Научная статья на тему 'NOSIR FOZILOVNING YUMORISTIK MAHORATI'

NOSIR FOZILOVNING YUMORISTIK MAHORATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
350
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
esse / xotira / yodnoma / tahlil / kuzatish / ijodkor shaxsi / yumor / obraz / qahramon. / essay / memory / memoir / analysis / observation / creative personality / humor / image / hero.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O‘. Abdunazarov

Ushbu maqolada mashhur adib, essenavis Nosir Fozilovning essehotiralarida keltirilgan qiziqarli voqealar xamda yumorga boy bo‘lgan holatlar xaqidagi fikr mulohazalar va kuzatishlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HUMOROUS SKILL OF NASIR FAZILOV

This article contains interesting stories from the memoirs of the famous writer and essayist Nosir Fozilov, as well as comments and observations on humorous situations.

Текст научной работы на тему «NOSIR FOZILOVNING YUMORISTIK MAHORATI»

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333

NOSIR FOZILOVNING YUMORISTIK MAHORATI O'tkir Abdunazarov

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6912018

Annotatsiya. Ushbu maqolada mashhur adib, essenavis Nosir Fozilovning esse-hotiralarida keltirilgan qiziqarli voqealar xamda yumorga boy bo 'lgan holatlar xaqidagi fikr mulohazalar va kuzatishlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: esse, xotira, yodnoma, tahlil, kuzatish, ijodkor shaxsi, yumor, obraz, qahramon.

Аннотация. В данной статье собраны интересные рассказы из воспоминаний известного писателя и публициста Носира Фозилова, а также комментарии и наблюдения над юмористическими ситуациями.

Ключевые слова: очерк, память, воспоминания, анализ, наблюдение, творческая личность, юмор, образ, герой.

Abstract. This article contains interesting stories from the memoirs of the famous writer and essayist Nosir Fozilov, as well as comments and observations on humorous situations.

Keywords: essay, memory, memoir, analysis, observation, creative personality, humor, image, hero.

Nosir Fozilovning esse-xotiralarini kuzatadigan bo'lsak yengil yumor, hajviy ruh, nozik kinoyalarga asoslangan ifodalarni ko'plab uchratishimiz mumkin. Adibning yumoristik mahorati yuzasidan fikr-mulohazalarni bildirishdan avval yumor janri xaqida qisqacha to'xtalib o'tish lozim. Yumor asosan yengil tanqidga asoslangan insonga kulgu qo'zg'atuvchi janr hisoblanadi. Bu janr haqida adabiyotshunos olim D. Quronov "Adabiyotshunoslik lug'ati" kitobida shunday keltiradi: "Yumor (Ingl. Humour- kayfiyat moyillik) - 1) komiklik turlaridan biri. Badiiy asarda kishilar, voqea hodisalar ustidan yengil, do'stona, beg'araz kulish. Yumorda kulgililik ochiq-oshkora namoyon bo'ladi, ammo oshkor kulgi ostida yengil-yelpi hazil, ko'ngilxushlik maqsadi emas, jiddiylik mavjud. Yumor o'z ob'ektida qisman bo'lsa-da idealga muvofiq jihatlarni ko'radi, uni mukammallashtirish, nuqsonlarini bartaraf qilish, undagi umuminsoniy qimmatga molik jihatlarni yuzaga chiqarish maqsadini ko'zlaydi. Shuning uchun ham yumorda tanqid ruhi, nuqsonlar ustidan kulish bilan birga xayrixohlik, achinish ham mavjud. Yumorning qat'iy chegaralarini belgilash nihoyatda mushkul, shu bois u ko'pincha, komiklikning satira, kinoya, sarkazm kabi ko'rinishlari bilan qiyosan tushintiriladi" [1.372.].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Nosir Fozilovning yodnomalarida atoqli adiblarimiz bilan birga kechgan damlarini bejirim qilib yoritar ekan ko'tarinki xajviy ruhdagi lavhalarni kuzatamiz hamda ushbu xotiralarni o'qiganda o'quvchi chehrasida nim tabassum paydo bo'ladi. Bunday yumoristik ruhda sug'orilgan yodnomalar o'qirman ruhiyatiga ham singadi. Muallif esse-xotiralarida yumoristik tasvirlar orqali asosan turli voqealarni ob'ektiv tasvirlaydi, yaratgan asariga hayotbaxsh ruh beradi, ayni shu o'rinda o'quvchiga badiiy estetik zavq bag'ishlaydi. Nosir Fozilovning so'zamolligiga ishora qilib yozuvchi Erkin A'zam shunday eslaydi: "Bag'rikeng bu odam bilan

ЮМОРИСТИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО НАСЫРА ФАЗИЛОВА

HUMOROUS SKILL OF NASIR FAZILOV

KIRISH

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

ilk tanishuvdanoq aka-uka, ota-bola bo'lib ketish hech gap emasdi. U katta-kichik barcha qalam ahlini "shoir", aniqrog'i- "shayir" deb atardi. "Shayir"lardan birortasi nojo'yaroq ish qilib qo'ysa, beg'ubor kulib, "Shayirgarchilik bo'pti-da, hay, loygarchilik deganday gap", dep qo'yardi. Taniqli kishilar to'g'risida latifanamo gaplar ko'p bo'ladi. Biri rostdan ham boshdan o'tgan bo'lsa, boshqasini muxlislar to'qib yuboraveradi. Emishki, Nosir aka bir kuni bozor aylanib yurganida allaqanday besaranjomroq yigitcha birovning cho'ntagiga qo'l suqayotganini ko'rib qolibdi. "Ha, shayir, tinchlikmi?" debdi ovozini baralla qo'yib. "Nega meni shoir devossiz, oka?!" dermish peshgirlik qilib haligi nusxa. "Nima, bo'lmasa, seni o'z noming bilan o'g'ri deb atash kerakmi?" degan ekan adib shunda" [2.48-49.]. Albatta, kulgi yaratish yozuvchidan so'zamolllik talab etadi. Nosir Fozilov yodnomalarida yumorni o'z o'rnida qo'llaganligi sababli bu asarlar poetik jilolanib turadi. Nosir Fozilov esse-xotiralarida yumor turli holatlarda, turli ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Yumor ba'zi holatlarda adibning o'z tilidan keltirilgan so'z va iboralarda namoyon bo'lsa, ba'zi paytlarda esa qahramonlarning o'zaro muomala-munosabatlarida ba'zan ular atrofidagi boshqa shaxslarga bergan baholariga namoyon bo'ladi. Taniqli jurnalist Ashurali Jo'raev adibning qalbi yumorga oshuftaligi haqida so'z yuritar ekan shunday deydi: "Nosir aka ayrim yozuvchilarga o'xshab, kulgini yoki kulgili voqealar, hangomalarni birovlarning kitoblaridan ko'chirib olmaydi. Aksincha, o'zi yaratgan yoki bevosita guvohi bo 'lgan hayotiy kulgi yoki hangomalarni qalamga olgani bois, Nosir Fozilov qahqahasi hamon yashab kelayapdi" [2.144.]. Adibning "Unaqa bo'lsa" nomli yodnomasida atoqli qozoq adibi Sobit Muqonovning hayotiga oid bir qiziq voqeani hikoya qiladi. Unda aytilishicha Sobit og'a rafiqasi Maryam opa bilan sayohatga chiqqani, Xitoy, Xindiston bo'ylab sayohat qilib qaytgach uyushmadagilar Sobit og'ani sayohat xotiralarini gapirib berishga chaqirgani haqida so'z boradi. "Sobit og'a mazkur mamlakatlarning, tabiati, odamlari, hayvonot dunyosi haqida gapirib turib:

- Hindistonda shunaqa ilonlar bor ekanki, har qaysisi naq yuz, yuz ellik metr keladi! - deb yuboradi gap orasida . Bu gapni eshitganlardan biri: "O'h-ho'!" - deydi, ikkinchisi: "Ola!" - deydi. Shakkokroq bir yosh yigit o'rnidan turib, luqma tashlaydi:

- Yuz ellik metr ham ilon bo'larkanmi hech zamonda?

Shunda Sobit og'a judayam oshiribyuborganinipayqab qolib, past tushadi:

- Agar ishonmayotgan bo'lsang, mayli, unda bitta no'lini olib tashlayqol, bolam" [3.123.].

TADQIQOT NATIJALARI

Adibning bu yodnomasida aks etgan kulgining ko'lami keng va mazmundor. Muallif yumoristik ifodalarning hech kimning xayoliga kelmagan turli-tuman usullarini o'ylab topadi va ishga soladi. Ushbu ko'rinishda paydo bo'lgan beozor yumor o'quvchining chehrasiga tabassum uyg'otadi. Nosir Fozilovning esse-xotiralarida ayniqsa o'zi ishtirok etgan lavhalarda albatta bir yumoristik holatni yoki bo'lmasa bir shumlikni yoki so'zomolligini kuzatishimiz mumkin. Adibning "Mol do'sting boshqa-yu, jon do'sting boshqa" nomli xotirasida Chimkentga bir qozoq yozuvchisining to'yiga borgani va bu to'yga so'zga chiqib ajoyib so'zlagani tasvirlanadi. "-Adash, - dedim. Negaki uning ismi ham Nosir, meniki ham. - Mana shu Qozog'iston, O'zbekiston hududida uchta zo'r odam chiqqan. Buni qarangki, uchalasining ham ismi Nosir. Bittasi Qizilo'rda viloyatida tug'ilib, butun Chimkent, Jumbul viloyatlarini ham o'ziga qaram qilib o'tiribdi. Bu- sensan, bovurim. Bittasi tarixiy Turkiston shahrida tavallud topib, O'zbekistonu Qozog 'istonni og'ziga qaratib yuribdi. Bu - menman, do'stim. Uchinchisi esa, O'tror degan muqaddas shaharga dunyoga kelib, o'zining iqtidori, iste 'dodi-yu, ilmda donoligi

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

bilan butun jahonni tobe qilib olgan. Bu- sen bilan bizning bobokalonimiz Abu Nosir Forobiydir! - Zalda chapak avjiga chiqdi. Ko'rib turibman aytilgan gap borib mo'ljalga tegdi" [3.143.]. Bu yodlovda Nosir Fozilov harakteriga xos bo'lgan jixatlar yaqqol namoyon bo'lgan. Muallifning ushbu xotirasida ozroq hazil aralashgan bo'lsada lekin topqirlik bilan so'zlarni o'rnida qo'llash adibning mahoratini nechog'lik ekanligini ko'rsatib turibdi. Umuman topqirlik, so'zga ustalik Nosir Fozilovning fe'li sajiyasiga xos bir ko'rinish bo'lib uning dastxat yozishida ham bu jihatlar yaqqol namoyon bo'ladi. Bu fikrimizga misol tariqasida adibning "O'zbek soldatidan" nomli yodlovini keltirishimiz mumkin. Bunda qozoq yozuvchisi Sobit Muqonovning "Qozoq soldati" nomli asarini o'zbek tiliga tarjima qilgan adib ushbu kitobni yozuvchi Abdulla Qahhorga hadya qilishdan oldin ichiga shunday dasthat yozadi. "O'zbek adabiyotining generali, ustoz Abdulla Qahhorga! "Qozoq soldati" ni ag'darib tashlagan o'zbek soldatidari" [2.7.]. Bu ko'rinish ham adib topqirligining bir belgisidir. Nosir Fozilovning yumoristik mahorati, harakteri hajviyotga moyilligi hamda so'z qo'llashga ustaligi haqida so'z yuritar ekan olim va tarjimon Aleksandr Zirin shunday yozadi: "Uning nutqi shu qadar obrazli, chiroyli, mag'zi to'qki, yumor va hazilga shu qadar boyki, eshitib hayron qolasiz: yopiray, bir qarasang oliyjanob, bir qarasang mug'ombirona iljayib turadigan bu odam shuncha gapni, shuncha voqealar tasvirini qaerdan topadi, a?! Meni to'g'ri tushining, o'zbek adiblari orasida do'stlarim ko'p, ko'pchiligi qishloqlardan chiqqan, ularning hammasidayam gapirish ohangida, talaffuzida boy va shirali o'zbek tilining shevalari, jarangi, qudrati aks etib turadi, lekin mana shular ichidayam Nosirninggapirishi boshqacha!" [3.7.].

MUHOKAMA

Nosir Fozilov tabiatiga xos bo'lgan xozirjavoblik, har qanday vaziyatlardan ustalik bilan chiqa bilishi esse-xotiralarida namoyon bo'lganligini ko'ramiz. Nosir Fozilov ustozlari hayotida ro'y bergan qiziqarli voqealarni ham o'zi guvohi bo'lmagan bo'lsada o'quvchi tushinishi uchun oson qilib ifodalaydi. Nosir Fozilov yodnomalarida adiblarimiz G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor xamda Mirtemir ishtirokidagi qiziqarli satirik voqealarni qo'plab kuzatishimiz mumkin. O'quvchi ushbu xotiralarni o'qiganda muallifning yumoristik mahorati qay darajada ekanligini tushinib yetadi. Muallifning G'afur G'ulom haqidagi esse-xotiralarida adibning tabiatiga xos bo'lgan jihatlar ko'proq yoritiladi. G'afur G'ulomning xazil-mutoyibaga moyilligi jonli dalillar asosida tasvirlanadi. "G'afur akaning o'z og'zidan eshitgan hangomalarim", "He, g'o'daygan", "Qaqshatkich zarba", "Qovoqari", "Ofesiantka" kabi yodnomalarida akademik shoirimiz G'afur G'ulomning hayotida ro'y bergan qiziqarli kulguga boy voqealar muallif tomonidan mahorat bilan yoritib berilgan. Adibning "He, g'o'daygan" yodnomasida G'afur G'ulom, Oybek domla, G'ayratiylar bir anjumanga Kievga boradigan bo'lishadi. Poezdga chiqishda Oybek domla sal ehtiyotsizlik qilib shimini yirtib qo'yadi. Kichkina voqeadan tez ta'sirlanadigan Oybek domlani hijolatli xolatini bartaraf etish uchun G'afur G'ulom tezda igna bilan ip olib kelib domlani shimini tikib qo'yishi kabi tasviri keltiriladi.

" - Rahmat, o'rtoq... - dedi Oybek aka sal o'ziga kelib. Bupaytdapoezdallaqachon jilib, Toshkent chegarasidan chiqib ulgurgan edi. Qosh qorayib atrofga qorong'ulik cho'kkan, poezd tezligini oshirib, taqa-tuq, taqa-tuq qilib yelib borar edi. Biroz suhbatlashib o'tirishgach, jo'ralar yotib hordiq chiqarish uchun yechina boshlashdi. Shunda Oybek domlaning shimi ishtoni bilan pastga tusha boshladi. "I-i" orqasiga o'girilib qaragan edi, shimi ishtoniga qo'shib, oq ip bilan chatibdi. U tuzuqroq so'kishni ham bilmas edi. XULOSA

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

-He, g'o'daygan! - deb birdan G'afur akaga tashlanib qoldi. G'afur aka tutqich bermay, vagon karidoriga qarab qochdi" [4.37-38.]. Muallifning ushbu yodnomasida yumoristik ruh ustivorlik qilib, bu holatning tasvirida o'quvchi tushinmaydigan ko'rinish mavjud emas. Nosir Fozilov ess-xotiralarida ko'zga tashlanadigan xususiyatlardan biri asarni mukammal bayon qilishdir. Yozuvchi Jonrid Abdullaxonoa shunday yozadi: "Nosir Fozilov qator ajoyib qissa va sermazmun hikoyalari bilan kitobxonlar mehrini qozongan ardoqli adib. Ayni chog'da mehribon do'st, birovga hayru saxovat ko'rsatish orqali huzur-halovat topishday beqiyosfazilatlarga boy inson hamdir. Uning fikr hazinasi nihoyatda to'kis, hazil mutoyiba gaplarning piri, qisqasi, suhbati jonon. Ichak uzdi latifalarni, qiziq hangomalarni bir zumda to'qib tashlayveradi. Umuman, Nosirning turish turmushi hangomalardan iboratday go'yo..." [4.43.] Ushbu ta'rif yozuvchi Nosir Fozilovning fe'li sajiyasiga mos tushganligini uning esse-xotiralarini o'qiganda ko'plab jihatlarda ko'zga tashlanadi. Umuman olganda Nosir Fozilovning tabiatan yumorga, kulgi hajviyaga moilligi uning yaratgan yodnomalarida ham singib ketganligini kuzatishimiz mumkin. Muallifning esse-hotiralarida keltirilgan yumoristik voqealar, kulgiga moyillik holatlari o'quvchining diqqat markazida turadi va bu yodnomalarni o'qiganda o'quvchi chehrasida kulgiga moyillik seziladi, ko'tarinki kayfiyat hosil bo'ladi. Adibning yumoristik mahorati ham aynan ana shunday holatlarga yaqqol namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. D.Quronov, Z.Mamajonova, M.Sheralieva. Adabiyotshunoslik lug'ati. - Toshkent: Akademnashr, 2010-y 371-b.

2. Nosir Fozilov zamondoshlari xotirasida. Q.Yo'ldosh. "Yirik shaxsiyatlar haqida chin so'z". - Toshkent: "Mashhur pres", 2019-y 329-b.

3. Fozilov N. "Munavvar lahzalar". - Toshkent: 0'zbekiston,2013-y. 253-b.

4. "G'ira-shira shomdan oppoq tongacha". - Toshkent: G'afur G'ulom nashriyoti, 2017-y.259-b.

5. Usmanova, D., & kizi Shodieva, G. N. ISSUES OF CLASSIFICATION OF WORD CATAGORIES IN THE UZBEK.

6. Qizi, S. G. N. (2022). ISSUES OF CLASSIFICATION OF WORD CATAGORIES IN THE UZBEK. Science and innovation, 7(B3), 812-816.

7. Komilova, N. A. Comparative Analysis of "Gender" Concept and Issues of Gender Field in English and Uzbek Languages. International Journal of Social Science and Human Research, 5(6), 2191-2194.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.