Научная статья на тему 'NATURAL ISHLAB CHIQARISHDAN TOVAR ISHLAB CHIQARISHGA О‘TILISHI'

NATURAL ISHLAB CHIQARISHDAN TOVAR ISHLAB CHIQARISHGA О‘TILISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot nazariyasi / rivojlangan davlatlar tajribasi / natural ishlab chiqarish / tovar ishlab chiqarish / nazariya model. / economic theory / experience of developed countries / natural production / commodity production / theory model.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Iskandarov B.A.

Ushbu maqola jahon amaliyotida iqtisodiyot nazariyasini o‘rganish, iqtisodiyot nazariyasining rivojlanish bosqichlarini tahlil etish, natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga о‘tilishi muallif tomonidan o’rganilgan hamda fikr-mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSITION FROM NATURAL PRODUCTION TO COMMODITY PRODUCTION

In this article, the study of the theory of economics in world practice, the analysis of the stages of development of the theory of economics, the transition from natural production to the production of goods are studied by the author, and opinions are given.

Текст научной работы на тему «NATURAL ISHLAB CHIQARISHDAN TOVAR ISHLAB CHIQARISHGA О‘TILISHI»

Iskandarov B.A.

"Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi katta o 'qituvchisi

SamISI

NATURAL ISHLAB CHIQARISHDAN TOVAR ISHLAB CHIQARISHGA O'TILISHI

Annotatsiya. Ushbu maqola jahon amaliyotida iqtisodiyot nazariyasini o'rganish, iqtisodiyot nazariyasining rivojlanish bosqichlarini tahlil etish, natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga о 'tilishi muallif tomonidan o 'rganilgan hamda fikr-mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot nazariyasi, rivojlangan davlatlar tajribasi, natural ishlab chiqarish, tovar ishlab chiqarish, nazariya model.

Iskandarov B.A. senior teacher department "Economic theory"

SamIES

TRANSITION FROM NATURAL PRODUCTION TO COMMODITY

PRODUCTION

Abstract. In this article, the study of the theory of economics in world practice, the analysis of the stages of development of the theory of economics, the transition from natural production to the production of goods are studied by the author, and opinions are given.

Key words: economic theory, experience of developed countries, natural production, commodity production, theory model.

Insoniyatning iqtisodiy rivojlanish tarixida ijtimoiy xo'jalikni tashkil etish va yuritishning ikki shakli farqlanadi: natural va tovar xo'jaligi.

Xo'jalik yuritish shakllarining har bin, unga xos bo'lgan ishlab chiqarish munosabatlarining mazmunidan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotning uchta eng muhim savoliga: «nima ishlab chiqarish?», «qanday ishlab chiqarish?» va «kim uchun ishlab chiqarish kerak» degan savollarga о'z mohiyatan kelib chiqqan holda javob beradi.

Xo'jalikning birinchi shakli bo'lgan natural ishlab chiqarish natijasida yaratilgan mahsulot, ishlab chiqaruvchining o'z ehtiyojlarini qondirishi uchun, ichki xo'jalik ehtiyojlari uchun mo'ljallanadi. Demak, o'z ehtiyojlarini qondirish uchun ne'matlarni ishlab chiqarish natural ishlab chiqarish, shunday ishlab chiqarishga asoslangan xo'jalik esa - natural xo'jalik deyiladi.

Iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning ushbu shaklida iste'molning hajmi va tarkibi ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiga deyarli mos keladi, ularning o'zaro

aloqadorligi juda yengil yuz beradi, chunki u bitta xo'jalik doirasida amalga oshiriladi. Bunday munosabatlar dastlab ibtidoiy jamiyat davrida paydo bo'lgan. Natural xo'jalik shakli baгcha iqtisodiy jarayonlami biг xo'jalik doiгasida qat'iy cheklab qo'yadi, tashqi aloqalar uchun yo'llami ochmaydi. Ishchi kuchi ma'lum bir xo'jalikka qat'iy bog'lab qo'yiladi. Qishloq xo'jalik jamoalaгining ming yillaг davomida saqlanib qolishi aynan shu bilan izohlanadi. Xo'jalikning natuгal shakli ishlab chiqarish rivojining shunday darajasini aks ettiradiki, bu uning o'ta cheklangan maqsadini - hajmi bo'yicha ko'p bo'lmagan va sifat taгkibi bo'yicha bir xil bo'lgan ehtiyojlaming qondirilishini ta'minlaydi. Keyingi bosqicЫaгdagi mehnat taqsimoti va asta-sekin tovar massasining ko'payishi, jamiyat гivojida izchil ravishda, natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishiga o'tilishini ta'minladi.

Asta-sekin natural xo'jalikdan tovaг xo'jaligiga o'tish jaгayoni sodiï bo'ldi. Mahsulot va xizmatlarni shaxsiy ehtiyojlari uchun emas, balki bozorda sotish uchun ishlab chiqarish tovar xo'jaligi deb, bunday ishlab chiqarishga asoslanuvchi xo'jalik esa - tovar ishlab chiqaruvchi deb ataladi. Tovar xo'jaligida kishi^ o'rtasidagi iqtisodiy munosabatla^ ulaming mehnat mahsulotini oldi - sotdi qilish ya'ni, bozor o^ali namoyon bo'ladi.

Tovar xo'jaligi natural xo'jalikdan prinsipial jihatdan faгq qilib, ulaming o'rtasidagi tafi^ut^ 1 - jadvalda keltirilgan.

1-]а^а1

^Шга! уа 1оуаг хо^аНЫагшищ ач(ш\ ♦агс] 1аг1

№ Асосий жихатлари Натурал х ужал и к Товар хужалиги

1 2 3 4

1 Пшлаб чикарпшнннг асосий максади Шахсий эхтиёжларни кондириш Бошка товарларга айирбош-лаш, бозорда сотнш

2 Пшлаб чнкарнла-днган махрулотнинг таркиби Эхтнёж ва имконнятлардан келнб чнкхан холда олдиндан аникланади Бозордаги талаб ва ишлаб чикарувчиларшшг манфаат-лари асосида аникланади

3 Истеъмолчини жало этиш учун кураш Йук; Кураш мавжуд булади ва товар хужалнгннинг ривожланншн бплан кучаяди

4 Пшлаб чикарнлган махсулотнинг истеъмол килнш даражасн Барча пшлаб чикарилган махсулот тулнк истеъмол килннади Бнр кием махсулот ва унинг айрим турларн сотилмасдан колади

5 Пиши кучннинг пшлаб чикариш жараёнида ишти-рокн тамойнллари Ишлаб чикариш жараёнида факдт уз шпчи кучи ёки оила аъзоларининг ишчн кучидан фойдаланпладн Ишлаб чикариш жараённда асосан ёлланма шпчи кучидан фойдаланилади

б Мехнатнннг ИЖТИМ01Ш таксимоти Йук Ижтнмопй мехнат таксимоти тизими яхши ривожлаиган. Ишлаб чикариш алохпдалашган холда амалга ошир1шади

7 Пшлаб чикариш ва истеъмол 5фтас11дагн алокадорлнк Бевоснта Ишлаб чикариш ва истеъмол уртаепдагн ал ока бозор бплан военталанган

Tovar xо'jaligi ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar о'rtasidagi munosabatlarning о'ziga xos usuli bо'lib, и uzoq yillar davomida natural хо^аНк negizida vujudga keldi. Natural xо'jalikdan tovar xо'jaligiga о'tishning asosiy sabaЫari:

Birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida mulkning paydo bо'lishi, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilarning alohidalashuvi va ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi bozor ishlab chiqaruvchilari о'rtasida mahsulotni ayirboshlash zaruriyatini taqozo etdi.

Ixtisoslashuv mehnat unumdorligining о'sishiga olib кеШ^ tovarni ayirboshlash nafaqat zaruriy, balki foydali ham bо'lib qoldi. Vaqtni tejash qonuni va moddiy ^и^к^п samarali foydalanish, xususiy mulkni kо'paytirish tovar xо'jaligi rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Ayirboshlash

jarayoniga jalb etilgan ishlab chiqaruvchilar bozor orqali bir-birlariga tobora ko'proq bog'liq bo'lib qoldilar.

Rivojlanishining dastlabki davrlarda, jamoalar, katta yer maydonlariga ega quldorlar - feodal va dehqon xo'jaliklari o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar o'rnatilishiga yordam berib, tovar xo'jaligi ishlab chiqarishning rivojlanishiga qo'shimcha, ilgari mavjud bo'lmagan, natural xo'jalikka xos bo'lmagan imkoniyatlarni ochdi.

Tovar xo'jaligi vujudga kelishi va rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari va shart - sharoitlari quyidagilarga asoslanadi:

1. Mehnatning ijtimoiy taqsimoti. Ijtimoiy mehnat taqsimoti - bu har xil mehnat turlarining (ishlab chiqarishning) birgalikda mavjud bo'lishidir: qishloq xo'jaligidan (dehqonchilikdan) ajralib chiqadi, uning asosida sanoat shakllanadi. Sanoat, o'z navbatida, turli tarmoqlar va ishlab chiqarishlarga bo'linadi: oziq-ovqat, to'qimachilik, mashinasozlik va boshqalar. Ular o'rtasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tovar shaklida almashtiriladi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarning qandaydir ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini anglatadi. Ixtisoslashuv mehnat unumdorligining o'sishi uchun sharoit yaratib, kam muqobil qiymatli mahsulot ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi.

2. Tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy alohidalashuvi xususiy mulkning shakllanishi. Iqtisodiy alohidalashuv ishlab chiqaruvchi tomonidan o'z xo'jalik faoliyati bo'yicha mustaqil qarorlar qabul qilinishini anglatadi.

Aynan ushbu ikki holat tovar ishlab chiqarishning zarurligini va bozorning vujudga kelishi shart-sharoitlarini taqozo etdi. Mehnat mahsuloti bozorda tovarga ayirboshlash yoki sotish predmetiga aylanadi, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.

Tovar xo'jaligini yurishning ikki shakli farqlanadi: oddiy va rivojlangan. Oddiy tovar ishlab chiqarish - bu hunarmandlar va dehqonlarning xo'jaligidir. U shaxsiy mehnatga asoslanib, bozor bilan aloqalar ishlab chiqarilgan mahsulotning ortiqcha qismini sotish orqali amalga oshiriladi. Kapitalistik tovar xo'jaligi yollanma mehnatga asoslanadi va bozor bilan to'liq bog'langan bo'ladi. Ularni xo'jalik faoliyatining moddiy sharoitlariga xususiy mulkchilik birlashtiradi.

Shu tariqa tovar xo'jaligi, yagona bo'lmasada, ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning yetakchi shakli hisoblanadi va bozor vositasida bog'liq bo'lgan, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatini namoyon etadi. Aksariyat holatlarda ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasidagi aloqalar bozor bilan bog'lanib, natural xo'jalik kam va cheklangan xarakterga ega bo'ladi. Bunday sharoitlarda alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqaruvchi vositalarning mulkdori sifatida, o'zini xavf- xatarga qo'ygan holda, o'z tavakkalchiligi va mulkiy javobgarligi asosida, xo'jalik qarorlarini mustaqil q abul qiladilar. Tovar ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotning eng muhim uchta savollarini mustaqil hal qiladi. Bozordagi keskin raqobat sharoitida ularning xo'jalik faoliyati shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mc Connell, Bruc. Economics. 19th edition. Mcgraw-hiMrvin, USA,2014

2. N. Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA 2014.

3. Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19th edition. McCraw-Hill Companies. USA. 2009

4. Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. - T.: "Barkamol fayz media" 2017. - 783 - bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.