Научная статья на тему 'MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISHDA TALABALAR ISHCHI DAFTARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI'

MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISHDA TALABALAR ISHCHI DAFTARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
115
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsion ta'lim / kontekst yondashuv / mashinasozlik texnologiyasi asoslari / multimedia texnikasi / elektron ishchi daftar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yakubov Xushnud Kalandarovich

Mazkur maqolada Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fani misolida mutaxasislik fanlarini o‘qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalarini qo‘llash qarab chiqilgan, talabalar ishchi daftarining funksiyasi, turlari, tiplari, tuzilishi tahlil qilingan, tadqiqot natijasida ishchi daftardan foydalanish o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishi haqida xulosalar qilingan. Kalit so‘zlar: innovatsion ta'lim, kontekst yondashuv, mashinasozlik texnologiyasi asoslari, multimedia texnikasi, elektron ishchi daftar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISHDA TALABALAR ISHCHI DAFTARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

MUTAXASSISLIK FANLARINI O'QITISHDA TALABALAR ISHCHI DAFTARIDAN

FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI Yakubov Xushnud Kalandarovich

Urganch davlat universiteti dotsenti (t.f.n.) https://doi.org/10.5281/zenodo.10158399 Annotatsiya. Mazkur maqolada Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fani misolida mutaxasislik fanlarini o'qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalarini qo'llash qarab chiqilgan, talabalar ishchi daftarining funksiyasi, turlari, tiplari, tuzilishi tahlil qilingan, tadqiqot natijasida ishchi daftardan foydalanish o'quv jarayoni samaradorligini oshirishi haqida xulosalar qilingan.

Kalit so'zlar: innovatsion ta'lim, kontekst yondashuv, mashinasozlik texnologiyasi asoslari, multimedia texnikasi, elektron ishchi daftar.

Аннотация. В данной статье на примере дисциплины Основы технологии машиностроения рассмотрено применение инновационных образовательных технологий при преподавании специальных дисциплин, проанализированы функции, типы, строение рабочей тетради студента, сделаны выводы о повышении эффективности учебного процесса при их применении

Ключевые слова: Инновационное образование, контекстный подход, основы технологии машиностроения, мультимедийная техника, электронная рабочая тетрадь.

Abstract. In this article, using the example of the discipline Fundamentals of Mechanical Engineering Technology, the use of innovative educational technologies in teaching special disciplines is considered, the functions, types, structure of a student's workbook are analyzed, conclusions are drawn about increasing the efficiency of the educational process when using them Keywords: Innovative education, contextual approach, fundamentals of mechanical engineering technology, multimedia technology, electronic workbook.

Kirish. Oxirgi paytlarda pedagoglar va talabalar tomonidan umume'tirof qilinayotgan o'qitish vositalaridan biri o'quvchining fan bo'yicha elektron ishchi daftaridir. Elektron ishchi daftardan foydalanish ta'lim sifatini yaxshilaydi, individuallashtirish tufayli butun ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi, pedagogga innovatsion ta'lim metodlarini joriy qilish imkoniyatlarini yaratadi.

Elektron ishchi daftardan foydalanishning dolzarbligi daftardagi axborot mazmuni va uning bilan ishlayotgan o'quvchi fikrlash qobiliyati harakat yo'nalishini aniqlash imkoniyatining optimal mutanosibligi bilan aniqlanadi. Mashg'ulotni loyihalashda pedagog konkret fanlar uchun maxsus didaktik xarakterdagi dasturlarning kamligi tufayli qiyinchiliklarga uchraydi. Natijada keng ommaga mo'ljallangan dasturlarni konkret o'quv jarayoni sharoitlariga moslashtirishga to'g'ri keladi.

O'quv rejasi bo'yicha «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fani mutaxassislik fani hisoblanib, to'rtinchi bosqichda o'qitiladi. Ushbu fanni o'qitilishida dastur bo'yicha o'rganilayotgan mavzular doirasida tayyor namunalarning yetarli emasligi, murakkab texnologik uskuna va kesuvchi asboblarning asl nusxalarining yo'qligi fan bo'yicha elektron ishchi daftardan foydalanishni yanada dolzarblashtiradi.

Jahondagi tez o'zgaruvchan zamonaviy sharoitlardagi innovatsion jarayonlar yuqori malakali va ijodiy fikrlaydigan kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish zahiralarini izlashga majbur qilmoqda. Innovasion tipdagi rivojlanishni tanlash, zamonaviy texnologiyalarni yaratish

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

va joriy qilish, mamlakatning sotsial iqtisodiy rivojida bilim va axborot rolining oshib borishi innovatsiyalarga ommaviy talabni keltirib chiqarmoqda. Bu ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi shakllarni talab qiladi, oliy ta'lim oldidagi birlamchi vazifa sifatida innovatsion tipdagi mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo'yadi.

Innovatsion ta'limda qo'llanilayotgan samarali metodlardan biri «kontekst ta'lim» hisoblanadi. Bunda bilim egallashga motivatsiya konkret bilim va uning qo'llanilishi orasidagi munosabatlarni o'rnatish orqali erishiladi. Ushbu usul yetarli darajada samarali hisoblanadi, chunki bilimning amaliyotda qo'llanilishi bo'lajak bakalavrlarning innovatsion potetsialining shakllanishida o'ta muhimdir. Bo'lajak bakalavrlarning innovatsion potensiali integrativ kasbiy shaxsiy sifat bo'lib, o'z tarkibiga yangi axborotdan foydalanishga tayyorligini aniqlovchi bilim, ko'nikma va munosabatlarni oladi. Bular raqobatbardosh g'oyalarni ilgari surish, innovatsion loyixalar yaratish, yangi texnika va texnologiyalardagn foydalanish, nostandart masalalarni yechish usullarni va standart masalalarni yechishning yangi innovatsion usullarini topishdir[1].

«Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanini o'qitish uzoq vaqt davomida ishlab chiqilgan usul va amallar majmuidan iborat. Ko'rgazmali materiallarsiz fanni o'qitish samarasiz bo'lib, murakkab texnologik jarayonlarni tushunish uchun ming marta eshitgandan ko'ra bir marta ko'rgan afzal hisoblanadi. Shuning uchun kafedra o'qituvchilari oldida amaliy ko'rgazmali material yetarli emasligini yechishdek jiddiy muammo ko'ndalang buldi. Tarkibida proektor, ekran va lazerli ko'rsatkich bulgan multimedia texnikasi yordamga keldi. Bunday texnikadan foydalanish «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanidan ma'ruzalarni o'qishda yangicha yondashuvga sabab bo'ldi va ko'rgazmali materialni yetkazish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Multimedia texnikasi samarali ishlashi uchun belgilangan o'quv soatlari doirasida zarur ko'rgazmali materialni to'la yetkazish va bunda ko'p miqdordagi videosyujetlardan foydalanish uchun butun ma'ruza materialini qayta ko'rib chiqishga to'g'ri keldi.

Bunday ish bajarildi va bugungi kunda Urganch davlat universiteti «Transport tizimlari» kafedrasida bir necha texnikaviy fanlardan mashg'ulotlar multimedia texnikasi yordamida o'tilmoqda. Ma'ruza materialini ishlab chiqishda uch xil turdagi ko'rgazmalardan foydalanildi:

- talabalar uchun sxematik chizmalar;

- sxematik chizmalarda tasvirlangan ob'ektlar fotografiyalari;

- qurilmalar va ishlov berish jarayonlarini harakatda namoyish qiluvchi videoroliklar.

«Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanini tayyorlash uzoq vaqt va mehnat sarflashni

talab qildi. Bu sarf xarajatlar o'zini oqladi, dars materiali talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi, nazoratlarda esa ular yaxshi natijalarni ko'rsatdilar. Shu bilan birga ma'ruzalarni bunday uslubda olib borishda rasmlarni doskada tasvirlash uchun vaqt sarflanmaydi va vaqt birligida talabalarga yetkazilayotgan material miqdori oshadi.

Masalan, oldin qaysidir ishlov berish usuli haqida gap borsa o'qituvchi doskada oddiy sxema chizar edi, bu sxemadan ishlov berish usulini harakatda ko'rmagan odam uchun uni tasavvur qilish juda kiyin edi. Eng yaxshi holda suratni plakatda ko'rsatish mumkin edi. Endi esa ekranda rasmlar va eng asosiysi ishlov berish usulini namoyish qiluvchi videoroliklarni ko'rsatish imkoniyati paydo bo'ldi.

Boshqa misol. «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanidan ma'ruzalarda odatda seriyali va ommaviy ishlab chikarishda keskichlardagi o'tkirlanmaydigan burilma plastinalar o'tkirlanadigan plastinalardan samaraliroq ekanligi aytib o'tilar edi. Endi esa, yangicha uslubda ma'ruza o'qishda bir vaqtning o'zida keskich plastinasini o'tkirlash va o'tkirlanmaydigan

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr

plastinani almashtirishni namoyish qiluvchi ikkita videorolikni namoyish qilish mumkin. Bunday parallel namoyish aytilgan fikrni yaqqol ko'rsatadi va bir vaqtning o'zida talaba keskichning o'tkirlanish jarayoni, burilma plastina kesuvchi qirrasining almashtirilishini ko'radi.

Bunday ma'ruza materialini tayyorlashda eng katta kiyinchilik tegishli, sifati yuqori bulgan videoroliklarni tanlab olish hisoblanadi. Bu yerda ikkita yo'l mavjud: tayyor videoroliklardan foydalanish, yoki ularni mustaqil tayyorlash. Har ikkala yo'ldan bir vaqtning o'zida foydalanish to'g'riroq hisoblanadi.

O'quv jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning boshqa yo'nalishi talabalar bilimlarini tekshirish uchun testlar ishlab chikish. Beshta savoldan tashkil topgan test har bir talaba uchun 3 minut vaqtni oladi. Agar har bir talaba alohida kompyuterga o'tirsa butun guruhni 3 minutda testdan o'tkazish mumkin. O'qituvchi barcha natijalarni kompyuterda saqlab qo'yishi va keyin tahlil kilishi mumkin. Test usulidan oraliq nazoratlarda va yakuniy nazoratlarda ham foydalanish mumkin.

Mamlakatimizdagi va xorijdagi tajriba shuni ko'rsatdiki, bo'lajak bakalavrlar innovatsion potensialini shakllantirish samaradorligi o'quv jarayoni aktivlashganda oshadi. Bakalavrlar innovatsion potensialini shakllantirish vositasi sifatida ishchi daftar taklif qilingan [1]. Hozirgi kunda ishchi daftardan o'quv materialini yengil o'zlashtirish, shuningdek uni tekshirish maqsadida umumta'lim maktablari o'qituvchilari foydalanadilar. Oliy ta'limda alohida olingan texnik fanlar, masalan, «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanidan talabalar tayyorgarligi sifatini oshirish va o'quv jarayoni samaradorligini oshirish uchun ishchi daftardan faol foydalanish zarur deb hisoblaymiz. Jumladan, ishchi daftardan talabalar bilim va ko'nikmalarini ma'ruza mashg'ulotlari, amaliy va laboratoriya ishlarida nazorat kilib borish uchun foydalanish mumkin. Zamonaviy informatsion texnologiyalar ishchi daftarni elektron shaklda ham ishlab chiqishga imkon beradi. Hozirgi kunda elektron ishchi daftarlar oliy ta'limda keng ko'lamda foydanilmayapti. Shuning uchun biz o'z oldimizga elektron ishchi daftarlarning tuzilishi, mazmuni va ulardan foydalanish metodikasini talabalarga «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fani uchun [2] aniqlashni maqsad qilib qo'ydik.

N.Ye. Erganova, oliy ta'limda mutaxassis tayyorlash jarayonida ishchi daftarlardan foydalanishga bag'ishlangan ishlarida ishchi daftarlarning maqsadlari, funksiyalari va turlarini ko'rsatib o'tgan [3]. Ishchi daftardan foydalanish maqsadlari:

- o'quv materialini sifatli o'zlashtirish;

- o'quv faoliyati ko'nikma va malakalarini tanlash;

- mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish;

- talabalarning o'quv - bilish faoliyatini faollashtirishga ko'maklashish.

Erganova ishchi daftarning oltita funksiyasini qarab chiqdi:

1. O'rgatuvchi- talabalarda zarur bilim va ko'nikmalarning shakllanishini ko'zda tutadi;

2. Rivojlantiruvchi- talabalarda mashgulotlarda turg'un diqqat rivojlanishini ta'minlaydi;

3. Tarbiyalovchi - mustaqillik kabi shaxsiy sifatlarni tarbiyalaydi;

4. Shakllantiruvchi-talabalarda mustaqil o'rganish ko'nikmalarini shakllantiradi;

5. Ratsionallovchi - talabalarni o'quv vaqti va o'quv ishlarini ratsional tashkil qilishga o'rgatadi;

6. Nazorat qiluvchi- talabalarga bilimlarni nazorat qilish va ular bilimlarini o'z o'zlarini nazorat qilishga o'rgatadi.

Quyidagi turlardagi ishchi daftarlar mavjud:

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr

- axborot beruvchi ishchi daftar uzida fakat ukuv imateriali mazmuni xakidagi ma'lumotni mujassamlashtiradi. Ukuv axboroti talabalarga kurib chikilayotgan mavzu buyicha yullanma beradi.

- nazorat qiluvchi ishchi daftardan mashgulot mavzusi utilgandan keyin foydalaniladi. Ukituvchi ishchi daftar varaklari yordamida talaba kaysi boskichda xatoga yul kuyayotganligini aniklaydi va mashgulot davomida uni bartaraf kiladi.

- aralash turdagi ishchi daftar o'z ichiga axborot va nazorat bloklarini oladi.

Oliy ta'limda mutaxassis tayyorlash jarayonida ishchi daftarlardan foydalanish buyicha izlanishlarga asoslanib biz «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» tanlov fani uchun ishchi daftarni ishlab chiqdik.

Ishchi daftar «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanining o'quv metodik kompleksi tarkibiy kismi xisoblanadi. Uning tarkibi uz ichiga: kirish, modullar bo'yicha amaliy ishlar, uyga vazifalar bulimlarini oladi. Kirishda talabalar ishchi daftar tuzilishi va mazmuni bilan tanishadilar, u bilan ishlash buyicha tavsiyalar oladilar. Modullar buyicha amaliy ishlar o'quv masalalari tizimi bilan namoyish qilingan: aniqlik kiriting, muvofiqlikni toping, to'g'ri javobni tanlang, jadvalni to'ldiring, grafikni chizing. Uy vazifalari o'quv masalalarining individual tizimi orqali ifodalangan: masalani yeching, savolga javob bering, o'z variantingiz bo'yicha grafikni chizing, qisqacha axborot bering. «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanidan ishlab chiqilgan ishchi daftar aralash turga mansub bo'lib, o'z funksiyalarini bajaradi va turli topshiriqlarni o'z ichiga oladi.

Ishchi daftarda topshiriqlarni bajarar ekan, talaba to'g'ridan to'g'ri daftar varaqlariga javobni yozadi(chizadi, yozadi, tanlaydi). Ishlash qiziqarli bo'lishi uchun ba'zi vazifalar illyustrasiyalar bilan boyitilgan. Ishchi daftarda keltirilgan masalalar rivojlantiruvchi ta'lim tizimi bo'yicha ko'rilgan. V.I. Zemqova o'quv masalasini oliy o'quv yurti talabalarining o'qish faoliyatida zarur kasbiy malakalar olishlarida asosiy vosita deb hisoblaydi [4].

A.F. Esaulov, o'quv masalasini yechish jarayonida talaba masalaning sharoitlari va talablarini chuqur o'rgana boshlaydi, deb ta'kidlaydi.Ushbu masalaning mohiyatiga chuqur kirib borish talaba fikrlashi mustaqilligining shakllanish yo'lini, turli faoliyat soxalarida uning aqlining originalligi va topag'onligini aniqlaydi. Ishchi daftar mazmunini ishlab chiqishda biz bo'lajak bakalavrlar innovasion potensialini aniqlaydigan ikki turdagi to'rtta asosiy guruhga bo'lingan vazifalardan foydalandik:

Standart masalalar[5]:

- Mnemik masalalar. Talabalarni berilgan kattaliklarni mnemik qayta tasvirlashga o'rgatadi. Ushbu turdagi masalalarni yechishda talaba yangi bilimlar olmaydi, balki olingan bilimlarni tizimlashtiradi va qayta tasvirlaydi.

- Elementar masalalar. Sodda fikrlash operasiyalaridan foydalanishni talab qiladi.

Nostandart masalalar :

- Murakkab masalalar. Murakkab fikrlash operatsiyalaridan foydalanishni talab kiladi.

- Evristik masalalar. Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, individualligini namoyon qiladi, nostandart vaziyatlarda o'zini ko'rsatishga yordam beradi, olingan bilimlardan foydalanishga va yangi bilimlar egallashga, yanada murakkabroq xarakat tizimlarini shakllantirishga yordam beradi.

Ishchi daftar tuzilishi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

Kirish. Kirishda tanlangan mavzu «Payvandlash ishlab chiqarishi»ning asosiy jihatlarini yoritamiz. Ishchi daftar qanday topshiriqlardan tashkil topganligini, uni to'ldirish uchun qanday qo'shimcha talablar borligini qisqacha yoritamiz.

Nazariy qism. Ushbu bulim nazariy materiallardan iborat bo'lib, tushirib qoldirilgan terminni yoz, tarkibiy qismlarni sanab o't, sxemani to'ldir, rasmni to'ldir, savolga javob ber kabi topshiriqlardan tashkil topgan. Nazariy qismni to'ldirish majburiy bo'lib «Payvandlash ishlab chiqarishi» mavzusi bo'yicha joriy nazorat xarakteriga ega.

Krossvord;

Test topshiriqlari;

Qo'shimcha topshiriqlar (muvofiqlikni aniqlash bo'yicha topshiriqlar, keys masala.)

Krossvord, test topshiriqlari va kushimcha topshiriklar auditoriyadan tashqari mustqil ishga yo'naltirilgan va ishchi daftar mavzusi bo'uyicha qo'shimcha manbalar bilan ishlashni ko'zda tutadi. Talabalarga auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni bajarishda qulaylik yaratish maqsadida ishchi daftarda internet-resurslar berilgan.

Tahlil va natijalar:

Bo'lajak bavalavrlar innovatsion potensiali shakllanishida multimedia texnikasi yordamida mashg'ulot o'tish, elektron ishchi daftardan foydalanish samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba sinov ishi o'tkazildi. Ikki semestr davomida dinamikada tajriba va nazorat guruhlarida olib borilgan ish natijalarini qarab chiqildi. Tajriba sinov ishi boshida va oxirida barcha guruhlar uchun ikkita kompleks qirqim amalga oshirildi. Talabalar guruhlari bir xil boshlang'ich parametrlarga ega bo'lib, nazorat guruhlarida o'qish faqat an'anaviy uslublar asosida olib borildi. Yuz berayotgan o'zgarishlarni sinaluvchi faoliyati mahsulotlari tahliliga asoslangan eksperimentator xulosalarini ko'zda tutuvchi nazorat shakllaridan foydalanildi. Innovatsion ko'nikmalar shakllanganlik darajasini aniqlash talabalarning o'z o'zlarini baholash (anketalash), talabalar tomonidan bajarilgan topshiriqlarni o'qituvchi tomonidan tahlil qilish va solishtirish orqali, shuningdek ko'nikmalarni baholash shkalasi orqali amalga oshirildi.

Elektron ishchi daftar o'quv jarayonini olib borishning zamonaviy usullaridan ekanligini ta'kidlab o'tamiz. Afzalliklarga shubxa yo'q: o'quv materiali o'zlashtirilishining tekshirilishi, talabalar fikrlash qobiliyatining nazorati, ma'ruzalarning turli shakllarda olib borilishi tufayli auditoriya qiziqishinig ortishi, xatoga yo'l qo'yilgan lahzada uni to'g'rilash imkoniyati.

Ushbu izlanish jarayonida mutaxasislik fanlarini o'qitishda ishchi daftarlarning tuzilishi, ahamiyati va turlari o'rganildi. Ishchi daftarlar ishlab chiqishning metodik jihatlari tahlil qilindi. Ishchi daftarlar ishlab chiqishning asosi sifatida «Payvandlash ishlab chiqarishi» mavzusining didaktik jihatlari o'rganildi. «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fani uchun ishchi daftar tuzilishi va mazmuni ishlab chiqildi. O'qituvchiga metodik tavsiyalar tuzildi va izlanish natijalari tahlil qilindi. Izlanishning amaliy ahamiyati o'quv fani bo'yicha talabalar bilimlarni o'zlashtirishining yengillashishi uchun ishchi daftar qo'llanilishi hisoblanadi.

Xulosa. Nazorat va tajriba guruhlaridagi solishtirma tahlil shuni ko'rsatdiki, bavalavrlar tayyorlash o'quv jarayonida nazorat guruhlarida materialning o'zlashtirilishi 1,2 foizga, tajriba guruhlarida esa 12.5 foizga o'sdi. Shunday qilib, tajriba sinov ishining natijasi bakalavrlar innovatsion potensialini shakllantirish uchun elektron ishchi daftardan foydalanish samarali ekanligini ko'rsatdi. Elektron ishchi daftar bakalavrlarga muammolarni aniqlash va qo'yish, solishtirish va xulosalar qilish imkoniyatini beradi. yechilgan masalalar ularga nostandart masalalarni yechilish usullarini va standart masalalarni yangi yechilish usullarini topishga va

" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

innovatsion potensialning shakllanishiga olib keladi. O'qituvchilar uchun ishchi daftardan

foydalanish bu o'quv jarayonida faol metodlarni qo'llashdagi yana bir imkoniyatdir.

REFERENCES

1. Мельникова, А.Я. Инженерные игры как педагогическое средство формирования инновационного потенциала будущих специалистов (автореферат). Автореферат дисс. ... канд. пед. наук: 13.00.08. - Оренбург.: ИПК ГОУ ОГУ, 2008 - 22 с.

2. Бордонская, Л.А., Голобокова Г. И. Рабочая тетрадь студента современного вуза как многофункциональное дидактическое средство // Ученые записки Заб ГУ. - 2013.

- №6 - С. 51-65

3. Эрганова, Н.Е. Методика профессионального обучения: учеб.пособие для студ. высш. учеб. Заведений / Н.Е. Эрганова. - 2-е изд., стер. - М: Издательский центр «Академия», 2008. - 160 с.

4. Е.А. Вержинская Создание рабочей тетради по дисциплине (методические рекомендации) [Электронный ресурс] http://ogk.edu.ru/sites/all/files/metod_rekomendacii_po_sozdaniyu_rabochey_tetradi.pdf

5. Методические рекомендации по разработке рабочих тетрадей [Электронный ресурс] http://nsportal.ru/vuz/tekhnicheskie-nauki/library/2012/03/16/metodicheskie-rekomendatsii-po-sozdaniyu-rabochikh

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.