Научная статья на тему 'NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MALAKA OSHIRISH JARAYONI AFZALLIKLARI'

NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MALAKA OSHIRISH JARAYONI AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nargiza Mo‘Minova Sabitdjanovna

Uzbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 5-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda maktabgacha va maktab ta’limidagi ishlarni tanqid qildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MALAKA OSHIRISH JARAYONI AFZALLIKLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MALAKA OSHIRISH JARAYONI

AFZALLIKLARI

Nargiza Mo'minova Sabitdjanovna

MTTDMQTMOI PhD dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11198433

Uzbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 5-fevral kuni o'tkazilgan videoselektor davomida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda maktabgacha va maktab ta'limidagi ishlarni tanqid qildi.

Maktabgacha ta'lim tizimi eng muxim yunalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag'ishlangan kengaytirilgan majlisidagi nutkida berilgan topshiriklar ijrosini ta'minlash maksadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi raisligida ishchi gurux tashkil etilib, tizimdagi pedagog xodimlar malakasini oshirishning mavjud xolati xar tomonlama tankidiy taxlil kilindi.

Ma'lumki, bugungi kunda Uzbekiston Respublikasida pedagog xodimlar malakasini oshirishning quyidagi shakllari qo'llanilmoqda: ishlab chiqarishdan ajralgan holda oylik kurslar; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda yillik kurslar; kunduzgi, sirtqi kurslar; qisqa muddatli kurslar; eksternat; shaxsiy reja asosida malaka oshirish; muammoviy (maqsadli) kurslar; ishlab chiqarishdan ajralgan holda shaxsiy reja asosida kurs mashg'ulotlariga qatnashish yo'li bilan malakasini oshirish (ijodiy ishlaydigan pedagoglar uchun); ijodkor pedagoglar (yoki ijodiy ishlovchi ilg'or o'qituvchi) ish faoliyati asosida o'qituvchilar stajirovkasi; telekurs; internet orqali tashkil etiladigan kurslar; masofadan turib o'qitiladigan kurslar mavjud.

Maktabgacha ta'lim va tarbiya - bolalarga ta'lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim turi hisoblanadi.

Ta'lim - ijtimoiy farovonlikning hal qiluvchi omili. U umumiy kasbiy madaniyatni, jamiyatni takomillashtirishga qaratilgan, inson va fuqaroning shakllanishini ta'minlaydi.

Prezident Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, "Rivojlangan mamlakatlarda ta'limning to'liq sikliga investitsiya kiritishga, ya'ni bola 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e'tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko'rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Binobarin, inson kapitaliga e'tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart".

Rivojlangan mamlakatlar qatorida ta'limni berish sifatni takomillashtirish hozirgi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu o'rinda "Ta'lim sifati" nima degan savolga javob berib o'tsak. "Ta'lim sifati"- bu butun ta'lim tizimi tarkibiy qismlarining sifat vazifalari, murakkab rivojlanish kuchiga ega bo'lgan jarayon bo'lib, ta'lim muassasalari faoliyati ijtimoiy, iqtisodiy, uslubiy va texnologik muhitining o'zgarishi bilan izohlanadi. Ta'lim sifati xususiyatlari yaxlitligi ta'lim oluvchi bilim, ko'nikma va malakalarining shakllanishi va shaxsiy rivojlanishi uchun xizmat qiladigan eng qulay usullar kombinatsiyasidan iborat bo'lib, samarali o'quv jarayoni bilan amalga oshiriladigan, o'qitish jarayonlarini o'quvchilarda tayanch va umumfan kompetensiyalarini takomillashtirish, kreativligini shakllantirishga qaratilgan maxsus ijtimoiy-pedagogik-psixologik jarayon deb ta'kidlash mumkin. Sifatli ta'lim berishni uzluksiz ta'limning bosh bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'limdan boshlash ko'zlangan natijaga erishishimizga zamin bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

Tadqiqotimiz davomida maktabgacha ta'lim malaka oshirish shakllanish omillari sifatida quyidagilarni aniqladik:

integratsiya - sohalararo bog'lanish, tabiiy aloqadorlik, uzviylik va izchillik: klaster doirasida ta'lim sub'ektlari hamkorligiga tabiiy ehtiyojning mavjudligi, ushbu ehtiyojning uzviylik va izchillik tamoyillaridan kelib chiqqan holda qondirilishi;

tashabbus - sohaning samaradorligi bilan bog'liq har qanday innovatsion loyiha va takliflarning qo'llab-quvvatlanishi: ya'ni muyyan klaster sub'ekti tomonidan ilgari surilgan tashabbusga boshqa sub'ektlarning ham qiziqish bildirishi, uni hamkorlikda amalga oshirishi va qo'llab-quvvatlashi;

manfaatdorlik - malaka oshirishda har bir sub'ekt o'zining manfaatdorligiga ega bo'lishi: ta'lim klasterining samarali faoliyati undagi sub'ektlarning xususiy manfaatdorligi qondirilgandagina ta'minlanadi;

innovatsiyalar - zamon va taraqqiyotga mos holda qadam qo'yish, yangi loyiha va g'oyalarning muntazamligi: bu omil ta'lim malaka oshirishda zamonaviylik tamoyilining tabiiyligini asoslaydi, innovatsion g'oya va loyihalar uning samaradorligi uchun muhim ekanligini ko'rsatadi;

axborotlar - sohaning barqaror rivojlanishi uchun yetarli axborot bazasining mavjudligi va muntazam yangilanib turishi: klasterni shakllantirishda axborot oqimining o'rni ham juda muhim. Klaster mohiyatiga ko'ra axborotlar, bilimlar tarqalishining, umumiy maqsad mavzusidagi muloqotlarni yo'lga qo'yishning maydoni bo'lib, bu maydonda kechayotgan jarayonlar eng oqilona qarorlarga kelish uchun zamin yaratadi. Oqibatda, axborot bazasining kuchi klasterni rivojlantirishning manbai bo'lib xizmat qiladi.

Shunday qilib, maktabgacha ta'lim klasteri deb, bir-biriga bog'liq bo'lgan ta'limiy, kasbiy, ilmiy, ijtimoiy va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini bir maqsad yo'lida birlashtirgan va qat'iy natija beradigan ta'lim-tarbiyaviy tizimga aytiladi.

Agar malaka oshirish tizimi maktabgacha tarbiya tizimiga tatbiq etilsa, quyidagi manfaatlarga erishish mumkin:

Davlat manfaati - raqobatbardosh kadr yetishib chiqadi, ish sifati yaxshilanadi, mahsulot sifati oshadi, migratsiya masalalari ijobiy hal bo'ladi, iqtisodiy o'sish yuzaga keladi.

Ta'lim muassasasi manfaati - ta'lim sifati va samaradorligi oshadi, o'quvchining bandligi ta'minlanadi. Ustoz-shogird an'analari rivojlanadi, sog'lom ijtimoiy-psixologik muhit shakllanadi, o'quvchilarning ma'naviy dunyoqarashi mustahkamlanadi.

Mahalla manfaati - yoshlar bandligi ta'minlanadi, ishbilarmonlik taraqqiy etadi, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati rivojlanadi.

Ota-onalar manfaati - iqtisodiy barqarorlik, bandlik, turli xil oqimlarga kirib ketishning oldi olinadi, qadriyatlar tiklanadi, ota-onani hurmat qilish, ularni qadriga yetish, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi xususiyatlar rivojlanadi.

O'quvchilar manfaati - jamiyatga kerakli shaxs bo'lib yetishadi, malakali mutaxassisga aylanadi, qo'shimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari manfaati - moddiy ta'minot bazasi kengayadi, sifatli kadr tayyorlanadi, ishlab chiqarish, tadbirkorlik rivojlanadi, iqtisodiy ta'minot yaxshilanadi.

Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda klasterli yondashuv turli sohalarni, shu jumladan ta'limni rivojlantirishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi shiddat bilan rivojlanish pallasida raqobatbardosh kadrlarga e'tibor har qachongidan kuchaygan. Uzluksiz ta'limining dastlabki bosqichi bo'lgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION

15 MAY, 2024

maktabgacha ta'lim tizimini zamon talablari darajasida rivojlantirish, unga malaka oshirish usulini joriy etish ko'zlangan maqsadga, natijaga erishishning, muammolarni bartaraf etishning birdan-bir yo'lidir.

Malaka oshirish jarayonining samaradorligi ularga qo'yilgan talablarga bog'lik buladi. Bunday sharoit barcha ta'lim muassasalarida yaratilsa, natijada malaka oshirish va pedagog xodimlarni attestatsiyadan o'tkazish xamda ularga malaka toifalari berish jarayonlarini integratsiyalash orqali pedagog xodimlarda kasbiy maxoratni doimiy oshirib borishga bulgan motivatsiya ortib, jamg'arib boriladigan birliklar asosidagi malaka oshirish va attestatsiyam tayyorgarlik kurishda aynan bir xil faoliyatni takrorlash xolatining oldi olinadi, ortikcha vaqt sarfi kamayishi va iqtisodiy tejamkorlikka erishiladi.

Yuqoridagi vazifa amalga oshirilganda malaka oshirish tizimini diversifikatsiyalash, malaka oshirishning davlat va jamiyatning ta'lim oldiga qo'yayotgan vazifalari, buyurtmachilar va raxbar, pedagog va mutaxassis xodimlarning takliflari va extiyojlariga asoslanishga erishish, tarbiyachi-pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, ularda motivatsiyani oshirish, faoliyatda monitoringning rolini kuchaytirish, tarbiyachilarni doimiy raqobatbardosh xolatda ushlab turish, ta'lim tashkilotlarida o'quv-tarbiya jarayonining sifatini ta'minlash va iqtisodiy samaradorlik ta'minlanishiga erishiladi.

Tarbiyachilar malakasini oshirish daraja-o'lchamlarini ishlab chiqish zarur. Tarbiyachi pedagoglar shaxsiy-motivatsion jixatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi rag'batlantirish omillariga o'tish lozim.

Malaka oshirishga kelgan tarbiyachilar bilishi zarur bo'lgan asosiy bilimlar tizimini aniklashning iloji yuk. Bundan tashkari, bu bilimlarni tarbiyachilarga o'rgatish mumkin xam emas. Chunki vaqt chegaralangan. Shu boisdan tarbiyachi tarbiyalanuvchiga ta'lim berishida aloxida axamiyat kasb etuvchi bilimdonliklarini kuchaytirish zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktyabrdagi "Internet jahon axborot tarmog'ida milliy kontentni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 888-son Qarori.

2. A.V.Shin. O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish va samaradorligini oshirishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Ped.fan. doktori dis.avtoreferat -T.: 2022. -10 b.

3. Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii pedagogicheskoye masterstvo.- T.:2005y

4. SaidaxmedovN.S. Yangi pedagogik texnologiyalar.-T.: Moliya nashr., 2003.

5. Faberman B.I. Peredovbie pedagogicheskiye texnologii.- Toshkent, 2000y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.