Научная статья на тему 'NAVOIY POETIKASI'

NAVOIY POETIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
poetika / ijod / harakat / davr / ritm / iztirob.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sevinch Teshaboyeva, Rasulova Rayxon

Alisher Navoiyning lirik merosi o‟zbek lirikasining milliy hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg‟or an‟analarini o‟zida mujassam etgan o`lmas va yuqori bosqichi hisobladi. Navoiy lirikasining tub mohiyati – falsafiy, ijtimoiy va yuksak poetik shakldagi ifodasi bo‟lganligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Biz birinchi marta Navoiy ijodiyotida lirikaning davrning yetakchi falsafiy-ijtimoiy oqimlari bilan bevosita aloqasini ko‟ramiz. Lirikaning ijtimoiy muhit bilan munosabati, asosan, chuqur norozilikka asoslangan qarama-qarshiliklar, ilg‟or bir mutafakkir – ijodkor isyoni sifatida ko‟rinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAVOIY POETIKASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

NAVOIY POETIKASI

Sevinch Teshaboyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi.

Ilmiy rahbar: Rasulova Rayxon O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi, p.f.f.d (PHD)

ANNOTATSIYA

Alisher Navoiyning lirik merosi o'zbek lirikasining milliy hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg'or an'analarini o'zida mujassam etgan o'lmas va yuqori bosqichi hisobladi. Navoiy lirikasining tub mohiyati - falsafiy, ijtimoiy va yuksak poetik shakldagi ifodasi bo'lganligi bilan alo hida ahamiyatga egadir. Biz birinchi marta Navoiy ijodiyotida lirikaning davrning yetakchi falsafiy-ijtimoiy oqimlari bilan bevosita aloqasini ko'ramiz. Lirikaning ijtimoiy muhit bilan munosabati, asosan, chuqur norozilikka asoslangan qarama-qarshiliklar, ilg'or bir mutafakkir - ijodkor isyoni sifatida ko'rinadi.

Kalit so'zlar: poetika, ijod, harakat, davr, ritm, iztirob.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim", deya bejiz ta'kidlamadi. Zero, bugungi kunda ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish borasida hal etilishi zarur bo'lgan ko'plab muammo va vazifalar mavjud.

U - hayot tomirlaridagi ichki harakatni davr yuragi- murakkab chuqur ritmni his eta oladigan zukko olim va siyosiy arbob. Ayni zamonda ishqning quvonch va alamlari, bekaslik va musofirlikning og'ir ruhiy iztiroblaridan ham mahrum emas. Binobarin, bir o'rinda ana shu insoniy tuyg'ular girdobida turib oh-u nola qilsa, ikkinchi bir o'rinda osmon-u falakni larzaga soladigan darajada na'ra tortadi. Bir qarasangiz, u olam va odam naslidan hafsalasi pir bo'lib ulardan etak siltaydi; bir qarasangiz; din, hokimiyat arboblarining chirkin basharasiga ta'na toshlarini urib, podshohning giribonidan

591

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviyfilologiya^a^ingvodidaktikanm

mahkam tutgan holda, uning yuziga bor haqiqatni keskin bir shaklda to'kib soladi.Shoir shaxsida yoshlik davridayoq ko'rina boshlagan mavjud muhitga tanqidiy bulish hissi davrlar o'tishi bilan, uning hayotiy tajribasi bilan bog'liq holda tobora kuchayib bordi va nihoyat, u xilma - xil shakldagi chuqur muhokamalardan keyin "olamni odam manfaatlariga mos qilib va u bilan birga odamni ham qaytadan yaratish kerak" degan buyuk

Shuning uchun ham mazmunan g'oyaviy pafos jihatdan yuksak va badiiy barkamol bu she'riy durdonalar shoir hayotligi chog'idayoq milliy va geografik chegaralarni yoritib o'tib, Xuroson, Movarounnahr, Kichik Osiyo va Sharqiy Turkmanistonga kengayib, shuhrat qozondi.Navoiy lirik she'rlarining xalq orasidagi naqadar tez yoyilganligini shundan ham bilish mumkinki, shoir 24 - 25 yoshlik chog'ida uning muxlislari bir qancha she'rlarini to'plab, maxsus devon holiga keltirishgan Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Navoiy lirikasi haqidagi dastlabki fikrlar uning hayotlik paytida bayon qilingan va ularda shoir lirik merosining mohiyati ixcham, ammo mukammal baholangan.

Hakimshoh Qazviniy ham "Majolisun - nafois" tarjimasining ilova qismida Alisher Navoiyning ham turkiy, ham forsiy tilda yuksak mahorat bilan she'rlar yozganligini bayon etib, o'z fikrini quyidagicha xulosalaydi: "Hech kim turkiy she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan".Umuman, XVI - XIX asrlarda Hindiston, Eron, Afg'oniston, Turkiy a va O'rta Osiyoda tuzilgan va Alisher Navoiy nomi ko'p kiritilgan tazkiralarda Navoiy ijodi jumladan, uning lirikasi haqida bayon qilingan fikrlarni shunday umumlashtirish mumkin: Alisher Navoiy har ikkki tilda (o'zbek va fors tillarida) mahorat bilan she'rlar bitgan. Biroq, uning ta'bi turkiy she'rga ko'proq moyil bo'lgan ,undan boshqa hech kim yaxshiroq she'r yaratgan emas.

Alisher Navoiy lirikasini nazariy jihatdan tadqiq etish sohasida ananaviy navoiyshunoslik yerishgan dastlabki jiddiy muvaffaqiyatlardan biri Maqsud Shayxzodaning "Navoiyning lirik qahramoni haqida" nomli ilmiy ishidir. Mana yillar osha buyuk mutafakkir lirik she'rlaridagi badiiy tasvir vositalari hamda usullarini Sharq poetikasining ananaviy qoida va qonuniyatlari nuqtai nazaridan tahlil etish asosida Navoiy badiiy tasvir poetikasi uchun xos bo'lgan yetakchi anananalarni ochib berish, buyuk shoir poetik mahoratining ayrim qirralarini namoyish etishdan iborat.

592

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik ZamonaviyJilologiya^a^ingyodidaktikanm

Navoiyning poetika sohasidagi peshqadamligini uning devon tuzish an'anasiga bo'lgan ijodiy munosabatidanoq yaqqol sezish mumkin.Alisher Navoiyning o'zi tomonidan tuzilgan birinchi devon "Badoeul-bidoya" deb ataladi. 1469- yildan keyin tuzilgan bu devon turli janrga mansub 842 ta she'rdan tashkil topgan.Alisher Navoiyning o'zi tuzgan ikkinchi devon "Navodirun-nihoya" deb ataladi. Bu devon 1480 - 1487-yillar orasida tuzilgan.

Alisher Navoiy 1492 - 1498 -yillar orasida o'zining avvalgi ikkinchi devoniga kiritgan, shuningdek, keyingi davrlarda yaratilgan hamda turli sabablarga ko'ra avvalgi devonlariga kirmay qolgan barcha janrdagi she'rlarini to'plab, XV asr lirikasining buyuk qomusi bo'lmish "Xazoyinul-maoniy" devonini tuzdi. Bu devon ulug' shoirning butun hayoti davomida yaratgan barcha 16 xil lirik janrga mansub bo'lgan deyarli barcha o'zbekcha she'rlarini o'z ichiga olgan.

Hazrat Navoiy hech bir davrda gazalni etibordan chetda qoldirmagn va uning hayotiy taassurotlari va mulohazalari bevosita shu janrda o zining poetik ifodasini topgan.

Demak, Navoiyning butun ijodiy faoliyati jarayonida gazal boshqa lirik janrlarga nisbatan"hukmron"mavqeda turgan.Ana shu yetakchi mavqeda turish uning son jihatidaham(2600ta),mohiyat nuqtai nazaridan ham yuqori pog'onaga ko'tarilishiga imkoniyat yaratgan.

Navoiyning gazal va ruboiylari,bir so'z bilan aytganda,adabiyotimizning o'n olti xil janridan foydalanib yaratilgan ulkan merosi hali qancha-qancha olimlarga ilmiy izlanish uchun dastak bola oladi.

REFERENCES

1. O.Madayev, M. Jo'rayev, T. Sobitova, N. Muxitdinova. O'zbek folklari.O'quv darsligi.-T,: "Zebo print", 2022.

3. Shuhrat Sirojiddinov, Dilnavoz Yusupova, Olimjon Davlatov Navoiyshunoslik (darslik) T:2018.

4. https://cyberleninka.ru. Xudayarova N. Navoiy poetikasi .

593

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.