Научная статья на тему 'NEYROPEDAGOGIKA FANINING IMKONIYATLARI'

NEYROPEDAGOGIKA FANINING IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NEYROPEDAGOGIKA FANINING IMKONIYATLARI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

NEYROPEDAGOGIKA FANINING IMKONIYATLARI

A. Y. O'tayev

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti v.b.dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

N. B. Ravshanova

Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi, O'zbekiston

Butun dunyo mamlakatlarida 20 asrning 60- yillaridan boshlab barcha sohalar qatorida Pedagogika fanida ham yangi kashfiyotlar va ixtirolar amalga oshirildi. Chunki ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoda insoniyat tinchlikni saqlash va farovon yashash maqsadida ta'lim va tarbiya sohasiga e'tiborni qarata boshladi. Shu sababli Pedagogika fanida ham ta'lim va tarbiyaning eng murakkab muammolarini hal etish hamda tez va oson bilimlarni o'zlashtirish masalalalrini ilmiy izlanishlar yo'lga qo'yildi. Bunday ilmiy izlanishlarda pedagog olimlar barcha fanlarda amalga oshirilayotgan tadqiqot kashfiyotlaridan foydalana boshladi.

Shu tariqa o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab Pedagogikaning tarkibiy qismi bo'lgan Neyropedagogika asoslari tarkib topdi va 90-yillarga kelib mazkur o'quv fani Umumiy pedagogikaning mustaqil fani sifatida tadqiq etilib, ta'lim tizimi uchun taqdim etila boshlandi.

Neyropedagogikada insonning quyidagi o'ziga xos xususiyatlariga alohida e'tibor beriladi:

1) uning geni;

2) yoshi;

3) jinsi.

Shu jihatdan inson bosh miya yarim sharlari assimetriyasiga (yunoncha nomutanosib, simmetriyaning yo'qligi yoki buzilishi) ushbu fan alohida e'tibor qaratadi. Chunki bosh miya yarim sharlarida inson geniga xos bo'lgan neyronlar, ya'ni asab to'qimalari mavjud bo'lib, ular insonning salomatligida va baxtli yashashida muhim o'rin tutadi. Agar neyronlar sog'lom rivojlansa, insonning geni uning yosh va jismoniy imkoniyatlariga mos ravishda rivojlanib boradi. Shunigdek, insonning yosh xususiyatlariga mos ravishda bosh miyaning chap va o'ng yarim sharlari rivojlanib borati. Agar bu yarim sharlar yosh davrlarga (go'daklik, kichik maktab yosh, o'smirlik va yoshlik bosqichlarga) mos ravishda rivojlvnib borsa, insonning bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishi talab darajasida kechadi. Bundan tashqari, insonning bosh miya chap va o'ng yarim sharlari uning jinsiga ham mos

409

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

xususiyatlarga ega bo'ladi. Bunda ayol va erkakning jinsi imkoniyatlari o'ziga xos bo'lganligi uchun uning rivojlanishida insonning bosh miya yarim sharlari o'ziga xos vazifalarni bajaradi.

Bosh miya yarim sharlarining gen, yosh va jins xususiyatlariga mos ravishda rivojlanib borishini hisobga olgan hoda ta'lim va tarbiyani amalga oshirish taqoza etiladi. Shuning uchun go'daklar va kichik yoshlilarning (3-6 yoshli bolalarning) miya yarim sharlari tez rivojlanib borishini hisobga olish kerak bo'ladi. Demak, bunda maktabgacha va boshlang'ich ta'lim bosqichlarida ta'lim oluvchilarini bilimlar olamiga olib kirish va ularning ko'nikmalarini tarkib toptirish tabiiy kechadi.

Shu jihatdan 5-11-sinf o'quvchilarining bosh miya yarim sharlari rivojlanishiga mos ravishda ularning bilim va ko'nikmalarini takomillashtirib borishga e'tibor berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda o'quvchilarning chapaqay va o'ng qo'lda harakat qilish xususiyatlariga tayanga hoda ularni fikrlash hamda kasb-hunar asoslari bilan tanishtirishga e'tibor berish taqoza etiladi. Shu sababli neyropedagoglar o'quvchilarda bilim olishga qiziqishini oshirish yoki ularning hulqida uchraydigan illatlarni bartaraf etishda o'quvchilarning chapaqay yoki o'ng qo'l faoliyati kuchli bo'lishlariga e'tiborli bo'lishni tavsiya etishadi. Eslatib o'tish joizki chap yarim shar assimetriyasiga ega o'quvchilarda tabiiylik xususiyatlari mavjud bo'ladi, o'ng yarim shar assimertiyasi ega o'quvchilar esa hayajonga beriluvchan xususiyatlarga ega bo'ladi. Demak, ta'lim muassasasi psixologi va tibbiyot xodimi yordamida ta'lim oluvchilarning chap yoki o' ng yarim sharlariga egaligini aniqlab olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda ta'lim muassasasining biolog va defektolog o'qituvchilari bilan ham hamkorlikda ta'lim oluvchilarning bosh miya yarim sharlari bo'yicha xususiyatlarini aniqlash va shu ma'lumotga asosan ularning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga e'tibor berish kutilgan samarani beradi.

Ta'kidlab o'tish lozimki, ta'lim oluvchilarning bosh miya yarim sharlaridagi o'ziga xoslik ularning bilimlarni tushunish, o'zlashtirish, fikrlash, eslab qolish, fikrlarini yozma va og'zaki ifodalash hamda faoliyatga tayyorgarlik darajalariga ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli bo'lajak pedagoglarning oliy pedagogik ta'lim jarayonida inson bosh miya yarim sharlari bo'yicha anatomik-pedagogik ma'lumotlarni egallashi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Pedagog va neyropedagog olimlarning fikricha, erkak va ayol jinsiga mansub insonlarning bosh miya yarim sharlari bir xil tuzul^ga ega hamda ularning faoliyat xususiyatlari ham tipik, ya'ni yagonadir. Ayni paytda, pedagog olimlar tomonidan o'g'il va qiz bola o'quvchilarning o'zgacha fikrlashlari aniqlangan. Shu ma'noda o'g'il va qiz bola o'quvchilarning bosh miya yarim sharlari gender xususiyatlari

410

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

deganda ularning individual fikrlash, o'zlashtirish hamda faoliyatda foydalanish ko'nikmalarining o'zisha xosligini tushunish lozim. Bunda:

- bosh miyaning chap yarim shari nisbatan xususiy xususiyatga ega bo'ladi;

- bosh miyaning o'ng yarim shari nisbatan ijodiy va his-hayajon jarayonlarida faol bo'ladi.

Ushbu jarayonda o'g'il bola va qiz bolalarning bosh miyaning qaysi yarim shariga mansubligini aniqlab olib, ularning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish kutilgan samarani beradi.

Pedagogik tajriba shuni ko'rsatadiki, qiz bola o'quvchilarda ko'p hollarda chap miya yarim sharining faoligi mavjud bo'ladi. Shu sababli ularda ijodiy fikrlash, his-hayajonga berilish xuusiyatlari ustuvor bo'lganligi uchun ular nutq va til o'zlashtirish bo'yicha yuqori darajada ko'nikmaga ega bo'ladailar, bu qiz bola o'quvchilarning ko'pchiligi bosh miya yarim sharining Brok zonasiga mavjudligini ko'rsatadi.

O'g'il bola o'quvchilarda bosh miyaning yarim shari faolligi kuzatiladi, shu sababli ularda maummolarni hal qilishga bo'lgan qiziqish va matemetik fikrlash ko'nikmalari tez tarkib topadi, bu hol o'g'il bola o'quvchilarning bosh miyaning Vernik zonasiga mansubligini ko'rsatadi.

Ta'kidlanganidek, asosan o'g'il bola va qiz bolalarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishda gender xoslik qoidasiga asosan ta'lim va tarbiya jarayoni amalga oshiriladi. Shu sababli bunda o'quvchilarning bosh miya yarim sharlariga mansubligini aniqlab olishga tayanish metodik jihatdan to'g'ri hisoblanadi.

Neyropedagogikada ta'lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishning eng muhim asoslaridan biri diognostikadir. Neyropedagogik diagnostika asosida ta'lim oluvchilarning xususiyatlari aniqlanib, maqsadli va rejali ta'lim va tarbiya amalga oshiriladi.

Neyropedagogik diagnostikada ta'lim oluvchilarning quyidagi xususiyatlari va imkoniyatlari aniqlanadi:

- ta'lim oluvchilarining ruhiy barqarorligi yoki ruhiy beqarorlikka ega xususiyatlarini aniqlash;

- ta'lim oluvchilarning bosh miya yarim sharlarining chap yoki o'ng tomoniga mansubligini aniqlash;

- ta'lim oluvchilarning tarbiyasiga ta'sir ko'rsatuvchi bilim va tarbiyaviy tadbirlarningko'lamini belgilash.

- Mana shunday yondoshuv asosida ta'lim oluvchilarning neyropedagogik tashxisi amalga oshiriladi.

411

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

- Neyropedagogik tashxisni amalga oshirishda maxsus vositalarga asoslaniladi. Bunday vositalarning eng muhimlarini suhbat, test, hujjatlarni o'rganish va kompyuterli dastur asosida tashxislash tashkil qiladi.

Eslatib o'tish joizki, Neyropedagogika fanining hozirgi tajribasida ta'lim oluvchilarning nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirish va ulardagi ruhiy stresslarni, ya'ni tushkunliklarni bartaraf etish bo'yicha metodika keng amal qilmoqda. Bunda amalga oshiriladigan ta'limiy-tarbiyaviy vositalarda Neyropsixologiya usullariga ustuvor darajada tayanilayotganligini eslatib o'tish joiz.

References / Adabiyotlar

1. Xodjaev B.X. Neyropedagogik bilimlardan foydalanish orqali ta'lim sifatini oshirish. Respublika ilmiy konferensiyasi materiallari. 2010 yil 27-28 may. -Samarqand, 2010. - B. 174-175.

2. Klemintovich I.P., Stepanov V.G. Neyropedagogika. - Moskva, 2015.

3. Gulomov J. va boshq. Neyropedagoggika / Uslubiy qo'llanma. -Toshkent: TDPU, 2017. -160 b.

412

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.