Научная статья на тему '“NAVOIY” ROMANINING ARABCHA TARJIMASIDA PERSONAJLAR NUTQINING BERILISHI'

“NAVOIY” ROMANINING ARABCHA TARJIMASIDA PERSONAJLAR NUTQINING BERILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
108
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy tarjima / personaj nutqi / obrazning ichki dunyosi / monologik nutq / dialog. / literary translation / character's speech / character's inner world / monologue speech / dialogue.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aripov, Shavkat

Ushbu maqolada Oybekning “Navoiy” romanidagi personaj nutqining arabcha tarjimada berilishi masalasi, bunda mutarjim erishgan yutuqlar va duch kelingan ba’zi muammoli vaziyatlar xususida so‘z yuritiladi. Maqolada badiiy asarda personaj nutqi obrazning ichki dunyosini ochib berishga xizmat qilishi alohida ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSLATION OF THE SPEECH OF THE CHARACTERS IN THE ARABIC TRANSLATION OF THE NOVEL "NAVOYI".

This article discusses the issue of the Arabic translation of the speech of the character of the novel "Navoi" Oybek, the achievements of the translator and some of the problematic situations that have arisen. The article emphasizes that the speech of the character in a work of art serves to reveal the inner world of the character.

Текст научной работы на тему «“NAVOIY” ROMANINING ARABCHA TARJIMASIDA PERSONAJLAR NUTQINING BERILISHI»

"NAVOIY" ROMANINING ARABCHA TARJIMASIDA PERSONAJLAR NUTQINING BERILISHI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-197-203

Filol.f.n. Shavkat ARIPOV

TDSHU dotsenti, Toshkent, O'zbekiston Tel: 95-077-07-03; e-mail: [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada Oybekning "Navoiy" romanidagi personaj nutqining arabcha tarjimada berilishi masalasi, bunda mutarjim erishgan yutuqlar va duch kelingan ba 'zi muammoli vaziyatlar xususida so 'z yuritiladi. Maqolada badiiy asarda personaj nutqi obrazning ichki dunyosini ochib berishga xizmat qilishi alohida ta 'kidlanadi.

Kalit so'zlar: badiiy tarjima, personaj nutqi, obrazning ichki dunyosi, monologik nutq, dialog.

Аннотация: В данной статье рассматривается вопрос арабского перевода речи персонажа романа «Навои» Ойбека, достижения переводчика и некоторые возникшие проблемные ситуации. В статье подчеркивается, что речь персонажа в художественном произведении служит раскрытию внутреннего мира персонажа.

Ключевые слова: художественный перевод, речь персонажа, внутренний мир персонажа, монологическая речь, диалог.

Abstract: This article discusses the issue of the Arabic translation of the speech of the character of the novel "Navoi" Oybek, the achievements of the translator and some of the problematic situations that have arisen. The article emphasizes that the speech of the character in a work of art serves to reveal the inner world of the character.

Key words: literary translation, character's speech, character's inner world, monologue speech, dialogue.

Taniqli o'zbek adibi Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek qalamiga mansub, xalqimiz og'ir urushni o'z boshidan kechirayotgan yillarda yozilgan "Navoiy" romanida XV asrning ikkinchi yarmida yashagan xalqimizning turmush tarzi, urf-odatlari, milliy o'ziga xosliklari o'z aksini topgan1. Mazkur asar nashr etilgandan keyin dunyoning bir necha tillariga,

1 Ойбек. Навоий . - Т.: "Уздавнашр", 1944.

197

jumladan arab tiliga ham tarjima qilinib nashr etilgan (1979 y) . Ushbu maqolada "Navoiy" romanidagi personaj nutqining arabcha tarjimada berilishi va tarjima jarayonida mutarjim erishgan yutuqlar va duch kelgan ba'zi muammoli vaziyatlar xususida muxtasar so'z yuritiladi.

Personaj nutqi obrazning ichki dunyosini ochib berish, xarakterini individuallashtirishga, uning o'ziga xos jihatlarini ajratib turuvchi xususiyatlarni ko'rsatishga xizmat qiladi. Yozuvchining ijod qilish, yaratish uslubi va mahorati muayyan g'oyaviy funksiyalar bilan bog'liq ravishda yuzaga chiqadi. Personaj nutqi obraz xarakterini yoritish, personajning ruhiyati, hissiyotlari, o'y-fikrlari, munosabatini namoyon qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Asardagi har bir personaj o'z nutqiga ega. Bunday nutq adabiy tildan farqlanadi, ular qiyin so'zlarni ba'zan buzib talaffuz qiladilar - asl nusxada o'z aksini topgan bunday so'zlashuv uslubi tarjimada ham imkon qadar asliga xos berilishi kerak.

Personajlar nutqining barcha o'ziga xos belgilari, psixologiyasi, dunyoqarashi, milliy o'ziga xosligi uning nutqida, hatti-harakatida, ichki kechinmalarida, asardagi boshqa personajlar bilan munosabatida o'z aksini topadi. Agar tarjimon personaj nutqi va portretini tarjimada asliyatga muvofiq bera olsa, muvafaqqiyat qozonadi. Tarjimon asarni tarjima qilishda ba'zi muammolarni yechadi. Shunga qaramay ayrim o'rinlarda personajlar nutqida noaniqliklar uchrashi ham tabiiy.

Badiiy asarda personaj nutqi vujudga kelish, shakllanish va rivojlanish sirasida turli vazifalarni bajaradi. Personaj nutqining birinchi vazifasi - hayotning haqqoniy badiiy in'ikosini yaratishdir. Personaj nutqi yaratilayotganda mamlakat, jamiyat, xalq, uning ijtimoiy kelib chiqishi nazarda tutiladi. Personaj nutqining uchinchi muhim vazifasi - ijtimoiy hayot, inson va uning ruhiy olamini aks ettiribgina qolmay, tabiat va kishilar ruhiyatidagi go'zllikni tasvirlash, o'tmish va hozirgi davrdagi ibratli voqealarni aks ettirish orqali kitobxonga emotsional ta'sir o'tkazish, zavq-shavq bag'ishlash, ularni tarbiyalash ishiga o'z hisasini qo'shishdan iborat.

Tarjimon personaj nutqini barcha xususiyatlari, hatto gap ohanglarini ham hisobga olishi kerak. Shundagina kitobxon obraz haqida kengroq

2 1979 ■nq/.'U £ J if^l jta iÂjljJ ^jljj

tasavvurga ega bo'ladi. Monologlar asarda o'zgacha bir ruhiyat uyg'otibgina qolmay, kitobxon asarni o'qigan sayin yangi-yangi va teran mazmunli fikrlarga duch kelaveradi. Hattoki undagi oddiy bir personaj monologida ham olam-olam ma'no borligi ko'rinib turadi.

Personaj nutqi deganda dastlab monologik nutq ustida to'xtalish lozim. Bunday nutq asarda jozibadorlikni oshirib, personajning his-tuyg'ularini ifoda etish, ularning qalbida kechayotgan quvonch yoki iztirobni ifodalashga xizmat qiladi. Oybekning "Navoiy" romani personajlar nutqi bobida boshqa asarlardan ajralib turadi: "Kampir charxini yig 'ishtirib, bukchaygan holda keldi.

- Qaysi bekning odamisen, qaerga borasen? - so 'radi qiziqib.

-Men o'z boshimga o'zim hokim! - To 'nglik bilanjavob berdi

To 'g'onbek. - Erkaklaring bormi? Qaerda?

-Bundaylarni o'z umrida ko'p uchratgan kampir beparvo javob berdi..."3

Parcha arab tiliga quyidagicha o'girilgan: j «U-j**

Ç^iAû jjl ^jj À^^i. .al^jAb ^íilij . Ijjjj^ * ^jj jx

^jA jjjj ^J^J ^^^l^Le ^i ja .^^aj 1j| ¡À^l^aj ^jj

^ ^jl^j Dialog tarjimasida asosiy

mazmun bera olingan. Dialogning bayon shakli va mazmuni tarjimani o'quvchi kitobxonga tushunarli, ohangdor, obrazli nutq vositalari bera olingan, biroq asliyatdagi ajratib ko'rsatilgan, o'sha davrga xos, muallif uslubini aks ettiruvchi unsurlar tarjimasiga unchalik e'tibor berilmagan ko'rinadi.

Personaj nutqi deganda asosiy e'tibor dialogik nutqqa qaratilmog'i lozim. Endi Quyidagi dialogni tahlil etishga harakat qilamiz (personajlar nutqi bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgani bois parchani kengroq berishga to'g'ri keldi):

- "Zakotchimisen? - so 'radi u.

To'g'onbek boshi blan tasdiqladi. Kampirning oyoq-qo'llari bo 'shashganday, sholchaning bir chekkasiga o 'tirib oldi.

-Bolam, - dedi u yalingan tovush blan, - tangri martabangni ulug ' qilsin, bizga rahmu-shafqat et. Zakotga bergulik hech nimamiz yo 'q.

3 Ойбек. Навоий. - Т.: "Уздавнашр", 1944. - Б. 61.

4 1979Y'qnib £ji í^ÍJÍI jb '4jljj ^jljj '^JJJ!

Bor-yo'g'imizni berib bo'lganmiz. O'laqolay, soliqlardan boshimiz chiqmay qoldi, hali "qo'sh puli", hali "Sohib jam", hali "mirob", hali "sarona "5 - sanay bersang odog'iyo'q...

To'g'onbek indamadi, dastro'moli blan keng, ser tuk ko'kragini yelpib, atrofga "chirt-chirt" tupuk otib o'tiradi-da, nihoyat, ho'mrayib kampirga qaradi.

- Sannama ko'p! Xudoy ayollarni so 'zga yaratgan-da.

-Arzi-dodimni kimga aytayin, quloq sol, bolam! - muloyimlanib dedi kampir.

-Ko'p so'z eshakkayuk... Qozonni os. Mo'l qilib etni sol. "

Yuqoridagi parchada bek, ubra, umoch singari xos so'zlardan tashqari, zakotchi, sarona kabi eskirgan so'zlar, hatto hozirda qo'llanilmay qo'ygan boqimsiz, qaramsiz sifatlari, sannamoq fe'li ishlatilgan. Bundan tashqari, asar yozilgan XX asarning 40-yillariga xos bo'lgan -men, -sen (odamisen, borasen) kabi egalik qo'shimchalariga duch kelinadi (harxil, allanechik, blan kabi so'zlar esa XX asrnig 40-50-yillarida xuddi shunday shaklda yozilgan). Ammo arab tarjimoni asarning bunday o'ziga xosliklariga qanchalik e'tibor qaratgan, bunday uslub xususiyatlarini o'z tarjimasida hisobga olganmi, buni nimada ko'rsa bo'ladi degan bir qator savollar tug'ilishi tabiiy. Bu savollarga javob berish uchun parchaning arabcha tarjimasiga e'tibor qaratamiz:

^ju ^ií ja

.a^íj ¿x Ulj* ^¿j jl^jL ^j

¿aij ^¡j^j ^lla j .iaijs ^¡jl^ Ja Uil£ j Ll^ull Ail^ jj^l ^-»Ui ^a! .^ijijvi ¿i^i ^ lil Jaj llk! j lljj*^ lil J^^l ¿x <^1 ^iaí t^jj b

j tj^Jjjll ^ifr ájjj^ ^jjll .^jlj^all ¿x ¿a ^^í^jj ^l j .li.pl jl£ lx ljj^^l ..^ijiill Ajjj^all ^J í^ijjaí! íaaj j tjS^ixll Jjlil j '^jjll

^í ', li^lj (jx^^ll ^JJX-ll oja^ Jj^j^llj ljj^x ^¿j jlájL ^^^

.'¿jj'joll pl^ill .l^ü^ ^jJ'j^* ^

^j^aj jj^xll ^lla .^ijlj t^'i» rtUlI ¿xl j 'j^jj ¿x

¿x l^jjx >>ij tjlill jJill ^ü^ .jl^^ll JjiJ JJ^^ll ^^^ll

5 XV asrdagi soliqlar.

200

Arabcha tarjimada biz yuqorida sanab o'tgan eskirgan so'zlar, muallif uslubining o'ziga xosliklarini ko'rsatuvchi shakllar, so'zlarning imlosi tarjimada o'z aksini topmagan. Shunga qaramay, tarjimon parchadagi, o'zbek tilida mashhur, muallif tomonidan "Ko'p so'z eshakka yuk" shaklida qo'llangan maqolni (aslida "Ko'p gap eshakka yuk") "Ko'p so'zlar hatto eshakka ham og'ir" ma'nosida o'girgan. Chunki, arab tilida maqolning aynan muqobili uchramasligi bois tarjimon uni so'zma-so'z o'girgan va ma'no to'la aks etgan. Bundan tashqari, maqol o'quvchiga tushunarli.

G'.Salomov o'zining "Tarjima nazariyasiga kirish" kitobida imo-ishoralar tarjimasi masalasiga to'xtalar ekan Oybekning "Navoiy" romani ruscha tarjimasi xususida алохида so'z yuritadi. Tarjimon imo-ishoralar "tili"ni, xususan, har bir xalqning o'ziga xos ishoralari, turqi, yuz-ko'z ifodalarini yaxshi bilishi lozimligi, yozma adabiyotda ma'nodor kulgi, yo'tal, yuz-ko'z ifodasi, qo'l harakatlari keng yoritilishi va tavsiflanishi, bularni tarjimada durust anglab, to'g'ri talqin etish juda muhimligini uqtirib o'tadi6. Masalan, "Navoiy" romanida yosh olimlar - Sultonmurod bilan Zayniddin shoirning Hirotga kelishini eshitarkanlar, bunga javoban: "Istiqbollariga chiqmoq kerak,- o'rnidan qo'zg'aldi Sultonmurod"7. degan gaplari ruscha tarjimada "Надо пойти его встречать, -

9 9 8

проговорил Султанмурад, тут же вскочив с места" shaklida berilganligini aytib, "Ehtimol, bu tarjimada, dafatan qaraganda, ko'zga yalt etib tashlanadigan qusur yo'qdir, ammo unda obrazning xarakteri, ichki dunyosini qo'pol ravishda siyqalashtiradigan nuqsonga yo'l qo'yilganki, tadqiqotchi Gulnora G'afurova o'z kitobida buni o'rinli qayd etgan9 - deb yozadi G'.Salomov, - Badiiy tasvir vositasi sifatida tashrif buyurmoq bilan kelmoq, istiqbolga chiqmoq bilan kutmoq va hokazo garchi mohiyat e'tibori bilan ayni bir harakatni ifodalasa-da, ammo ular anglatgan ma'no nozikligi tarafidan bir-biridan farqlanadi. Shunday ekan, hazrat Navoiyni qarshilash marosimi haqida, ruscha tarjimada ko'rilganiday, "Uni kutib olishga chiqish kerak, - dedi Sultonmurod, apil-tapil o'rnidan turib" deyilsa, bu, bir tomondan, hurmatsizlik, ikkinchi

6 Саломов F. Таржима назариясига кириш. - Т.: "Укитувчи", 1978. - Б. 63-65.

7 Ойбек. Танланган асарлар. III том. - Т.: "Уздавнашр", 1957.

о

Айбек. Сочинения, т. III. - Т., 1962.

9 Гафурова Г. Развитие перевода в Узбекистане. - Т.: "Фан", 1973. - С. 84-85.

201

tomondan esa, Oybek tasviri ham talqiniga zid, uchinchidan, tarixiy koloritni buzish bo'ladi. Chunki, garchi Sultonmurod yosh bo'lsa-da vazmin, salobatli, muloyim va odobli yigit. Uning tomonidan, yuqoridagi ruscha tarjimada qayd etilganiday soxta xatti-harakatlar sodir bo'lishi aql bovar qilmaydigan narsa.

Oybekning "Navoiy" romani dialoglarga boy. Ularda nafaqat ikki kishi orasidagi suhbat, kunlik oddiy so'zlashuv (nutq) o'z ifodasini topgan, balki dialoglar muallif izohlari, maqol, matal va iboralar bilan yo'g'rilgan. Buni quyidagi parchada ko'rish mumkin:

"To'g'onbek olmani olib tamosha qildi. Keyin yassigina, beo'xshov burniga yaqin tutib, iskadi va kulib Dildorga murojaat etdi: "Kel, hay suluv qiz! Sening nasibang, qo 'limdan ol. Ug'onim10 seni ham qo 'limga shu olmaday uzib tushirsin!"

Dildor, qiyo boqmasdan, o 'g'urni tashlab, qayoqqadir qochib yo'qoldi. ...Kampir unga qo'rqa-pisa qaradi: "Achchig'lanma, bekyigit, o 'zi uyatchang qiz, yana boshi bog'liq... Men hozir qozon osib, shiringina taom qilib beramen. Qo'shnilarda bo'lsa, bir-ikki oyoq11 bo'za ham keltiramen " dedi-da kalavlanib o 'rnidan turdi."

Yuqoridagi parcha izchil o'zaro izchil bog'liq jumlalardan iborat bo'lgani bois uni parchalashning iloji yo'q. Parcha mashhur o'zbekcha "Tuya ko'rdingmi - yo'q" iborasi bilan boshlanadi. Kampirga berilgan sifatlar (suyak yelkalar, g 'am, tashvish cho 'kkan chuqur, xira ko 'zlar) va To'g'onbekka berilgan sifatlar (yassigina, beo 'xshov burni) nafaqat personajlarning jismoniy, balki ularning ijtimoiy holatlarini ham ko'rsatib turibdi. Bundan tashqari, parchada "iskadi", ug'on, o'g'ur, blan, dakkam-dukkam miyiq, beramen, oyoq, kalavlanib singari eskirgan shakllar, joji-bo'ji tuxumidan tarqalgan, boshi bog'liq ("unashtirilgan" ma'nosida) iboralariga ham duch kelamiz. Parchaning arabcha tarjimasi quyidagicha amalga oshirilgan:

■ u j|jlj] IgxJâj tlgrt ù'ij '^jxjll ^Lla^ll Aiül ^x Igjjâj ^jj 1 g à"

sjj&jx ^J^j .^jjaj 'iaj^j *ij5 jí jjJ ji4p ^ààji

10 il

Ug'on - tangri. Oyoq - kosa.

¿L'j 'U^' jljSl J^' ^Ifcl^ .A.jU^x .^jj \j t^^aij' V

<<0jj» jljj^l ^ ^j Ш j A^L

Parcha tarjimasida umumiy mazmun bera olingan deyish mumkin. Biroq, sinchiklab qaralsa tarjima nuqsonlardan xoli emas. Jumladan, parchaning boshida keltirilgan Tuya ko'rdingmi -yo'q! iborasi tarjimada tushirib qoldirilgan. To'g'onbekning "zaharxanda"si ham oddiygina qilib "kuldi" deya berilgan. Shuningdek, tarjimon muhim sifatlarni ham tushirib qoldirgan.

Umuman olganda, personajlar nutqidagi jonli nutq elementlarini muvaffaqiyatli o'girish uchun rasmiy lug'atlarga emas, xalq tiliga tayanish kerak. Negaki, "...jonli tilga oid so'zlar ko'pincha lug'atlarda qayd qilinmaydi, bo'lganlari ham aksari hollarda muayyan kontekst ruhiga mos kelavermasligi mumkin. Shu sababli tarjimaning asl nusxaga

nechog'lik yaqin bo'lishi tarjimon mahoratiga, xalq tilini qay darajada

12

egallaganiga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi" .

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Айбек. Сочинения, т. III. - Т., 1962.

2. Гафурова Г. Развитие перевода в Узбекистане. - Т.: "Фан", 1973. - С. 8485.

3. Ойбек. Танланган асарлар. III том. - Т.: "Уздавнашр", 1957.

4. Саломов F. Таржима назариясига кириш. - Т.: "Укитувчи", 1978.

5. Salomov G'. Tarjima nazariyasiga kirish. - T.: "ToshDSHI", 2016.

6. Ойбек. Навоий. Тахрир хдйъати: Б.Алимов ва б. - Т.: "Шарк", 2004.

7. Ойбек. Навоий . - Т.: "Уздавнашр", 1944.

8. 1979 jb 'Ajljj ^jljj '^JJJT

9. Эгамова Я. Таржимада персонажлар нуткидаги жонли тил элементларини акс эттириш масаласи. - Т., 1997. - Б. 34.

10. Akhmedova, D. R. (2021). Functional and stylistic features of nouns in persian newspaper texts. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 231-240.

12 Эгамова Я. Таржимада персонажлар нуткидаги жонли тил элементларини акс эттириш масаласи. - Т., 1997. - Б. 34.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.