Научная статья на тему '“NASOYIM UL-MUHABBAT”DA AHMAD YASSAVIY ZIKRI'

“NASOYIM UL-MUHABBAT”DA AHMAD YASSAVIY ZIKRI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1204
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasavvuf / shayx / shayx ul-mashoyix / zikr / tazkira / murshid / murid / musohib. / mysticism / shaykh / shaykh ul-mashoyykh / zikr / tazkira / murshid / murid / interviewer.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Saydullayeva, D.I.

Mazkur maqolada tazkirachilik tarixi va ta’rifi, Alisher navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasining o‘ziga xosligi, unda zikr etilgan shayxlar qatorida Xoja Ahmad Yassaviyning o‘rni haqida so‘z boradi. Xoja Ahmad Yassaviy haqidagi zikrlar tazkiraning bir necha o‘rinlarida uchrashi, jumladan, ul zotning ustozlari, muridlari, qarindoshlari haqida ma’lumot berilayotganda, shayx ul-mashoyixning nomi zikr etilishi Hazrat Navoiyning Ahmad Yassaviyga bo‘lgan ulkan ehtiromi o‘laroq xulosalangan. Shuningdek, mazkur ilmiy maqolada Ahmad Yassaviy hayoti va ijodiga doir tadqiqotlardan fikr-mulohazalar ham keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MENTION OF AHMAD YASSAVI IN "NASAYIM UL-MUHABBAT".

This article talks about the history and definition of tazkirism, the uniqueness of Alisher Navoi's "Nasayim ul-Muhabbat" tazkir, and the place of Khoja Ahmed Yassavi among the sheikhs mentioned in it. The mention of Khwaja Ahmad Yassavi in several places of the tazkira, including the mention of Sheikh ul-Mashayikh's name when giving information about his teachers, murids, and relatives, is concluded as Hazrat Nawai's great respect for Ahmad Yassavi. Also, in this scientific article, comments from studies on the life and work of Ahmed Yassavi are presented.

Текст научной работы на тему «“NASOYIM UL-MUHABBAT”DA AHMAD YASSAVIY ZIKRI»

от

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

"NASOYIM UL-MUHABBAT"DA AHMAD YASSAVIY ZIKRI

Saydullayeva D.I.

Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti magistranti (Samarqand, O'zbekiston)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tazkirachilik tarixi va ta 'rifi, Alisher navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" tazkirasining o'ziga xosligi, unda zikr etilgan shayxlar qatorida Xoja Ahmad Yassaviyning o'rni haqida so'z boradi. Xoja Ahmad Yassaviy haqidagi zikrlar tazkiraning bir necha o 'rinlarida uchrashi, jumladan, ul zotning ustozlari, muridlari, qarindoshlari haqida ma'lumot berilayotganda, shayx ul-mashoyixning nomi zikr etilishi Hazrat Navoiyning Ahmad Yassaviyga bo'lgan ulkan ehtiromi o'laroq xulosalangan. Shuningdek, mazkur ilmiy maqolada Ahmad Yassaviy hayoti va ijodiga doir tadqiqotlardan fikr-mulohazalar ham keltirilgan.

Kalit so'zlar: tasavvuf, shayx, shayx ul-mashoyix, zikr, tazkira, murshid, murid, musohib.

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится об истории и определении тазкиризма, уникальности тазкира «Насаим уль-Мухаббат» Алишера Навои, Ходжи Ахмеда Ясави среди упомянутых в нем шейхов. Упоминание Ходжи Ахмада Яссави в нескольких местах тазкиры, в том числе упоминание имени Шейха уль-Машайиха при даче сведений о его учителях, мюридах и родственниках, делается выводом о большом уважении Хазрата Наваи к Ахмаду Яссави. Также в данной научной статье представлены комментарии из исследований о жизни и творчестве Ахмеда Яссави.

Ключевые слова: мистицизм, шейх, шейх уль-машойых, зикр, тазкира, муршид, мурид, интервьюер.

ABSTRACT

This article talks about the history and definition of tazkirism, the uniqueness of Alisher Navoi's "Nasayim ul-Muhabbat" tazkir, and the place of Khoja Ahmed Yassavi among the sheikhs mentioned in it. The mention of Khwaja Ahmad Yassavi in several places of the tazkira, including the mention of Sheikh ul-Mashayikh's name when giving information about his teachers, murids, and relatives, is concluded as Hazrat Nawai's great respect for Ahmad Yassavi. Also, in this scientific article, comments from studies on the life and work of Ahmed Yassavi are presented.

Key words: mysticism, shaykh, shaykh ul-mashoyykh, zikr, tazkira, murshid, murid, interviewer.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

KIRISH

So'z mulkining sultoni Alisher Navoiy ulkan lirik meros yaratish bilan birga, nasriy asarlar ham yozib qoldirgan. Bu asarlar o'zining ilmiy-tarixiy ahamiyati jihatdan mumtoz nasrning o'ziga xos ko'zgusi sifatida mashhurdir. Tazkiranavislikda "Majolis un-nafois" bilan ijodini boshlagan Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiyning "Nafohat ul-uns" tazkirasini ijodiy tarjima qilish yo'li bilan "Nasoyim ul-muhabbat"ni yaratdi.

O'zbek adabiyoti tarixida tazkirachilik an'analari alohida ajralib turadi. Tazkira arabcha so'z bo'lib "zikr", ya'ni "eslatib o'tish", "yozib qo'yish" ma'nolarini anglatadi. Tazkira milliy va o'zaro yaqin bo'lgan adabiyotlar tarixini yaratishda, muayyan davrning adabiy muhitini o'rganishda, adabiy siymolar va asarlarni tadqiq etishda adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. Tazkiraning eng qadimgi namunasi Abu Mansur Saolibiy yaratgan "Yatimat ud-dahr fi mahosini ahl al-asr" ("Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona") asaridir. Bu asar (XII asr) Arab, Ajam, Movarounnahr, Xorazm va Xuroson adabiyoti haqida qimmatli ma'lumotlar beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mutasavvif shayxlar hayotidan hikoya qiluvchi mazkur asarga Alisher Navoiy shunchaki tarjima sifatida yondashmasdan, qo'shimcha tarzda shayxlarni ham ilova qilgan. Bu haqda asarning o'zida shunday deydi: "Nafahot ul-uns"g'a doxil bo'lmabdur erdi - har qaysini munosib mahalda doxil qildim va Hind mashoyixi sharhi ham oz mazkur erdi, mumkin bor tilab, topib hazrat Qutb ul-avliyo Shayx Farid Shakarganj q. a.din so'nggi mashoyixgacha ilhoq qildim va turk mashoyixi zikri ham ozroq erdi, oni dog'i Hazrat shayx ul-mashoyix Xoja Ahmad Yassaviy r.din bu zamong'acha ulcha mumkin bor tilab topib, zikrlarin va ba'zi holotu so'zlarin o'z mahalida darj qildim".1 Navoiy Jomiy tomonidan zikr etilmagan 214 mutasavvif hayotiva ijodini ham qalamga olarkan, ularning 100 dan ortig'i tirkiy mashoyix ekanini ta'kidlaydi.

Navoiy yashagan davrda tasavvuf va u bilan bog'liq qarashlar ijtimoiy hayotning muhim bir ma'rifiy, axloqiy, tarbiyaviy kategoriyalarini belgilab beruvchi ta'limot hisoblangan. Shunday ekan, shoir ijodini bu ta'limotdan ajratib o'rganishga harakat qilish mutlaqo noto'g'ridir. Shu ma'noda Turkistondan yetishib chiqqan Shayx ul- mashoyix, "Yassaviya" ( ayrim manbalarda "Jahriya") tariqatining asoschisi Ahmad Yassaviy zikri "Nasoyim ul-muhabbat"da alohida o'ringa ega.

1 A. Navoiy Mukammal asarlar toplami 20 tomlik. 17-tom. "Nasoyim ul-muhabbat", "FAN" nashriyoti. T, 2001. - B.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Hazrat Navoiy tazkiraning muqaddimasidayoq Ahmad Yassaviy nomini ta'kidlaydi. Manbani mutolaa qilish jarayonida shunga amin bo'lish mumkinki, ulug' shoir boshqa shayxlar zikrida ham Yassaviy nomini ko'p bor eslaydi. Jumladan, Xoja Yusuf Hamadoniy haqida yozarkan, Alisher Navoiy uning xalifalari haqida to'xtalib, shunday sanaydi: "As'hob arosinda xulafosi to'rt kishi erdilar: Xoja Abdulloh Barqiy va Xoja Hasan Andoqiy va Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy q. t. a. Va Xoja Yusufdin so'ngra bu to'rt kishidin har biri irshod va da'vat maqomida ermishlar va muridlar aning xizmatida adab bila mulozim. Chun Xoja Ahmad Yassaviy Turkiston sori azimat qildi. Barcha as'hob va irodat ahlini Xoja Abdulxoliq mutobaatig'a dalolat qildi". Ushbu parcha orqali ko'rish mumkinki, Ahmad Yassaviy Xoja Yusuf Hamadoniyning suhbatdoshlaridan, shu bilan birga, tariqat sulukini keyingi avlodga yoygan pir-murshid darajasidagi shogirdi, xalifasi sifatida tanishtirilmoqda.

Shuningdek, Ahmad Yassaviy nomiga murojaat qilish boshqa shayxlar hayoti haqida zikr etilganda ham davom etganini ko'rishimiz mumkin. Chunonchi, Hazrat Navoiy Qusam Shayx haqida ma'lumot berar ekan, uning Ahmad Yassaviy xonadonidan ekanini zikr qiladi: "Ul turk mashoyixidindur. Xoja Ahmad Yassaviy q. s. xonadonidindur" "Nasoyim ul-muhabbat"da bu kabi lavhalarni ko'plab uchratish mumkin.

Alisher Navoiy Shayx Raziuddin Ali Lolo haqida eslay turib uning Ahmad Yassaviy xonadonida bir muddat yashaganini hikoya qiladi. Shayx Ali Loloning Najmiddin Kubro haqida eshitish voqeasi ham ayni Ahmad Yassaviy huzurida sodir bo'lganiga urg'u beradi: "Ul chog' Shayx Ali Lolo Turkistonda erdi. Xoja Ahmad Yassaviy q. s. xonaqohida xilvatda o'lturub erdi. Ittifoqan birov Xorazmdin kelib erdi va Xoja Ahmad Yassaviy q. s. andin so'radurki, Xorazmda holo hech darveshe bu toifadin bormukim, el bu tariqni andin bilgaylar? Ul dediki, bir yigit paydo bo'lubdur va xalq irshodig'a mashg'uldur va ko'p el anga irodat kelturub tegrasig'a yig'ilibdurlar. Xoja so'rdilarki, oti nedur? Javob berdiki, Shayx Najmuddin Kubro. Chun Shayx Ali Lolo bu otni eshitti, xilvat ichidin iztirob bila chiqti va safarg'a belin bog'ladn. Xoja so'rdilarki, ne voqe'dur? Ayttikim, safar qilurmen. Xoja dedilarki, qishdur, tahammul qil yoz bo'lg'uncha. Shayx Ali Lolo dediki, qilaolmon. Andin musofir bo'lub, Shayx Najmuddin Kubro xidmatlarig'a keldi va sulukka mashg'ul bo'ldi". Boshqa zikr etishlardan farqli ravishda, yuqoridagi o'rinda Ahmad Yassaviyning so'zlari ham keltirilganki, bu iqtibos orqali Shayx Ahmad

2 A. Navoiy Mukammal asarlar toplami 20 tomlik. 17-tom. "Nasoyim ul-muhabbat", "FAN" nashriyoti. T, 2001. - B. 122.

3 A. Navoiy Mukammal asarlar toplami 20 tomlik. 17-tom. "Nasoyim ul-muhabbat", "FAN" nashriyoti. T, 2001. -B. 124.

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Yassaviyning o'z shogirdiga bo'lgan munosabatini ham anglash qiyin emas. Ya'ni ustoz o'z shogirdiga qish vaqtida yo'lga chiqmaslikni, kun isiganda boorish lozimligini uqtirmoqda. Ayni shu ko'chirma gap orqali ham Xoja Ahmad Yassaviyning shaxsiyatiga oid jihatlar bo'y ko'rsatganini sezish mumkin.

Bulardan tashqari, Hazrat Navoiy Yassaviyning bir qancha muridlarini qalamga olarkan, ularning nomlari qatorida Xoja Ahmadning ham nomini eslaydi. Jumladan, Qutbiddin Haydar, Hakim ato, Ismoil ato(Ahmad Yassaviyning ukasining o'g'li), Keshlig' ato, Sayyid ato, Bobi mo Husayn kabi shayxlarning tarjimayi holi haqida ma'lumot berar ekan, ularning hayot yo'li Ahmad Yassaviy bilan kesishgani haqida qimmatli fikrlarni qayd etib o'tadi.

Ahmad Yassaviyning ta'rifiga anchagina hajmdor o'rin ajratgan Hazrat Navoiy Xoja Ahmadning hayot yo'li, maslagi, af'oli, ilmi kabi xususiyatlarni mantiqiy izchillikda bayon etadi. "Nasoyim ul-muhabbat"da 611-o'rinda Ahmad Yassaviy haqida so'z boradi: "Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomoti oliy va mashhur, karomoti mutavoli va nomahsur ermish. Muridu as'hobi g'oyatsiz va shohu gadoning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish".4 Ushbu parchadan Ahmad Yassaviyning Turkiston elide mashhur ekanini, shayx-ul mashoyix - shayxlarning shayxi degan rutbaga erishganini, maqomi yuksak va mashhurligi, karomati buyuk va chegarasiz ekani, muridlari-yu suhbatdoshlari bisyor ekani haqida ma'lumotlarni o'qish mumkin.

Uning xalq orasida bu qadar mashhur bo'lishi, albatta, tasodif emas. Ulug' shayx yangi tariqatga asos solish bilan birga, bu tariqat maslagini soda she'riy janrlarga joylashtirdi va ayni shu jihat bu tariqatning ham, ulug' pir murshidning ham el orasida mashhur bo'lishiga sabab bo'ldi. Bu haqda adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul shunday yozadi: "Yassaviygacha ham so'fiyona she'r irshod uchun bir vosita o'laroq qabul qilingan edi. Yassaviy, eng avvalo, ana shu uchun she'rga murojaat qildi. Diniy-tasavvufiy ma'nolar muridlaridan tashqari keng xalq ommasi ongi va qalbidan oson o'rin topishini ta'minlash niyatida she'r imkoniyatlaridan ham mohirlik ila foydalana oldi".5 Olimning yuqoridagi fikrlarida jon bor. Ahmad Yassaviy muridlari orasida ham, oddiy xalq orasida ham ma'lum va mashhur murshid bo'lgan.

"Nasoyim ul-muhabbat"da Xoja Ahmad haqidagi zikrda uning ustozlari va shogirdlari haqida ham eslatmalar mavjud. Hazrat Navoiy Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniylarni Yassaviyning ustozlari sifatida sanasa, Xoja

4 A. Navoiy Mukammal asarlar toplami 20 tomlik. 17-tom. "Nasoyim ul-muhabbat", "FAN" nashriyoti. T, 2001. - B.

5 Х,авдул И. А^мад Яссавий. - Тошкент: F.Fулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 2001. - Б. 9.

200.

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Abdulloh Barraqiy va Xoja Hasan Andoqiy kabi shayxlarni musohibi tarzida tanishtiradi. Shogirdi sifatida esa Shayx Raziyuddin Ali Loloning nomini zikr etadi.

Alisher Navoiyning mazkur tazkirani o'qir ekanmiz, ulug' mutafakkirning nasrda ham mohir san'atkor bo'lganini e'tirof etmoq lozim bo'ladi. Buyuk shoir nasriy tazkira bo'lmish "Nasoyim ul-muhabbat"ning har bir satrida ulkan tarixiy-adabiy ma'lumotlar ulashib boradi. Chunonchi, Xoja Ahmad Yassaviyning hayotiga doir qimmatli ma'lumotlarni ham ayni shu asardan olishimiz mumkin. "Aning mazori Turkistonda, Yassi degan yerdaki, aning mavlid va manshaidur voqe' bo'lubdur va Turkiston ahlining qiblai duosidur".6 Ushbu qisqa jumlada uchta muhim jihat keltirilgan. Birinchidan, Xoja Ahmad Yassaviyning qabri qayerdaligi to'g'risida ma'lumot. Ikkinchidan, shayxning tug'ilgan joyi ham, vafot etgan joyi ham Yassi ekani to'g'risida fikr. Uchinchidan, bu maqbaraning Turkiston eli uchun muhim ziyoratgoh maskani ekanligi haqida xulosa. Bu ma'lumotlarni tasavvufshunos olim Hamidxon Islomiy ham ilmiy jihatdan yuqori baholab shunday yozadi: "Alisher Navoiyning Yassaviy to'g'risidagi teran, sir mazmunda yozganlari g'oyatda katta ahamiyatga molikdur" Albatta, bu kabi ma'lumotlar ulug' shayxning hayot yo'lini, tarjimayi holini tiklash uchun xizmat qilgani aniq.

Xulosa qilib aytganda, hazrat Alisher Navoiy Xoja Ahmad Yassaviyga nihoyatda ixlos bilan qaragan va o'zining shayxlar haqidagi tazkirasining 611-bobini ushbu avliyo zotga bag'ishlagan. Qolaversa, boshqa shayxlar zikrida ham Ahmad Yassaviy bilan bog'liq o'rinlar va voqea-hodisalar haqida axborot bergan. Bu zikrlar orqali shayx ul-mashoyix - Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodiga oid ko'plab foydali ma'lumotlar bilan birga, hazrat Navoiyning bu zotga nihoyatda yuksak ehtiromda munosabat qilganini ham bilish mumkindir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. A. Navoiy Mukammal asarlar toplami 20 tomlik. 17-tom. "Nasoyim ul-muhabbat", "FAN" nashriyoti. T, 2001.

2. Hamidjon Homidiy. Tasavvuf allomalari. T.: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2004.

3. Islomiy H. Sultonil orifiyn Xoja Ahmad Yassaviy. - Toshkent: Fan, 2005.

4. Хдккул И. Ахмад Яссавий. - Тошкент: Г.Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 2001.

6 A. Navoiy Mukammal asarlar toplami 20 tomlik. 17-tom. "Nasoyim ul-muhabbat", "FAN" nashriyoti. T, 2001. - B. 200

7 Islomiy H. Sultonil orifiyn Xoja Ahmad Yassaviy. - Toshkent: Fan, 2005. - B. 5.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.