NAQSH VA GANCH (JAVLON JAMOLOV IJODI MISOLIDA)
Abdulvohid Mamarasulovich Nazarov nazarovabdulvohid266@gmail .com Namangan davlat universiteti
Annotatsiya: Maqolada naqqosh va ganchkor usta Javlon Jamolovning Namangan viloyatida joylashgan me'moriy bezak na'munalarining o'ziga hos hususiyatlari va ularni ayni paytdagi holati o'rganilgan. Naqqoshlik va ganchkorlik san'atining chuqur o'rganish va saqlab qolish ayni paytda dolzarbd masaladur. Shunga ko'ra usta ijodidagi izlanishlar va ularning ahamiyati yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: naqqoshlik, vassa juft, me'moriy bezak, ganch, islimiy, uslub
PATTERN AND GANCH (ON THE EXAMPLE OF THE CREATIVE WORK OF JAVLON JAMOLOV)
Abdulvahid Mamarasulovich Nazarov nazarovabdulvohid266@gmail .com Namangan State University
Abstract: The article examines the unique features of the architectural decoration samples of the painter and engraver Javlon Jamolov located in the Namangan region and their current condition. The deep study and preservation of the art of painting and engraving is an urgent issue at the moment. Accordingly, researches in the master's work and their importance were studied
Keywords: painting, vassa juft, architectural decoration, ganch, Islamic, style.
O'zbekistonda Ganchkorlikning gullab yashnagan davri XVIII asrning oxiri -XIX asrning boshlari bo'ldi. Uning uslublari, texnikasi ancha murakkablashdi. Ganch o'ymakorligining barcha turlari rivojlandi. Qurilgan binolarda xalq ustalari erkin jilvali bo'yoqlar bilan ganchga jilo berdilar. Bezaklarning hamma turlariga xos aniq kompozitsion qonunlar ishlab chiqildi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona vodiysi va Xivada o'ziga xos mustaqil maktablar vujudga keldi. Ganch o'ymakorligi texnikasi kishini qoyil qoldiradigan darajada o'sdi. Buxoro bezaklari mayin, gullari juda hamnafis, Marg'ilonning guldor bezaklari yaxlit ko'rinishga ega, Toshkentniki esa qat'iy va aniq ritm asosida tuzilgan, Xivaning dinamik o'yma naqshlari o'ziga xos spiralsimonligi bilan farqlanadi [1]. XX-asrda amaliy san'at an'analarining yangi rivojlanish davri bo'ldi. O'z navbatida ganchkorlik va naqqoshlik san'atining o'rni be'qiyosdur. Farg'ona naqshining o'ziga xos jihatlari: bino devorlariga mehrobi
namoyonlar ishlanib, ular hoshiya naqsh bilan bir-biridan ajratiladi, hoshiyalar orasiga girih, qolgan qismlarga o'simliksimon gullar ishlanadi. Ularda Buxoro, Xiva naqshlarining ta'siri seziladi. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi naqshlarda yevropa naqshlarining ham ta'siri bor.
Namangan naqqoshlik maktabi yetuk vakili, naqqosh va ganchkor usta Javlon Jamolovning san'atga kirib kelishiga, Namangan shahridagi "Zarkent" choyxonasida naqsh bezaklari bajargan Tojikistonlik ustalar sabab bo'ldi. Isfaralik usta Usmonbek Muqaddasov bilan ikki yil birga shogird bo'lib ishlab yurib, u naqqoshlik san'atini o'rganishga, shu kasbni yetuk ustasi bo'lishga axd qiladi. 1952 yili Toshkentdagi P. Benkov nomli badiiy bilim yurtida xalq amaliy san'ati bo'limi ochildi. Xalq amaliy san'atining bir necha bo'limlaridan, ganch o'ymakorligi bo'limi ochilib, Davlat mukofoti laureati Usta Shirin Murodov, Usta Toshpulat Arslonqulov dars berdilar. Bu bilim yurtida M.Usmonov 1953-yildan 1960 yilgacha ganch o'ymakorligidan dars berdi. 1960 yillardan keyin maktab va maktabdan tashqari ishlar yanada rivoj topdi. Usta shu bilim yurtida o'qish orzusiga erishdi. Hamda Toshkent naqqoshligining yirik vakili, O'zbekiston xalq rassomi, naqqosh Jalil Hakimovdan naqqoshlik sirlarini o'rgana boshlaydi. Jalil Hakimov shogirdi Javlon Jamolovdagi ishtiyoq va talantni ko'rib naqsh sirlarini astoydil o'rgatadi. Shuningdek, O'zbekiston badiiy akademiyasi akademigi, O'zbekiston xalq rassomi Maxmud Usmonovdan ganchkorlik sirlarini o'rgandi. P.Benkov nomli badiiy bilim yurtini 1970-yil o'qishni tamomlagandan so'ng Qo'qon badiiy ishlab chiqarish ustaxonasi raxbari Yuriy Mihaylovich Rubinov kaklifiga ko'ra, kelib ijod qila boshlagan. Yuriy Mihaylovich Rubinov, Farg'ona vodiysi amaliy bezak san'ati rivojiga katta xissa qo'shgan mutaxassis. U yog'och o'ymakorligining yetuk ustasi bo'lgani uchun xalq amaliy san'atining chinakam muxlisi va targ'ibotchisi edi. Qo'qondagi badiiy ishlab chiqarish ustaxonasida, Qo'qon yog'och o'ymakorlik maktabining yirik vakili, ustazoda, O'zbekiston xalq rassomi Qodirjon Haydarov, Naqqosh O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, O'zbekiston Badiiy Akademiyasi faxriy a'zosi Saidahmad Mahmudov va boshqa ko'plab ustalar ishlar edi. Usta Qo'qonga kelib yangi naqqoshlik guruxini tuzib ijod qila boshladi. Usta Javlon Toshkent naqqoshligi maktabini chuqur o'rgangan xolda, o'zining uslubini yaratdi. Ustaning yetuk shogirdlaridan naqqosh, O'zbekiston xalq ustasi Asqarali Akbarovdir. Qo'qonlik shogirdlari usta Abdusamad Abdulxaqov, Jamoliddin Erkaboyevlardur. Ustaning guruppasidagi bosh naqqosh Yigitali Yo'ldoshev, naqqoshlar Sotvoldi Xayitboyev, Zokirjon Yusupov, Ilhomjon Jamolov, Ilyosjon Jamolov, Yusufxon Muborakov, Odiljon Topilovlardir.
Ustaning ijodining dastlabki yillarida, ya'ni 1974-1977 yillarda Farg'ona viloyati Quva tumanida "Zebo" choyxonasida ganch va naqsh ishlarini bajardi. Binoning ayvon qismidagi o'n sakkizta ustunlarini ganchdan bajardi. Katta xajmdagi ganchkorlik va naqsh ishlariga boshchilik qildi. Choyxonaning ayvon ustunlarini
gipsdan quyilgan bo'lib, milliy uslubda bezalgan. Bosha1ga muqarnas2dan keng foydalanilgan. Ustunning ko'zagi3 qismiga madohil4dan foydalanilgan. Madohilda Quva tumani bog'bonlarining dunyoga mashhur anorlari shaklini, islimiy naqshlar bilan uyg'unlashtirilgan kompazitsiyalar hamda ganch o'makorlik bezaklarida aniq ko'rishimiz mumkin. Ko'zagining tepa qismida esa o'yma naqsh bezaklari ishladi va uni morpech5 bezagi yordamida chegaraladi. O'yilgan naqsh bezaklari orasini chakich zamin6 uslubidan foydalanadi. Kompazitsiyadagi naqsh elementlari orasidagi bo'shliqni ataylab, ganchga yetkazmay, chala o'yiladi va tig' uchi yordamida mayda o'yiqchalar hosil qilinadi. Bu mayda o'yiqlar patir yuziga bosilgan chakich izini eslatadi. Bu uslubni ganchkorlik san'atiga olib kirgan va keng qo'llagan ustozi Maxmud Usmonovdan o'rgangan. Endilikda o'zining mustaqil ijodida ham qo'llay boshlaydi. Aslida chakich zamin yog'och o'ymakorligida keng qo'llaniladi. ustundagi bo'rtma naqsh elementlariga esa choka pardoz7 kabi pardoz turlaridan foydalanmaydi. Kompazitsiyasini naqsh siluet8ni ko'rishimiz mumkin. Bu uslub ham ustunning umumiy fonida uzviy bog'lanadi (1-rasm). Choyxona interyeri devorlarida oyna zaminli ganch, 12 ta namoyon9dan keng foydalanilgan. Shiftlariga esa zaminsiz o'yma, zanjiradan va muqarnaslardan, karnizlarlardan keng foydalgan. Choyxona ikki qavatdan iborat bo'lib, ikkinchi qavatga yarim aylana zina orqali chiqiladi. Kirish xonasi tom qismi gumbaz shaklida qurilgan. Gumbaz ichini ham ikkita sakkiz burchakli xovuz va eng ostida on olti qirrali yuza bilan ishlaydi. Gumbaz ichiga esa osma ganch qandil10 ishlaydi. Eshiklar esa Qo'qon yog'och o'makorlik uslubi asosida
1 Bosha - ustun boshi, yuqorigi bezalgan qism.
2 Muqarnas — me'moriy bezak turi; ravoqli kosachalarning (uyachalarning) ustma-ust joylashishidan xosil bo'ladigan murakkab shakl.
3 Ko'zagi — ustun tanasi tagidagi shaklan ko'zani eslatuvchi pastki qismi, kursi, poyustun. Ba'zan kursi ustidagi alohida bezak.
4 Madohil — chapu rost takrorlanuvchi lolasimon shakldagi islimiy naqsh turi, ko'rinishi jihatidan xilma-xil (g'uncha, lola, gul, uchbarg va boshqalar) shakllardan iborat.
5Morpech- ganch o'ymakorligida ganch o'ymakorligiga yumaliq sirt yuzasini kesish uchun, o'yma naqshlarning chetlariga yarim doiralar , bortiqlar hosil qilish.
6 Chakich zamin- naqsh kompazitsiyasida naqsh elementlari orasidagi bo'shliqni ataylab tez ganchga yetkazmay, chala o'yib tig' uchi yordamida o'yiqchalar hosil qilingan ganch o'ymakorlik usuli. Chakichlangan mayda mayda chuqurchalar umumlashib tekis o'yilgan yuzalarga qaraganda oqish ko'rinib, kompazitsiyani nafis, ya'ni mayinlashtirib ko'rsatadi. Chakich zaminni Toshkentlik ganch o'ymakor usta Maxmud Usmonov yaratgan. U yog'och o'ymakorligi chakichlash usulini ganch o'ymakorligida o'rinli ishlata olgan.
7 Choka pardoz - yorma pardoz turi- ganch va yog'och o'ymakorligida keng qo'llaniladi. O'yma naqshning chetidan markaz tomon qiya qilib chuqur o'yib borib hosil qilinadi. Chuqur o'yma keskin nursoya o'yini hosil qilib, naqshga jozibadorlik baxsh etadi.
8 Siluet—san'atda narsalarni tabiatda qanday bo'lsa, shunday uning soyasiga o'xshatib shaklini chizish; Siluet chizilgan (tush yoki oq bo'yoq bilan) yoki qog'ozdan qirqib unga kontrastzaminga yopishtirilgan shakl, chegarasi bilan cheklangan to'q yoki yorqin dog'
9 Namoyon- naqsh mujassamoti,atrofi xoshiya naqsh (zanjira,ruta) bilan o'ralgan bezak,tasvir. Amaliy bezak san'atida voqelik(chamanzor, bog'i bo'ston,daryo gul,bsrglar va boshqalar)ni shartli umumlashma tasviriy o'brazini o'zida aks ettiradi.
10 Qandil— osma chiroq turi; bir yoki bir necha sham yoki lampochka qo'yiladigan turlari bor. Metall, plastmassa, ganch va boshqalar xom ashyolardan yasaladi. O'zbekiston hududida qadimdan saroy, madrasa va boshqalarni yoritish uchun sopol, mis, jez, ganch qandillar yasalgan va ulardan keng foydalanilgan. XX asrda, shuningdek, amaliy san'at ustalari tomonidan nafis jozibador ishlangan ganch qandillar keng tarqala boshladi
ishlangan. Choyxona shifti murakkab tuzilgan, beshta xovuz11 va yarim xovuzlardan iborat. O'rtadagi xovuz to'rt burchak shaklda, uni ichida romb shakli, rombning ichida kvadrat shaklidagi xovuz uni ichiga beshta to'sin qo'yilgan. Bu shakldagi shiftlar o'zbek milliy arxetekturasining ajralmas bir qismi. Shift yuzalariga murakkab kompazitsiyalar tanladi va ularni bir biriga uyg'unlashtira oldi. Shiftga ishlangan naqsh kompazitsiyalarida ham anor shakli va gullarinidan o'ta mohirona foydalanadi. To'sinlar oralig'iga esa aylana silndrsimon yog'och bo'laklari vassa jufta terilgan. Vassa to'lqinsimon yuza ko'rinishini eslatadi. Usta vassa juftlarni bir hil rangga bo'yash uslubini qo'llamaydi, aksincha, kichik islimiy naqsh bezaklar bilan bezadi (2-rasm). Bu esa usta ijodini yana bir pog'onaga ko'tardi. Hozirda ushbu bino me'moriy bezaklari yaxshi saqlangan.
1-2 Rasmlar. "Zebo " choyxonasi ayvon va shifti bezaklari Bino esa qarovsiz holatda. 1980-1981 yillarda esa Namangan viloyati Chortoq shahridagi "Diydor" choyxonasi ham "Zebo" choyxonasi kabi bir xil uslubda ya'ni to'sin, vassa juft uslubida ishladi (3-rasm). Ayvon shiftlarini boshali ustunlar ko'tarib turadi. Ushbu ustunlar yog'och o'ymakorligi na'munalari sanaladi. Devorning teng qismi bilan shift o'rtasiga ganchdan ishlangan ajoyib karnizlar o'rnatilgan. Naqsh elementlarga boyligi, kompazitsiyalarni bir birini qaytarmasligi, ranglarning o'ynoqiligi bilan ajralib turadi. Qizil rangni naqsh fonlarida ishlatilishi kishiga jo'shqinlik va zavq beradi. Usta bezagan ushbu binolarda naqsh va ganch bezaklarini
Xovuz- shiftning xovuz shaklidagi ko'rinishi.
mohirona uyg'unligini ko'rishimiz mumkin. Choyxonadagi me'moriy bezaklar yaxshi saqlangan va bino o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
3-Rasm. "Diydor " choyxonasi shifti bezagi Usta 1978-1979 yillarda o'z ijodida turli uslub va materiallarni sinab ko'rdi. Kosonsoy shaxridagi "Bolalar dunyosi" majmuasi 2 qavati shiftlarida esa o'zgacha uslubni ko'rishimiz mumkin. Ushbu bino shifti xovuzcha qilingan. Shiftdagi xovuz ichi bezaklarda girih naqshi ichiga islimiy naqshlarni joylashtiradi. Sovuq rang kolaritini tanlaydi. Bu uslubi avvalgi ishlardan tubdan faqr qiladi. Kadrat shaklidagi oyna12 materialiga naqsh kompazitsiyasi bo'laklarini tayyorlab olinib, tayyor bo'lgan bo'laklar shiftga mustaxkamlab o'rnatilgan. Oyna bo'laklariga naqsh chizmalari tushurilib, bezak ya'ni taroqlar va siyoh qalam ishlari avval ishlanadi, keyin esa fon beriladi. Naqsh kompazitsiyasida Toshkent naqqoshlik maktabi uslubidagi oddiy va murakkab shakldagi barglarda tovus qushini badiiylashtiradi va ko'p bargli gullardan keng foydalanadi (4-rasm). Bino shiftidagi bezaklar yaxshi holatda saqlanib qolgan. Bu uslubdagi bezaklar avvalgi ishlaridan keskin farq qilishi bilan ahamiyatlidur. Usta o'z jamoasi bilan ijodiy izlanishlar olib borgan.
4-rasm. "Bolalar dunyosi " majmuasi shifti bezagi
12 Oyna — 1) q. Shisha; 2) ko'zgunint jonli tildagi atalishi. Aksni ko'rsatuvchi
48
Usta Yigitali Yo'ldashev13 shundan eslaydi: Qo'qon naqqoshlik va yog'och o'ymakorligi maktabi rivojlangan edi. Ganchkorlik esa rivojlanmagan. Ganchkorlik san'atini naqshga uyg'unlashtirib ishlashni Javlon Jamolov Farg'ona vodiysida choyxonalarda birinchilardan bo'lib ishladi. 1970-yillardan keyin Farg'ona vodiysida ham ganchkorlik ishlari ko'paya boshladi. Bunga misol tariqasida, usta ijodida Marg'ilon shahridagi Yo'ldosh Oxunboboev muzeyi (1973-74y), "Oydin" kafesi, Markaziy unvermag binosi, Farg'ona tumanidagi "Usmon Yusupov uy muzeyi" ganch ishlarini aytish mumkin. Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani (sobiq Kirov kalxozi) klubi binosi fasad qismi, hamda Chortoq tumani dexqon bozori binolari fasad qismini, Kosonsoy shahridagi "Bolalar dunyosi" savdo majmuasi(1978-1979y) ning fasad qismi ganch ishlari bilan bezadi. Ganchkorlik bezaklari asosan binolarning fasad qismida bajarilganini ko'rishimiz mumkin. Temir beton va yirik oynalar o'sha davr yangi me'morchilik qiyofasini belgilagan. Ma'lum standartlarga asoslangan rus memorchiligi uchun serxasham bezaklar mos kelmasdi. Fasad uchun ishlangan ganchlar chuqur o'yilishi bilan ajralib turgan. Ustalar bezakni mustaxkam chiqishi va uzoq muddat saqlanishini hisobga olishgan. Usta Javlon ijodida ham shu omil yetakchilik qiladi. O'sha davr zamonaviy binolarida ganch bezaklari kompazitsiyalarini mohirona qo'lladi. Namoyonlar va girih naqshlaridan keng foydalanadi. Chortoq dexqon bozori fasad qismini bunga misol bo'la oladi (5-rasm).
5-rasm. Chortoq dexqon bozori binosi fasad qismi Usta va uning jamoasi Marg'ilon shahridagi Yo'ldosh Oxunboboev muzeyi binosida ham katta xajmdagi bezak ishlari olib boradi. Bino derazalarini birlashtiruvchi ingichka va uzun xolatda mexrob shaklidan foydalanadi. Shakl yuzasini girih naqshi bilan bezaydi. Ushbu bezak binoga yanada ulug'vorlik va xashamdorlik beradi (6-rasm). Bino bezaklari yaxshi xolatda saqlangan hamda o'z
! Usta naqqosh, Javlon Jamolovning shogirdi va ukasi.
vazifasini bajarib kelmoqda. Garchkorlik san'atining yana bir na'munasi 1978-1979 yillarda Kosonsoy shahri "Bolalar dunyosi" univermagi fasad qismida bajarilgan. Kompozitsiyaning yutug'i Xiva usluga xos zich va o'ynoqi hamda serharakat islimiylar choka pardozda bajarilgan Devor yuzasi murakkab girih naqshi va islimiy ishlangan. Derazalar orasi turanj14 va namoyonlar bilan bezatilgan. Kompazitsiyaning tepa qismi muqarnas hamda artofí zanjira15lar bilan chegaralangan. Usta ijododani rivojlanishida yana bir bosqichga ko'tardi. Bezaklar yaxshi xolatda saqlangan.
6-rasm. "Yo'ldosh Oxunboboev "Bolalar dunyosi" savdo majmuasi
muzeyi" savdo majmuasi (ganch (ganch)
Xulosa qilib aytganda XX-asrning 70-yillaridan keyin Farg'ona vodiysida amaliy bezak san'atining naqqoshlik, ganchkorlik turlarida o'sish davri bo'ldi. Javlon Jamolov ijodi sermaxsulligi va ijodiy izlanishlari bilan muhim sanaladi. Usta o'z ijodida yangiliklar va izlanishlarga alohida e'tibor berdi. Ijodiy izlanishlarini sinab ko'rdi, bu esa soha mutaxasislarini e'tirofiga sazavor bo'ldi. Usta o'zidan boy ijodiy meros va shogirdlar qoldirdi. Shogirdlari o'zbek milliy naqqoshlik san'ati an'analarini samarali davom ettirdilar. Bular ijodidagi an'analarni to'liq o'rganish va asrab avaylash zarurati, Farg'ona vodiysi me'moriy bezak turlaridan naqqoshlik va ganchkorlik san'atining shakllanishi va rivojlanishining mahalliy ko'rinishlarida yanada to'liqroq ma'lumotlar beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Булатов С.Узбек халк амалий безак санъати. Т.:Мехнат 1991. Б.1
2. GANCHKOR SAN'ATI Z.BOSITXONOV. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti Toshkent.1978 y.
4. O'zbekiston Xunarmandchiligi va amaliy san'ati II. "O'zbekiston milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2017.
14 Turanj - oval shaklidagi naqshning turi. Turunj hech qanday naqshga ulanmay muallaq turadigan kompozitsiya
15 Sharafa- muqarnas turi; muqarnas mujassamoti (ravoqli kosachalar qatorlari)ning gorizontal yo'nalishda chapu rost takrorlanishidan hosil bo'ladi. Me'morlikda binolarning devor bilan shifti oralig'i, taxmon, mehrob, minoralarning tepa qismini bezashda qo'llanadi.
ГТТТТВ^^Н] 50 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / https://oac.dsmi-qf.uz Volume 4 Issue 6 / December 2023
4. https://uz.wikipedia.org/ sayti