Научная статья на тему 'NOMUTAXASSIS ( JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA BO'LMAGAN) YO'NALISHDAGI PEDAGOGIK FAOLIYATIDAGI KASBIY VA SHAXSIY RIVOJLANISHNING FAOLLASHTIRISH METODIKASI'

NOMUTAXASSIS ( JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA BO'LMAGAN) YO'NALISHDAGI PEDAGOGIK FAOLIYATIDAGI KASBIY VA SHAXSIY RIVOJLANISHNING FAOLLASHTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
123
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sport harakatlari / jamoat tizimlari / sport jamg'armalari / nomutaxassis yo'nalishlar / pedagogik faoliyati.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Sanjarbek Suvon Ogli Karimov

Ushbu maqola nomutaxassis yo'nalishdagi pedagogik faoliyatdagi shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun ijtimoiy-pedagogik maslahatlar, bu yo'lda qo'lga kiritilgan yutuqlar, olib borilgan ishlar va ularning ijobiy natijalari haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NOMUTAXASSIS ( JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA BO'LMAGAN) YO'NALISHDAGI PEDAGOGIK FAOLIYATIDAGI KASBIY VA SHAXSIY RIVOJLANISHNING FAOLLASHTIRISH METODIKASI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

NOMUTAXASSIS ( JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA BO'LMAGAN) YO'NALISHDAGI PEDAGOGIK FAOLIYATIDAGI KASBIY VA SHAXSIY RIVOJLANISHNING FAOLLASHTIRISH METODIKASI

Ushbu maqola nomutaxassis yo'nalishdagi pedagogik faoliyatdagi shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun ijtimoiy-pedagogik maslahatlar, bu yo'lda qo'lga kiritilgan yutuqlar, olib borilgan ishlar va ularning ijobiy natijalari haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: sport harakatlari; jamoat tizimlari; sport jamg'armalari; nomutaxassis yo'nalishlar; pedagogik faoliyati.

Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish maxsus o'quv hamda ilmiy fan sifatida ijtimoiy-pedagogika fanlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. U aholi o'rtasida tashkil qilinadigan ommaviy sog'lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining yo'llarini o'rganadi, shu sohadagi mutaxassislarni tarbiyalashga bevosita xizmat qiladi.Shu sababdan bu fan SHPJTI va respublika oliy o'quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari, Olimpiya o'rinbosarlari kollejlari hamda pedagogika bilim yurtlari tarkibidagi jismoniy tarbiya bo'limlarining o'quv rejasida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'lmog'i lozim.

Fanning asosiy maqsadi bo'lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport harakatining barcha faoliyatlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo'llari bilan qurollantirishdan iboratdir. Shu maqsadda u o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

- fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish;

- davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatlarini o'rganish;

- yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning usullarini o'zlashtirishni ta'minlash;

- egallangan nazariy bilim, amaliy ko'nikma hamda malakalarni o'quv amaliyoti jarayonida tajribadan o'tkazish;

- ilmiy-nazariy tadqiqotlar o'tkazishga da'vat etish;

- reyting tizimi talablari asosida talabalarning bilimlarini baholash;

Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani o'quv rejasidagi «Jismoniy tarbiya va sport tarixi», «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati», pedagogika, psixologiya, iqtisod

Sanjarbek Suvon o'g'li Karimov

Jizzax davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

nazariyasi hamda barcha mutaxassislik fanlari bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki boshqarishda doimiy ravishda ta'kidlanib turiladigan sport taraqqiyoti, aholini jismoniy tarbiya vositalari yordamida tarbiyalash usullari, sportchilarning ruhiy holatlari hamda barcha sport tadbirlarini uyushtirishda moddiy-texnik ta'minot sohasidagi bilimlar amaliy tajribalar bilan uzviy bog'liqdir. Shu sababdan ham fanlar erishgan yutuqlardan foydalanish zaruriyati tug'iladi.

Fanning asosiy mazmunini quyidagi yo'nalishlar tashkil etadi:

- jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilishning nazariy asoslari;

- boshqarishning davlat va jamoat tizimlari;

- boshqarishdagi asosiy vazifalar, usullar;

- jismoniy tarbiya va sport harakatidagi asosiy tarmoqlar;

- horijiy mamalakatlarda jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish, xalqaro sport va Olimpiya harakatlari.

Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo'lajak mutaxassislarni tayyorlab yetishtirishdagi barcha yo'l-yo'riqlar o'z ifodasini topadi. Eng muhimi, O'zbekistonda olib borilayotgan turli islohotlar, ularning ijobiy natijalari sifatida o'tkazilayotgan turli xil sport tadbirlari, sport inshootlarini qurish va boshqalarning o'z aksini topishi ifodalab beriladi.

Barcha o'quv yurtlaridagi ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilayotgan fanlar kabi jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani eng avvalo O'zbekiston Qonunlari, Prezident Farmonlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga tayanadi. Shu bilan birga, sog'lom avlodni tarbiyalashda xizmat qiluvchi milliy, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy qadriyatlar hamda xalq pedagogikasiga asoslanadi. Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hisoblanadi. Unda fuqarolarning o'z sog'liklarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari kafolatlangan. O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi Qonuni jismoniy tarbiya va sport harakatini yuritish, unga rahbarlik qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va huquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni o'rganish va mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muhim omil hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni barcha turdagi o'quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy sog'lomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yo'l ochib beradi. Bu jarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muhim tarmog'i sifatida o'z o'rniga egadir.

O'zbekiston mustaqilligi yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 10 dan ortiq muhim qarorlar qabul qilindi va ular hayotga tadbiq etib kelinmoqda. Yuqorida nomlari qayd etilgan davlat tashkilotlari bilan bir qatorda uning faoliyatiga yordam

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

beruvchi jamoatchi tashkilotlar ham mavjud. Ular orasida O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi markaziy kengashi, «Xalq demokratik partiyasi», «Fidokorlar», Milliy tiklanish, «Adolat» sotsial-demokratik partiyalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Navro'z», «Mahalla», «Ekosan» va boshqa jamg'arma va uyushmalar mavjud.

Boshqarishda bir qator tamoyillar (prinsiplar) mavjud bo'lib, u O'zbekistonda olib borilayotgan siyosat hamda turli islohotlardan kelib chiqqan holda amal qiladi. «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi Qonunning 3-moddasida «Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari» quyidagicha belgilangan.

- insonparvarlik;

- demokratizm;

- fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi;

- jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining ustunligi.

Bu tamoyilida negizida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligi, sport mahoratini oshirish, faoliyatlarni ilmiy jihatdan tashkil qilish, har bir tadbir natijalariga xolisona (ob'ektiv) yondoshish kabi muhim talablar ham mavjuddir. Insonparvarlik prinsipida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar, shuningdek rahbarlarning sport tadbirlarini tashkil qilish va o'tkazishda sportchilar, ularning murabbiylari, hakamlar hamda tomoshabinlarga nisbatan g'amxo'rligi, sharoitlar yaratib berishga intilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan aholining tobora ko'proq qismi shug'ullanishini ta'minlash kabi ishlar kuzda tutilgan.

Demokratizm prinsipi jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish faoliyatidagi xalqchillik, ko'pchilikning xohishiga rioya etish, tizimdagi rahbar organ va rahbarlarni saylash, shuningdek ularning o'z jamoalari oldida muntazam hisobot berib borishlaridan iborat.Fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi prinsipi asosan o'quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslari, sport to'garaklari mashg'ulotlarining doimiy tashkil qilinishini ko'zda tutadi. Shuningdek, mehnatkash aholi va keksa kishilarni ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etishdir. Bunda turli musobaqalarni muntazam o'tkazish, sog'lomlashtirish markazlarining ish faoliyatini yaxshilash maqsad qilib qo'yilgan. Bu prinsiplarning yana bir jihati shundaki, aholini jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o'yinlariga jalb etish, ayniqsa, iqtidorli sportchilarning mahoratlarini oshirib borish, shuningdek sog'lom avlod tarbiyasini yaxshilashga qaratilgandir. Sport mashg'ulotlarini tashkil qilish, ularni rejalashtirish, musobaqalar o'tkazish, mutaxassis xodimlarni tayyorlash va boshqa faoliyatlarda tadqiqotlarning natijalariga tayanish, faoliyatlarni ilmiy ravishda boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon qilinadi. Ayniqsa, sport musobaqalarini o'tkazish, turli

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

natijalar, hisob-kitob, nazorat qilish kabi faoliyatlarda xolisona (ob'ektiv) yondoshish masalalari ishning taraqqiyotiga ko'maklashishi hisobga olingan.

Jismoniy tarbiya va sport harakatida juda ko'p maxsus atamalar ishlatiladi va ularning mazmunida o'ziga xos boshqaruvchilik faoliyatlarini talab etuvchi ma'nolar mavjud. «Jismoniy tarbiya», «Jismoniy madaniyat», «Sport» kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» fanida etarli darajada bayon kilingan. SHu sababdan ularga alohida to'xtalish zaruriyati yo'q. Shunday bo'lsada, qisqacha tavsif berish joizdir. Ya'ni:

- jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida inson kamolotini takomillashtiruvchi vosita va usuldir.

- jismoniy madaniyat umumtarbiyaning muhim tarki-biy qismi sifatida jismoniy mashklar bilan shug'ulla-nish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, inshootlardan foy-da,tanish, tozalikka rioya etish, gavdaning to'g'ri hamda chiroyli o'sishini ta'minlovchi tarbiyaviy jarayondir.

Ko'rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini to'ldiradi. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bilan uzluksiz hamda ommaviy shug'ullanish esa jismoniy madaniyat harakati demakdir.

- Sport murakkab mashqlar majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik jihatdan baxslashish mashqidir. Bunda maxsus qoida va talablarga rioya etish zarur, g'oliblar esa musobaqa shaklida aniqlanadi.

- «Boshqarish» atamasi barcha sohaga tegishli bo'lgan umumiy ma'nodagi so'z bo'lib, u bevosita faoliyatlarga rahbarlik qilishni anglatadi. Jismoniy tarbiya va sport harakatida «boshqarish» muhim ahamiyat kasb etuvchi faoliyatni ifodalab, sport tashkilotlari, sport klublari, jamoalar (kollektiv) orasida musobaqalar, yig'inanjumanlarni o'tkazishga, yo'lboshchilik qilish ma'nosida ishlatiladigan atamadir.

Boshqarish tizimlari /sistema/ o'z navbatida jismoniy tarbiya va sport harakatining sertarmoqligini bildiradi. Masalan, o'quv yurtlari, ishlab chiqarish mehnat jamoalari, muassasalar, sport inshootlari va hokazo. Ular o'z navbatida, yana bir qator tizimlardan tarkib topgandir. Ya'ni, o'quv yurtlari tizimiga: maktab, akademik litsеу, o'rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va oliy o'quv yurtlari kiradi.

Ilmiy boshqarish tushunchasiga eng avvalo, ilmiy tadqiqotlar, ilg'or tajribalarning natijalarini qo'llash kiradi. Jamoalarni boshqarishda qo'llaniladigan sinov-tajriba jarayonlar monitoringa ishlarni ilmiy ravishda boshqarish asoslaridir.

Boshqarish usullari. Bu jismoniy tarbiya va sport harakatida ko'p qo'llaniladigan va mazmun hamda shakl jihatdan bir-biridan farq qiluvchi faoliyatlardir. Chunki barcha soha yoki jamoalarda birdek ish tutish mumkin emas. Masalan, sport inshootlari va murabbiylarga yaratilgan imkoniyatlar bir xil bo'lgan futbol jamoalarining ish

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

faoliyatida o'xshashlik, talablar yagonadek tuyulsada, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun o'yinlardagi natijalar va jadvallardagi o'rinlar har xil bo'ladi. Shu sababdan sport tashkilotlari va jamoalarida eng ilg'or, samarali usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari jahon sporti faoliyatida keng qo'llanib kelinayotgan ba'zi bir yangiliklarni vujudga keltirdi. Bu o'z navbatida menejment, marketing, tadbirkorlik kabi tushunchalarni keltirib chiqardi va ular amaliy faoliyatga tobora chuqur singib bormoqda. Ularning batafsil mazmunlari shu nomdagi mavzularda bayon etiladi.

Hulosa. O'zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish bo'yicha jismoniy tarbiya va sport sohasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.Bo'lajak mutaxassis kadrlarni nazariy bilim, amaliy malaka hamda ko'nikmalar bilan qurollantirishda «Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish» fanining ahamiyati katta bo'lmoqda. Uning mazmuni va mohiyati, xususan, talabalarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunarlarning turli usullari bilan tanishtirish, ayniqsa, respublika, viloyat, shahar sport qo'mitalari, ularning quyi tarmoqlaridagi tashkiliy ishlar, ularga rahbarlik qilish yo'llarini o'rgatish yangi talablar darajasida amalga oshirilmoqda. Bu esa, o'z navbati da talabalarning ijodkorlik faoliyatlari hamda o'z vazifalarini puxta bilish mas'uliyatlarini oshirmoqda.Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tarbiyalashda sohaga doir qonunlar, farmonlar va qarorlarni o'rganish, ularning ijrosini tahlil qilish, talabalarning o'quv amaliyotlarida ularga amal qilish yo'llarini singdirish o'quv jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanini o'zlashtirishda o'quv rejasidagi boshqa nazariy va amaliy mutaxassislik fanlari mazmunini bog'lash, ularni taqqoslash ishlari talabalarning mustaqil hamda ijodkorlik bilan o'z kasbiga yondoshishini taqozo etmoqda.Eng muhimi shundaki, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining asosiy tayanchlaridan hisoblangan milliy qadriyatlar, maAnaviy-maArifiy, madaniy mazmundagi xalq milliy o'yinlarining mohiyatini chuqur o'rganish, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini hayotga tatbiq etish usullarini bilish kabi faoliyatlar o'quv jarayonida boshqarish bilan bevosita bog'lanmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshtaustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston RespublikasiPrezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi PF-5787-son Farmoni.

465

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

3. Salomov R.S.,Mirjamolov M.X. Jismoniy imkoniyati cheklangan o'quvchilarning sport mashg'ulotlariga moslashishi o'quv uslubiy qo'llanma. T.:ITAPRESS,2015

4.Теория и организация адаптационой физический культуры.Под ред. Есеева С.П.-М.:Советиский спорт. 2002.

5. Озолин Н.Т. Настоьная книга тренера.Наука побеждать- M:Astrelp,2004 6.. Велитченко В.К. Физкультура для ослабленных дитей. Методическое пособие. -М.: Terra-sport, 2000

7. Mirjamolov M.X.,Yunusov A.S.,Svetlichnaya N.K., Paralimpiya tarixi va o'yin qoidalari. O'quv uslubiy qo'llanma.-T.:Ilmiy texnika axborot-press, 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.