Научная статья на тему 'NOFILOLOGIK YO’NALISHLARDA INGLIZ TILINI O’QITISH MUAMMO VA YECHIMLARI'

NOFILOLOGIK YO’NALISHLARDA INGLIZ TILINI O’QITISH MUAMMO VA YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
metod / Jigsov mashqlari / muammo yechimlari mashqlari / reproduktiv ish / retseptiv ish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ergasheva Feruzaxon Abdixalikovna

Ushbu maqolada nofilologik yo'nalishlarda chet tili xususan ingliz tili o'qitish dolzarb masala va muammolari yoritilgan.Maqolaning birinchi qismida adabiyotlarda berildan ma'lumotlar tegishlicha o'rganib chiqilgan. Ikkinchi qismida ushbu masalalarga yechim sifatida metodlar berib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NOFILOLOGIK YO’NALISHLARDA INGLIZ TILINI O’QITISH MUAMMO VA YECHIMLARI»

NOFILOLOGIK YO'NALISHLARDA INGLIZ TILINI O'QITISH MUAMMO VA

YECHIMLARI Ergasheva Feruzaxon Abdixalikovna

"University of economics and pedagogy" NOTM Filologiya kafedrasi assistant o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11084822

Annotatsiya. Ushbu maqolada nofilologik yo'nalishlarda chet tili xususan ingliz tili o'qitish dolzarb masala va muammolari yoritilgan.Maqolaning birinchi qismida adabiyotlarda berildan ma'lumotlar tegishlicha o'rganib chiqilgan. Ikkinchi qismida ushbu masalalargayechim sifatida metodlar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: metod,Jigsov mashqlari,muammo yechimlari mashqlari,reproduktiv ish,retseptiv ish

Abstract. In this article, the current issues and problems of teaching a foreign language, especially English, in non-philological areas are highlighted. In the first part of the article, the information given in the literature is studied accordingly. In the second part, methods are given as a solution to these problems .

Keywords: method, jigsaw exercises, problem solving exercises, reproductive work, receptive work

Аннотация. В данной статье освещены актуальные вопросы и проблемы преподавания иностранного языка, особенно английского, на нефилологических направлениях. В первой части статьи соответствующим образом изучается информация, приведенная в литературе. Во второй части приводятся методы решения этих проблем.

Ключевые слова: метод, упражнения-головоломки, упражнения по решению проблем, репродуктивная работа, рецептивная работа.

Nofilologik yo'nalishlarda chet tillarni o'qitish ta'lim tizimining ustibor javhalaridan biridir.Bu borada til o'rganuvchilarning tilga bo'lgan qiziqishiga,saloxiyatiga,oldingi olgan bilimva ko'nikmalariga e'tibor bergan xoldadarslar tashkil qilinadi.

Chet tilini samarali o'qitish va ta'lim jarayonini muvaffaqqiyatli tashkil etish Davlat ta'lim standartiga mos ravishda olib borilishi bilan bir qatorda chet til o'rganuvchilarini zamon talabi hisoblangan mustaqil qarorlar qabul qilishga, tanqidiy fikrlashga va shu bilan birga bo'lajak chet tili o'qituvchilarini kasb mahoratlarini puxta egallashlariga qaratilishi lozim. Ingliz tilini an'anaviy (offlayn) tarzda samarali o'qitish uchun taklif qilingan texnologiyalar talabani mustaqil ravishda, ijtimoiy o'zaro munosabatga kirishib chet tilini o'rganish g'oyasini olg'a suruvchi ijtimoiy konstruktivizm nazariyasiga hamda shaxsga yo'naltirilgan yondashuv va metodlarga asoslangan. Ko'pgina manbalarda olimlar topshiriqlarni dizayni va tavsifiga ko'ra tasniflashgan. Bunday olimlardan, T.Pika topshiriqlarni quyidagicha tasniflaydilar: 1) Jigsov mashqlar (Jigsaw tasks) — talabalar aralashtirilgan ma'lumotning turli qismlarini birlashtirib, uni yaxlit holga keltirishlari lozim; 2) ma'lumot tushirib qoldirilgan mashqlar (information gap) — o'quvchilarning birinchi guruhida ma'lumotning bir qismi bor bo'lsa, ikkinchi guruhda to'liq shaklda bo'ladi. Ma'lumot to'liq bo'lishi uchun birinchi guruh a'zolari tushirib qoldirilgan bo'shliqlarni ikkinchi guruhdan ma'lumotlarni so'rab to'ldirishlari lozim; 3) muammoni hal qilish mashqlari (Problem-solving) — o'quvchilarga muammo beriladi va ular buning yechimini topishlari lozim bo'ladi; 4) qaror qabul qilish mashqlari (decision-making) — bunday topshiriqni bajarishda ham muammo hal qilinadi, lekin muammoni hal qilish mashqlaridan farqi shundaki, talabalar yechim sifatida har xil variantlardan birini tanlashi kerak bo'ladi. Ya'ni o'quvchi/talabaga taklif qilingan yechimlar

variantlari beriladi; 5) fikr almashuvchi mashqlar (Opinion exchange) — talabalar muhokama qilinayotgan mavzu bo'yicha o'z fikrlarini almashadilar. Uillis topshiriqlarni oltita guruhga ajratadi: 1) ro'yxat (listing); 2) tartibga solish va saralash (ordering and sorting); 3) taqqoslash (comparing); 4) muammolarni hal qilish (problem solving); 5) shaxsiy ma'lumotlarni bo'lishish (sharing personal information); 6) ijodiy mashqlar (creative tasks) (12). J. Richards va T.Rodjerslar ham mashqlarni tasnifini beradi: 1) bir tomonlama yoki ikki tomonlama (one way or two way) — topshiriq bir tomonlama ma'lumot almashishni o'z ichiga oladimi yoki ikki tomonlama almashishni; 2) konvergent yoki divergent (convergent or divergent) — talabalar umumiy maqsadga erishadimi yoki bir necha xil maqsadlarga erishadimi; 3) hamkorlik yoki raqobat (collaborative or competative) — talabalar topshiriqni bajarish uchun hamkorlik qiladimi yoki topshiriqni bajarish davomida bir -biri bilan raqobatlashadimi; 4) bitta yoki bir nechta natijalar (single or multiple outcomes) — bitta natija bo'ladimi yoki har xil natijalarga erishish mumkinmi; 5) aniq yoki mavhum til (concrete or abstract language) — topshiriq aniq tilni yoki mavhum tildan foydalanishni nazarda tutadimi; 6) oddiy yoki murakkab jarayon (simple or complex processing) — topshiriq nisbatan oddiy yoki murakkab kognitiv jarayonni talab qiladimi; 7) sodda yoki murakkab til (simple or complex language) — topshiriqning lingvistik talablari nisbatan sodda yoki murakkabmi; 8) voqelikka asoslangan yoki voqelikka asoslanmagan (reality-based or not reality-based) — topshiriq hayotiy faoliyatni aks ettiradimi yoki pedagogik faoliyatnimi.( Avazmatova M. M.)

Charlz Friz Michigal Universitetda ishlab, —"Teaching English and Learning English as a Foreigu Language" kitobini yaratdi. Uning fikricha chet tili o'qitishdan maqsad qanday bo'lmasin, o'quvchilar til materiali bilan birinchi marta tinglash, gapirish orqali tanishtirilishi lozim. Audio - vizual metod. Bu metod XX asrning 40-yillaridan rivojlana boshlanadi. Uning asoschilar yuksalish metodisti Petr Guberina, frantsuz metodistlari Pol Revank, Jorj Guinesmdir. Uning markazi Sen Klu shaxridir. Ushbu metod mualliflari quyidagilarga asoslanib ishlaganlar. 1) Jonli tilning dialogik shakli olingan. 2) O'qish o'rgatishning asosi og'zaki nutq deb qaralgan. 3) Yangi material butun strukturalarning tinglash ko'rish orqali berilgan. 4) Yangi material ma'nosi; mazmuni faqatgina predmet, rasm, harakatlar, tinglash, ko'rish orqali berilgan. 5) Yangi til materiallarni o'zlashtirish, tahlil qilish, yodlash o'xshashligi bo'yicha strukturalarni tuzish orqali bo'lgan.

Bu metod orqali chet tili o'rganishdan o'quvchilar o'rganayotgan materiallarni bir vaqtda tinglaydi, ekran yoki rasmda ko'radi. O'qitish faqat ingliz tilida olib boriladi, tinglash, ko'rish, texnik vositalardan foydalanish mo'ljallangan. Ushbu metod ikki bosqichni o'z ichiga oladi: Retseptiv ish,Reproduktiv ish.Retseptiv ishda o'quvchilar suhbatni chet tilida 2-3 marta eshitadi, ko'radi, esda saqlaydi. Reproduktiv ishda esa o'quvchi suhbatini ovozsiz ko'radi, so'zlovchining o'rnida gapiradi, qaytaradi. So'ngida esa o'quvchilar uni kengaytiradilar.Talaffuzni o'rgatish metodlarilngliz tili darslarida fonetik interferentsiyalarni bartaraf etish metodlar orqali amalga oshiriladi.

Birinchi metod. Tovush talaffuzini tinglab, aynan o'zini qaytartirish yoki taqlid (immitatsiya) qilib o'rgatish metodi. Bu quyidagicha o'tkazilishi mumkin:

1. Yangi tovush so'zda yoki nutq namunasida o'qituvchi tomonidan talaffuz qilinadi;

2. O'qituvchi tovushni ajratib olib, (harf yoki transkriptsiya orqali) doskada ko'rsatadi;

3. O'qituvchi tovushni talaffuz qilishni ko'rsatib, o'zi uni bir necha marta talaffuz qiladi;

4. Tovush o'quvchi va talabalar tomonidan taqlid qilinib, birgalikda jo'r bo'lib yoki yakka talaffuz qilinadi;

5. O'quvchilar tovush bor so'zlarni, gaplarni talaffuz qiladilar;

6. Tovush va tovush birikmalarni nutq faoliyatida qo'llaydilar. Taqlid qilish ongli bo'lishi (ikkinchi bosqichda), unda ongni kam ishtirok etishi (birinchi bosqichda) mumkin. Ongli taqlid qilish analiz-sintez orqali bo'ladi.

Ikkinchi metod. Tushuntirish metodi. Bu metod asosan ona tilidagi tovushlar bilan qisman o'xshashi umuman yo'q bo'lgan tovushlarni o'rgatishda qo'llaniladi. Bu yerda o'qituvchi o'zi talaffuz qilishidan oldin uni talaf fuz qilishning o'rnini, xususiyatini tushuntiradi, ko'rsatadi. So'ng talaffuz qiladi, o'quvchilar va talabalar taqlid qilib, yakka talaffuz qiladilar. Tushuntirish bilan taqlid bir-birini to'ldiradi, lekin bular ikki xil metod sanaladi. Uchinchi metod: Analiz yoki tahlil qilish metodi. Bu metod ayniqsa, ona tilida umuman yo'q, uchramaydigan tovushlarni talaffuz qilishni o'rgatishda mos qiladi. Urg'ularni o'rgatayotganda talaffuz qilish o'rni tovushni talaffuz qilmay mimikalar bilan ko'rsatilib, o'quvchilar bilan birga chuqur tahlil qilinadi. O'quvchilar tovushning talaffuz qilish o'rnini, ishtirok etayotgan nutq organlarini ko'radilar, tahlil qilib aniqlaydilar. Ular tovushni hosil qilish, talaffuz qilish o'rnini belgilab xulosa chiqaradilar.

REFERENCES

1. Avazmatova M. M. Linguodidactics and Methods Technologies of Teaching Languages. Scientific-methodological electronic journal "Foreign Languages in Uzbekistan", 2022, No 4 (45), 53-66 https://journal.fledu.uz ISSN: 2181-8215 (online).B 54-55-56

2. Iriskulov M.T. English phonetics, Tashkent 2007, p. 221.

3. Satimboyeva O.A. "Bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining talaffuzini takomillashtirishda o'zbek shevalarining ta'siri va ularning yechimi " Toshkent 2021, B-85-91

4. Ismailova B.Y. O'zbek auditoriyasida birinchi kurs studentlarini ingliz tilining konsonantizmiga o'rgatishning lingvodidaktik asoslari,Toshkent,2015.

5. Jalolov.J.J.Chet til o'qitish metodikasi,Toshkent, 2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.