Научная статья на тему 'XALQARO REYTING VA INDEKSLARNI YAXSHILASHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISHNING O‘ZA XOS XUSUSIYATLARI'

XALQARO REYTING VA INDEKSLARNI YAXSHILASHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISHNING O‘ZA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
44
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Xalqoro reyting. Investitsion muhit jozibadorligi. Koreya va Gruziya tajribalari. Reyting ballari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tillayeva Muhayyo Abdumutalibjon Qizi, Dilshodov Akbarmirzo

Bugun Oʻzbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal surʼatlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan eʼtirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa oʻz-oʻzdan boʻlmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi oʻzgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan koʻtarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu borada mamlakatimizda reytinglar boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada soʻnggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yoʻnalishning ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yoʻnaltirilgan faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozimligi qayd etish darkor.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO REYTING VA INDEKSLARNI YAXSHILASHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISHNING O‘ZA XOS XUSUSIYATLARI»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

XALQARO REYTING VA INDEKSLARNI YAXSHILASHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISHNING O'ZA XOS

XUSUSIYATLARI 1Tillayeva Muhayyo Abdumutalibjon qizi, 2Dilshodov Akbarmirzo

1Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrobiznes va marketing kafedrasi

assistenti

2Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti Turizm yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10144296

Annotatsiya. Bugun O'zbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal sur'atlarda rivojlanayotgan mamlakat - bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan e 'tirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa o'z-o'zdan bo'lmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi o'zgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan ko'tarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu borada mamlakatimizda reytinglar bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada so'nggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yo'nalishning ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yo'naltirilgan faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozimligi qayd etish darkor.

Kalit so'zlar: Xalqoro reyting. Investitsion muhit jozibadorligi. Koreya va Gruziya tajribalari. Reyting ballari.

Аннотация. Сегодня Узбекистан является быстро развивающейся страной региона во всех сферах - это признание международных экспертов. Развитие и прогресс не происходят сами по себе. Нет сомнений в том, что нынешние изменения и достижения, наблюдаемые в экономике и социальной жизни, являются продуктом комплексных мер, принимаемых главой страны, и напряженной работы руководителей. В этой связи следует отметить, что в нашей стране ведется планомерная работа по рейтингам и за последние годы в этой области принято около 10 нормативных правовых документов, но, учитывая важность этого направления, необходимо существенно улучшить деятельность парламента, направленную на эти цели.

Ключевые слова: Международный рейтинг. Привлекательность инвестиционной среды. Корейский и грузинский опыт. Рейтинговые баллы.

Abstract. Today, Uzbekistan is a rapidly developing country in the region in all areas - this is the recognition expressed by international experts. Development andprogress do not happen by themselves. There is no doubt that the current changes and achievements observed in the economy and social life are the result of comprehensive measures taken by the head of the country and the hard work of the executives. In this regard, it should be noted that systematic work on ratings is being carried out in our country and about 10 normative legal documents have been adopted in this field in recent years, but taking into account the importance of this direction, it is necessary to significantly improve the activities of the parliament aimed at these goals.

Keywords: International rating. Attractiveness of the investment environment.

Korean and Georgian experiences. Rating points.Davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida"gi Farmoni ana shu sa'y-harakatlarni yangi pog'onaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

KOREYA

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Koreya Respublikasida 1960 yilda ilm-fan, texnika sohasi ancha og'ir ahvolda edi. Ilmiy -tadqiqot faoliyati bilan 5000 ta tadqiqotchi va 2 ta ilmiy institut shug'ullangan. Hukumat tomonidan 1962 yilda qabul qilingan birinchi besh yillik iqtisodiy rejalar dasturi sanoat strategyasining asosiy siyosiy vositasi bo'ldi hamda 1963 yilda ilmiy-tadqiqot ishlari uchun 9,5 mln. dollar mablag' sarflandi.

Mamlakat texnologiyalarni sotib olishda uzoq muddatli xalqaro kreditlardan foydalandi va ichki imkoniyatlarni rivojlantirish uchun yangi texnologiyalarni o'zlashtirish va takomillashtirish siyosati olib borildi.

Koreyaga 1962 yildan 1971 yilgacha xorijiy investitsiyalar oqimi 264 mln. dollarni, asosiy vositalar importi esa 2,9 mlrd. dollarni tashkil etdi. Hukumat tomonidan «Fan va texnologiyalarni rivojlantirish to'g'risida»gi va ««Ilmiy ta'lim to'g'risida»gi qonunlar ishlab chiqilishi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning huquqiy asosi sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Qolaversa, Koreyaning fan va texnologiya siyosati xorijiy tajribalarni o'rganishga hamda ilmiy-tadqiqot ishlari va inson resurslarini rivojlantirish uchun infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan edi.

Bugungi kunga kelib Koreya Respublikasi turli xalqaro reyting va indekslarda yuqori pog'onalarni egallab turadi. Jumladan, Jahon bankining "Doing Business" indeksi bo'yicha 190 ta davlat orasida Koreya 5chi o'rinni egallagan. 2021 yilgi «Global innovatsiyalar indeksi»da esa Koreya dunyoda 5chi va Osiyoda 1-o'rinni zabt etmoqda.

GRUZIYA

Gruziya «iqtisodiy» muvaffaqiyati tarixi. Gruziya xalqaro reyting va indekslarda oxirgi 15 yillik davr ichida eng jadal va barqaror rivojlangan davlatlardan biri bo'ldi. Uning muvaffaqiyat sari bosgan yo'li ko'p davlatlar uchun namuna bo'lib xizmat qilishi mumkin. Hukumat o'ziga shu darajada katta islohotlar va o'zgarishlar mas'uliyatini oldiki, avvalida xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bularning ilojsizligini yoki o'ta qiyinligini ko'p ta'kidlashdi. Ammo qisqa fursat ichida amalga oshirilgan keng ko'lamli va tizimli islohotlar o'z natijalarini berdi va xalqaro hamjamiyatda yuqori baholandi.

Ushbu yo'ldagi islohotlar ijtimoiy va iqtisodiy hayotning barcha sohalarini qamrab oldi: infratuzilma, sog'liqni saqlash, suv ta'minoti, tabiiy resurslar, ta'lim, mudofaa, politsiya, qishloq xo'jaligi, turizm, bank, xalqaro savdo, qamoqda saqlash, transport tubdan isloh qilindi.

Gruziya 2006 yillarda Jahon bankining "Doing Business" indeksida 181 davlat orasida o'rindan 100-o'rinni egallagan edi. Ammo oradan bir yil o'tib 67 pog'onaga ko'tarilib, 37-o'ringa chiqdi, eng muvaffaqiyatli islohotchi mamlakat sifatida tan olindi. Buning ortidan yana davomli islohotlar natijasida 2020 yil indeksida Gruziya biznes yuritish qulayligi bo'yicha 190 iqtisodiyot orasida 83.7 ko'rsatkich bilan 7-o'rinni egalladi. Yangi biznes ochish bo'yicha Gruziya jahonda ikkinchi, mulkni ro'yxatga olish qulayligi bo'yicha beshinchi o'rinlarni egallab keladi.

Mamlakatda yangi biznesni ro'yxatdan o'tkazish uchun o'rtacha 17 daqiqa kifoya qiladi. "Transparency International" tashkilotining «Korrupsiyani idrok qilish indeksi»da (Corruption Perception Index) ham Gruziya misli ko'rilmagan yutuqlarni ko'rsatdi. Gruziya 2004 yildagi 134-o'rindan 2021 yilda 45-o'ringa ko'tarilib, hatto Yevropa Ittifoqining ayrim rivojlangan mamlakatlarini ortda qoldirdi. So'nggi 15 yil mobaynida real yillik iqtisodiy o'sish o'rtacha 7 foizni tashkil etdi va korrupsiya shu qadar pasayib ketdiki, Gruziya xalqaro davlat boshqaruvi ko'rsatkichlari bo'yicha ba'zi rivojlangan mamlakatlarni ortda qoldirdi.

2004 yilgacha Gruziya soliq tizimi qoloq va samarasiz edi: 20 dan ortiq turdagi soliqlar, yuqori soliq stavkalari, past yig'imlar. Yangi moliyaviy siyosat beshta asosiy maqsadga asoslangan edi:

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

• Gruziyani biznes uchun jozibador qilish;

• soliq yig'ish tizimini yanada samarali va oshkora qilish, soliq to'lashdan bo'yin tovlashni qiyinlashtirish;

• soliqlar sonini kamaytirish va stavkalarini pasaytirish orqali soliq kodeksini erkinlashtirish va soddalashtirish;

• ikki tomonlama soliqqa tortishdan saqlanish maqsadida imkon qadar ko'proq davlatlar bilan shartnomalar imzolash;

• soliq to'lovchilarning aksariyat qismini qamrab oladigan soliq amnistiyasini amalga oshirish.

2004 yildan beri har yili Gruziya davomli va tizimli ravishda soliqlar turi va sonini kamaytirdi, soliq stavkalarini pasaytirdi va soliq qonunchiligini soddalashtirdi.

Soliqlar 2004 yilda 21 tadan 2005 yilda 7 taga, 2007 yilda esa jami 6 taga tushdi. Soliq stavkalarining pasayishi davlat daromadlarining oshishiga olib keldi. Natijalar tez namoyon bo'lgani sababli, jamoatchilik islohotlarni qadrlay boshladi.

O'tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020-yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o'rni sezilarli darajada o'sdi. Xususan "Fitch Ratings" va "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentliklarining bahosiga ko'ra 2019-yilda mamlakatning suveren kredit reytingi "BB-" barqaror darajada saqlanib qolmoqda.

O'zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilashda olib borilgan keng ko'lamli islohotlar natijalaridan ayrimlarini quyida ko'rib o'tsak, ro'yxat Ochiq ma'lumotlar inventarizatsiyasi hisoboti, Global yumshoq kuch indeksi, Elektron hukumat rivojlanish indeksi, Integratsiyalashgan pochta rivojlanish indeksi, Global innovatsion indeks, Global Internet tezligi indeksi, Inklyuziv internet indeksi, AKTni tartibga solish ko'rsatkichi, Davlat texnologiyalarining yetuklik indeksi, Hukumatning Sun'iy intellektga tayyorlik indeksi, Kengpolosali optik tarmoq tezligi, Inson taraqqiyoti indeksi, Legatum Farovonlik indeksi kabi indekslardagi O'zbekiston o'rni va ko'rsatgichlari taqdim etilgan.

Reyting/indeks nomi Baholanadi gan davlatlar soni (oxirgi hisobotda) Baholashda O'zbekiston ning mavjudligi / o'rni Reytingdagi ballari Reytingdagi qo'shimcha ko'rsatgichlar va ko'rsatgichlar bo'yicha o'rinlar

2022-2023-yillar

Open Data Inventory Report (ODIN) (Ochiq ma'lumotlar inventarizats iyas i hisoboti) 192 37 67 Qoplam - 58 Ochiqlik - 74

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Global Soft Power Tanishganlik - 3.5

Index (Global 121 101 35.0 Obro'-e'tibor - 5.5

yumshoq kuch Ta'sir - 3.4

indeksi)

E-Government E-ishtirok indeksi

development 193 69 0.7265 - 55 o'rinda

index (Elektron

hukumat rivojlanish

indeksi)

Integrated Index for Ishonchlilik - 15.8

Postal 172 114 17.7 Ko'lam - 14.16

Development (Integr Dolzarblik -

atsiyalashgan pochta 2.4 Chidamlilik -

rivojlanish indeksi) 34.9

Global Innovation Institutlar -

Index 132 82 25.3 63 o'rinda

(Global innovatsion Inson kapitali va

indeks) tadqiqot - 65 o'rinda

Infrastruktura -

74 o'rinda

Bozor

takomillashuvi -

60 o'rinda

Biznes

takomillashuvi -

74 o'rinda

Bilim va texnologiya

ko'rsatgichlari -

80 o'rinda

Ijodiy natijalar -

102 o'rinda

Speedtest Global Yuklab olish -

Index (Global soniyaga 41.54

Internet tezligi 180 112 17.84 mb Yuklash -

indeksi) 91 47.46 soniyaga

Mobil 10.42 mb

Keng palasali Latentlik - 28ms

Yuklab olish -

soniyaga 79 mb

Yuklash - soniyaga

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

34.92 mb Latentlik - 9ms

The inclusive internet index (Inklyuziv internet indeksi) 120 61 Mavjudligi - 55-o'rin Arzonligi -85chi o'rin Dolzarbligi -54chi o'rin Tayyorligi - 50 chi o'rin

ICT Regulatory Tracker (AKTni tartibga solish ko'rsatkichi) 193 185 16.80 Normativ vakolat -6.50 Raqobat asoslari - 6.33

GovTech Maturity Index (Davlat texnologiyalarining yetuklik indeksi) 198 43 CGSI -0.794 PSDI - 0.951 DCEI -0.545 GTEI -0.965 Hukumatning asosiy tizimlari indeksi (CGSI) - 47-o'rin Davlat xizmatlarini ko'rsatish indeksi (PSDI) - 23-o'rin Fuqarolarning raqamli ishtiroki indeksi (DCEI) - 82-o'rin GovTech Enablers i ndeksi (GTEI) - 4-o'rin

Government Artificial Intelligence Readiness Index (Hukumatning Sun'iy intellektga tayyorlik indeksi) 160 79 44.51 Hukumat ustuni -49.90 Texnologiya ustuni - 24.45 Ma'lumotlar bazalari va infrastruktura ustuni - 59.17

Cable.co.uk: Worldwide broadband speed (Kengpolosali optik tarmoq tezligi) 224 155 O'rtacha yuklash tezligi -soniyasiga 9.65 MB 5Gblik kinoni yuklash vaqti - 1 soat, 10 daqiqa, 45 soniya

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Human Development Index (Inson taraqqiyoti indeksi) 191 101 0.727 O'rtacha umr ko'rish - 70.5 yosh O'qiladigan maktab yillari - 12.48 Aholi jon boshiga YaIM daromadi -1960 dollar

Legatum Prosperity Index (Legatum Farovonlik indeksi) 167 100 Tinchlik va xavfsizlik - 53-o'rin Shaxsiy erkinlik -147-o'rin Hukumat -123-o'rin Ijtimoiy kapital - 46-o'rin Investitsiya muhiti - 107-o'rin Korxonalarga sharoitlar - 121-o'rin Infratuzilma va bozorga kirish - 104-o'rin Iqtisodiy sifat - 79-o'rin Yashash sharoitlari - 103-o'rin Sog'liqni saqlash -49-o'rin Ta'lim - 73-o'rin Tabiat muhiti - 162-o'rin

Jahon banki "Biznes yuritish 2020" yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) so'nggi bir yilda O'zbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan to'rtta islohotni amalga oshirgani to'g'risidagi axborotni tarqatdi. Shuningdek, 2019-yilda O'zbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-o'rinni egallab, 7 pog'onaga ko'tarildi.

2019-yilning sentyabr oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018-yil uchun e'lon qilgan hisobotida O'zbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini ma'lum bo'ldi. Xususan, "Korrupsiyani nazorat qilish" indeksida 1 pog'onaga, "Hukumat samaradorligi" indeksida 3 pog'onaga, "Normativ sifat" indeksida 7 pog'onaga, "Qonun ustuvorligi" indeksida 4 pog'onaga, "So'z erkinligi va hisobdorlik" indeksida 5 pog'onaga ko'tarildi.

Ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori baholangan har qanday xalqaro reytinglar samarasi sifatida ishbilarmonlardan tortib dunyo aholisi barcha qatlamining e'tibori shu mamlakatga qaratiladi:

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

investitsion muhit, turizm, xizmat ko'rsatish sohasi rivojlanadi, buning natijasida aholining turmush darajasi va farovonligi yaxshilanadi, aholining va investorlarning xavfsizligi ta'minlanadi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi, bosib o'tgan yo'li, iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash yo'lida mamlakatning investitsion muhitni sog'lomlashtirish borasida qabul qilgan qonunlari, ishlab chiqqan qarorlarini o'rganish, investitsiyalarni kengroq jalb etish bo'yicha ishlab chiqqan usul va uslublarining kerakli jihatlarini O'zbekiston sharoitiga tatbiq etish muhim masalalardan hisoblanadi. Zero, to'plangan tajribalarni mamlakatning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tatbiq etilishi, tavakkalchilikni pasaytirishga, mavhumlikni oldi olinishiga xizmat qiladi. Bu orqali esa ko'zlangan aniq maqsadlarga erishish mamlakatni har tomonli yuqori o'rinlarda ko'rishga erishish mukin. Oddiy aholi vakillaridan tortib, ziyoli, xizmatchi va yuqori darajali davlat xodimlari O'zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash uchun harakat qilmog'i zarur. Xususan, buning smarasi kelajak avlod, yurt taraqqiyotining gurkirab yashnashi uchun xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Dilshod Ibrohimov, «Muloqot» jamoat birlashmasi ijrochi direktori https://uza. uz/posts/354843.

2. Xalq so'zi gazetasi. 09 Noyabr 2020

3. [infb@miit.uz

4. Bmiit@exat.uz

5. Lex.uz

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.