatdan o'tkazilgan. 646 yilgi farmon bilan me'rosning yangicha tizimi kiritilgan, mamlakatning ma'muriy viloyatlarga va uezdlarga, poytaxtning - dahalarga bo'linishi belgilangan. VII asr yapon davlatchiligida yozuv davri bo'lishga ulgurgan edi. Rasmiy xujjatlar, buddaviylik sutralari, ularning izohlari, xo'jalik ko'rsatmalari xitoy tilida olib borilgan.Tabiatdan ruhlanish "so'z qalbiga" ishonishga (kotodama) olib keladi, ya'ni yaponlar so'z sehriga ishonadilar. Yapon tarixshunosligida VI asrning oxiri va VII asrning oxirigacha Asuka davri deyiladi. (Ushbu asrda bir qancha "qirollarning" qasrlari joylashgan joyga nisbatan olingan). Mazkur davrda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayotidagi muhim voqealardan biri Tayka islohoti (645) natijasida iqtisodiy, ijtimoiy, ma'muriy sohalarda, erdan foydalanish tizimida kuchli ijobiy o'zgarishlar bo'lgan [4.212.]. O'zgarishlarning hosilasi sifatida mamlakat hayotini bir necha asrlargacha belgilab bergan Tayxoryo qonunlar to'plamining yaratilishidir (702-718).VIII asr Yaponiyada yozma adabiyotining vujudga kelishi bilan mashhur.

Yaponiya davlatining mustahkamlanishi va taraqqiyoti yolida tarmoqlangan boshqaruv tizimini yolga qo'yish va doimiy poytaxtga ega bo'lish lozim edi. Poytaxt shahar 710 yil qurib bitkazilgan. Unga Olam Egasi (Nara yoki Xeyjyo) deb nom qo'yilgan. Shahar qurilishida davlat poytaxtini qurishdagi Xitoy me'morlari qabul qilgan tamoyillarga asoslanilgan. Yaponiya V asrda Koreya orqali Xitoyning iyeroglif yozuvuni qabul qilgan uchta mamlkatdan biri. Ma'lumki, qadimgi xitoy dunyodagi eng qadimgi tamaddunlardan hisoblanadi. Dunyodagi barcha xalqlar madaniyatiga, xususan. Sharqda Yaponiya va Koreyaga ta'siri behisob. Tarixda yapon filologiyasi xitoy yozuvining juda katta ta'siri asosida paydo bo'lganligi ta'kidlangan. Aniqlanishicha, xitoy iyerogliflari Yaponiyada tarqalgungacha o'z yozuvi bo'lmagan. Yaponiyada yozuvning paydo bo'lishi V asrning boshlariga borib taqaladi. Buni arxeologik qazilma natijasida topilgan yozuv asoslagan: (Funayama qo'rg'onida topilgan. Kumomoto perfekturasi, Kyusyu oroli) "Kimki ushbu xanjarni olib yursa unga uzoq umr, ko'p farzand va ko'p nabiralar in'om etiladi" deb yozilgan. Aytilishicha o'sha zamonlarda o'yib yozilgan yozuvi bor narsaning qandaydir ilohiy kuchi mavjud deb ishonilgan. Keyinchalik bunday qarash umuman yozuvga nisbatan mavjud bo'lgan. Yaponiyaning eng qadimgi yozma yodgorliklarida ta'kidlanishicha, yapon tiliga xitoy iyerogliflarini kirib kelishi VII asrda tugatilgan.

Yozma yodgorliklardagi ma'lumotlarga ko'ra yapon adabiyoti VII-VIII asrda shakllana boradi, biroq uning ildizlari juda qadimga borib taqalishi kamida eramizning III asrlariga borib taqalishi va xalq og'zaki ijodidan oziqlanganligi sir emas. Shunday qilib yapon yozma adabiyotining vujudga kelishida ko'p asrlik folklor manba bo'ladi. Albatta, folklor keyinchalik ham rivojlanadi. U yapon adabiyotining timsollariga, mavzulariga manba bo'lib qolaveradi. Yozma adabiyot nafaqat xalq og'zaki ijodiyotidan foydalanadi, shuningdek xitoy, koreys kabi o'zidan yuqoriroq rivojlangan mamlakatlarning an'analarini o'zlashtirgan.

VIII asrda yuqoridagi yozma yodgorliklar yaratilgan paytda Yaponiya poytaxt Naraga ega bo'lgan markazlashgan davlat bo'lgan. Davlat boshida yapon tarixiy xronikalarida imperator deb nomlangan dohiy o'tirgan. Ma'muriy va ijtimoiy tartib Xitoy andazasida shakllantirilgan. Amaldagi Tayxoryo kodeksi (701) mamlakatning barcha jabhalarini qamrab olib tartibga solgan. Davlat amaldorlarini tayyorlovchi maktab ta'limi tizimi yaratilgan. Xitoy

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

adabiyotini o'rganish va buddaviylikni targ'ib qilish tizimning asosini tashkil qilgan. Xitoy yozuvi asosida fonetik bo'g'inli alifbo Kana ishlab chiqilgan. Mazkur davrda materik bilan adabiy aloqalar doimiy va rasmiy xususiyatga ega bo'lgan.Yaponiyadan Xitoyga, Tan saroyiga, Koreyaga maxsus elchilar doimiy yuborilgan. Koreyaning qadimiy davlatlari bilan munosabat Yaponiyaning tili va madaniyatiga ta'sir qilgan. Bu davrga kelib, Xonsyo orolining g'arbiy qismida koreyaliklarning yirik-yirik manzilgohlari mavjud bo'lgan. Koreya va Xitoydan kelganlar hamda sayyor rohiblar mamlakatning madaniy va adabiy hayotida muhim ahamiyat kasb etganlar. Xulosa qilib aytganda arxeologik manbalar, qadimiy ibodatxonalar va Naradagi Siyosoin xazinasi Yaponiyaning Xitoy va Koreyadan tashqari boshqa xalqlar va davlatlar madaniyati va tamadduni bilan aloqalari haqida ma'lumotlar beradi. Topilmalardagi naqsh va qadimiy rasmlarning tadqiqotlari yapon ustalariga O'rta Osiyo, Arab mamlakatlari, Yunoniston madaniyati ma'lumligidan xabar beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Горегляд В.Н. Японская литература.VIII-XVI веков.Начало и развитие традиций.-СПБ. Петербургское востоковедение. 2001. 2-издание.

2. История всемирной литературы в 9 ти томах. 3 том. М.: "Наука". 1985.

3. Keen D. Seeds in the heart. Japanese literature from Earlest Times to the late sixsteenth century. N. -Y. 2003.

4. ShuichiKato. A History of Japanese Literature (The First Thousand Years) ISBN4-7700-2934-9., 2002.

5. Mamatqulova X.A.. Tili o'rganilayotgan mamlakat adabiyoti Yapon adabiyotidan lavhalar (1- kitob). O'quv-uslubiy qo'llanma. Samarqand, SamDChTI. 2021

6. Фужиока Тадахару. Кодза нихон бунгаку. Лекции по японской литературе, том 3. Книга 1. Токио. 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.