Abduqodirova N.X.
JizzaxDavlatPedagogika Universiteti katta o^qtuvchisi
Pedagogika psixologiya fakulteti Pedagogik mahorat fani
MTT DA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya: Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo'lib, ularni komillikka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Maqolada mamlakatimizda MTT ni yanada takomillashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlarni takomillashtirish masalalari to^g^risida so^zyuritilgan.
Kalit so'zlar: tashkilot, yosh avlod, maktabgacha ta'lim tizimi, ma'naviy salohiyat, takomillashtirish.
Abdukodirova N.Kh. senior lecturer faculty of pedagogical psychology pedagogical skill science Jizzakh State Pedagogical University
FURTHER IMPROVEMENT AND DEVELOPMENT OF THE ORGANIZATION OF THE PEDAGOGICAL PROCESS AT PEO
Annotation: Educating a person to perfection in all aspects is the eternal dream of our people, and they constantly searched for ways and rules to lead them to perfection. The article talks about the issues of reforms and measures for further improvement and development of MTT in our country.
Key words: organization, young generation, preschool education system, spiritual potential, improvement.
Bola tug'ilgan kundan boshlab, uni maktabga borgunigacha b'lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol qilib tarbiyalash qonuniyatlarini o'rganish maktabgacha ta'lim pedagogikasining mavzuyidir. U maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi birligini, maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalami maktabda o'qishga tayyorlashni ta'minlab, maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta'lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi.
Bu fanning predmeti quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasi rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablariga suyangan holda faoliyat yuritish;
maktabgacha ta'lim pedagogikasining ta'lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish;
• ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish;
• bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy sog'ligini ta'miniashda o'qituvchi-tarbiyachi mahorati.
Respublikamizda 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish" kontseptsiyasini ishlab chiqildi. Kontseptsiya O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo'nalishlari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishga yo'naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'ladi. [1]
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yosh avlodning aqliy-intellektual, estetik, jismoniy, ma'naviy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish alohida dolzarblik kasb emoqda. Bu borada pedagog rahbar-jamiyatning yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga qo'ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisiga aylanishi muqarrar.
Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida maktabgacha ta'limni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, ularga zamonaviy ta'lim berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo'lgan muammo hisoblanadi. Aynan, maktabgacha ta'limni isloh qilishda bolaning maktabga tayyorgarligi bilan belgilanuvchi ta'lim sifatini oshirish muhim va zaruriy bo'lib hisoblanadi.
MTT pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida insonparvarlik omilini ta'minlaydigan ustozlarning shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta'lim-tarbiya oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Zero, shaxsiy sifatlar o'qitish va tarbiyalash mahoratiga ta'sir ko'rsatadi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o'zining "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz" kitobida: "O'z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo'lgan, har tomonlama yetuk rahbar oldida dolzarb vazifa - kelgusi avlodni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi turibdi"- degan fikrni e'tirof etadilar. Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy -iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmokda. SHuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi.
Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifati - tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi bo'lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot
talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi e'tirof etiladi.
Hozirgi paytda maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar malakasini oshirishga quyidagicha yondashish tendentsiyalari kuzatilmoqda:
❖ sifatli o'quv jarayonini tashkil qilishda pedagog kompetentsiyasini rivojlantirish;
❖ ta'lim sifatini ta'minlashda zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi - turli xil boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta'limga joriy etishda pedagogning layoqatini oshirish;
❖ ta'lim-tarbiya sifatining mahsulasi - natijani qo'lga kiritish va boshqalar.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'quv faoliyatining sifati o'quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o'quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan yemas, balki tahsil oluvchilarning olgan bilimlari, malaka va ko'nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog'liq ta'lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda.
Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifati, uni baholash va sifat menejmentiga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta'limiy va tarbiyaviy sifat nazoratining ichki baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan (London universiteti qoshidagi "Layf Kouching", Ta'lim institutlari (Buyuk Britaniya); ta'lim sifati menejmenti tizimini sertifikatlash va sifatni kafolatlash usullari tavsiflangan (Bavariya akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Germaniya) va boshqalar.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifati, uni baholash, ilmiy- nazariy asoslash, kvalimetriyaga murojaat etish, sifatning yalpi menejmentini qo'llash uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Bunda kvalimetrik tahlil muhim ahamiyat kasb etadi.
Kvalimetriya - diagnostik metodlarni aniqlash, sifatni miqdoriy baholashning nazariy asoslarini yaratish bilan bog'liq ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Kvalimetriya kvalitologiya (sifat haqidagi fan)ning tarkibiy qismidir.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifatini takomillashtirish muammosini alohida tadqiqot predmeti sifatida o'rganish ehtiyoji sezilmoqda. Muammoning yechimini topish uchun:
❖ davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirishda «tarbiya kvalimetriyasi» va «ta'lim kvalimetriyasi» tushunchalarini ilmiy jihatdan tavsiflash;
❖ davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari boshqarishning metodologik va nazariy asoslarini sifatli menejment nuqtai nazaridan tadqiq qilish;
❖ davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlariga qo'yiladigan
davlat talablarini tabaqalashtirilgan yondashuv asosida takomillashtirish;
❖ davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringini joriy etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish lozim.
Davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining faoliyatini kvalimetriya asosida baholash, kasbiy faoliyat natijasi, tarbiyalanuvchilarning intellektual darajasi va shaxsiy rivojlanishi mezonlariga asoslangan holda takomillashtirishga qaratish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori, 2019., 13 may, PQ 4312 son.
2. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga qo'ramiz. -Toshkent:O'zbekiston, 2017.-488 bet.
3. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. -Toshkent: O'qituvchi, 1998.-43-bet.