Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILGAN MA’NAVIY VA MADANIY RIVOJLANISH VA ICHKI TURIZMNI KENGAYTIRISH CHORA TADBIRLARI'

MUSTAQILLIK YILLARIDA MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILGAN MA’NAVIY VA MADANIY RIVOJLANISH VA ICHKI TURIZMNI KENGAYTIRISH CHORA TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ma’naviyat / ma’rifat. Tarixiy shahar / madaniyat / san’at / milliy sport Millatlararo munosabatlar / dinlararo munosabatlar / turizm / tolеrantlik / bag‘rikеnglik.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Akmaljonov Akbarjon Akmaljon O‘g‘li

Ushbu maqolada Mustaqillik yillarida yurtimiz ijtimoiy hayotida olib borilgan maʼnaviy va maʼrifiy ishlar,yoshlarga berilgan imkoniyatlar mamlakatimiz hududidagi diqqatga sazovor joylarga tashrif ichki turizimni rivojlantirish moddiy ashyolarni asrash bino va inshoatlar rekanstruksiyasini jadal rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan olib borilgan islohatlar haqida batafsil ma’lumotlar beradi va keng ma’lumotlar bayon etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILGAN MA’NAVIY VA MADANIY RIVOJLANISH VA ICHKI TURIZMNI KENGAYTIRISH CHORA TADBIRLARI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

MUSTAQILLIK YILLARIDA MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILGAN MA'NAVIY VA MADANIY RIVOJLANISH VA ICHKI TURIZMNI KENGAYTIRISH CHORA TADBIRLARI

Akmaljonov Akbarjon Akmaljon o'g'li Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san'at fakulteti Tarix yo'nalishi talabasi [email protected]

https://doi.org/10.5281/zenodo.10684021

ARTICLE INFO

Received: 15th February 2024 Accepted: 17th February 2024 Published: 20th February 2024

KEYWORDS Ma'naviyat, ma'rifat. Tarixiy shahar, madaniyat, san'at, milliy sport Millatlararo munosabatlar, dinlararo munosabatlar, turizm,

tolerantlik, bag'rikenglik.

ABSTRACT

Ushbu maqolada Mustaqillik yillarida yurtimiz ijtimoiy hayotida olib borilgan ma'naviy va ma'rifiy ishlar,yoshlarga berilgan imkoniyatlar mamlakatimiz hududidagi diqqatga sazovor joylarga tashrif ichki turizimni rivojlantirish moddiy ashyolarni asrash bino va inshoatlar rekanstruksiyasini jadal rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan olib borilgan islohatlar haqida batafsil ma'lumotlar beradi va keng ma'lumotlar bayon etadi.

Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bolsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir

Shavkat Mirziyoyev

KIRISH. Mustaqillikga erishgach O'zbekiston ma'naviy hayotida, madaniyat taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi deb aytsak siraham yanglashmagan bo'lamiz. Istiqlol tufayli xalqimiz ma'naviyat zug'umlaridan ozod bo'ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo'l ochildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab milliy istiqlol g'oyasi va mafkuraviy masalalarining haqiqiy sof ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala bo'lib kelmoqda.Milliy istiqlol g'oyasi va mafkurani yaratishni taqozo etuvchi sabablar bu, bir tomondan sovetlar davrida totalitar tuzum manfaatlarini himoya qiladigan kommunistik mafkuradan butunlay voz kechishi va sovet davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo'lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg'usini kamol toptirish Ikkinchi tomondan mafkuraviy bo'shliqqa yo'l qo'ymaslik, millat sifatida o'zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta'minlash, shuningdek bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafkuraviy tazyiqlarning oldini olish, ta'bir joiz bo'lsa, o'zigaxos mafkuraviy immunitet hosil qilish kerak. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafkuraviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug'vor g'oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish va o'sib kelayotgan yosh avlodni xalqimizni millatparvar Vatanparvarlik tuyg'usida tarbiyalash zarurdir.

MATERIALLAR VA USULLAR

Milliy istiqlol g'oyasi va mafkuraviy masalalarinihg mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy tamoyillari davlatimizning birinchi prezidenti asarlarida mukammal ifoda etilgan. Milliy istiqlol g'oyasini 1993-yil aprel oyida Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruh adabiyotshunos olimlar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g'oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. Ma'naviy hayotdagi tub sifat o'zgarishlar xalqimiz ma'naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o'zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uyg'oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan bo'lib bularning barchasi xalqimiz ma'naviy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi.Negaki barkamol avlodni shakillantirishda Vatan tarixining ahamiyati beqiyosdir. Boy o'tmishimiz tarxiga nazar soladigan bo'lsak xalqimiz o'tmishi, tarixi haqida bilim berish bilim bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar,ma'naviy jihatdan komil inson qilib shakillanishiga xizmat qiladi.Vatanimiz tarixi "Har bir fuqaroni, jumladan yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko'z qorachigiday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor gilishga o'rgatadi. O'zimizning boy o'mish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon bera-di. Odamlar qalbida ezgulik tuyg'ularini uyg'otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi.Mustaqillik qo'lga kiritilgach,Vatanimiz tarixida burilish pallasi, ma'muriy-buyruqbozlik boshgaruviga asoslangan totalitar tuzumdan erkin, demokratik tuzumga o'tish davri boshlandi. O'tish davrida eski ideallar, g'oyalar, odatdagi tafakkur va axloq me'yorlari o'zgaradi, milliy qadriyatlar qayta baholanadi, muqobil nuqtayi nazarlar paydo ho ladi, allaqachon unutilgan qarashlar qayta uyg'onadi, ziddiyatlar keskinlashadi. Vujudga kelgan murakkab sharoitda «birovlar tarixning horishini bilish mumkin emas», - deb talvasaga tushsa, bosh-qalar eskirgan, rad etilgan «haqiqat»ga yopishib olib, tarix g'ildiragini orgaga qaytarishni orzu giladi, urinadi. Tarixiy tajriba va saboqlar esa dunyoda nimalar o'zgardi, nima uchun o'zgardi, qanday qarashlardan tezroq xalos bo'lish kerak, degan savollarga javob topishga, yangi jamiyat qurishning muqobil yo'llarini mushohada qilib, eng to'g'risini topishga, xatoga yo'lqo'ymaslikka undaydi. Bunda tarix to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi kompas bo'lib xizmat qiladi. Davlat mustaqilligini o'z qo'liga olgan ozod, hur O'zbekistonda Vatan, istiqlol taqdiri bugungi baxtli avlodlar qo'lida. Mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni keyingi avlodlarga yanada qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan holda yetkazish zamonamizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu masuliyatli, ayni paytda, sharafli vazifaning qay darajada ado etilishi bugungi avlodlarga, xususan, yoshlarga, ularning ma'naviy barkamolligiga bog'liq Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimov ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi».Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma'naviyat va ma'rifatdir. Ma'naviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omil hisoblanadi deb yozadi Islom Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli asarida shunday deb yozadi o'z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi»',tug'ilib o'sgan yurtida o'zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko'tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak Tarixiy xotirasi bor inson - irodali insondir deb takidlaydi. Insonda tarixiy xotira o'z Vatani tarixini, o'z xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Yaqin o'tmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari ko'pgina xalqlarni, jumladan, o'zbek xalgini o'z tarixidan judo qilish, ularni

o'z o'tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo'yildi, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtrildi, uni yoshlarga o'qitish va o'rgatishga izn berilmadi.Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o'rnini topdi, barcha o'quv maskanlarida talaba o'quvchilarga Vatan tarixini o'qitish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, Vatan tarixini o'qitish yo'lga qo'yildi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma'naviyatining yulduzlari bo'lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkiloti - YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi.

METODOLOGIYA

Mustaqilikga erishgach vatanimiz hududidagi diqqatga sazovor bo'lgan joylarga tashrif bir necha martta ortdi.Quyida mamlakatimizning diqqatga sazovor jouylar haqida aytib o'tsam. Samarqanddan 40 kilometr uzoqlikda Oqsoy qishlog'ida Hazrati Dovud g'ori yoki Muqaddas Dovudning ajoyib arxeologik yodgorligi, muqaddas qadamjo va tabiatning mo'jizasi joylashgan. Ma'lumki, Hazrati Dovud bir vaqtning o'zida uchta dinda hurmatga sazovor shahs hisoblanadi. Musulmonlar uni Hazrat Dovud, pravoslavlar va yahudiylar David deb atashadi. Uning bashorat va shifo qobiliyati bo'lganligi sabab, uning hayot hikoyasi sir va afsonalar bilan qoplangan. Hazrati Dovud 33 yoshida Isroil va Yahudiya Birlashgan Qirolligining hukmdori bo'lib, qirq yil davomida hukmronlik qilgan. Shunday qilib Hazrat Dovud g'ori muqaddas qadamjoga aylandi. Har kuni o'nlab ziyoratchilar tashrif buyurishadi. Uning ichida barcha murojaatlar, qilingan so'rovlar, istaklar Xudoyi taologa tezroq eshitiladi va amalga oshiriladi deb ishoniladi. Unga erishish uchun siz 1303 pog'onali zinani yengib, yuqoriga ko'tarilishingiz kerak. Tog'ning eng yuqori cho'qqisida qadimiy masjid bor, agar siz 200 qadami pastroqga tushsangiz, Hazrat Dovudning g'orini kirishingiz mumkin. Ana shunday qadimiy yodgorliklardan biri bu Kampirtepa yodgorligi Amudaryoning o'ng sohilidagi Termiz shahridan 30 km uzoqlikda qadimiy Baqtriya yodgorligi - Kampirtepa antik shaharchasining xarobalari joylashgan. 2018 yilda ilmiy arxeologlar Iskandar Zulqarnaynning qarorgohi Oksdagi qadimgi Iskandariya (Amudaryoning boshqa nomi) bir paytlar shu yerda joylashganligini isbotladilar. Arxeologik qazishmalar paytida madaniy qatlamlar topilib, buyuk sarkarda kelgan davrga tegishli yangi buyumlar aniqlangan. Kampirtepa shahridagi hayot kamida 500 yil davom etgan va tarixchilar uni uchta tarixiy davrga ajratishadi:

1. Dastlabki bosqich - bu Iskandar Zulqarnaynning Kampirtepa shaharchasiga kelishi (mil. av. IV - II asrlar).

2. Kushon-Yuyeji davri - eng barqaror va osoyishta davr (mil. av. II - I asrlar).

3. Kushon davri - Kampirtepaning eng yuqori gullab-yashnashi davri (mil. I - II asrlar).

Hozir Kampirtepa tarkibiga chuqur xandak va qal'adan iborat "Quyi shahar" kiradi. "Quyi shahar" to'rtburchakli minoralari bo'lgan qalin devor bilan himoyalangan. "Quyi shahar" ning ichida to'rtta katta bloklarga birlashtirilgan va yo'laklar bilan ajratilgan turli xonalar mavjud. Shaharning mustahkamlangan qismida asosan qabristonlar joylashgan. Shuningdek, ushbu hududda buddaviylik ibodatxonasi qoldiqlarini, xalq ijodiyoti namunalarini, turli tarixiy davrlarning me'moriy va dizayn yechimlarini ko'rish mumkin, bu esa o'z navbatida olimlar va

tarixchilarning qiziqishiga sabab bo'lmoqda.X-XV asrlarda Ko'plab madrasalar mavjud bo'lgan. Chorsu maydoni atrofida Toshkentning eng katta islomiy diqqatga sazovor joylaridan biri -Ko'kaldosh madrasasi qad ko'targan. Mazkur inshoot allaqachondan beri poytaxtning qadimiy qismlarining namunasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. 10-asrda bu yerda mashhur shahar darvozalaridan biri joylashgan. Madrasa Toshkentda Shayboniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrda, XVI asrda qurilgan. Qurilishga "ko'kaldosh" nomli, ya'ni "emikdosh uka" nomi bilan mashhur bo'lgan bosh vazir rahbarlik qilgan. U Toshkent hukmdorlari Baroqxon va Darvishxonlarning ishonchli yaqinlaridan bo'lgan. Madrasaning nomi shunday kelib chiqqan. Madrasaning faoliyati bilan ko'pgina afsonalarni bog'lashadi. Hududdagi yoshi katta qariyalarning so'zlariga ko'ra, ilgari madrasa hududida ommaviy qatllar o'tkazilgan. Xiyonatkor ayollarni sharmanda qilish uchun hamda mahalliy aholiga ibrat bo'lishi uchun eng baland minoradan uloqtirilardi. Boshqa bir afsonaga ko'ra, madrasaning gumbazlaridan birida yoyilib o'sgan pista daraxti muqaddas hisoblangan.Madrasaning ichki devorlaridan birida qadimgi Rim maqoli - "Ars longa - vita brevia"ga o'xshash yozuvni ko'rishimiz mumkin: "O'lim- muqarrar, ammo inson yaratgan mehnat abadiy qoladi".Bugungi kunda Ko'kaldosh madrasasi poytaxtning eng yirik me'moriy yodgorliklaridan biridir. Pishgan g'ishtdan qurilgan baland bino musulmon diniy muassasalari tamoyiliga binoan qurilgan: katta ichki hovli - hujra va sinf xonalari bilan o'ralgan. Binoning old qismi, kirishdagi peshtoqning balandligi deyarli 20 metrni tashkil etadi, bu yerda an'anaviy o'yilgan ayvonlarning ikki tomonida burchak minoralari joylashgan. Binoning derazalarida quyoshdan himoyalovchi panjara ishlatiladi, u yerda har qanday mo'min uchun muqaddas bo'lgan Olloh va uning payg'ambari Muhammad ismi yozilgan o'yma naqshlar ko'rinadi. Madrasa o'zining butun tarixi davomida ko'plab voqealarning guvohi bo'lgan, bu ichki urushlar va falokatlar, madrasa zilzila tufayli bir necha bor vayron qilingan, karvonsaroy ham shu yerda bo'lgan, XIX asrda bu bino Qo'qon xonlarining qarorgohi bo'lib xizmat qilgan. Bu yerdan toshkentlik isyonchilarga qarata to'plardan o'q otilgan. Ko'kaldosh binosi juda ko'p narsalarni ko'rgan.Mustaqillik yillarida Toshkent ustalarining kuchi bilan Ko'kaldosh madrasasi to'liq ta'mirlandi. Va madrasaga diniy muassasa maqomini qaytarishga qaror qilindi.Bugun bu yerda musulmonlarni namozga chaqiruvchi muazzinlarning azon o'qigan ovozlarini eshitish mumkin, hujralarda esa talabalar uchun darslar va turli xil diniy marosimlar o'tkazilmoqda. Har bir davlatda xalqining o'tmishi va ulug'vor tarixini eslatib turuvchi tarixiy obidalar va yodgorliklar mavjud. Ushbu yodgorliklar orqali inson ma'naviy ozuqa oladi, o'z davlatining tarixidan faxrlanadi va g'urur tuyg'usini his etadi.Dunyoda inson qo'li bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, o'z jozibasini yo'qotmay kelayotgan tarixiy obidalar ko'plab uchraydi. Tarixdan bizga ma'lumki inson zoti san'atni qadrlagan va go'zallikka intilib kelgan.

NATIJALAR

Yurtimizda moddiy ashyolarni asrash bino va inshoatlar rekanstruksiyasini jadal rivojlantirish bo'yichaham qator ishlar olib borildi va bu borada Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida alohida qonun sifatida belgilab qo'yildi.

Ushbu Qonunning maqsadi O'zbekiston xalqining umummilliy boyligi bo'lmish madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. diqqatga sazovor joylar — inson va tabiat ijodining mushtarak mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega

bo'lgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, atoqli tarixiy shaxslarning hayoti bilan bog'liq bo'lgan imoratlar, xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek ko'hna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar;

yodgorliklar — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan ayrim imoratlar, binolar va inshootlar, ular bilan bog'liq bo'lgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san'ati asarlari hamda shu imoratlar, binolar va inshootlarning tarixan tarkib topgan hududlari, shuningdek memorial uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar, monumental san'at asarlari, fan va texnika (shu jumladan harbiy texnika) obyektlari, antropologiya, etnografiya, numizmatika, epigrafika, kartografiya, fotografiya materiallari, kinofilmlar, audio-, video yozuvlar hamda boshqa jismlardagi yozuvlar, adabiyot va san'at asarlari, arxiv, qo'lyozma va chizma hujjatlar, qadimgi qo'lyozma kitoblar, harf terish usulida chiqarilgan dastlabki kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va memorial xususiyatga ega bo'lgan ashyolar, tosh haykallar, qoyaga o'yib solingan tasvirlar, arxeologiya yodgorliklari;

madaniy meros obyektlari — moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari;

moddiy madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar;nomoddiy madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (so'z, raqs, musiqa, tomosha san'ati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'ati bilan bog'liq bilimlar, ko'nikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlarni qayta tiklash va ularda rekanstruksiya ishlarini olib borishga keng ahamiyat qartildi.Bularning ortidan ko'zlagan maqsad esa Ichki turizmni rivojlantirish qolaversa ajdodlar ruhini shod qilish desam mubolag'a bo'lmaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki Mustaqillik yillarida yurtimiz ijtimoiy hayotida olib borilgan barcha ma'naviy va ma'rifiy ishlar salmog'i sezilarli darajada ortdi asrlar davomida yo'qolib borayotgan urf-odat,qadiryat va an'analar qayta tiklandi, va biz yoshlar uchun ulkan marra va zafarlar quchishimizda harqanday zaruriy choralar ko'rildi.Yuzlab sport majmualari,kutubxonalar,yangidan yangi ish o'rinlari tashkil qilindi.Mamlakatimiz hududidagi diqqatga sazovor joylarga tashrif ichki turizimni rivojlantirish moddiy ashyolarni asrash bino va inshoatlar rekanstruksiyasini jadal rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan olib borilgan islohatlar yuzasidan to'xtalib o'tadigan bo'lsak yurtimiz hududida judaham ko'plab qadimiy inshoatlar bunyod etilgan.Bugungi kunga kelib esa ularning ayrimlarini qayta tiklash ularning atrofi va moddiy bazasini shakillantirishga katta e'tibor qaratildi.Shaxsan men 2021-yil Xorazm viloyati Urganch shahriga sayohatga borgan vaqtimda anashunday qayta tiklash ishlarni samarasini o'z ko'zim bilan ko'rib judaham hursand bo'lganman.Sababi olib borilgan ishlarni ortidan qadimiy binolarni,qadimgi shaharni anashu davirdagidek ko'rishga va biroz bo'lsada moziyga qaytib anashu davr havosidan nafas olishga muyassar bo'lganman.Albatta bunday ishlarni yurtimizning har bir nuqtasidan ko'rib kuzatishimiz mumkin. Bularning barchasi barchasini mamlakatimiz rivoji uchun xizmat qilishi shak shubhasizdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild. - T.: O'zbekiston NMIU, 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. - T.: O'zbekiston NMIU, 2018.

3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O'zbekiston NMIU, 2017.

4. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - T.: O'zbekiston NMIU, 2019.

5. Karimov I.A. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. - T.: O'zbekiston, 1992.

6. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. -T.: Sharq, 1998.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.