Научная статья на тему 'NIZOLAR VA ULARNI BOSHQARISH TARTIBI'

NIZOLAR VA ULARNI BOSHQARISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nizo va ularni bartaraf etish usullari / kompetensiya / konflikt. / конфликт и способы его устранения / компетентность / конфликт.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — M.E. Ismoilova

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev shaxsning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlari roʻyobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini oʻzgartirish mamlakatda amalga oshirilayotgan pedagogik ta’lim islohotlarning asosiy maqsadi kuchli raqobatdosh pedagogik mutaxassis kadrlarni tayyorlash – deb aytgan, chunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyaning yangi yutuqlarini salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashning yangi tizimini rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasida pedagogik ta’lim taraqqiyotining muhim shartlaridan biri boʻlib qoldi. Zero, jamiyatimizning ma’naviy yangilanishida, ijtimoiy yoʻnaltirilgan pedagogik ta’lim jarayonini rivojlantirishda jahon hamjamiyatiga qoʻshilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish, pedagogik kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol oʻynaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISCUSSIONS AND RULES OF THEIR CONDUCT

Президент Республики Узбекистан Ш.М.Мирзиёев, основной целью реализуемых в стране педагогических реформ является создание условий и эффективных механизмов для всестороннего развития и благополучия личности, реализации его интересов, изменение устаревших моделей мышления и социального поведения, подготовка сильных конкурентоспособных педагогических кадров потому что развитие новой системы подготовки потенциальных специалистов, основанной на богатом интеллектуальном наследии нации и общечеловеческих ценностях современной культуры, экономики, науки и техники , а новые достижения техники стали одним из важных условий развития педагогического образования в Республике Узбекистан. Ведь в духовном обновлении нашего общества, в развитии процесса социально ориентированного педагогического образования национальный вопрос построения демократического правового государства и подготовки педагогических кадров играет важную роль как приоритетный критерий.

Текст научной работы на тему «NIZOLAR VA ULARNI BOSHQARISH TARTIBI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© M.E. Ismoilova1^_

1Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev shaxsning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlari ro'yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o'zgartirish mamlakatda amalga oshirilayotgan pedagogik ta'lim islohotlarning asosiy maqsadi kuchli raqobatdosh pedagogik mutaxassis kadrlarni tayyorlash - deb aytgan, chunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyaning yangi yutuqlarini salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashning yangi tizimini rivojlantirish O'zbekiston Respublikasida pedagogik ta'lim taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo'lib qoldi. Zero, jamiyatimizning ma'naviy yangilanishida, ijtimoiy yo'naltirilgan pedagogik ta'lim jarayonini rivojlantirishda jahon hamjamiyatiga qo'shilishini ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish, pedagogik kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o'ynaydi.

MAQSAD: nizolarni bartaraf etish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda falsafiy, tarixiy, pedagogik, metodik, psixologik va pedagogikaga oid adabiyotlarni o'rganish, suhbat, pedagogik kuzatish, so'rovnoma, diagnostika, pedagogik tajriba-sinovdan foydalanildi. Nazariy qarashlar, tadqiqot usullari va yondashuvlar rasmiy manbalardan olinganligi, pedagogik ta'lim sohasidagi respublika va xorijiy davlat tadqiqotlariga asoslanganligi; ilmiy maqola, respublika va xalqaro konferensiyalarda sinovdan o'tkazilganligi xulosalarning tahlil qilinganligi bilan belgilanadi

MUHOKAMA VA NATIJALAR: pedagogik nizolarni bartaraf etish orqali o'quvchilarda huquqiy, psixologik-pedagogik savodxonligini rivojlantirish modelini ishlab chiqish; profilaktik va korreksion mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; agressiya va zo'ravonlikni yoritib berish;

XULOSA: nizo va ziddiyatlar yechimini topish murakkab uzoq muddatli,sabr va qanoat talab etadigan,tomonlarning o'z ustida muntazam ishlashini taqazo etadigan jarayondir.Konfliktlar yechimini topishda alohida ahamiyat shaxsning konfliktlarni boshqarish jarayonida o'z psixotipi va real baholashi, shningdek,ularni chuqur

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

anglab,to'g'ri qarorlar qabul qilishi, ziddiyatlarni har bir tomon manfaatlariga e'tibor bergan holda adolatparvarlik mezonlari yechimga yechimga olib kelishini ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: nizo va ularni bartaraf etish usullari, kompetensiya, konflikt.

Iqtibos uchun: Ismoilova M.E. Nizolar va ularni boshqarish tartibi. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B. 422-429.

ДИСКУССИИ И ПРАВИЛА ИХ ПРОВЕДЕНИЯ

© М.Э. Исмаилова1Н

1Навоийский государственный педагогический институт, Навои, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: Президент Республики Узбекистан Ш.М.Мирзиёев, основной целью реализуемых в стране педагогических реформ является создание условий и эффективных механизмов для всестороннего развития и благополучия личности, реализации его интересов, изменение устаревших моделей мышления и социального поведения, подготовка сильных конкурентоспособных педагогических кадров - потому что развитие новой системы подготовки потенциальных специалистов, основанной на богатом интеллектуальном наследии нации и общечеловеческих ценностях современной культуры, экономики, науки и техники , а новые достижения техники стали одним из важных условий развития педагогического образования в Республике Узбекистан. Ведь в духовном обновлении нашего общества, в развитии процесса социально ориентированного педагогического образования национальный вопрос построения демократического правового государства и подготовки педагогических кадров играет важную роль как приоритетный критерий.

ЦЕЛЬ: совершенствовать технологию разрешения конфликтов.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использованы философская, историко-педагогическая, методическая, психолого-педагогическая литература, интервью, педагогическое наблюдение, анкетирование, диагностика, педагогический эксперимент-тест. Теоретические взгляды, методы и подходы исследования взяты из официальных источников, основанных на исследованиях республики и зарубежных стран в области педагогического образования; научной статьи, апробированность ее на республиканских и международных конференциях определяется анализом выводов

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: разработка модели развития правовой, психолого-педагогической грамотности студентов путем устранения педагогических конфликтов, разработка предложений и рекомендаций по совершенствованию предупреждающих и коррекционных механизмов; подчеркивание агрессии и насилия;

ВЫВОД: поиск решения споров и конфликтов - сложный длительный процесс, требующий терпения и удовлетворения, а также требующий от сторон

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

регулярной работы над собой. Особое значение в поиске решения конфликтов имеет психотип человека и его реалистичная оценка. В процессе управления конфликтами, а также глубокого их понимания важно принимать правильные решения, решать конфликты по критериям справедливости, обращая внимание на интересы каждой стороны.

Ключевые слова: конфликт и способы его устранения, компетентность, конфликт.

Для цитирования. Исмаилова: М.Э. Дискуссии и правила их проведения. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 422-429.

DISCUSSIONS AND RULES OF THEIR CONDUCT

© Malika E. Ismoilova1H

1Navoi State Pedagogical Institute, Navoi, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the President of the Republic of Uzbekistan Sh.M. Mirziyoyev, the main goal of pedagogical reforms implemented in the country is to create conditions and effective mechanisms for the all-round development and well-being of the individual, to realize his interests, to change outdated patterns of thinking and social behavior, a strong competitive pedagogical specialist personnel training - because the development of a new system of training potential specialists based on the nation's rich intellectual heritage and universal values of modern culture, economy, science and technology, and new achievements of technology has become one of the important conditions for the development of pedagogical education in the Republic of Uzbekistan. After all, in the spiritual renewal of our society, in the development of the process of socially oriented pedagogical education, the national issue of building democratic legal state and training pedagogical personnel plays an important role as a priority criterion AIM: to improve the technology of conflict resolution. MATERIALS AND METHODS: philosophical, historical, pedagogical, methodical, psychological and pedagogic literature study, interview, pedagogical observation, questionnaire, diagnostics, pedagogical experiment-test were used in the research. Theoretical views, research methods and approaches are taken from official sources, based on the researches of the republic and foreign countries in the field of pedagogical education; scientific article, the fact that it was tested at republican and international conferences is determined by the analysis of the conclusions

DISCUSSION AND RESULTS: development of a model for the development of legal, psychological and pedagogical literacy in students by eliminating pedagogical conflicts; development of suggestions and recommendations for improving preventive and corrective mechanisms; highlighting aggression and violence;

CONCLUSION: finding a solution to disputes and conflicts is a complex long-term process that requires patience and satisfaction, and requires the parties to work on

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

themselves regularly. Of particular importance in finding a solution to conflicts is a person's psychotype and realistic assessment in the process of conflict management, as well as a deep understanding of them. , it is important to make the right decisions, to solve the conflicts by the criteria of fairness, paying attention to the interests of each party.

Key words: conflict and methods of their elimination, competence, conflict

Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali sullari mavjud. Ularni quyidagi yirik guruhga bo'lish mumkin (1-chizma). Tarkibiy - tashkiliy usullarga quyidagilar kiradi. Ishga bo'lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunksional usulga mutlaqozid bo'lib, bunda har bir xodim va bo'limlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi. Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul og'zaki buyruq (amr) zanjiri deb yuritiladi. Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari: tarkibiy-tashkiliy usullar; strategik usullar. Tarkibiy -tashkiliy usullar quyidagilar: ishga bo'lgan talabni tushuntirish; muvofiqlshtirish va integratsiyalash; umumtashkiliy kompleks maqsadlar; mukofotlashning tarkibiy tizimini takinillashtirish. Strtegik usullar: uzoqlashish; silliqlashish; majburlash; kelishuv; muammoni hal qilish.

Boshqarishning vakolatlar ierarxiyasini, ya'ni mansablarga ko'ra darajama-daraja bevosita itoat etish, bo'ysunish tartibini o'rnatish kishilarning o'zaro harakatlarini, korxona ichidagi axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muvofiqlashtiradi.

Umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar. Bu usulning mohiyati - barcha qatnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish.

Muvofiqlashtirishning tarkibiy tizimi. Disfunksional oqibatlardan holi bo'lish hamda kishilarning xatti-harakatlariga ijobiy ta'sir o'tkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo'lgannizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun mukofotlash tizimi kech qo'llaniladi.

Uzoqlashish.Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilkishiga manfaatdor bo'lmagan va o'zaro munosabatlarning zoxiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tomonidan qo'llaniladi.

Silliqlashish. Bu usul kishilarning yaxshilikka undash yo'li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir - biri bilan xushmuomalali bo'lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, umuman, bir vaqtning o'zida birga suzayotgan qayiqni "qaltis tebratish" yaramasligiga chaqirishadi.

Majburlash- bu tamanlardan birining xohish irodasini, so'zini majburan, zo'rlab qabul qilishdir. Bunday strategiyani qo'llaydigan tomon tajovuzkorlik bilan o'z xohishini qarshi tomonga majburlab o'tkazadi.

For citation: Malika E. Ismoilova. (2024) 'Discussions and rules of their conduct', Inter education & global study, (4(1)), pp. 422-429. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Kelishuv. Nizoli holatdan muvofaqqiyatli chiqishning eng muhim sharti - bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo'lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.

Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi yechimini topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilishva barchani fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o'zlarini maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar.

Nizo to'g'risidagi odatiy tasavvurlar ma'lum maxsus tadqiqotlar tomonidan salbiy ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlandi. M.Doychning ilmiy ishlarida nizolar nazariy jihatdan tahlil qilinib, ularni ikki turga ajratadi: destruktivi produktiv.

Destruktiv nizoni aniqlash kundalik tasavvurlar bilan mos keladi. Aynan bu tipdagi nizo o'zaro ta'sirlashuvda xilma xillikni va fikrlarni toptalishiga olibkeladi. Destruktiv nizo ko'pincha sababga bog'liq bo'lmagan holda balki shaxsning stressga tushishiga olib keladi.

Uning uchun o'ziga xos belgilar nizo sodir bo'lishiga qiziquvchilar sonining ortishi, ularning nizoli harakatlari, bir-birlariga nisbatan salbiy ustanovkaga egaliklari va bildirilayotgan fikrlarning keskinligini belgilaydi. Boshqa bir belgisi sifatida nizoda opponentning sifat va xislatlarini, o'zaro ta'sirlashuv vaziyatlarini noto'g'ri idrok etishi va sheriklarga ishonchni o'ta ortib ketish nazarda tutiladi. Bu tipdagi nizolarni hal etish ancha murakkab bo'lib, yagona yo'li ancha qiyinchilik bilan erishiladigan murosa (kompromiss) hisoblanadi.

Produktiv nizoni muammo va uning yechish yuzasidan nuqtai nazarlardagi tafovutlar va shaxslar o'rtasidagi hamjihatlikning yo'qligi keltirib chiqaradi. Bunday holda nizo muammoni atroflicha tushunishni, sheriklar motivatsiyasini, boshqa nuqtai nazarlarni himoyalashlarini taqazo etadi. [ 4;3]

Biz nizolarni psixologik tahlili asosida quyidagi tarkibiy ko'rinishga egaligini keltirib o'tamiz. Nizolarning umumiy sxematik ko'rinishi Yuqorida keltirilgan rasmdan foydalanib, quyida nizoning funksiyalari xususida to'xtalib o'tamiz. Nizo o'z mohiyatiga ko'ra ijtimoiy hodisadir. Nizo bu keng ma'noda va tor ma'noda tushuniladi. Keng ma'noda nizo - bu jamiyatdagi yangi va eski qarashlar o'rtasidagi kurash deb qaraladi. Tor ma'nodagi nizo -bu bir muammoni yechishdagi har bir shaxsning o'z fikrini qattiq turib himoya qilishida yuzaga keladi.

Nizo ijtimoiy psixologiyada qanday tushuniladi? Muomalaning buzilishi yoki psixologik jihatdan ichki ruxiy kelishmovchilikdir. Buni olimlar har sohada har xil tushunishadi. Masalan: G.Kovalev nizoga shunday ta'rif beradi: Nizo insonlar o'rtasida ijtimoiy va shaxsiy masalalarni yechishda vujudga keladigan holat, lekin har qanday qarshilik bu nizo bo'lavermaydi.

Odamlar bir-birining fikri bilan kelishmasligi va o'zaro bahslashishi mumkin, har biri o'z fikrida qoladi, lekin baribir kelishib ishlashga ko'p hollarda majbur bo'ladi, qarama-qarshilik ba'zan yoqtirmaslik, emotsiya, tushunmaslik, ko'ra bilmaslik va boshqa sabablar nizoning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Nizo nafaqat qarama - qarshilik, shuningdek, o'ziga xos kurashish hamdir. Har ikkala tomon ham bunday holatda o'zlarini haq deb bilishadi va

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'zaro kurashadi. Nizo bu qarama - qarshi dunyoqarashlar negizida yuzaga keladi. Nizoni albatta yechish kerak, chunki busiz hayot me'yorida davom etmaydi. Yuqorida aytib o'tganimizni tahlil qilib, psixologik nuqtai nazardan biz shunday ta'rif beramiz: "Nizo - bu shaxslardagi qarashlar, qiziqishlar o'rtasida qarama - qarshilik natijasida yuzaga kelgan pixologik holat bo'lib bu faqat shaxslarningbir-biri bilan hamkorlik jarayonida yuzaga keladi"

Mashhur bir yozuvchi shunday degan edi: "Agar hayotda ziddiyatdan qochish uchun orqaga qadam tashlash imkoniyati mavjud bo'lsa, buni qilish yaxshidir". (Rasim Musabekov). Ta'lim jarayonida yuzaga kelgan konfliktlarda tomonlar individual tarzda yoki o'zaro hamkorlikda sa'y-harakat qilishlari mumkin bo'ladi. Tomonlar o'zlarining ziddiyatlarini boshqarishga nisbatan bo'lgan munosabatini konfliktlarni boshqarish usullari orqali namoyon qiladilar. Konfliktologiyada quyidagi boshqarish usullari ajratiladi:

Raqobat yoki raqiblik qilish negiziga qurilgan munosabat usuli - ushbu usul ko'pchilik konfliktlar uchun xos bo'lgan o'zini tutish xususiyati sanaladi. Bu vujudga kelgan ziddiyatdagi tomonlarning munosabatlarini aniqlashtirib olishning tipik holatidir. Barcha konfliktlarda tomonlarning 70% va undan ortig'i o'zini ustun qo'yish, bir tomonga yutish, g'oliblikni qo'lga kiritish, eng avvalo, o'z manfaatlarini ustunligiga va qoniqtirishiga erishish yo'lidan boradi. Shunga ko'ra, tomonlarga munosabatida o'zini ko'rsatish, qarshi tomondan o'z fikrini o'tqazish, boshqa tomon manfaatlarini inkor etish xos bo'ldi. Biroq, mana shunday munosabatni irodasi baquvvat, qat'iy, cho'rtkesar, o'ziga ishongan odamgina qo'llay oladi. Bunday odam avtoritar boshqarish uslubiga ega bo'lishi, yetarli darajada qo'lida hokimiyat bo'lishi hamda mana shu hokimiyatni qo'llashdan cho'chimaslikka xos bo'lishi taqozo etiladi. Chunki bunday tutgan odam boshqa inson manfaatlarini inkor etgan holda sa'y-harakat qiladi. Bunday xizmatlar qo'llashga jazm qilgan odam o'z fikrlarining to'g'ri ekanligiga, o'z tomonining haqiqatdan ham sog'lom etiqodlar asosida harakat qilayotganligiga ishongam bo'lishi talab etiladi. Buning uchun o'zingiz ikki tomon uchun maqbul yo'lni taklif qila olashingiz, boshqa usul va nizoni yechish vosita va yo'llari yo'q ekanligini aniq bilishingiz, siz qo'llayotgan avtoritar usulga hech kim qarshi chiqmasligiga ishonch hosil qilishingiz taqozo etiladi. Biroq bunday usul qo'llanilganda uning yechimi uzoq vaqtlik va abadiy bo'lmaydi. Chunki ikkinchi tomon manfaatlari inobatga olinmay qolib ketgan bo'ladi. Shunga ko'ra, biroz vaqt o'tgandan keyin konflikt qayta jonlanishi uchun imkon qoldirilgan bo'ladi. Shu bois, ushbu uslub yaqinlar, qarindoshlar, do'stlar, yaqin o'zaro munosabatlarda qo'llash mumkin emas. Yaqinlar bilan inson o'zini ustun qo'ygan holda munosabat ko'rsatmasligi zarur. O'z manfaatlari inobatga olinmagan tarafda qilingan adolatsiz qarorlarga nisbatan ishonchsizlik tug'ilishi mumkin.

Hamkorlik usuli-nizo va ziddiyatlarni bartaraf etishga va tomonlar munosabatlarini o'rganishda eng og'ir usullardan sanaladi, biroq tomonlarni kelishuvga olib kelishda, ular manfaatlarini har tomonlama inobatga olishda eng maqbul va samarali uslublardandir. Ushbu usulning kuchli tomoni aynan mana shunday, ya'ni ziddiyatli tomonlari manfaatlarini har tomonlama inobatga olishi, tomonlarda ziddiyat yechimiga nisbatan adovatning qoldirilmasligi, shuningdek, tomonlar o'zaro munosabatlarni to'g'ri o'rnatish asosida bir-biri

[3;2 ]

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

uchun hamkorga aylanishida namoyon bo'ladi. Hamkorlik usuli opponentlardan, o'zaro qarama-qarshi bo'lgan tomonlardan hamkor, hamfikrlarni yaratib beradi. Ushbu usullar ehtiyojlarini o'rganishni, ularni inobatga olinishini anglatadi. Binobarin tomonlarning diqqat-etibori opponent va uning manfaatlariga qarshi emas, balki muammoga va uning yechimiga yo'l qo'yilgan bo'ldi. Bunday yo'l tutilishi esa, har ikki tomon uchun istiqbol muvaffaqiyat asosi, uning ildizi bo'lib xizmat qiladi. Mana shunday tarzda ziddiyatga yondashish tomondan o'ziga xos taktika va strategiyani belgilab olish taqozo qiladi. Konflikt yechimidagi taktika - qarshi tomonga doimiy hurmat va etibor bilan qarash, ularga nisbatan nizo nuqtai nazaridan to'g'ri savollarni berish, o'zga odamning nozik tomonlarini kovlamaslik negiziga qurilgan bo'lishi taqozo etiladi. Muammoni muhokama qilishning boshidanoq "Mening iddaoyim yani maqsadim har "ikki tomonga ham zarar yetkazmaslik", Men sizlarni chuqur hurmat qilaman", "Men sizlar bilan biror bir narsani talashgani kelganim yo'q. "Biz adolatparvarlik asosida harakat qilishimiz lozim" qabilidagi jumlalarni ishlatish maqsadga muvofiq sanaladi. Ikki tomon hamkorlikda muammoning kelish sabablari, muammoni bartaraf etish usullari, muammo bo'yicha tomonlar hamfikrliligi, o'zaro kelishish asoslarini topish zarurligi bo'yicha amal qilish zarur bo'ladi. Hamkorlik strategiyasida ikki tomon manfaatli uyg'unligi tomon harakat qilinadi. Mana bunday strategiyada ikki tomon ham mana shu maqsad yo'lida harakat qilishga va qaror qilishga intiladi.

Bu asosiy tomonlarning kelishuviga sabab bo'ladi. Biroq shu strategik yo'l tomonlardan xos malaka va ko'nikmalarni ham taqozo qiladi. Ularda asosiylari: o'zga tomon gaplarini qunt bilan, bo'lmasdan eshitish, uning so'zlari ichida rational mag'izni topishga harakat qilish, o'zining so'zlarini g'am anglatgan ko'rinishda namoyon eta bilish, o'z maqsadlari va manfaatlarini namoyon qilganda o'zga tomonga ziyon yetkazmaydigan, o'zga tomonga zarar yetkazmaydigan jumlalarni topa bilish, o'z va o'z so'zlari ustidan mas'ul ekanlikni namoyon eta olish juda katta ahamiyat kasb etadi. Aynan mana shunday qilinganda tomonlar integratsiyalari uchun yo'l ochilgan bo'ldi.

Kompromiss usuli - har qanday konflikt vaziyatda nizo yechimi tomonlarning o'zini qanday tutishi va o'z maqsadlarini qanday shaklda ifodalovchi qilishiga bevosita aloqador bo'ladi. Kompromiss usuli tomonlarning ziddiyatini bartaraf etishda ma'lum bir yon berishga tayyorligi, o'zaro kelishib ish qilishga hozirligini anglatadi. Bu uslubiyat hamkorlikni anglatmaydi, biroq ziddiyat vaziyatida chin hamkorlik kompromiss usulidan tashqarida yuzaga chiqmaydi. Binobarin, kompromiss hamkorlik uchun yo'l ochib beradi. Biroq har bir ziddiyatda ham hamkorlik kelib chiqadi, deyish to'g'ri emas. Bazan nizo va ziddiyatlar kompomiss darajasida hal qiladi va to'xtaydi.

Kompromiss usullaridan o'z manfaatlarini chekkaga surgan holda, ularning bazilaridan boshqa tomonlarini ro'yobga chiqarish uchun voz kechish zarurligini anglatadi. Tabiiy ravishda bunday uslubiyat har ikki tomon konflikt yechimiga kirishganida ularning yarashish, umumiylikni topishga intilish vaziyati uchun qo'l keladi. Chunki kompromiss tomonlar roziligisiz amal qila olmaydi. Tomonlarning har biri biror bir masala masalasi kompromissga borishga rozi bo'lishi taqozo qilinadi. Ushbu uslubiyatning qo'llanilishi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tomonlarning nizo va ziddiyat yechimini to'la topganligini anglatmaydi, balki nizolar yechimida uning juda muhim bir bosqichidan o'tganligini anglatadi. Bu bosqich hamkorlik bosqichi uchun xizmat qilishi mumkin, biroq tomonlar mana shunday ijobiy sharoitdan foydalanmasdan, kompromiss bosqichida qolishlari ham mumkin. Binobarin kompromiss bosqichda ikki tomonni qoniqtirgan qaror qabul qilinmaydi, faqatgina bir o'zaro adovat, janjal, urush nizo va ziddiyatni chiqdik, degan narsani anglatadi. Kompromiss usulida hamkorlik usuli kabi qismlar o'z holati vaziyatidan qoniqqan holda qolishlari mumkin. Agar kompromiss vaziyatida biror bir tomon o'zini ko'prok o'zga tomon manfaatlari hisobiga yon bosgan deb hisoblasa hamda tomonlar vaziyat muhokamasidan o'zlarini to'xtatgan bo'lsalar konflikt yangi kuch bilan qayta tiklanishi ehtimoli mavjud bo'ladi. [2;34]

Xulosa qilib takidlash lozimki, nizo va ziddiyatlar yechimini toppish murakkab uzoq muddatli,sabr va qanoat talab etadigan,tomonlarning o'z ustida muntazam ishlashini taqazo etadigan jarayondir.Konfliktlar yechimini topishda alohida ahamiyat shaxsning konfliktlarni boshqarish jarayonida o'z psixotipi va real baholashi, shningdek,ularni chuqur anglab,to'g'ri qarorlar qabul qilishi, ziddiyatlarni har bir tomon manfaatlariga e'tibor bergan holda adolatparvarlik mezonlari yechimga yechimga olib kelishini ahamiyat kasb etadi.1

ADABIYOTLAR RO'YXATI СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ LIST OF REFERENCES

1. X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -T."Sano

2. standandart"nashiriyoti. 2017.

3. D.X Narzikulova "Pedagogik konfliktologiya" darslik 34-b

4. Komila Karimova "Pedagogik jarayondagi nizolar va uning oldini olish yo'llari" 2-b

5. http://herald.kokanduni.uz 3-b

6. Hoshimov K., C.Ochil. O'zbek pedagogikasi antologiyasi. - T.: O'qituvchi,2010

7. Ma'naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar). - T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1999.

8. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Ismoilova Malika Erkinovna, 2-kurs tayanch doktoranti [Исмаилова Малика Эркиновна, докторант 2 курса], [Malika E. Ismoilova, Second-year doctoral student]; manzil: O'zbekiston, Samarqand viloyati Paxtachi tumani "Yangi yer" ko'chasi 17-uy [адрес: Узбекистан, Самаркандская область, Пахтачинский район, улица "Янги ер", дом 17], [address: Samarkand region, Pakhtachinsky district, 17 Yang er Street], E-mail: ismoilovtolqinjon528@mail.com

1D.X Narzikulova "Pedagogik konfliktologiya " darslik 303-304-betlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.