Научная статья на тему 'MUSTAQIL O‘ZBEKISTONNING TURKIYA BILAN IQTISODIY MUNOSABATLARI EVOLYUTSIYASI'

MUSTAQIL O‘ZBEKISTONNING TURKIYA BILAN IQTISODIY MUNOSABATLARI EVOLYUTSIYASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston milliy mustaqilligi / Turkiya bilan munosabatlar / iqtosodiy / aloqalar / rivojlanish bosqichlari / jahon tarixidagi yangi davr. / national independence of Uzbekistan / relations with Turkey / economic relations / stages of development / a new era in world history

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdukhafizov, Abdulaziz Firdavsovich

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng Turkiya va Oʻzbekiston davlatlari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar oʻrganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EVOLUTION OF ECONOMIC RELATIONS OF INDEPENDENT UZBEKISTAN WITH TURKEY

This article examines the economic relations between Turkey and Uzbekistan after the independence of the Republic of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «MUSTAQIL O‘ZBEKISTONNING TURKIYA BILAN IQTISODIY MUNOSABATLARI EVOLYUTSIYASI»

MUSTAQIL O'ZBEKISTONNING TURKIYA BILAN IQTISODIY MUNOSABATLARI EVOLYUTSIYASI

Abdukhafizov Abdulaziz Firdavsovich

Oriental universiteti Magistratura bosqichi 2-kurs talabasi Tene^OH: 977140200_ Elektron pochta: aabdulkhafizov.aa@gmail .com

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng Turkiya va O 'zbekiston davlatlari o 'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar o'rganilgan.

Kalit so'zlari: O'zbekiston milliy mustaqilligi, Turkiya bilan munosabatlar, iqtosodiy, aloqalar, rivojlanish bosqichlari, jahon tarixidagi yangi davr.

This article examines the economic relations between Turkey and Uzbekistan after the independence of the Republic of Uzbekistan.

Key words: national independence of Uzbekistan, relations with Turkey, economic relations, stages of development, a new era in world history

XX asrning 90-yillari boshida SSSR ning parchalanishi va Sotsialistik sistemaning inqirozi xalqaro munosabatlarda uzoq davom etgan "Sovuq urash" muhitining ortda qolishi,yangi paydo bo'lgan yosh mustaqil davlatlarning dunyo hamjamiyatiga qushilishi,rivojlangan mamlakatlarning esa ular bilan aloqalar bog'lab,mazkur mintaqada o'z mavqeini mustahkamlash uchun o'zaro raqobatli,keng miqyosdagi hamkorlikka kirishganligi dunyo siyosatida tub o'zgarishlarni,hech mubolagasiz aytish mumkinki, Jahon tarixida mutlaqo yangi davrni boshlab berdi.

O'z milliy mustaqilligiga erishgan O'zbekiston Respublikasida bu davrning mamlakatning Asosiy Qonuni- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi va Jahon tajribasiga tayanib,bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning O'zbekistonga xos yo'li ishlab chiqildi. "O'zbek modeli" deb tan olingan bu yo'l O'zbekistonni- agrar industrial mamlakatdan jahondagi rivojlangan davlatlar safiga qo'shishdek ulug' maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgandir. Bu yo'lni O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o'zining " O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat" nomli asarida "Biz o'z istiqlol va tarqqiyot yo'limizni tanlab oldik,bu esa O'zbekistonning

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

147

www.birunijournal .uz

qat'iy yo'lidir",1 deb atagan edi. Haqiqatdan ham Respublikada tub siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirayotganligi hamda milliy manfaatlar ustivorligi, teng huquqlilik va manfaatdorlikka asoslangan tashqi siyosat yuritilayotganligi bois O'zbekiston tezda dunyo mamlakatlari e'tiborga tushdi, Jahon xo'jalik aloqalari tizimiga tortildi, tarixan qisqa vaqtda Mustaqil davlat sifatida dunyo hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egalladi. O'zbekiston erishayotgan muvaffaqiyat omillaridan biri mamlakat I.A.Karimov aytganlaridek,uning xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorligidir: "Chet mamlakatlar bilan savdo,ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni kengaytirish O'zbekistonda xorijiy sarmoya bilan korxonalar barpo etish yoshlarning jahondagi ilg'or o'quv va ilmiy markazlarida keng ko'lamda ta'limni tashlik qilish,mana shularning hammasi Respublikada iqtisodiy islohotlarning,jahon xo'jalik aloqalariga kirishning,jahon hamjamiyatida teng huquqli munosin mavqega erishishning juda kuchli omilidir"2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sovet Ittifoqi davrida o'zining tashqi siyosiy davlat idoralariga,mustaqil tashqi siyosat yuritish va tashqi iqtisodiy faoliyat olib borishning huquqiy tayanchiga,yetarli diplomatlariga va tashqi iqtisodpiy faoliyat sohasidagi mutaxasislarga ega bo'lmagan O'zbekiston uchun bu jarayon ancha qiyin kechdi. O'zbekiston Respublikas Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'biri bilan aytganda, "Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga,o'zi yurishga majbur bo'di"

Mustaqillikning dastlabki kunlarida qabul qilingan ko'plab qonunlarda,eng avvalo O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizning tashqi siyosiy faoliyati va uning xalqaro hamkorligini amalga oshiruvchi mustahkam tizimning huquqiy asoslari belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi tubdan qayta tuzildi. Mamlakatimizda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi,Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va boshqa muassasalar barpo etildi. Dunyoning ko'plab mamlakatlarida O'zbekiston Respublikasining elchixonalari va konsullik vakolatxonalari ochildi. Respublikaning ko'plab vazirliklari,davlat qo'mitalari,konsernlari va banklari tarkibida tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro hamkorlik bilan shugullanuvchi boshqarmalar va bo'limlar tuzildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Turg'ut O'zal (1989-1993 yillarda u prizdent bo'ldi) nomi bilan bog'liq iqtisodiyotni rivojlantirishning " Turk modeli" asosida bozor munosabatlariga o'tilishi natijasida so'nggi chorak asrda Turkiya iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlandi. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga davlatning

1 Каримов И.А. Узбекистан келажаги буюк давлат. - Тошкент: "Узбекистон", 1992.- 64 бет.

2 Каримов И.А. Узбекистон келажаги буюк давлат. - Тошкент: "Узбекистон", 1992.- 64 бет.

148

www.birunijournal .uz

islohotchi sifatida homiylik qilib,katta miqdirdagi xorijiy investisiyalarni mamlakatga jalb etib, "eksport yoki o'lim!" Shiori asosida ishlab chiqarishning qayta tashkil qilinganligi bois "turk modeli" muvaffaqiyat qozonib, Turkiya jahondagi rivojlangan davlatlat qatoridan joy oldi.

Dunyo mamlakatlari Turkiya ham Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) hududiga yangi ochilgan bozor sifatida qarab,bu makonda tashkil topgan yosh mustaqil davlatlar bilan,birinchi navbatda tili,dini,madaniyati yaqin bo'lgan turkey tilli davlatlar bilan, xususan O'zbekiston bilan juda yaqin siyosiy,iqtisodiy,madaniy aloqalar bog'ladi. Angliyaning "Independent" gazetasi Turkiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari tiklanayotganligini "Berlin devori" ning qulatilishiga qiyosladi3.

Xulosa qilib aytganda, yosh mustaqil O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishi va integratsiya jarayoniga tortilishi,o'z navbatida Turkiyaning MDH hududiga o'ziga loyiq mavqe egallashiga bo'lgan intilishi davr taqozo etgan zarurat bo'lib,shu ob'yektiv zarurat O'zbekiston va Turkiyaning o'zaro aloqalar bog'lashiga zamin yaratdi. Albatta, O'zbekiston va Turkiya aloqalarining tezda rivojlanib, keng miqyosda hamkorlik darajasida ko'tarilganligi bejiz emas. Chunki, o'zbek va turk xalqlari asrlar osha siyosiy,iqtisodiy,madaniy-ma'rifiy aloqalar bog'lab kelishgan.

O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishida o'zbek-turk hamkorligining tutgan o'rni.

Yosh mustaqil O'zbekiston tarixining tongida dunyo mamlakatlarida eng avvalo Turkiya bilan o'zaro teng huquqlilik va manfaatdorlikka asoslangan aloqalar bog'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prizdenti Islom Karimovning 1991 yil 16-19 dekabr kunlari shu mamlakatda qilgan rasmiy safari chogida imzolangan "O'zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o'rtasidagi aloqalarning asoslari va maqsadlari to'g'risida shartnoma", "O'zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o'rtasida iqtisodiy hamda savdo hamkorligi to'g'risida bitim", "Ahdlashuv protokoli" kabi qator hujjatlar ikkala mamlakat o'rtasuda nafaqat iqtisodiy aloqalarni tiklash balki uni keng qamrov; hamkorlik darajasiga ko'tarishg a ham zamin bo'lib xizmat qiladi.

Ma'lumki, Turkiya iqtisodiyotida so'nggi chorak asrda qo'llanilgan model "turk modeli" sifatida mashhurdir. Bu model jahinning ilg'or mamlakatlari erishgan yutuqlari asosida o'z millatining urf-odatlari,tabiiy,tarixiy va iqtisodiy xususiyatlarini to'liq hisobga olgan holda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini to'liq qo'llashdir. "Turk modeli" jahondagi rivojlangan mamlakatlar uchun qo'llanilgan bozor iqtisodiyoti

3 Ywa wofifla

149

www.birunijournal .uz

modelini Turkiya sharoitiga mohirona moslashtirish bo'lib,bu mamlakat uchun o'ziga xos modeldir4.

O'zbekiston Respublikasi hukumati isqiqlolning dastlabki yillaridan boshlab bozor iqtisodiyotiga o'tgan boshqa mamlakatlar,shu jumladan, turkiyaning ham tajribalariga tayangan holda avvalo xalqimizning o'ziga xos mintalitetini hisobga olib,o'tish davri uchun "O'zbek modeli" ni ishlab chiqqan edi. Bu model dastlabki kunlardan boshlab o'z samaralarini bera boshladi.

Turkiya mustaqillikka erishgan O'zbekiston xalqiga birinchi bo'lib insonparvarlik yordami ko'rsatgan davlat hisoblanadi. Turkiya Qizil Yarim Oy jamiyati tomonidan O'zbekistonga 1992 yilning birinchi yarmida berilgan qiymati 100 mln AQSH dollariga teng bo'lgan bu yordamni uyushtirishga Turkiya Respublikasining o'sha paytdagi Bosh vaziri,so'ngra mamlakat Prezidenti Sulaymon Demirel shaxsan rahbarlik qildi. Keltirilgan dori-darmonlar, tibbiy asbob-uskunalar, bolalar kiyimlari, un, shahakr, yog' kabi mahsulotlar shifoxonalar,sanatoriyalar,bolalar uylari va salomatlikn muhofaza qilish muassasalariga taqsimlab berildi.

O'zbekiston va Turkiya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilgan dastlabki kunlardan boshlab,uzoq davr mobaynida bir-biri bilan aloqa qilishdan mahrum qilingan ikki qardosh: o'zbek va turk xalqlarining oddiy fuqarolaridan tortib to yirik shoirlari,yozuvchilari,olimlari,davlat arboblarigach; xususiy tadbirkorlar,kichik firm ava shirkatlar egalaridan tortib to yirik kampaniyalarning rahbarlarigacha; tmanlar,shaharlar,viloyatlar hokimliklaridan tortib to yirik vazirliklarigacha o'zaro tanishib,aloqalar bog'lashga kirishdi. Bir-birlarining iqtisodiy salohiyati,imkoniyatlari va ehtiyojlarini o'rganish maqsadida turli xil anjumanlar,biznes semenarlar, ko'rgazmalar uyushtirish, ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlar bilan tanishish uchun delegasiyalar almashib,o'zaro foydali bitimlar va shartnomalar tuzish bilan o'zbek-turk iqtisodiy aloqalarini tiklash va rivojlantirish sari ilk qadamlar qo'yildi.

Turkiya Respublikasining Bosh vaziri Sulaymon Demirelning 1992 yil 27-28 aprel kunlari O'zbekistonga qilgan safari O'zbekiston-Turkiya iqtisodiy aloqalarining rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bosh vazir boshchiligidagi sanoatchilar,tijoratchilar,qurilish,bank,turli vazirliklar,yirik firm ava kompaniyalar rahbarlaridan iborat 200 dan ortiq kishidan tashkil topgan katta I.A,Karimov qabul qildi. Qabul marosimida O'zbekiston hukumatining vazirlari,sanoat,moliya,bank mutaxasislari ham ishtirok etdi va O'zbekiston-Turkiya iqtisodiyaloqalarini

4 Алимова Р. Урта Осиёнинг чет эл Шар^и билан ало^алари. - Тошкент: "Узбекистан", 1992.-72 б.

150

www.birunijournal .uz

rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Muzokaralar chogida ikki davlat o'rtasida Banklararo bitim,qarz berish,havo va er transportini rivojlanirish to'g'risida hujjatlar imzolandi. 1992 yil 28 aprel kuni Toshkentda Turkiya elchixonasi ochildi. Shu yilning oktyabr oyidan boshlab O'zbekiston elchixonasi ham Anqarada faoliyat ko'rsata boshladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Karimov I.A. Asarlar. T.1-24.-Toshkent: "O'zbekiston", 1996-2016.

2. Karimov I.A. Istiqlol yo'li" muammolar va rejalar. - Toshkent: "O'zbekiston" 1992.- 32 bet.

3. Karimov I.A. Vatan ozodligi- oliy saodat (o'zbek, ingliz, rus tili). - Toshkent: "O'zbekiston", 1999.-64 bet.

151

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.