Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA O`ZBEKISTON TASHQI SAVDOSI: HOLATI VA ISTIQBOLLARI'

MUSTAQILLIK YILLARIDA O`ZBEKISTON TASHQI SAVDOSI: HOLATI VA ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eksport / import / to‘qimachilik / mato / kiyim-kechak / tashqi savdo / zamonaviy avtomobillar

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Toshev Murod Toyirovich

Mazkur maqola mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida respublikamizda tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan ba’zi bir amaliyotlar ko‘lami yoritilgan hamda muhokama etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA O`ZBEKISTON TASHQI SAVDOSI: HOLATI VA ISTIQBOLLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

MUSTAQILLIK YILLARIDA O ZBEKISTON TASHQI SAVDOSI: HOLATI VA ISTIQBOLLARI

Toshev Murod Toyirovich

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi https://doi.org/10.5281/zenodo.10996535

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-April 2024 yil Ma'qullandi: 15- April 2024 yil Nashr qilindi: 19- April 2024 yil

KEY WORDS

eksport, import, to'qimachilik, mato, kiyim-kechak, tashqi savdo, zamonaviy avtomobillar.

Mazkur maqola mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida respublikamizda tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan ba'zi bir amaliyotlar ko'lami yoritilgan hamda muhokama etilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat korxonalarini tashkil etish, xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining mahsulotlarini eksport qilishni qo'llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko'mak berish, mahsulotlarini eksportga yo'naltirish, qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish borasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar iqtisodiyotning barqaror sur'atlar bilan o'sishi, mamlakatimizning eksport salohiyati izchil yuksalishiga xizmat qiladi. Darhaqiqat, «Made in Uzbekistan» yorlig'i tushirilgan mahsulotlarimiz dunyo bozorlaridan mustahkam joy olmoqda. Korxonalarimiz jahonga qariyb barcha turdagi tovarlarni - oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, qurilish materiallaridan tortib yuqori texnologiyali zamonaviy texnikalargacha taklif etmoqda. Xalqaro andozalar asosida ishlab chiqarilayotgan bu mahsulotlar yuksak sifati bilan xorijlik iste'molchilarga manzur bo'lmoqda.

Ushbu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirish, mamlakatimiz korxonalarini eksport faoliyatiga jalb etish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga yo'naltirish, milliy mahsulotlar eksporti salohiyatini yuksaltirishda Prezidentimiz tashabbusi bilan O'zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi alohida ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR SHARHI

P.Xausman, J.Xvang, D.Rodriklar tadqiqotlariga ko'ra, eksportni rag'batlantirish mexanizmi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining faoliyat samaradorligini pasaytiradi, bu holatning ustuvor jihatlari jahon bozoridagi kon'yunkturaviy o'zgarishlarda o'z aksini topadi [3]. E.Jonatxan, S.Kortum, F.Kramarzlarning tadqiqot yo'nalishida eksport siyosatini rag'batlantirishning nota'rif usullari keng o'rin egallaydi [4], N.F.Gofman, G.A.Maxovikova tomonidan olib borilgan tadqiqotlar eksport faoliyatini rag'batlantirishning klassik va hozirgi zamon uyg'unligini ta'minlashga asoslanadi [5].

O'zbekiston eksport salohiyatini tizimli tartibda o'rganish va mazkur yo'nalishda strategik vazifalarni amalga oshirishga doir tadqiqot izlanishlari A.V.Vaxobov, D.A.Tadjibaeva,

Sh.X.Xajibakievlar tomonidan amalga oshirilgan bo'lib, tadqiqotchilar eksport faoliyatini rag'batlantirishda shartnomaviy munosabatlarning rolini oshirishga ustuvorlik berish zarurligini ta'kidlaydilar [6].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Tashqi savdo aylanmasi unga 2023 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 36 299,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 5 451,7 mln. AQSh dollariga yoki 13,1 %ga kamaydi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg'oniston (772,3 mln. AQSh dollari), Qirg'iziston (610,1 mln. AQSh dollari), Tojikiston (307,2 mln. AQSh dollari), va Eron (33,2 mln. AQSh dollari) shular jumlasidandir. 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,6 %ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2022 yilga nisbatan ulushi 2,0 %ga kamaygan.

Eksport bo'yicha 2023 yilning yanvar- noyabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6 109 tani tashkil etib, ular tomonidan 9 323,3 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2022 yilning mos davriga nisbatan 25,7 %ga kamaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta'minlandi. O'zbekiston Respublikasi eksporti dekabr oyida 930,4 mln. AQSh dollari qiymatida qayd etilib, o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 673,5 mln. AQSh dollariga kamaydi.

Import bo'yicha 2023 yilning yanvar- dekabr oylarida import hajmi 21 171,5 mln. AQSh dollarini va 2022 yilga nisbatan 87,2 %ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,6 %), sanoat tovarlari (16,9 %) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o'xshash mahsulotlar (13,7 %) hisobiga to'g'ri keldi.

2023 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo'yicha O'zbekiston Respublikasi tomonidan 147 davlatdan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi. Yetti yirik hamkor davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozog'iston, Turkiya, Germaniya va Chexiya Respublikasi) jami importning 71,9 % ulushini tashkil qildi, bu 15 228,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi[7].

1-jadval

O'zbekiston Respublikasining hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi (2023 yil, yanvar-dekabr)[7, 8]

O'zbekiston Respublikasi Mln. AQSh dol. O'sish sur'ati %da

O'zbekiston Respublikasi 36299,3 86,9

Qoraqalpog'iston Respublikasi 539,7 77,1

Hududlar:

Andijon 2796,4 110,4

Buxoro 831,4 66,0

Jizzax 816,4 160,4

Qashqadaryo 544,2 66,0

Navoiy 1312,0 71,5

Namangan 871,4 88,3

Samarqand 1492,1 85,3

Surxondaryo 421,7 75,0

Sirdaryo 642,3 112,5

Toshkent 4598,0 96,9

Farg'ona 1462,3 103,1

Xorazm 468,5 84,0

Toshkent sh. 12424,1 93,9

O'zbekiston Respublikasida tovarlar tashqi savdosi statistika ko'rsatkichlarini shakllantirishda Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi o'rinlarda TIF TN) bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi o'rinlarda XSST) qo'llaniladi. Bu, o'z navbatida, tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST bo'yicha kodlashtirish TIF TN va XSST o'rtasida o'tish kalitlari yordamida amalga oshiriladi.

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, 2023 yil yakunlariga ko'ra, O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hududlar kesimida qaraydigan bo'lsak, eng yuqori salmoqni Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Andijon viloyati, eng kam ko'rsatkichlarni Surxondaryo viloyati, Xorazm viloyati va Qashqadaryo viloyatlari tashkil etdi. XULOSA VA MUNOZARA

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, raqobatdagi ustunlikni ta'minlashda ichki bozor ta'sirini oshirish, tashqi bozorga yo'naltirilgan tovar va xizmatlar tarkibini takomillashtirish va assortimentini yangilash borasidagi qator chora-tadbirlar ta'sirida barqaror iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlari ta'minlandi va quyidagilar taklif etildi:

• mamlakatimizda ayrim tarmoqlar mahsulotlarini jahon bozori uchun ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashuv jarayonlarini yuqori darajaga olib chiqish;

• ichki iqtisodiy salohiyatni namoyon etishda davlat tomonidan tartibga solish jarayonlarining ustuvorligini ta'minlash;

kredit va moliyaviy tizimning zamonaviy mexanizmlarga ega emasligi, infratuzilma, ilmiy-texnik salohiyat, mehnat resurslari kabi omillardan maqsadli foydalanish parametlarining to'liq shakllanmaganligi eksport salohiyatidan samarali foydalanish jarayonlariga o'zining ta'sirini oshirish lozim.

Adabiyotlar royxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://uza.uz/oz /politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020

3. Heckscher E. Tashqi savdoning daromad taqsimotiga ta'siri = The Effect of Foreign Trade on The Distribution of Insome (1919) // Iqtisodiy fikrning bosqichlari. / Ed. A.P.Kireeva. - M.: TEIS, 2006. - 154 b.

4. Olin B. Mintaqalararo va xalqaro savdo. - M.: Delo, 2004. - 416 b.

5. Kvint V.L. Jahon bozori uchun strategiya. - Nyu-York, London: Routledge-Taylor & Frensis, 2015. - 520 p.

6. Vahabov A.V., Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. - T.: Baktria press, 2015. - 584 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.