Научная статья на тему 'NO’ANANAVIY USULDA TUPROQQA ISHLOV BERISHNI KARBONATLI, SULFATLI TUZLARIGA TA’SIRI O‘RGANISH'

NO’ANANAVIY USULDA TUPROQQA ISHLOV BERISHNI KARBONATLI, SULFATLI TUZLARIGA TA’SIRI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
71
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
detonasion to‘lqin / yumshatish / tuproqqa ishlov berish / atmosferadagi uglerod / kaliy / magniy / korbonat / sulfat

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — X.X.Asqarov

Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan o‘rtacha sho‘rlangan, arzik-shox qatlamli o‘tloqi saz tuproqlarining umumfizik, suv-fizik, fizik-kimyoviy va agrokimyoviy xossalarining tuproq gazodinamik yumshatgichi bilan ishlov berish ta’sirida o‘zgarishi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NO’ANANAVIY USULDA TUPROQQA ISHLOV BERISHNI KARBONATLI, SULFATLI TUZLARIGA TA’SIRI O‘RGANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

NO'ANANAVIY USULDA TUPROQQA ISHLOV BERISHNI KARBONATLI, SULFATLI TUZLARIGA TA'SIRI O'RGANISH X.X.Asqarov

"Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi" kafedrasi mudiri

Farg'ona politexnika instituti, q.x.f.f.d. (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.8004008

Annotasiya. Markaziy Farg'ona sug'oriladigan o'rtacha sho'rlangan, arzik-shox qatlamli o'tloqi saz tuproqlarining umumfizik, suv-fizik, fizik-kimyoviy va agrokimyoviy xossalarining tuproq gazodinamik yumshatgichi bilan ishlov berish ta'sirida o'zgarishi keltirilgan.

Kalit so'zlar: detonasion to'lqin, yumshatish, tuproqqa ishlov berish, atmosferadagi uglerod, kaliy, magniy, korbonat, sulfat.

Bugungi kunda dunyoda «FAO/YUNESKOning tuproq xaritasiga asosan sho'rlangan tuproqlar maydoni hisoblangan bo'lib, unga ko'ra 950 mln. gektar yer maydonlari turli darajada sho'rlangan, jumladan AQSH da 8 517 000, Hindistonda 23 796 000, Xitoyda 36 658 000, Argentinada 85 612 000 va Yevropada 50,8 mln. gektar hamda boshqa mamlakatlarda tarqalgan». Shu sababli, sug'orma dehqonchilik tuproqlarining hozirgi holati, xossa-xususiyatlari va unumdorligiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan sho'rlanish, degumifikasiya, eroziya, zichlanish kabi salbiy jarayonlarni oldini olish orqali, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va muhofaza qilish, sifatli hosil olish hamda sho'r yuvishning samarali usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Respublikamizda sug'oriladigan dehqonchilik ta'sirida tuproqlarda sodir bo'layotgan salbiy jarayonlarni tadqiq etish, ularni oldini olishda energiya va resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar olib borilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Respublikamizning sug'oriladigan yerlarini ko'p qismi turli darajada sho'rlangan. Masalan, Markaziy Farg'ona hududi tuproqlarida tabiiy yoki qishloq xo'jalik texnikalarini ko'p marta kirishi natijasida va surunkasiga sug'orish tufayli o'simliklarning asosiy ildizi o'sadigan qatlamlarida tuproq zarrachalari haddan tashqari zichlashib ketgan. Bunday zich qatlamlarni parchalash ancha murakkab bo'lib, juda katta mablag' va energiya sarfini taqozo etadi. Shuning uchun ham bu masala hozirda muammo bo'lib turibdi. Shunga qaramay, keyingi vaqtda bu qatlamlarni yumshatish uchun chuqur haydash qurilmalari qo'llanilmoqda.

Bu muammoni yechish uchun Farg'ona politexnika instituti olimlari tomonidan gazodinamik to'lqinlar yordamida ishlovchi silindrsimon teshik quvurlar kovlaydigan qurilma yaratgan. Bu qurilmada yonilg'i va havo aralashmasi quvurlarda detonasion to'lqinlar zarbasi hosil qiladi. Detonasion to'lqinlar esa o'z navbatida vertikal yo'nalishda silindrsimon teshiklar teshishda asosiy ishchi organ xizmatini o'taydi. Detonasion to'lqinlar generatorning ishini quyidagicha izohlash mumkin: yonilg'i havo aralashmasi yondirish kamerasiga uzatiladi. Yondirish kamerasi, ichki diametri 50 mm li qovurg'ali quvurdan iborat. Kameraning boshlanish qismidan yonilg'i havo aralashmasini olib keluvchi qurilma, alangani to'suvchi klapan, joylashgan bo'lib, oxirgi qismidagi flanes esa kichikroq diametrli quvur bilan ulangan. Yondirish kamerasida generator ishini boshlovchi boshqaruvchi tizimdan svecha elektrodi 50 Gs gacha chastotadagi yuqori voltli elektr impulsi ta'sirida yonilg'i-havo aralashmasini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

alangalanishiga olib keladi. Yuqori gaz oqimidagi uchqun himoyasi uchun yondirish svechasi silindrsimon ekranga futorkaga joylashtiriladi. Alanga, alangani tezlashtiruvchi turbulizatorga o'tadi. Haydash quvuri uzunligi 3 m, ichki diametri 25 mm metall standart quvurdan iborat (1-rasm).

Aralashmani tayyorlash tizimi benzin bilan havo aralashmasini belgilangan tarkibda hosil qilish va ishchi organlariga uzatish uchun mo'ljallangan.

Ochiq tomoni bilan yerga qaratilgan va vertikal yo'nalishda kiruvchi detonasion quvur,

1-rasm. Detonasion to'lqinlar generatori sxemasi.

1-yonilg'i havo aralashmasini uzatuvchi qurilma, 2-alanga to'suvchi klapan, 3-yondirish kamerasi, 4-futorka, 5-svecha, 6-turbolizator, 7-quvur, 8-signalizasiya datchigi, 9-yongan gaz, 10-detonasion zarba, 11-tuproq.

Aralashmani tayyorlash tizimi benzin bilan havo aralashmasini belgilangan tarkibda hosil qilish va ishchi organlariga uzatish uchun mo'ljallangan. Ochiq tomoni bilan yerga qaratilgan va vertikal yo'nalishda kiruvchi detonasion quvur, silindrsimon teshik kovlaydi. Kovlash tezligi tajribalarning ko'rsatishicha 1,5 m/min ga teng. Tadqiqotlarda kalsiy va magniy karbonatlariga alohida to'xtashimizning boisi, 1 gektar maydonga 17 kg CO2 (karbonat angrid gazi) va 8 kg qo'shimcha suv kiritilishini variantlardan kelib chiqadigan bo'lsak, 1-nazorat variantida Tuproq gazodinamik yumshatgichi (TGDYU) orqali ishlov berilmaydi, tabiiy holda saqlanadi. Ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi variantlarga mos ravishda 2,7; 5,4; 8,1 kg suv kiritiladi, Ai-80 benzin yonishi natijasida hosil bo'lgan chiqindi CO2 gazi va suv bug'lari juda oz miqdorda benzapiren va qo'rg'oshin tuproqqa qo'shiladi[1].

Tuproqni gaz fazasini o'rganadigan bo'lsak, detonasiyali to'lqinlar ta'sirida tuproq muhitida CO2 gazi miqdorini konsentrasiyasi ortadi, shuni unutmaslik kerakki, tuproqda CO2 gazi miqdori 0,3-1,0% atrofida bo'ladi, bu kisloroddan ozroq. Bu miqdorni o'zgarishi ob-havo, namlik, tuproq organik moddalari, o'simliklar turi, xarakteri va boshqalarga bog'liq bo'ladi.

Tuproqda doimiy ravishda kislorodning yutilishi va CO2 gazini chiqarilishi kuzatiladi. Bu holat organik moddalarni parchalanishiga, ayrim kimyoviy reaksiyalarga, mikroorganizmlar faoliyatiga bog'liq. Odatdagi sharoitlarda tuproq usti atmosferasida CO2 gazi miqdori oshadi va fotosintezni yaxshilaydi, natijada o'simliklarni hosildorligi oshadi. CO2 gazini tuproq suyuq fazasi bilan reaksiyasi natijasida esa tuproqda H+ va HCO3 ionlari miqdori ortadi.

Uglerod ikki oksidni atmosfera, tuproq muhitida ko'payishi o'z navbatida uni suvda eruvchanligini oshiradi. H+ va HCO'3 ionlarining eritmadagi konsentrasiyasi oshadi, natijada

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

tuproq fosfatlarining ayni vaqtda karbonatlarni ham eruvchanligi ortadi. Demak, tuproqni fosfor bilan ta'minlanganlik darajasi oshadi, natijada unumdorligi va hosilni sifati yaxshilanadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, tuproqda CO2 gazining me'yordan ortishi, O2 kislorodni kamayishiga olib keladi. Bu o'z navbatida qaytarilish reaksiyalarini kuchayishiga olib keladi. Shu bois CO2 gazini me'yorida oshirish va saqlash kerak bo'ladi. Ayni vaqtda soda ham hosil bo'lishi mumkin.

Karbonat angidridi neft mahsulotlarining mineralizasiyasida oxirgi mahsulotlardan biri hisoblanadi. Tuproqda u qanday suv tartibotida, ya'ni avtomorf, gidromorf, yarimgidromorf va boshqalarda bo'lishidan qat'iy nazar u to'planib, emissiyalanib turadi. Bunda tuproqdagi uglerod balansi buziladi, karbonat angidridining emissiyasi qator tuproq-iqlimiy va antropogen omillarga bog'liq kechadi. Odatdagi sharoitlarda tuproq namining kamayishi CO2 gazining emissiyasini oshiradi, aksincha, ya'ni namlikni ortishi bu jarayonni kamaytiradi. Bu oddiy jarayon tuproqda suvning ko'payishi CO2 gazining bog'lanishini oshiradi, uning to'planishi kuchayadi, shu bilan birga kislorod miqdori kamayadi.

Tuproqni qurish jarayonida bu gaz jadal sur'atda tuproqdan chiqa boshlaydi, lekin shunda ham nam tuproq quruq tuproqqa nisbatan CO2 gazini ko'proq yutadi, singdiradi. Bu holatni kimyoviy reaksiyasini quyidagicha: CO2+H2O^H2CO3 shaklida tasvirlash mumkin, buning natijasida tuproq suvining ishqoriyligi asta-sekinlik bilan bo'lsada ortib boradi. Shunga o'xshagan holat, tuproqdagi karbonatlarni fizik-kimyoviy tabiatida ham sodir bo'lishi mumkin, ya'ni: CO2+HOH^H2CO3; №CO3+CaCO3^Ca(HCO3)2; №CO3+MgCO3^Mg(HCO3)2

Keltirilgan reaksiyalar tuproqni qurishi natijasida teskari tomonga yo'naladi tuproqdan CO2 gazi chiqa boshlaydi va karbonatli minerallar hosil bo'ladi. Karbonat angidridining migrasiyasida albatta tirik organizmlarni, mikroorganizmlarni ham o'rni bor. Shunga ham alohida e'tiborni qaratish kerakki, CO2 gazi tuproq gazining doimiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu gaz o'simliklarni oziqlanishida va tuproqni xavo tartibotida katta ahamiyat kasb etadi. Gazning harakati, miqdori tuproq hosil qiluvchi jarayonlarga ham aniqlik kiritishi mumkin.

Adabiyotlar ma'lumotlariga ko'ra, tuproqdagi sharoitga bog'liq ravishda 400-600 kg/ga CO2 gazi chiqib turadi va singdiriladi. CO2 gazining asosiy massasi biologik va kimyoviy jarayonlar bilan bog'liq. Qolaversa,CO2 gazining bir qismi gidrokarbonatli sizot suvlaridan kelishi mumkin. Karbonat angidiridiningtuproqdagi miqdorlari va harakati, kimyoviy, biogeokimyoviy jarayonlardagi ishtiroki murakkab kechadi. Shu bois tuproqdagi uning miqdori dinamik xarakterga xos, ya'ni o'zgaruvchan bo'lib 0,03 foizdan 20 foizgacha bo'ladi. Bunda tuproqni eng ustki yuza qismida uning miqdori atmosferaning shu holatidagi miqdori bilan deyarli teng bo'ladi.

Yuqoridagi qisqacha tahlillardan tuproqdagi CO2 gazining migrasiyasi 5 xilda kechadi deyish mumkin. Bularga kimyoviy, fizik-kimyoviy, gidratli, biologik, biogeokimyoviy guruhlarni kiritish mumkin. Ushbu guruhlarda CO2 gazining migrasiyasi albatta o'zaro bog'liq holda va mustaqil holda kechadi.

1. Kimyoviy jarayonda esa karbonatli, gidrokarbonatli muvozanat hamda minerallar hosil

bo'ladi.

2. Fizik-kimyoviy jarayonda CO2 gazining migrasiyasi tuproqni singdiruvchi kompleksi orqali sodir bo'ladi, ya'ni singdiriladi yoki chiqariladi. Bu jarayon HCO'3 shaklida boradi. CO2+H2O^H2CO3; H2CO3+CaCO3^Ca(HCO3)2

3. Biologik migrasiya jarayoni tirik organizmlar tomonidan CO2 gazini bevosita assimilyasiya va dissimilyasiyasi orqali sodir bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

4. Gidratli migrasiya jarayoni kimyoviyga yaqin bo'lib, bevosita suvlar tomonidan CO2 gazini yutilishi va chiqarilishi orqali sodir bo'ladi, bunda suvda erigan CO2 gazi HCO'3 holatda bo'ladi, bug'lanuvchi baryerlarda CO2 gazi atmosferaga chiqadi va karbonatli tuzlar to'planadi.

5. Biogeokimyoviy migrasiya esa tuproq gumusi va boshqa organik moddalarning mineralizasiya, gumifikasiya jarayonlarida sodir bo'ladi. Bunda mineralizasiyaning oxirgi mahsuloti sifatida CO2 gazi ajralib chiqadi. Yuqorida keltirilgan CO2 gazining migrasiya guruhlarini birlashtirib pedosfera tipi deyish mumkin, chunki bu jarayonlar tuproqda va ona jinslarda tuproq-zamin suvlarida kechadi.

Shunday qilib tuproq tarkibidagi CO2 gazi miqdorini o'zgarish sabablari ko'p bo'lib, ulardan biri N.Xolmanov [2] ma'lumotlariga ko'ra, siderat o'simliklar hisobiga tuproqdagi CO2 gazi miqdori 16-21foizga ortishi mumkin. Tuproqdagi CO2 gazining miqdorini antropogen yo'llar bilan oshirish usullari ko'p bo'lib, ulardan biri bevosita benzin yoqilg'isini detonasiyali to'lqin hosil qilishi maqsadida yoqish va uni to'g'ri tuproqqa yo'naltirish hamda kiritish hisoblanadi.

Tuproqqa detonasiyali to'lqinlar bilan ta'sir etish borasidagi miqdorlarni yuqorida keltirgan edik. Keltirgan raqamlarni bir qismi tuproq yuzasi bilan kontakt jarayonida havo bilan aralashib yuzada qoladi, lekin asosiy massa tuproqning ichki qatlamlariga 150 sm chuqurlikgacha tarqaladi, deyarli bir tekisda taqsimlanadi. Tuproqqa tushgan qo'shimcha CO2 gazi, ya'ni antropogen miqdor uni xossalariga, xususan karbonatlar miqdoriga nazariy va amaliy jihatdan ta'sir etmay qolmaydi. Bu jarayonlar nazariyasini yuqorida ham bayon etgan edik.

Endi bevosita variantlarda qo'shimcha CO2 gazining ta'sirida CO2 gazi va kalsiy hamda magniy karbonatlarining o'zgarishiga e'tibor beradigan bo'lsak, ular quyidagi (1-jadvallarda) keltirilgan.

1-jadval

Detonasion to'lqin tarkibining tuproq karbonatlar va sulfatlariga ta'siri, % (2016)

Variantlar Chuqurligi,s m SO2- karbonat lari SaSO3 MgCO3 CaSO4-2H2O MgSO4-7H2O

0-32 7,10 3,38 3,70 6,11 6,20

32-51 7,20 3,51 3,60 8,20 7,20

Nazorat 51-90 90-110 12,20 9,90 5,50 4,13 6,65 5,01 17,80 14,20 10,30 9,20

110-130 8,60 3,87 4,70 12,10 9,10

130-180 7,20 3,13 4,01 10,30 10,20

0-32 7,11 3,40 3,77 6,15 6,21

xTGDYU- ^xx 32-51 7,20 3,55 3,64 8,25 7,31

51-90 12,15 5,80 6,76 16,80 10,45

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

90-110 10,0 4,15 5,15 14,40 9,10

110-Ш 8,61 з,90 4,90 12,15 9,15

Ш-180 7,28 з,2з 4,20 10,з5 10,з1

0-з2 7,15 з,55 з,91 6,1з 6,25

з2-51 7,27 з,65 з,78 8,20 7,з5

51-90 12,45 5,9з 6,81 16,70 10,51

TGDYU-2

90-110 10,20 4,2з 5,з1 14,50 9,20

110-1з0 8,70 4,01 5,01 12,25 9,15

1з0-180 7,з0 з,з0 4,зз 10,з0 10,27

0-з2 7,20 з,61 4,01 6,15 6,24

з2-51 7,з5 з,74 з,91 8,з1 7,41

51-90 12,60 6,01 6,98 17,25 10,41

TGDYU-з

90-110 10,15 4,25 5,45 14,з5 9,з1

110-1з0 8,75 4,10 5,10 12,20 9,20

1з0-180 7,40 з,з5 4,45 10,25 10,з1

x) Tuproq gazodinamik yumshatgichi. xx) ishlovlar qatori.

Jadval ma'lumotlariga ko'ra, tuproqdagi karbonatlar miqdori qo'shimcha CO2 gazi hisobiga havo harorati past, ya'ni kechalari 0°C; -2°C; kunduzlari 0°C; +2°C bo'lganligi tufayli mos ravishda oz bo'lsada kamaygan, qolaversa sho'r yuvish uchun berilgan suvlar CO2 gazini erishi va kimyoviy jarayonlardagi ishtirokini oshirgan. Sho'rlangan tuproqlar, ya'ni o'rganilgan tuproqlar uchun Ca++, Mg++, Na+, НСОз-, SO4-- kabi ionlar tipomorf hisoblanadi, qolaversa karbonatlar sho'r yuvish jarayonida kuchsiz bo'lsada biroz ustki qatlamlardan yuviladi va keyinchalik to'planadi.

Sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarida, xususan tajriba variantlarining nazorat qismi 1-variantda ishlov berilmaganda umumiy CO2 karbonatlar 7,1 va 12,2% o'rtasida tebrangan holda, SaCOз ni з,1з-5,5%, MgCOз esa з,6-6,65% (1-jadval) o'rtasida tebranadi. Ikkinchi variantda gektariga 4,25 kg CO2 va 2,7 kg suv tuproqning eng ustidan 150 sm gacha chuqurligida taqsimlanadi, detonasiyali to'lqin tariqasida kiritiladi, buning natijasida tuproq karbonatlarida kuchsiz o'zgarishlar sodir bo'ladi, umumiykarbonatlar7,11-12,15%,CaCOзesa3,23 dan 5,80%, MgCOз lari з,64-6,76% oralig'ida o'zgargan, biroz bo'lsada ko'payishi kuzatiladi. Bu holat ustki qismlarda seziladi.Uchinchi variantda bu ko'rsatkichlar 1 va 2-variantlarga nisbatan yaqqolroq seziladi, ya'ni yuvilishi va to'planishi seziladi, 4-variantda esa yaqqol yuvilish va to'planishini ko'rish mumkin. Quyidagi holatlarni sababi yuqorida qayd etilgan tuproqqa bir, ikki va uch me'yor, ya'ni 4,25; 8,50; 12,75 kg/ga miqdorda tuproqqa kiritilgan qo'shimcha CO2 gazimiqdori bilan bog'liq.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2G23

Umumiy holatda kalsiyli va magniyli karbonatlar CO2 gazimiqdoriga nisbatan 1-variantda CaCO3 45,1-47,6 gacha, MgCO3 52,9 dan 54,9% gacha miqdorni tashkil qilgan. Ikkinchi variantda esa bu ko'rsatkichlar mos ravishda 45,0-47,1% hamda 52,9-55,G% ni, 3-variantda esa mos ravishda 47,2-47,4%; 52,6-52,8% bo'lgan taqdirda 4-varintda kalsiy karbonat, umumiy karbonatlarga nisbatan 47,8-48,3% bo'lgan taqdirda, magniy karbonatlar 51,7-52,2% oralig'ida tebranadi. Bu kichik bo'lsada o'zgarishlarni isboti tariqasida kuchsiz ishqoriy tomonga ortib borayotgan pH-tuproq muhitidan ko'rish mumkin. pH birinchi variantdan to'rtinchi variant tomon juda kuchsiz ortib boradi, 1-variantda pH 7,1-7,2 bo'lgan taqdirda, 3-variantda 7,2-7,4, 4-variantda 7,3-7,5 oralig'idagi ko'rsatkichlarni tashkil qiladi. Ushbu holatlarni 2016-2G18 yillarda ko'radigan bo'lsak quyidagi xolatlarni ko'rish mumkin.

Karbonatlarni 2G18 yil sho'r yuvilgandan keyingi holatini 2-jadval ma'lumotlaridan ko'rsak, variantlar o'rtasidagi o'zgarishlar deyarli yo'q, tuproq va undagi karbonatlar ushbu tuproqlar uchun avvalgi muvozanat holatiga qaytgan, buni CO2 karbonatlar va Ca, Mg karbonatlar miqdorida hamda tuproq muhitida ko'rish mumkin. Bu karbonatlar to'g'risida yana shuni aytish joizki, ularning kuchsiz migrasiyalanishi A.I.Perelman [3] hamda G.I.Olovyanishnikov [4] kuchsiz bo'lsada mavjudligi va illyuvial qatlamlarda esa akkumulyasiyalanishi O.K.Komilov, V.Yu.Isaqov [5] va boshqalar tomonidan qayd etilgan.

Demak, Markaziy Farg'onada shakllanadigan sug'oriladigan sho'rlangan, arzik-shoxli o'tloqi saz tuproqlarida tuproqqa qo'shimcha kiritilgan CO2 gazi ta'sirida umumiy karbonatlarni va kalsiy hamda magniy karbonatlari kiritilgan CO2 gazimiqdoriga bog'liq ravishda erishini asta-sekinlik bilan oz miqdorda ortib borishi va illyuvial qatlamlarda akkumulyasiyalanishi hamda pH ni ortishi ilk bora isbotlandi.

Markaziy Farg'ona tuproqlarini shakllanishida CaCO3, MgCO3, CaSO4, MgSO4, CaSO4-2H2O, MgSO4-7H2O hamda NaCl, Na2SO4, K2SO4 va boshqa tuzlarni qatnashishi hozirda o'z isbotini topgan. Shu holat, xususan CaSO4-2H2O, MgSO4 7H2O larning bu tuproqlardagi migrasiya va akkumulyasiya jarayonlari2-jadvallarda keltirilgan.

2-jadval

Karbonatlar va sulfatlarning o'zgarishi, % (2018)

Variantlar Chuqurligi,sm SO2- karbonat lari SaSO3 MgCO3 CaSO4-2H2O MgSO47H2O

G-32 7,G1 3,31 3,65 6,G1 6,11

32-51 7,11 3,5G 3,5G 8,11 7,1G

51-9G 13,1G 5,56 6,77 17,98 1G,41

Nazorat

9G-11G 9,85 4,15 5,GG 14,21 9,21

11G-13G 8,7G 3,8G 4,65 12,2G 9,GG

13G-18G 7,21 3,15 4,1G 1G,35 1G,31

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

0-32 7,09 3,29 3,60 5,80 5,90

32-51 7,10 3,41 3,40 8,00 6,90

51-90 13,01 5,71 6,81 18,10 10,21

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

xTGDYU-1xx

90-110 9,80 4,10 5,03 14,10 9,01

110-130 8,70 3,75 4,60 12,11 8,80

130-180 7,11 3,15 4,01 10,20 10,01

0-32 7,01 3,25 3,54 5,80 5,86

32-51 6,95 3,36 3,41 8,00 6,90

51-90 12,95 5,78 6,90 18,15 10,14

TGDYU-2

90-110 9,75 4,08 5,03 14,11 9,03

110-130 8,63 3,71 4,50 12,10 8,86

130-180 7,01 3,10 4,00 10,15 10,03

0-32 6,95 3,20 3,55 5,81 5,81

32-51 7,00 3,31 3,35 8,01 6,87

51-90 12,90 5,78 6,91 18,20 10,28

TGDYU-3

90-110 9,70 4,01 5,01 14,01 8,91

110-130 8,61 3,70 4,47 12,10 8,70

130-180 7,00 3,10 3,97 10,10 10,01

Jadval ma'lumotlariga ko'ra, ushbu tuzlarning o'zgarishiga migrasiya va to'planishida tuproqqa qo'shimcha tarzda gektariga 4,25; 8,50; 12,75 kg kiritilgan CO2 gazi ning ta'siri 2016 va 2018 yillari sho'r yuvilgandan keyin deyarli sezilmadi. Mavjud kichik o'zgarishlar bu tuproq uchun xos xususiyatlar qatoridan joy oladi. Nazorat variantida gips miqdori minimal 6,11%, maksimal 17,80% ni ko'rsatgan holda 4-variantda 6,15-17,25% ni tashkil qiladi. Shunga o'xshagan o'zgarishlar MgSO4-7H2O da ham kuzatiladi, ya'ni nazorat variantida bu tuz miqdori 6,2-10,20% bo'lgan taqdirda 4-variantda 6,24-10,31% ni ifodalaydi. Shunga yaqin holatlar2018 yilda ham kuzatildi, ushbu tuproqlarga qo'shimcha sho'r yuvishdan oldin kiritilgan CO2 gazi miqdorining ortib borishi gips va epsomit tuzlarining ko'chish va to'planishiga ta'sir qilmadi.

Sug'orma dehqonchilik tufayli tuzlarning to'planishi asosan ikki omil bilan bog'liq. Ularning bittasi bu tuzni sug'orish suvi tarkibida kelishi. Ikkinchisi esa bu me'yoridan ortiq suv bilan sug'orish tufayli sho'r sizot suvlaring sathi ko'tarilishi va zavur tizimining ishlash holati yomonligi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Qatlamning qalinligiga ko'ra kam quvvatli guruhga kiradi. Chegaralovchi qatlamdagi gips va kalsiy karbonat yig'indisiga nisbatan kuchsiz arziklashgan guruhga to'g'ri kelgan holda tuzlar tarkibiga ko'ra xlorid-sulfatli sho'rlanish tipidan iborat.

REFERENCES

1. Askarov X.X. Detonasion ishlov berishning sho'rlangan, gipslashgan o'tloqi saz tuproqlar sho'rining yuvilishiga va g'o'za hosildorligiga ta'siri. Qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan avtoreferat. T.: 2020.

2. Xolmanov N. Siderat, eroziya va hosildorlik. Agroilm. O'zbekiston qishloq xo'jaligi. T. 2009. № 4. b. 32-33.

3. Perelman A.I., Kasimov N.S. Geoximiya landshafta M.: Astreya-2000, 1999, s. 38-134.

4. Olovyanishnikov G.I. Raspredeleniye SaSÜ3 i MgSÜ3, kremnekislotbi i polutornbix okislov v mexanicheskix fraksiyax serozemov Sredney Azii i nekotorbiye osobennosti pochvennbix karbonatov. //J.Pochvovedeniye.-M.: 1937. № 7.

5. 5.Kamilov O.K., Isakov V.Yu. Genezis i svoystva okarbonachenno-zagipsovannbix pochv Syentralnoy Ferganb. - T.: 1992, s. 127.

6. Sulaymonov, O. N., X. X. Askarov, and D. T. Yigitaliyev. "Vliyaniye detonasionnoy obrabotki na biologicheskuyu aktivnost pochv, rost, razvitiye i plodonosheniye xlopchatnika." Meliorasiya kak drayver modernizasii APK v usloviyax izmeneniya klimata. 2020.

https://www.elibrary.ru/ip restricted.asp?rpage=https%3A%2F%2Fwww%2Eelibrary%2Er u %2Fitem%2Easp%3Fid%3D44202872

7. Sulaymonov O. N., Askarov X.X., Yigitaliyev D. T. U. Sposobbi obrabotki pochv v syelyax borbbi s obrazovaniyem poverxnostnoy korki //Universum: ximiya i biologiya. - 2020. -№. 7 (73). https://cyberleninka.ru/article/n/sposoby-obrabotki-pochv-v-tselyah-borby-s-obrazovaniempoverhnostnoy-korki

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.