Научная статья на тему 'NORMUROD NORQOBILOVNING “CHANGALZOR ITI” QISSASIDAGI QORAVOY OBRAZINING DINAMIK TALQINI'

NORMUROD NORQOBILOVNING “CHANGALZOR ITI” QISSASIDAGI QORAVOY OBRAZINING DINAMIK TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Normurod Norqobilov / hikoya / obraz / kompozitsiya / personaj / “Changalzor iti” / it / Qoravoy / Olapar / Tolmas. / Normurod Norqabilov / story / image / composition / character / "The Dog of the jungle" / dog / Karavoy / Olapar / Tolmas.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ashurov, Bekzod Shavkatjon O‘G‘Li

Ushbu maqolada yozuvchi Normurod Norqobilovning “Changalzor iti” qissasidagi qahramonlar, ularning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, yozuvchi badiiy maqsadini ochishga qay darajada xizmat qilishi haqida fikr yuritiladi. “Changalzor iti” qissasidagi Qoravoy obraziga xos xarakterli xususiyatlarni yoritilgan. It obrazi Tolmas obrazi bilan yonma-yon tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DYNAMIC INTERPRETATION OF THE CHARACTER OF KORAVOY IN NORMUROD NORQOBILOV'S STORY "CHANGELZOR'S DOG"

This article discusses the characters in the short story ";The Dog of the jungle" by the writer Normurod Norqabilov, their ideological and artistic characteristics, and to what extent they serve to reveal the writer's artistic goal. Characteristic features of the character of Karavoy in the story"; The Dog of the jungle " are highlighted. The image of the dog was analyzed side by side with the image of Tolmas.

Текст научной работы на тему «NORMUROD NORQOBILOVNING “CHANGALZOR ITI” QISSASIDAGI QORAVOY OBRAZINING DINAMIK TALQINI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

NORMUROD NORQOBILOVNING "CHANGALZOR ITI" QISSASIDAGI QORAVOY OBRAZINING DINAMIK TALQINI

Ashurov Bekzod Shavkatjon o'g'li

NamDU O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi E-mail: bekzod.ashurov. 1994@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yozuvchi Normurod Norqobilovning "Changalzor iti" qissasidagi qahramonlar, ularning g'oyaviy-badiiy xususiyatlari, yozuvchi badiiy maqsadini ochishga qay darajada xizmat qilishi haqida fikr yuritiladi. "Changalzor iti" qissasidagi Qoravoy obraziga xos xarakterli xususiyatlarni yoritilgan. It obrazi Tolmas obrazi bilan yonma-yon tahlil qilingan.

Kalit so'zlar. Normurod Norqobilov, hikoya, obraz, kompozitsiya, personaj, "Changalzor iti", it, Qoravoy, Olapar, Tolmas.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются персонажи рассказа «Чангалзор Ити» писателя Нормурода Норгабилова, их идейно-художественные особенности, а также в какой степени они служат раскрытию художественной цели писателя. Автором выделены особенности черт характера Каравой в повести «Чангалзор Ити». Образ собаки был проанализирован параллельно с образом Толмаса.

Ключевые слова: Нормурод Норкабилов, сюжет, образ, композиция, персонаж, «Чангалзор Ити», собака, Каравой, Олапар, Толмас.

ABSTRACT

This article discusses the characters in the short story "The Dog of the jungle" by the writer Normurod Norqabilov, their ideological and artistic characteristics, and to what extent they serve to reveal the writer's artistic goal. Characteristic features of the character of Karavoy in the story" The Dog of the jungle " are highlighted. The image of the dog was analyzed side by side with the image of Tolmas.

Keywords: Normurod Norqabilov, story, image, composition, character, "The Dog of the jungle", dog, Karavoy, Olapar, Tolmas.

KIRISH

Ma'lumki, har qanday san'atkor o'zining badiiy-ijodiy konsepsiyasini badiiy obraz yordamida namoyon etadi. Obraz orqali yozuvchida yuz berayotgan borliqni anglash jarayoni, yaratilayotgan badiiy borliqqa ijodkorning hissiy-falsafiy, badiiy-estetik munosabati yuzaga chiqadi. "Badiiy obraz estetika va adabiyotshunoslikning asosiy kategoriyalaridan biri. Inson faoliyatining alohida sohasi bo'lgan badiiy ijodiy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

jarayon va uning mahsuli bo'lib, badiiyatga bog'liq bo'lmagan borliq va san'atga spetsifik munosabatda bo'lishi bilan ajralib turadi"1. Shu ma'noda yaratilayotgan, badiiy obraz ham anglayotgan hodisa mazmuni, ham san'atkor shaxsiga nisbatan teran kirib borish vositasi sifatida yaratilayotgan individual to'qima hodisada umumiy hayot qonuniyatini ifoda etadi. Shu ma'noda Normurod Norqobilovning "Changalzor iti" nomli qissasidagi bosh qahramon tug'ilishi, olamni anglay boshlashi, ov qilishni o'rganishi, boshqa hayvonlar bilan tanishuvi, insonga nisbatan turli munosabatida obrazning spetsifik jihatlari yaxshiroq ochilganini kuzatish mumkin2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Qoravoyning ko'z ochib, ilk ko'rgan novdalari bir-biriga chirmashgan devorday qalin butalar bo'ldi. Butalar tagidan o'tgan yilgi xas-hashaklar mo'ralab turar, muzdek namxush havoda shuvoq isiga qorishiq zax hidi anqir, o'lik oftob nuriga ko'milgan chakalakzor o'ta adoqsizdek taassurot uyg'otardi. Aslida ham changalzor kichkina emas, otda tevaraklaganda, yarim soatlik maydonda yastanib yotardi. Qoravoy uchbu changalzorning qoq o'rtasidagi sayhonliklarning birida" dunyoga kelgandi. Mo'jaz bu maydon dastlab unga keng olam tuyulgandi [2, 234-bet].

Mazkur parcha qissa ekspozitsiyasida keltirilgan bo'lib, yozuvchi bosh qahramon Qoravoy obrazining dunyoga kelishi va olamni anglashi bilan bog'liq voqeani bayon qiladi. Tavsifiy-rivoya usulidagi bayonda roviy-muallif har qanday obrazning tug'ilishi bilan bog'liq oddiylikdan murakkablikka yo'nalgan dialektik fikrlash tarzini tanlagan. Bunda Qoravoy tug'ilgan makon va uning badiiy tasviri beriladi. E'tibor qilinsa, ilk ko'rgani qalin novdali butalar Qorav oyni tashqi olamdan asrovchi vosita sifatida ham olinishi mumkin. Buta tasviridan keyin sekin astalik bilan uning ostidagi xas-hashak tasviri berilishi bilan aniq vaqtga ham ishora qilinadi: "Butalar tagidan o'tgan yilgi xas-hashaklar mo'ralab turar". Yozuvchi badiiy makon tasvirini berib, keyin aniq maqsadni tavsiflaydi. Lekin bu vaqt qish oxiri, bahor kelish arafasi ekanligini tahmin qilish mumkin. Chunki o'tgan yilgi o'tlar jonlantirilib, Qoravoyga qarab mo'ralagandek berilishi ortidan obrazning rivoya markaziga chiqishi ham seziladi. Qorqavoy tug'ilgan joy changalzor o'rtasidagi sayhonlik ekanligi esa bu joyni tabiiy qo'rg'onligini bildiradi. Changalzorning kengligi va yovvoyi tabiat ekanligi esa itning ham shu tabiat bilan uyg'unligini anglatadi.

1 Коллектив. Образ художественный. Поэтика: слов, актуал. терминов и нятий / [гл. науч. ред. Н.Д. Тамарченко]. - М.: Издательство Кулагиной; Ыгаёа, 2008. - С.149-151 (358 с)

2 Норкобилов Н. Бекатдаги о; уйча. Х,икоялар ва киссалар. - Тошкент: Шар;. - Б. 234-297. Fasldagi Ьауо1а1аг зИи шапЬаёап оНМ1 Кеут каИа qavsda ккоЬ sahifasi ko'rsatiladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

To'g'ri, badiiy obrazdagi hayotiy mohiyatni oldindan tayyor obyekt sifatida ko'rsatib bo'lmaydi. Uni faqat tasavvur qilish mumkin, xolos. Masalan, Normurod Norqobilovning "Changalzor iti" qissasidagi Olapar, Qoravoy, Bo'ribosar, Qora it, Ola it kabi itlar zimmasidagi badiiy mazmun majoziy ma'noda inson erki, ruhiy olami haqidagi g'oyani ham bildiradi. Buni quyidagi tasvirda aniq kuzatish mumkin: "Ona it - Olapar kunduzlari qorasini kam ko'rsatadi... Aslida u yovvoiy it emasdi. Yovvoyilikni o'g'ri fe'li tufayli bir yil burun kasb etgandi. Ungacha yakkatomik Haydar ko'saning eshigini qo'riqlardi. Haydar ko'sa tabitan badfe'l odam edi. Olaparning o'g'riligini kechira olmadi" [2, 234-235-betlar].

Mazkur parchada Olaparning zimmasidagi yetakchi vazifalardan biri, avvalo, itning shaxs sifatida voqelikni anglashi, idrok etishi, ikkinchidan esa Qoravoyning onasi sifatida o'z kuchugiga nimalarni meros qoldigani, uchinchisi, majoziy ma'noda, daydi, muqum turmush tarziga ega bo'lmagan kishi sifatida ham berilganini e'tirof etish kerak. Keltirilgan parcha yozuvchi Olapar va Qoravoy obrazlarining o'zaro munosabati, asar syujetidagi o'rni, mazmun kompozitsiyasidagi vazifasini aniqlash maqsadida keltirgan. Olaparni Qoravoyni solishtiradi: "Olaparda yovvoyilik bilan xonakilik qorishiq - arosatdagi it edi u. Shuning-chun ham changalzorni noilojlikdan tanlab, keyinchalik bazo'r ko'nikkan bo'lsa, Qoravoy esa onasidan faqli o'laroq, changalzorni butunlay o'ziniki, deb bildi. Esini tanimayoq unda yovvoyilik mayillari paydo bo'la boshlagandi. Odatda, insonga qaram bo'lmagan itlarda yovvoyilik tez shakllanadi. Nega deganda, uning tomirlarida ajdodlarining yovvoyi qoni yashaydi" [2, 236-bet].

Ko'rinadiki, Olapar dastlab odamlar bilan yashagani uchun, odamga nisbatan hurmat, ba'zi madaniy munosabatlar shakllangan. Ammo fe'lidagi o'g'rilik sabab yovvoyilikka ko'nikishga majbur bo'lgan. Shu yerda inson va hayvonot munosabati hamda bu aloqada obrazning xarakteridagi qusurning Olapar taqdiriga ta'siri beriladi. Bu esa keyinchalik Qoravoyning dunyoga kelishi, yovvoiylikni yetakchi xususiyat sifatida anglashiga asos bo'lishi xizmat qiladi. Olapar va Qoravoy farqlari shu yerda ochiladi. Lekin taqdirida o'xshashlik ham talaygina. Bu birinchidan ularning qondoshligi bilan belgilansa, ikkinchisi, har ikkala itning odamga bo'lgan munosabatida ko'rinadi. Buni quyiroqda keltrilgan misollar orqali ko'rish mumkin.

Yozuvchi umuminsoniy taraqqiyot natijasida xonakilashgan it va uning Olapar timsoli orqali it obrazining xususiyatlarini ko'rsatar ekan uzoq asrlik yutuq biz zumda yo'q bo'lishini, xususan, Olaparning yovvoyilashishida insonning ham qaysidir ma'noda o'rni borligini ta'kidlaydi. Odam Haydar ko'sa timsolida yovvoyilikda Olapardan qolishmasligini namoyon etadi. Buni quyidagi parchada kuzatish mumkin:

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"Haydar ko'sa tabiatan o'ta badfe'l odam edi. Olaparning o'g'riligini kechira olmadi. Chala g'ajilgan tovuqni uning tumshug'iga nuqib, boshda rosa kaltakladi. Sho'rlik Olapar hafta deganda zo'rg'a o'ziga keldi. Yana hafta, o'n kun yuvundi ichib, darmonga kirdi. Darmonga kirgach, tag'in nafsi hakalak otib, qonli, issiq go'sht istab qoldi-da ko'p o'ylab turmay hovlidagi tovuqlardan birini tinchitdi. Bu voqeadan keyin Haydar ko'sa uni o'limga mahkum etdi. Avval boshda Nodir mergannikiga miltiq so'rab bordi. Nodir mergan irimchi edi, qush otadigan yaroqda it otib bo'lmaydi, ovdan Baraka ketadi, deya qurolini bermadi. Shundan keyin Haydar ko'sa itni osib o'ldirishga qaror qildi" [2, 235-bet].

Mazkur parchada ko'rinadiki, Olapar tabiatida qonxo'rlik hissiyoti mavjud va bu xonakilashgan itlarda ham uchraydi. Ammo odamda, aniqrog'i Haydar ko'sada ham yovvoyilik, ya'ni itni otib tashlamoqchi bo'lishi, miltiq so'rashi, keyin esa Olaparning bo'yniga arqon solib, achchiq danak o'rik shoxiga osishida ham yovvoyilikdan qolishmaydigan jihat ham borligi tasvirlangan. To'g'ri, it dastlab bir marta tovuqni g'ajib o'ldiradi, kaltaklanadi, tuzalgach, ikkinchi marta shu ishini qiladi. Bu bir qarashda har qanday odamga yoqmaydi. Biroq itning bo'yniga arqon solib osishi, arqon Olapar o'lim hidini tuyishi, arqon uzilib ketib, Olapar bo'shalib ketishi va uni yana urmoqchi va o'ldirmoqchi bo'lgan Haydar ko'saning qo'lini "g'arch tishlab" qochishi ortida inson va it tabiatida ham o'xshashlik majvudligi ko'ringan. Faqat odam o'zini tabiat ustidan hukmdordek tutishi, itning taqdirini o'zicha hal qilishi, Olaparni o'ldirishga urinishi, Olapar esa nafsi va ajdodlaridan qolgan tabiati hamda o'z-o'zini himoya qilishi bilan bir voqeaning ikki xil pozitsiyadagi ishtirokchisiga aylanadi.

Bir qarashda bu voqea hammaga tanish, oddiy hodisadek tuyuladi. Biroq inson va tabiat yaxlit sistema sifatida yashashi kerakligi anglangan vaqtda, tabiatning ikki vakili bir-biriga bu qadar zulm qilishi ortida yetuk insoniy qadriyatlar, borliqni badiiy-estetik anglash kabi muammolarda nuqson borligi ko'zga tashlanadi.

Olapar va Qoravoy obrazlarining kishilar bilan munosabatida ba'zi yaqinlik ham kuzatiladi. Xususan, Haydar ko'sa tomonidan Olaparning kaltaklanishi, osib o'ldirmoqchi bo'lgani va uning Haydar ko'saga hujum qilishiga o'xshash voqea Qoravoy bilan ham yuz beradi: "Qoravoy bo'yiniga kelib tushgan sirtmoqdan dastlab shoshib qoldi. So'ng cho'chib o'zini chetga otdi. Sirtmoq siqilib tomog'ini bo'g'di. Boshini bir yonga burib, arqonga og'iz solarkan, ko'zi o'rnidan ro'yi rost turgancha, arqonni totmoqqa boshlagan tog'aga tushdi. U tog'ani darhol tanidi. Undan yegan kaltaklarini esladi. Natijada qo'rquv g'azabga, g'azabi nafratga aylandi. Dahshatli irillagancha, to'g'ri tog'aga sapchidi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ulfatlar buni sira kutmagan edilar. Hujumdan dovdirab qolishdi. Tog'a sho'rlikning umri shu dovdirash og'ushida poyoniga etdi" [2, 296-bet].

Mazkur parchada Qoravoyning o'z ozodligi, erkiga dahl qilgan odamga nisbatan nafrati aks etgan. Ular Orif tirriq ikkalasi qabristonda itni poylashadi. Qoravoy ko'kka qarab uvlayotgandan bo'yniga arqon tashlab, ushlamoqchi bo'lishadi. Natijada esa Orif tirriq qochib qoladi, Uzunqul qora tog'aning umri tugaydi. Shu yerda Olapar va Qoravoyning odamga tashlanishini yozuvchi birinchi galda Haydar ko'sa, Uzunqul qora (tog'a) ni aybdor deb ko'rsatadi. Bu to'g'ri, lekin itga mehr ko'rsatgan, unga yashirib non bergan va Qoravoy kabi qalbi armonga to'la, hech kimi yo'q Tolmas, Qoravoyning chiroyli qaddi-qomati, yoli bo'lsa, sher deyish mumkinligi haqidagi fikrlari hamda asar o'rtalarida Qoravoyni kaltaklayotgan Uzunqul qora (tog'a)ni olib ketganligi uchunmi Orif tirriqqa tegmaydi. Bunda Qoravoyning Tolmasga bo'lmas munosabati, Orif tirriqning esa qo'rqoqligini sabab qilib ko'rsatish mumkin. Chunki asar "strukturasidagi har bir belgi, so'z, timsol badiiylashgan kod hisoblanib, qahramon mohiyati yoki badiiy voqelik zamiridagi estetik va ma'rifiy informatsiyalarni yuzaga chiqaradi"3. Shu fikrdan kelib chiqilsa, qissada tog'aning "Uzunqul qora" degan ismidagi "qul" va "qora" so'zlari ma'nosi zamirida yozuvchining aniq maqsadi yotganini tushunish mumkin. U qullardek fikrlaydi, ozodlik mohiyatini anglamaydi, shuning uchun Qoravoy istagan erkinlikka qarshi kurashadi. Itni tutqunlikda saqlab, uni sotib yubormoqchi bo'ladi. Bolaga Tolmas ismi qo'yilgan. Bunda uning teran va sog'lom fikrlashi, yetimlik g'amini yelkasiga osib turli kamsitish va qiyinchiliklarga qaramasdan ruhan, qalban charchamasdan yashayotganiga ishora bor. Qissadagi bosh qahramonni Qoravoy deb atalishida ham itning xarakteridagi yetuklik, jismonan kattalik, qudratini ko'rsatishga harakat qilingan, deyish to'g'ri bo'ladi.

Haydar ko'sa va Uzunqul qora (tog'a)ning itlarga bo'lgan munosabati natijasida Olapar hamda Qoravoyning ularga qilgan hujumida Olaparning nisbatan insonga yaxshilik qilishga ko'nikkani, Qoravoy esa yovvoyilashgan it bo'lgani uchun tog'aning bo'ynini g'ajib tashlaydi. Aslida har ikkala it ham o'z erki uchun kurashgan edi. Lekin Olapar nisbatan madaniylashganroq bo'lgani uchun Haydar ko'saning qo'lini tishlaydi, xolos.

Olaparning changalzorga kelib qolishi ortida bir tomondan itning xarakteriga xos qonga intilish, xomgo'shtga tashnalik yotgan bo'lsa, ikkinchi tomonda inson omili ham borligi ko'rinadi. Keyinchalik Olapar fermadan tovuq o'g'rilashga o'tadi va Bo'ribosar bilan ilakishib qoladi, Qoravoy tug'iladi. Demak, qissada Qoravoy

3Юлчиев К. Семиотическая характеристика в лирике Анвара Обиджана. II Farg'ona davlat universiteti ilmiy jurnali. 2023. №1. - С.387 (383-387) https://scholar.google. com/citations?view

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

obrazning kelib paydo bo'lishi, uning ijtimoiy va tabiiy asoslarini ham qisman yoritilgan.

Qoravoy obrazini yoritar ekan, yozuvchi mazkur obraz zimmasidagi badiiy funksiyani yoritishda Olaparning ahamiyatini ham keltiradi. Natijada Olapar, Bo'ribosar, Haydar ko'sa, Uzunqul qora, Tolmas, Ola it, Qashqa, Bo'ynoq, ona mushuk, yumronqoziq kabi obrazlar tizimi asar kompozitsiyadagi yetakchi Qoravoy obrazining mohiyati, shu obraz orqali yozuvchi o'quvchiga aytmoqchi bo'lgan asosiy maqsadi ifodalanadi. Zero, "Har qanday asarning g'oyaviy-estetik ta'siri - undagi shaklning (obraz, syujet, til kabi) mazmun (g'oya) bilan uyg'unlashuviga, bu hodisaning betakrorligiga bog'liqki, bu vazifani asar kompozitsiyasi voqe qiladi"4.

Yuqoridagi mulohazada ilgari surilgan tamoyildan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, muallif qator obraz, voqealarni yaxlit tizimga soladi hamda Qoravoy obrazining dinamik talqinini yaratadi. To'g'ri, bu yerda itning qissa oxirida odamni g'ajib, keyin bo'rilarga qo'shilishini dinamik deb atash xato deb munosabat bildirguchilar ham topilishini nazarda tutish lozim. Agar badiiy asar insonshunoslik ekanligidan kelib chiqsak, bu e'tirozda jon bor. Ammo muallif asarning boshidan oxirigacha dastlab Olaparning, so'ngra Qoravoyning qonida yovvoyilik, ozodlikka tashnalik borligiga e'tibor berganiga diqqat qilinsa, asar da it ham mehrga, erkka tashnaligi tasvirlanganini anglash mumkin. Ikkinchidan itlar hujum qilgan odamlarning o'zlari zulm qiluvchi, Olapar, Qoravoylar taqdiri ustidan "o'ldiraman" deb hukm chiqaruvchilar bo'lgan. Tabiatga esa har qanday zulm javobsiz qolmasligi yetakchi tamoyil sanaladi.

Qoravoyning tug'ilishidan boshlab, uning bo'ri to'dasiga qo'shilganigacha bo'lgan jarayonda kuchukning olamini anglashi, dastlab tipratikan, toshbaqa kabilarni tishlab ko'rishi, keyinchalik mushukka hujum qilib, u tutgan sichqonni olib qo'yishi, qon ta'mini his etgach esa ilon, qushlarni tutib, tanovul qilishi batafsilroq beriladi. Qoravoyning olamni tushunishi, tirik qolishi, ochlikni yengishi uchun kurashi, boshqa hayvonlardan ov qilish mashqlarini o'rganishi kabilar uning obraz sifatida o'sib borishini ko'rsatadi. Masalan, "Esini tanigach, bunday qarasaki, poyonsiz tuyulgan sayhonlik juda tor u yog'i o'n, bu yog'i o'n besh odim, o'rtada chog'roqqina kamar. Kamarga u biror xavf sezsagina biqinadi. Boshqa payt kunini yalanglikda o'tkazadi. Orada daydish istagi jo'sh urib, butalar oralab ham qoladi. Kalta va nimjon oyoqchalari ildizu xas-hashaklarga ilinib, "dod"lab dunyoni buzadi. O'shanday tentirashlarning birida chuqurga tushib qolib rosa ta'zirini ham yegan. Onasi kelib qutqarmaguncha yomg'ir suvi to'la chuqurda angillab yotgan" [2, 234-bet].

4 yMypoB X,. AgaÔHëT Ha3apnacn: - TomKeHT: ffiap^, 2002. - E.137.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Mazkur tasvirda hali kichik va atrofni endigina anglay boshlayotgan Qoravoyni ko'ramiz. Yozuvchi, kuchuk obrazining olamni anglash jarayoni, bunda, asosan, uning yolg'z harakat qilishi, faqat favqulodda vaziyatdagina Olapar yordamga kelganiga urg'u beradi. Bu esa Qoravoyning boshqa itlardan deyarli mehr ko'rmasdan, nisbatan erkin, shuning bilan birga yovvoyi tarzda o'sganini anglatadi. Bundan tashqari, roviy nutqida obraz va uning dunyo bilan munosabatga kirishish jarayoni obrazli tarzda ifodalangan. Chunki "obraz va obrazlilik deganda badiiy asardagi poetik masalalarning yaxlit tizimi va ularning o'zaro munosabatini tushunish kerak bo'ladi, degan fikrni qayd etish lozim. Chunki poetik obraz har qanday badiiy asarda asosiy vazifani bajaradi"5. Shu ma'noda Qoravoyning obraz va u bilan bog'liq ilk sarguzashtlarning ta'sirchanligini ta'minlashda yozuvchi badiiy tasviriy vositalarni mohirlik bilan qo'llagan. "daydish istagi jo'sh urib" (metafora), "kalta va nimjon oyoqchalari (portret), "dod"lab dunyoni buzadi' (o'xshatish), "rosa ta'zirini ham yegan" (ibora) kabi jumla va iboralar shular jumlasidandir. Demak, yozuvchi Qoravoy obrazning olamni anglash, yashash qonuniyatlarini bilish jarayonini badiiy tasviriy ifodalash orqali obrazning o'sib takomillashib borishini ham aks ettirgan. Itda ham o'zi tug'ilgan joyga ham botiniy (ichki-hissiy) bog'lanish, ham tashqi ko'nikish borligini ta'kidlaydi. Bu fikrlash shunchaki, jo'n, yuzaki fikr emas.

Professor Ibrohim Haqqul badiiy asardagi obraz va uning ifodasiga yondashuvida ehtiyotkorlik lozimligini ta'kidlab, quyidagilarni yozgan: "Badiiy ijodda haqiqat qancha yorqin rang va ohangda tasvirlanib, mohiyat nechog'lik go'zal manzaralarda aks ettirilgan bo'lsa, unga shuncha ehtiyot va mas'uliyat bilan qarash kerak. Aks holda, eng oliy haqiqat yoki favqulodda teran mohiyat ham jo'n va umumiy bir narsaga aylanishi muqarrar"6. Mazkur mulohazaga amal qilinsa, tadqiqot obyekti bo'lgan ushbu qissa va undagi Qoravoy obrazi ham katta ishtiyoq, zavq, shavq bilan yozilganini tasvirlar orqali anglash mumkin. Lekin ular tahlilida tiriklik mohiyati, mavjudlikning azaliy haqiqati teran aks etganki, bu Qoravoy laqabli it obrazining shunchaki tasviri emas, balki mazkur obraz zamirida, birinchi galda, muallifning borliqni anglashi, badiiy idrok etishida barcha yaratiqlarning ham tengligini tushunishi yotadi. Bu avvalo obrazdagi vatanni anglash, vatan tuyg'usi it yashaydigan makon kengayishi bilan birga kuchayib borishida ko'rinadi. Yozuvchi Qoravoyni dastlab sayhonlik, keyin changalzor vatan ekanligini anglashini berar ekan, vatan tuyg'usi tabiiy ekanligini to'g'ri ko'rsatadi. "U changalzorni hamisha vatan deb bildi. Keyinchalik uni bir necha bor qattiq turib himoya qildi. Ammo hozircha

5 Келдиёрова Н.Н. Замонавий узбек шеъриятида поэтик образ ва унинг бадиий талк;ини (Азим Суюн ижоди мисолида). фалсафа доктори (PhD) диссертацияси 21 бет (129 b)

6 Ибро^им Х,авдул ^ак;ик;ати: адабий уйлар, ^икматлар, лутфлар / Нашрга тайёрловчи: Зулай^о Ра^монова. -Тошкент: Trust and support, 2023. - Б.27 (296).

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

uning vatani - sarhadi gilam kengligidagi sayhonlik cheklanar, ilk qizg'onish unda to'satdan sodir bo'ldi" [2, 236-237-betlar].

Eng muhimi, changalzordan chiqib kenglikni ko'rganda bir zum garangsib turganini tasvirlash ostida it ham olamni faqat shu changalzordan iborat ekanligini anglashi, dunyoda mana bunday kengliklar ham borligi va uni tushunishi uchun Qoravoyga vaqt kerakligi haqidagi tasvir ostida borliqni tushunish qiyin va mas'uliyatli ekanligi haqidagi fikri ifodalangan. Demak, Qoravoyda vatan tuyg'usi asta-sekinlik bilan shakllanadi. Lekin tabiiy bo'lgan bu tuyg'u Qoravoyni anchayin yovvoyi, ba'zan vahshiylikkagacha borib yetadigan harakatlarga ham undaydi. Masalan, jarlikdan o'lik molni topishi va ertasiga boshqa itlar bilan dastlab, o'lja uchun kurashi, ammo chagalzorga yaqinlashganda shart ortiga burilib dushmanga tik qarashi it ruhiyatida ham vatan tushunchasi borligi, changalzor oldida u o'zini qudratli his etishi ostida vatan tuyg'usi Qoravoyni dushmandan ustunligini ta'minlaganini anglash mumkin. Qoravoy xarakteri voqealar rivoji davomida takomillashib borar ekan, yozuvchi it obrazi orqali inson psixologiyasiga xos jihatlar, ijtimoiy muammolarni tabiiy ravishda berishga intiladi. Bunda yozuvchi voqelikni batafsil, aniq doirada tasvirlaydi.

"Batafsil tasvir doirasining ortida, nafaqat yuzaki va umumiy tavsif, balki ko'p imkoniyatlarga ega sukunat mavjudki, ular matnni nisbatan ixcham, muxtasar qiladi. Natijada o'quvchining tasvirga bo'lgan qiziqishi kuchayadi, tasavvurini faollashtiradi, shu yo'l bilan uning diqqatini jalb etadi, shuning uchun asarga ahamiyatlilik kasb etadi"7. Demak muallif Qoravoyni shunchaki tasvirlamaydi, balki, kuchukning qanday qilib yirik itga aylanish jarayonini batafsil tasvirlash orqali biz o'quvchilarga olamni anglashning nozik jihatlarini, bunda tabiatning o'zi eng katta ustoz bo'lishini ta'kidlaydi. Xususan, Qoravoydagi ilk bor ov qilishni mushukdan o'rganishi, sichqonni tutib, yutishi, so'ngra shu paytgacha tuymagan allaqanday bir qoniqishni his etishi, issiq qonga bo'lgan intilish, xom go'sht ta'mini sezish ham birdaniga yuzaga chiqmagan. Buni quyidagi parchadan bilish mumkin: "Kunlarning birida butazor oralab yurib, g'alati bir manzaraning ustidan chiqdi. Kichikroq mushukvachcha yerga qapishgancha nimanidir poylamoqda edi. Ana, u yer bag'irlab olg'a siljidi-da, tag'in toshdek qotdi. Bu holat bir necha marta takrorlandi. Qoravoy qiziqsinib, uning harakatlarini diqqat bilan kuzatarkan, hozir nimadir yuz berishini idrok etdi. O'sha nimadir qiziqtirib, sabr etmoqqa qaror qildi" [2, 239-bet].

Yozuvchi Qoravoyning mushuk bolasi ov qilayotgan jarayonni kuzatish orqali tasvirlaydi. Bundan asosiy maqsad tirikchilik uchun ozuqa topish bo'lib, mushshukvachchaga bu hislat onasi tomonidan ko'rsatib, o'rgatilgan. Chunki

7 Хализев, В. Е. Теория литературы: Учебник. - 4-е изд., испр. и доп. - М.: Высш. шк., 2004. - С.284 (405)

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yuqoridagi tasvirdan keyin uzoqdan malla, ona mushuk turganini it sezmagani qayd etilgan. Demak, mushukka uning onasi o'rgatmoqda, it esa mushukdan o'rganmoqda. Yozuvchi Qoravoyni "qiziqsinib qarashi", icdiqqat bilan kuzatishi", "sabr qilishga qaror qilishi" kabi tavsiflarda aks ettirar ekan, uning psixologik holatini ham ochib beradi. Chunki qiziqish, kuzatish, sabr qilish aynan obraz ichki olamini ochishga xizmat qiladigan vositalar hisoblanadi. Qoravoy obrazining ruhiy holati batafsil, aniq holatlarda tasvirlanar ekan, yozuvchi qissa mazmuni va obraz xarakterini ochishga xizmat qiladigan muhim belgilarga diqqat qiladi. Natijada aynan shu satrlarda uning iste'dodi yuzaga chiqadi. Chunki yuqoridagi kabi tasvir orqali u o'quvchiga hayotning qiziq, tabiatning ulug' bir voqeasini yetkazgan. Bu esa o'quvchida asar va uning tag zamiridagi badiiy-estetik fikrga qiziqish ortadi.

Yuqoridagi parchaning mantiqiy davomida Qoravoy mushukvachchadan sichqonni olib qo'yishi, malla, ona mushuk esa itga hujum qilishi ish bermagach, birinchi marta qonning ta'mini biladi. Bu yovvoyilikning birinchi muhim belgilaridan sanaladi. Aynan ana shu qon ta'mini sezishi uni yangi va yangi qurbonlar izlashga undaydi.

Aslida Qoravoy malla mushukni sal oldinroq ko'rgan. Bu uchrashuv haqida kuchukda o'z uyi, vatani deb bilgan makon - sayhonlik, changalzorni boshqa jonzotlardan qizg'onish hissi yuzaga kelganda so'z boradi: "Yalanglikka ola hakka kelib qo'ngan kuni u kamar chekkasidagi ildiz bilan ovvora edi. Ildizni yulqilarkan, bu safar qushga ayricha nazar bilan ramz soldi. Uning bamaylixotir dumini likkillatib yurishi negadir g'ashini keltirdi. O'zini yer egasi, qushni begona his etdi. Bamisoli qora koptokday dumalab unga sari tashlandi. Shundan keyin u yalanlikka parranda zotini doritmay qo'ydi, ba'zan ermakka, ba'zan esa chin ma'noda ularni quvib soladigan bo'ldi" [2, 237-bet].

Ko'rinadiki, Qoravoy botiniy olamida shu makonga darxldorlik, uni o'ziniki, deb bilish tuyg'usi shakllanmoqda. Tug'ilib, o'z uyi deb bilgan yalanglikka nisbatan iliq mehr va uni boshqalardan qizg'onish bor. Bu bir tomondan vatan tuyg'usining tabiiy tarzda namoyon bo'lishi bo'lsa, ikkinchi tomondan Qoravoy ham atrofni anglab, undagi o'z o'rnini topib bormoqda. Lekin, hali bu tuyg'u kuchsiz, aniq maqsad yoki qat'iyat shaklidagi amallarni bajarishga yetarli emas. Lekin shularning o'zidanoq yozuvchi itga xos ba'zi qiliqlarni insoniy psixologik anglash asosida beradi. Bu garchi bosh qahramon it obrazi bo'lsa-da, qissa mohiyatan insoniy muammolarga bag'ishlanganiga dalil bo'ladi. Xususan, insonga xos dunyoni anglab borish, atrofni his etish, boshqa hay von va tabiat hodisalarini kuzatish orqali nimadir o'rganish kabilar yuqoridagi fikrimizga asos bo'ladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Syujetning keyingi epizodlarida Qoravoy ona mushuk bilan yana to'qnash keladi [2, 259-262-betlar]. Bu galgi kurashga, mushukning daraxt ustida uzoq o'tirishiga sabab Qoravoy ko'z ostiga olib qo'ygan yumronqoziq edi. Mushuk uni ushlab olganini ko'rgan Qoravoy mushukni quvlay ketdi. U esa daraxtga chiqib oldi. Shu yerda ikki o'rta dialoglar ham beriladi, bu it va mushuk o'rtasidagi kurashning badiiy nutqdagi ta'sirli ifodasi sanaladi. Ikki tomon ham hushyor bir-birini uzoq kuzatadi. Nihoyat o'lja yerga tushib ketadi. Qoravoy uni paqqos tushiradi. Lekin mushuk bilan boshlangan mojaroni tugatish lozimligini anglagan it uni daraxtdan tushishini tongacha poylaydi. Bu kurash oxir-oqibat ona mushuk bolalarini ergashtirib changalzordan mozortepaga qarab, bosh olib ketish bilan tugaydi. Ungacha ikki o'rtada ancha dahanaki jang uzoq davom etadi. Bu bir tomondan Qoravoyni changalzorning haqiqiy egasiga aylantiradi. Ikkinchi tomondan ikkinchi tomondan Qoravoyni mayda narsalarga qaramaslikka, tovuq va qo'y kabi nisbatan yirikroq o'lja payida bo'lishga yo'l ochdi.

Muallif Qoravoyning turli holatini tasvirlar ekan, badiiy mazmunni aniq shaklda aks ettirishga harakat qiladi. Shuning barobarida qissa ruhiyatini ham yangilab boradi. Tasvir mazmunida ko'zga tashlangan epik kechinma Qoravoy obrazining takomillashib borishi asnosida ko'p bosqichli badiiy makon maydonini ham shakllantiradi. Masalan, dastlab aniq bitta sayhonlik Qoravoy uchun aziz makon bo'lib, syujet liniyasida faqat cheklangan detallar yordamida aks ettirilgan bo'ls a, keyinroq boshqa sayhonlik, butun boshli changalzor, yana changalzor tashqarisidagi kenglik, jarlik, tepaliklar syujet dinamikasida obrazning turli makon va vaqt yaxlitligidagi ifodasini falsafiy-estetik tabiatini ham belgilaydi. Bu esa Qoravoy uchun olamdagi boshqa jonzotlar, jumladan boshqa itlar, Tolmas ismli bola, uning tog'asi, kennoyi, Orif tirriqlar bilan munosabatni badiiy idrok qilishda muhim ahamiyatga ega. Qoravoy ruhiyatidagi voqelikni his etishning teranligi uni boshqa itlar ustidan g'olibligini ta'minlasa, Tolmasning yig'isi bilan o'zining uvlashi o'rtasidagi o'xshashlikni, demakki, bola bilan ruhan yaqinlikni his etishi, tog'aning noto'g'ri fikrlashini obraz sifatida anglashi voqealarning badiiy tahlili orqali ifodalanadi. Shu yerda obraz va uning shartlanganlik xususiyati, keltirilgan voqealarning mantiqiy asoslanganligi qissadagi ijtimoiy taassurot va umuminsoniy qadriyatlar salmog'ini kuchaytirgan. Obraz sifatida Qoravoy ruhiyatidagi evrilishlar amaliy jihatdan uning dinamikasi tempini ham ko'rsatadi. Masalan, "Ilk bor uchratgani qo'shni sayhonlikdagi yovvoyi malla mushuk bo'ldi. Mushuk yerbag'irlab o'sgan yulg'un yonida cho'nqayib, o'ziga oro berib o'tirardi. Qoravoyni ko'rib u pinagini buzmadi. Qoravoy boshini bir zum u yon bu yon burib unga tikilib turdi-da, so'ng old panjalarini yerga botirib, ketini esa kulgili tarzda do'ng qilib, hayrat aralash

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

sho'xchan akilladi. Ammo mushuk qilt etmadi. Targ'il ko'zlari olovlanib, bez bo'lib turaverdi. Tahdid kor qilmagach, Qoravoy u bilan yaqindan tanishmoq istadi. Biroq mushuk tanishuvni xush ko'rmadi" [2, 237-bet]. Keltirilgan parchada Qoravoyning harakatdagi portreti berilgan. Qoravoyning qo'shni sayhonlikdagi yaqinda ko'rgani, albatta o'z sayhonligidagi ola hakkadan keyin, mana shu malla mushuk edi. Ammo u ham yovvoyi tabiatli, buning ustiga o'zini yaqin olib, sho'xchan akillagan kuchukning tilini tushunmaydi. Shu yerda Qoravoyning maqsadi aslida xayrli ekanligi, mushuk bilan o'ynashmoqchi, uni yaqindan bilmoqchi bo'lib, boshini u yon bu yonga burishida hayvonlar o'rtasidagi o'zaro anglash belgi ham bor edi. Ammo muallif bu yerda it va mushuk yaqin aloqaga kirisholmasligi haqidagi tabiiy haqiqatdan kelib chiqib, mushukning ham Qoravoy kabi tana harakatlarini amalga oshirganini keltiradi. Ammo mushuk avval gajak bo'lgani, keyin huzur qilib kerishgani ortida mushuk tabiatidagi erinchoqlik, boshqa hayvonlar bilan aloqaga kirishni istamaslikka o'xshash narsa bor edi.

Qissada dastlab Qoravoy har narsaga samimiy munosabat bo'ladigan, hali yomonlik, qon ta'min, go'sht hidini bilmaydigan holda tasvirlansa, keyinchalik u qon hidini, go'sht ta'mini tuyadi. Natijada unda yovvoyilik kuchayadi. Bu uning vataniga, qadrdon sayhonligi, chagalzorga bo'lgan munosabatida ham ko'rinadi. Begonalardan hamma narsasini qizg'onadi. Hatto onasidan suyak tortib oladi, sekin astalik bilan Olaparni ham unutadi. Dastlab atrofni kezish, yemish izlash, onasining kam kelishi sabab onasini astalik bilan esdan chiqara boshlagan. Keyinchalik esa butunlay unutadi. Buni yozuvchi quyidagi e'tirof etadi: "Bu orada Qoravoy onasini butunlay unutdi. Uni tushida ko'rganday elas-elas xotirlaydigan bo'ldi. Onasi uni tug'di, boqdi, lekin tarbiyalay olmadi. Qoravoy sharoit taqazosiga ko'ra mustaqil ravishda hayot sabog'ini oldi" [2, 245-bet].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ko'rinadiki, yozuvchi asar mazmunidagi problematika (boshqa tomonda qaralsa, ijodiy konsetsiyalaridan biri) - tarbiya muammosini ham olib chiqqan. Kishilarda bo'lgani kabi hayvonlar orasida ham ona parvarishi, mehri, uning tarbiya berishi farzandi uchun muhimligini ta'kidlaydi.

Normurod Norqobilovning "Changalzor iti" qissadidagi Qoravoy obrazi sekin-astalik bilan, lekin izchil ravishda takomillashib boruvchi obraz sanaladi. U roviy nutqida tabiiylik, samimiylik xislatlarini saqlagan holda, tirik qolishi uchun tabiatdan, atrofidagi boshqa jonzotlardan tiriklik sir-asrorlarini o'rganishi bilan ibratli deyishga loyiq obrazdir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Коллектив. Образ художественный. Поэтика: слов, актуал. терминов и нятий / [гл. науч. ред. Н.Д. Тамарченко]. - М.: Издательство Кулагиной; Intrada, 2008. - С.149-151 (358 с)

2. Норкобилов Н. Бекатдаги ок уйча. Хикоялар ва киссалар. - Тошкент: Шарк. - Б. 234-297. Tadqiqotdagi havolalar shu manbadan olindi.

3. Юлчиев К. Семиотическая характеристика в лирике Анвара Обиджана. // Farg'ona davlat universiteti ilmiy jurnali. 2023. №1. - С.387 (383-387) https:// scholar.goo gle.com/citations?view

4. Умуров X,. Адабиёт назарияси: - Тошкент: Шарк, 2002. - Б.137.

5. Келдиёрова Н.Н. Замонавий узбек шеъриятида поэтик образ ва унинг бадиий талкини (Азим Суюн ижоди мисолида). фалсафа доктори (PhD) диссертацияcи 21 бет (129 b)

6. Иброхим Хаккул хакикати: адабий уйлар, хикматлар, лутфлар / Нашрга тайёрловчи: Зулайхо Рахмонова. - Тошкент: Trust and support, 2023. - Б.27 (296).

7. Хализев, В. Е. Теория литературы: Учебник. - 4-е изд., испр. и доп. - М.: Высш. шк., 2004. - С.284 (405)

8. Файзуллаев Х. "Буталок" хикоясида инсон ва табиат фалсафаси // Sharq Yulduzi. 2021, № 1. - Б. 154 (153-157)

9. Норматов Умарали. Бадиий суз кудрати (Ёзувчи Уткир Хошимов билан сухбат) // Норматов У. К,одирий муъжизаси: Тадкикот. Кдйд, сухбат ва мулохазалар. - Тошкент: O'zbekiston, 2010. - Б. 240 (272 б.)

10. Баходир Карим. Абдулла Крдирий: танкид, тахлил ва талкин. - Тошкент: Фан, 2006. - Б.82 (232)

11. Qaralsin: The Call of the Wild by Jack London. www.freeclassicebooks.com.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.