Научная статья на тему 'NATIJAGA YO`NALTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMINI JORIY ETISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI'

NATIJAGA YO`NALTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMINI JORIY ETISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
давлат бошқаруви / ислоҳот / ихчам бошқарув / рақобатбардошлик / рақамли ҳукумат / “Самарали давлат

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Hamroyev Murodjon Jalolovich

жаҳон иқтисодиётида глобаллашув жараёнларининг тобора чуқурлашиб бориши, замонавий технология, товар ва хомашё ҳамда молиявий ресурслар бозорларида рақобатнинг янада кескинлашуви, табиийки, давлат бошқаруви тизимини такомиллаштириш, хусусан, давлатнинг иқтисодиётга аралашуви масаласида самарали ислоҳотларни амалга оширишни тақозо этади. Ушбу мақолада ана шу жиҳатлар ёритиб берилган.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NATIJAGA YO`NALTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMINI JORIY ETISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

NATIJAGA YO NALTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMINI JORIY ETISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH

ISTIQBOLLARI

Hamroyev Murodjon Jalolovich

https://doi.org/10.5281/zenodo.12177586

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 20- June 2024 yil

KEY WORDS

daeAam öom^apyeu, ucAo^om, uxnaM ôom^apye,

pa^oöamöapdowAUK, pa^aMAU xyxyMam, "CaMapaAU daeAam

MayoH u^mucoduëmuda BAoôaAAamye

MapaëHAapuHUHe moôopa ny^ypAamuô ôopumu, 3aM0Haeuu mexHOAoeun, moeap ea xoMamë yaMda MOAuneuu pecypcAap 6o3opAapuda pa^oôamHuHe AHada KecKuHAamyeu, maôuuuxu, daeAam ôom^apyeu mu3uMuHu maKOMuAAammupum, xycycaH,

daeAamHuHe u^mucoduëmea apaAamyeu MacaAacuda caMapaAu ucAo^omAapHu aMaAea omupumHu ma^o3o эmaдu. ymôy Ma^oAada aHa my wuyamAap ëpumuô ôepuAeaH.

Shiddat bilan o'zgarayotgan zamon talabi, yangi zamonaviy texnologiyalarning tez o'zgarishi va takomillashib borishi rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqaruvning eng samarador va natijador usullarini qo'llashni, zamon talablariga tez moslashuvchanlikni talab qiladi.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, umuman, davlatni rivojlantirish mavjud resurslardan oqilona foydalanish, tejamkor texnologiyalarni qo'llash, boshqaruvning samaradorligini oshirish kabi bir qancha talablarni namoyon qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan -2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar natijaga yo'naltirilgan boshqaruvsi. Yangi O'zbekistonni qurish asoslarini belgilab berdi. Harakatlar natijaga yo'naltirilgan boshqaruvsida mamlakatni rivojlantirishning barcha jabhalari va sohalari qamrab olindi, 2017-2021 yillar Davlat dasturlarida ushbu yo'nalishlar kengaytirilgan holda o'z aksini topdi.

Shu nuqtai nazardan aytish joizki, —2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar natijaga yo'naltirilgan boshqaruvsi|| va uni amalga oshirishga doir qabul qilingan Davlat dasturlari mamlakatni rivojlantirish bo'yicha aniq maqsadlarni belgilab berdi. Natijada ushbu yondashuvni har bir tarmoq, har bir hudud misolida ham ko'rishimiz mumkin. Ya'ni tarmoqlar, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan uzoq va qisqa muddatli aniq dasturlarning qabul qilinishi boshqaruvda aniqlik va natijaga yo'nalganlikni belgilab berdi.

Bozor iqtisodiyotiga yo'naltirilgan yangi iqtisodiy mexanizmlarning shakllanishi sharoitida korxonalar, tashkilotlar va firmalar bozor qonunlari va talablari bilan hisoblashgan holda, ishlab chiqarish faoliyatining barcha usullarini o'zgaruvchan vaziyatga moslashtirib,

yangi iqtisodiy xulq-atvorni o'zlashtirib, yangicha ishlash zaruriyatiga duch keladilar. Shu munosabat bilan korxona faoliyatining yakuniy natijalariga har bir xodimning hissasi ortadi. Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, korxonalar uchun asosiy vazifalardan biri - bu mehnatni boshqarishning samarali usullarini izlash, inson omilining faollashuvini ta'minlash.

Yaponiya —Kayzen|| doimiy takomillashtirish falsafasi boshbiaruvdagi mavjud muammolarni hal qilish usullaridan biri sifatida qaralishi mumkin.

-Kayzeny konsepsiyasi ishlab chiqarish tizimi va yetakchilikni doimiy takomillashtirishdan iborat.

—Kayzeny o'z-o'zini takomillashtiradi va uni individual holatlar, qolaversa butun korporativ tizimni takomillashtirish uchun ham ishlatish mumkin.

Iqtisodiy rivojlanish innovatsiyalarni joriy etish orqali amalga oshirilayotganiga qaramay, ushbu jarayonning o'tgan asrdagi sekinlik bilan kechishi uni to'liq sinab ko'rishga imkon bermadi. Postindustrial davridagi jadal iqtisodiy rivojlanish sifat jihatdan yangi xususiyatlarga ega bo'ldi: innovatsion jarayonlar taraqqiyot shartiga aylandi; innovatsiyalar ishlab chiqarishning yetakchi omiliga aylanmoqda; o'zgarishlar tezligi oshmoqda. Innovatsion faoliyat asosiy faoliyat maqomiga da'vogarlik qilmoqda va korxonaning natijaga yo'naltirilgan rivojlanishi uchun zarur shartidir.

Bugungi sharoit xodimlar manfaati va huquqlarini himoya qilish, moddiy rag'batlantirish mexanizmlarini tubdan yangilash, ularning burch va majburiyatlarini bajarishlari bo'yicha mas'uliyatini oshirish, yuqori foyda bilan ishlashga undovchi omillarni kuchaytirishni talab etmoqda. Bularning barchasi, sub'ektlarning yuqori malakali, mas'uliyatli va ta'minlanganligiga bog'liq.

Buning uchun ta'lim tizimi, ayniqsa, barcha sohaga bo'lajak kadrlarni tayyorlashning tayanchi bo'lgan oliy o'quv yurtlari faoliyatini takomillashtirish, ta'lim xizmatlari sifatini jahon andozalari masalalariga alohida e'tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, respublikamiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlarda to'plangan ilg'or tajribani atroflicha o'rganish, chuqur tahlil qilish, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini mutlaqo yangilash lozim bo'lmoqda. Chunki bu jarayon muntazamlik va davomiylikni talab etadi.

Hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirib borishga katta ahamiyat qaratiladi. Bu borada ayniqsa, Yaponiya, AQSh va Yevropa mamlakatlarida boshqaruv sohasida kadrlar tayyorlash borasida to'plangan juda katta tajribani o'rganish asosida o'zimizni qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni va xalqimiz mintalitetini hisobga olgan holda ularni joriy etish ahamiyatli bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasida oxirgi besh yilda boshqaruvda natijadorlikni oshirish maqsadida keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda. Avvalo samarali boshqaruvning institutsional asoslari yaratildi, davlat boshqaruvi organlarida optimallashtirish jarayonlari amalga oshirildi, O'zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi, davlat boshqaruvi tizimiga ishga qabul qilishning shaffof va raqobatga asoslangan tizimi yo'lga qo'yildi, KPI tizimini joriy etish orqali davlat xizmatchilari o'rtasida sog'lom raqobat hosil bo'ldi, pirovard natijada aholiga davlat xizmatlarini ko'rsatish sifati yaxshilanib bormoqda.

shubhasiz, xo'jalik yurituvchi yetuk kadrlar bilan qay darajada

zamon talablari asosida yanada darajasida ta'minlash

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

O'zbekiston Respublikasida boshqaruv samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarga ham to'xtaldik. Albatta, islohotlar o'z natijasini ham ko'rsatmoqda. Xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash bo'yicha Respublika Kengashining ma'lumotlariga ko'ra Jahon bankining Statistik salohiyat indeksida O'zbekiston 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 16 pog'onaga ko'tarilib, 146 ta mamlakat orasida 61-o'rinni egallagan bo'lsa, Jahon mamlakatlari demoqratiyasi indeksida mamlakatimizning o'rni 2020 yilda 2 pog'onaga yuqorilab, 167 ta mamlakat ichida 155-o'rinni egallagan. Global innovatsion indeksda O'zbekiston jami 100 balldan 24,54 ball bilan 2015 yilga nisbatan o'z o'rnini 29 pog'onaga yaxshilab, 131 ta mamlakat orasida 93-o'rinni, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida esa 4-o'rinni qayd etdi.

Jahon bankining —Ayollar, biznes va qonun indeksi||da O'zbekiston xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritilib, 70,6 ball bilan 5 pog'onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasidan 134-o'rinni (2019 yilda - 139-o'rin) egallagan. Bu kabi ijobiy natijalarni boshqa Xalqaro reytinglar va indekslarda ham kuzatishimiz mumkin. Albatta, Xalqaro reytinglar va indekslarda mamlakatning o'z pozitsiyalarini yaxshilab borishi mazkur davlatda olib borilayotgan to'g'ri ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning natijasi sifatida qaraladi. Qolaversa, yildan-yilga reyinglarning yaxshilanib borishi, dunyo hamjamiyatining mamlakatga ijobiy qiziqishini oshib borishiga xizmat qiladi.

Davlat boshqaruvi sifati global in- dekslarda aks etadi. Har bir tashkilot tomonidan kullaniladigan baxolash usul- larining xilma-xilligiga qaramay, Qonun ustuvorligi indeksi (Rule of Law Index), Kor- rupsiyani kabul qilish indeksi (Corruption Perception Index), BMTning Elektron hukumat- ni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index), Butunjaxon iqtisodiy forumining Global rakobatbardoshlik in- deksi (Global Competitiveness Index) aloxida e'tiborga loyik. 1-jadval

Davlat boshqaruvi organlari soni va mamlakatning global indekslar va reytinglarda

urni urtasidagi borliklik

Davlat boshqaruvida ayrim korsatkichlar Davlatlar nomi

AQSH Belarus Birlashgan arab amirliklari Buyuk Britaniya Vengriya Germaniya Janubiy Koreya Ozarbayjon Qozogiston Singapur Turkiya a o t si ik e b z < o

Vazirliklar soni 15 24 17 23 8 14 18 17 17 16 17 21

Global raqobatbardoshlik indeksi 4 58 25 10 37 14 27 55 62 2 81 -

Boshqaruv sifati indikatorlari: Hukumat samaradorligi va tartibga solish sifati 25 147 22 28 51 26 19 72 79 1 97 105

Qonun ustuvorligi indeksi 26 99 37 15 73 6 19 103 65 17 116 78

Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksi 41 34 85 11 21 6 27 50 65 60 71 77

Global iqtisodiy makonning samarali ishtirokchisiga aylanishni niyat qilgan O'zbekistonda keyingi 3-4 yil ichida global reytinglar va indekslarda o'zmunosib ur- niga ega bulish maqsadida kator qarorlar va dasturlar kabul qilinib, samarali natija- larga erishib kelinmoqda.

Davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, natijaga yunaltirilgan davlat apparatini shakllantirish maqsadida, samarali ma'muriy isloxotlarni amalga oshirish shunchaki abstrakt jarayon bulmay, u anik va tegishli indikatorlar orqali baxo- lanadigan harakatlar majmuidir.

Kuyidagi jadvalda dunyoning kator mam- lakatlarida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, xususan, vazirliklar, davlat regulyativ funksiyalari va davlat xizmatchilari sonining kiskarishi davlat boshqaruvi, anikroFi, samarali davlat tizi- mining shakllanishiga kanday bog'liqligini kurish mumkin.

Masalan, Belarus Respublikasida vazirliklar soni 24 ta bulgan bir vaqtda, Global rakobatbardoshlik indeksi buyicha 58-o"rinda, Boshqaruv sifati indikatorla- ri buyicha 147-o'rinda, huquq ustuvorligi indeksi buyicha esa, 99-o"rinda. Ammo bor yuri 16 ta vazirlikka ega bulgan Singapur mazkur indekslarda, mos ravishda, 2-o"rin- da, 1-o"rinda va 17-o"rinda. Shunday taxlilni Turkiya va Uzbekistan davlatlari misolida ham kurish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократии Узбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Узбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимга багишланган Олий Мажлис палаталарининг кушма мажлисдаги нутк;. - Т.: Узбекистон, 2016. - 26 б.

2. Кучкоров В. Глобаллашув жараёнида рах,барнинг маънавий киёфаси. // "Бошкарувнинг ижтимоий--психологик жих,атларини урганишда замонавий тад;и;от усуллари" мавзуидаги илмий-амалий конференция материаллари. - Т., 2016. - 16 б.

3. Узбекистон миллий энциклопедияси. 4-т. - Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2003. - 20 б.

4. Миронов Е.А. Диалектика взаимодействия: сотрудничество и конфликт. Вестник СПбГУ. Сер. 16. 2012. Вып. 3.

5. Черепанова Е.С. Философия конфликта. - Екатеринбург: Уральский университет, 2016. - С. 74.

6. Ашуров М. Жамоада низоли вазиятларни бош;ариш ва унинг ижтимоий ривожланишини таъминлашда рах,барнинг роли. // "Бошкарувнинг ижтимоий-психологик жих,атларини урганишда замонавий тад;и;от усуллари" мавзуидаги илмий-амалий конференция материаллари. - Т., 2016. - 164 б.

7. Хожиев Э.Т., Исмаилова Г.С., Рахимова М.А. Давлат хизмати. - Т.: Baktriya press, 2015. -9 б. хизмати тугрисида"ги Конуни. Конунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.08.2022 й., 03/22/788/0723-сон.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.