Научная статья на тему 'MUSIQIY XOTIRA. ASAR YODLASH JARAYONIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR'

MUSIQIY XOTIRA. ASAR YODLASH JARAYONIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
176
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
xotira / musiqiy xotira / musiqiy idrok / yod olish / eshitish xotira / xarakat-motorli xotira / taktil xotira

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xidoyatullayeva Gulsora Zoirovna

Ushbu maqolada musiqiy xotira va idrok haqida soʻz borib, taʼlim jarayonida sozanda-oʻquvchilarni asar yodlash bilar bogʻliq muammolar va yechimlari haqidadir. Asar yodlashda List, Makkinon, Nikolayev, Leymyer va Gofman metodlari keltirilgan. Bundan tashqari psixologik jihatlarni inobatga olgan xolda, Petrushin, Ovsyankina va Uippllarning tavsiyalari xam berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQIY XOTIRA. ASAR YODLASH JARAYONIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR»

"Interpretation and researches"

_International scientific journal volume 1 issue 2_

MUSIQIYXOTmÄ^

YECHIMLAR

Xidoyatullayeva Gulsora Zoirovna

O'zDK huzuridagi B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti o'qituvchisi

Jemehuiina nila@bk.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.760Q563

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqiy xotira va idrok haqida so'z borib, ta'lim jarayonida sozanda-o4quvchilarni asar yodlash bilar bog'liq muammolar va yechimlari haqidadir. Asar yodlashda List, Makkinon, Nikolayev, Leymyer va Gofman metodlari keltirilgan. Bundan tashqari psixologik jihatlarni inobatga olgan xolda, Petrushin, Ovsyankina va Uippllarning tavsiyalari xam berilgan.

Kalit so'zlari: xotira, musiqiy xotira, musiqiy idrok, yod olish, eshitish xotira, xarakat-motorli xotira, taktil xotira.

МУЗЫКАЛЬНАЯ ПАМЯТЬ. ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ В ПРОЦЕССЕ

ЗАПОМИНАНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЯ

Хидоятуллаева Гульсора Зоировна

Преподаватель Национального института эстрадного искусства имени Б. Закирова при ГКУз Jemehuiina nila@bk,ni

Аннотация. Эта статья о музыкальной памяти и восприятии, а также о проблемах и решениях, которые музыканты сталкиваются в процессе обучения. При выучивание произведения упоминаются методы Листа, Маккиннона, Николаева, Леймера, Гофмана. Также даны рекомендации Петрушина, Овсянкиной и Уиппла с учетом психологических аспектов.

Ключевые слова: память, музыкальная память, музыкальное восприятие, запоминание, слуховая память, моторно-моторная память, тактильная память.

MUSICAL MEMORY. PROBLEMS AND SOLUTIONS IN THE PROCESS

OF MEMORIZING A PIECE

Khidoyatullaeva Gulsora

teacher of the National Institute of Pop Art named after B. Zakirov at the State

Conservatory of Uzbekistan

Annotation. This article is about musical memory and perception, as well as the problems and solutions that musicians face in the learning process. When learning a work, the methods of Liszt, McKinnon, Nikolaev, Leimer, Hoffmann are mentioned. Also, recommendations are given by Petrushin, Ovsyankina and Whipple, taking into account psychological aspects.

Key words: memory, musical memory, musical perception, memorization, auditory memory, motor-motor memory, tactile memory.

Yaxshi musiqiy xotira - bu musiqiy asarni tez yod olish, mukammal saqlab qolish va hattoki ma'lum bir davrdan so'ng uni maksimal aniqlikda ijro etishga aytiladi. Gigant musiqiy xotiraga ega shaxslar: Motsart, List, Anton Rubinshteyn, Raxmaninov, Arturo Toskaninilarni aytish mumkin, chunki ular xotirada butun musiqiy adabiyotni qiyinchiliksiz yodda saqlay olishardi. [9.183]

Musiqiy xotira uzoq davr davomida musiqiy iqtidor sifatida sanalmagan, xususan bunday fikrni B.M.Teplov va ingliz pianisti L.Makkinonda uchratish mumkin. Musiqiy xotirada asosiy deb biron turdagi xotirani ko'rsatish mumkin emas deb hisoblaydi Makkinon. Odatda musiqiy xotira deb bir nechta xotira turlarining hamkorligi nazarda tutiladi, xar bir insonda mavjud - eshitish, ko'rish, his qilish va harakat xotiralari bo'lib, tajribali musiqachi odatda xotiraning hamma turlaridan foydalanadi. Asarni yod olish jarayonida ikkita xotira turidan: motorli(mushakli) va taktil (his qilish) - deyarli bir biridan ajralmagan xolda, uchinchi eshitish xotirasi bilan birgalikda amalga oshirish mumkin. Ko'rish xotirasi esa ma'lum bir darajada o'ziga xos kvartetni to'ldirib, xar bir ijrochida odatlarni shakllanishioing asosiy shartlaridandir. [6.21]

A.D.Alekseevning fikricha "musiqiy xotira - sintetik tushuncha bo'lib: eshitish, harakatli, mantiqiy, ko'rish va boshqa turdagi xotiralar kiradi. Xar qanday pianistda 3 ta turi: 1) eshitish - musiqa san'atining turli sohalarida muvaffaqiyatli ishning asosi bo'lib xizmat qiluvchi xotira; 2) mantiqiy - ya'ni asarning mazmun mohiyatini, rivojlov qonuniyati va kompozitorning fikrini tushunish bilan bog'liq xotira; 3) harakatli(motorli yoki mushakli) - cholg'u ijrochisi uchun juda muhim xotiralar". [1.35]

Savshinskiy xam bu nuqtai nazarga qo'shilib, "pianist xotirasi - majmuadir, u xam eshitish, xam ko'rish, xam mushak - harakatli xotiralardan foydalanadi" - deb fikrbergan. [10.33]

Umumiy xotira masalalarini qadimdan olimlarni qiziqtirgan, chunki xotirasiz biron bir amaliy yoki nazariy sohada faoliyat yuritib bo'lmaydi. Zamonaviy ilm-fan tobora shunday fikrga kelishmoqdaki, musiqiy xotira - umumiy xotiraning bir qismi bo'lib, musiqiy qobiliyatni mustaqil ravishda ifodalaydi. Umumiy psixologiyada xotiraga berilgan aniq ta'riflardan kelib chiqib, musiqiy xotiraga xam formulasini

berish mumkin, - bu "asab tizimi xususiyatini inson ruhiyati (psixikasi)da musiqiy ma'lumot saqlanadi va tajribadan kelib chiqib aynan musiqiy obrazlar bilan qayta ijro etilishi yoki qayta ishlatilishidir". [8.35]

Musiqiy qobiliyat asosini tashkil etuvchi musiqiy xotirani - orkestrga taqqoslasak, xar bir ijrochi va diiijyor o'z mahoratini oshirishi mumkin, xuddi shundan eshitish, taktil va motorli - harakatli xotiralarni xam rivojlantmshimiz mumkin. Eshitish xotirasini hatto insonning yetuk davrida xam rivojlantirish mumkin - deydi Makkinon. Bu esa o'z navbatida ijrochilik imkoniyatlaririi kengaytiradi, chunki mushakiar -"mexanik" harakatdan tiyilib, sozandaning "maqsadli ijrosiHga "javob berish" ko'nikmasini hosil qila boshlaydi. [6.21]

Arturo Toskanini ko'rish xotirasi bilan maqtanishi mumkin edi, -deydi Buzoni. Uning yozishmalaridann ayta olish mumkinki, Toskanini bosma partituraga bir on boqib, xuddi foto skaner kabi eslab qolib ijro eta olardi. [4.148] Kofirish xotirasi xuddi absolyut eshitish kabi juda foydali boiishi mumkin, ammo "notasiz" ijroda keraksiz xususiyat.

Taktil xotira (sezgi, biron ushlagandagi his qilish jarayoni)ni rivojlantirishning eng yaxshi usuli - ko'zlarni yumgan holatda yoki qorong'ilikda ijro etish yaxshi natija beradi.

Mushakli (motorli) xotira ijrochida yaxshi rivojlangan bo'lishi shart va bunda harakat mexanik emas, balki avtomatik - ya'ni ong osti boshqaruvidagi harakatli bo'lishi muhimligini ta'kidlaydi Makkinon. [6.20]

Musiqiy xotirani xususiyatini tushungan xolda ko'plab pianist-pedagoglar va metodistlar asar yod olish jarayonida o'z usullarini ishlab chiqishgan. A.Buasye Listdan ijrochilik mahoratidan dars oigan kezlari asar u xoh pyesa bo'lsin, xoh fuga yodiash jarayonini bir necha bosqichlardan iborat bo'lganligi haqida yozadi. 1-marta partituradagi nota matnini sekin sur'atda hech narsa qo'shmay ijro etardi. 2- marta nota cho'zimidagi jihatlarga, punktirli notalar, choraktalik pauza va hokazolarga e'tibor qaratilardi. 3-marta f /p / crescendo /sf -ya'ni dinamik tuslarga e'tibor berib ijro qilardi. 4-marta akkord va arpedjioli joylarda asosiy kuyni topish maqsadida bas va yuqori ovozni sinchkovlik bilan o'rganardi. 5-marta asarning tempiga ahamiyat berardi, agar asar xarakteri bunga yo'l qo'ysa sur'atiga o'zgartirish xam kiritardi. [3.19]

V.Gizekingning ustozi - K.Leymer, asarni yodiash metodida ko'plab aniq jihatlarga e'tibor qaratadi, - degan Savshinskiy. Leymerning fikricha, hali asarni yod olishdan oldin - nota matni ongda umumiylikda gavdalanishi kerak deb hisoblaydi. Bunday usul "refleksiya" deb nomlanib, "mantiqiy-tizimli fikrlash" ma'nosini beradi. Bunda asarning 1-taktidan boshlab chap qo'l partiyasi qaysi tonallik uchtovushligida; o'ng qo'l partiyasida esa uning qaysi aylanmasida; qanday gruppeto kelishi; gammasifat ketma-ketlikning yuqorilovchi yoki pastga ketuvchi yo'nalishi

ishlatilganmi kabi jihatlar tahlil qilinadi. [10.33] L.Nikolayev esa boshqa usul yordamida yodlar edi. Uning maslahatiga ko'ra, "asarda shunday bo'lak olish kerakki, xotirada qiyinchiliksiz yodda qolsin... Agar u yod olingan bo'lsa, unda bnnga yangi bo'lak qo'shilishi lozim va hokazo". [10.37]

Ingliz pianisti Makkinon yangi asar yod olishda asosiy qoidalarni bergan, bulardan bir nechtasini keltirib o'taman:

S Kunning ma'lum bir vaqtida va tizimli (sistematik) ravishda shug'ullan S Asar haqidagi birinchi taassurotlar to'g'ri va musiqiy bo'lishiga harakat

S Qachonki nimadir yodlasang, ayni vaqtda faqat bir narsaga diqqat -e'tibormgni qarat

S Nota va akkordlarni guruhlab yod ol

S Applikaturani sening qo'llaring uchun mosini tanla va oxirgi natijada xam xuddi shu applikatura qolishi shart

S O'xshash bo'laklarni bir biri ila solishtir, nimasi bilan farqlanishiga ahamiyat ber

5 Musiqani taktma takt emas, balki jumlalab yodla va hokazo kabilar. Bundan tashqari asarning qiyin va ko'lamligidan kelib chiqib, namunaviy

mashg'ulot rejasini xam bergan:

3 kun ketma-ketlikda - mashg'ulot 3 kun ketma-ketlikda - "dam olish" 3 kun ketma-ketlikda - mashg'ulot

6 kun ketma-ketlikda - "dam olish" 3 kun ketma-ketlikda - mashg'ulot 12 kun ketma-ketlikda - "dam olish".

Bunda "dam olish" davrlarida - ya'ni boshqa asarlar (ular bir nechta bo'lishi maqsadga muvofiq) ustida ish olib borilishi kerak. Oxir oqibat asarni vaqti vaqti bilan takrorlab turish lozim. [6.61]

Musiqiy asarni yodiash psixologiyasiga nazar tashlasak, B.Yu.Grigoryevning fikricha musiqiy xotiraning beshta faza (doira)si bo'lib, uning davomiyligi turlicha va musiqiy matnni o'zlashtirish jarayonidagi vazifalar xam farqlanadi: 1- doira atigi 0,3 soniya davom etib, bunda eng qisqa - sensor xotira harakatga kelib, ma'lum bir konturlar aniqlanadi. 2- doira 1 soniya atrofida davom etib, asarning eng umumiy obrazi ya'ni o'ziga xos "shartli tasvir" yaratilib, axborotni idrok etish boshlanadi. 3 -doira 5 daqiqa bo'lib, awalgi tajribaga yangi axborotni qo'yish va mantiqiy aloqa o'matilishi kuzatiladi. 4- doirada 20-60 daqiqagacha bo'lib, bunda xotira izlarini mustahkamlar jarayoni kechadi. 1 soatli ishdan so'ng qisqa muddatli xotira o'rniga uzoq muddatli xotira kelib, ongda amaliyotsiz axborot qayta ishlanadi. 5- doira lsutkani qamrab oladi, bunda axborotni "qo'llab - quwatlash, kerakli kerakli

ma'lumotlarni saralash, assotsiatsiyalar bilan boyitish, davriylik chastotasini aniqlash, odatlarni mashq qilish kabi jihatlar kechadi". [5.72] Bu jarayon 3 kundan so'ng yod olingan musiqiy fragment yoki asar to'laqonli uzoq muddatli xotiraga o'tkazilganda tugaydi, shuning uchun xam ijrochilarga mashg'ulot ketma - ketligini 3 kun oralig'ida qo'yilishi bejizga emas. [8.41]

Amerikalik psixolog G.Uippl o'zining asar yodlash tadqiqotida turli usullarning unumdorligini solishtirish maqsadida 2ta guruh tuzadi. 1-guruh talabalariga yodlash oldidan to'laqonli asar táhlili beriladi, boshqa guruh talabalariga esa tahlilsiz asarni yodlash vazifasi beriladi. Bunda ikkala guruhga berilgan vaqt bir xil edi. G.Uipplning xulosasiga ko'ra "asarni tahlil qilgan" talabalar natijasi "tahlilsiz yod olishgan" talabalarga ko'ra yaqqol ustunlik kuzatilgan. [7.14] Bunday fiknii psixolog G.Rebson, pianist A.Korto, olmon pedagogi K.Martinsen va ko'plab pianist -pedagoglar xam olg'a surishgan.

I.Gofînan formulasi bo'yicha musiqiy asarni yod olish ketma-ketligida xam shu jihatlarni ko'rishimiz mumkin:

1. Fortepianosiz musiqiy matn bilan ishlash. Bu bosqichda nota matnini e'tibor bilan o'rganib chiqish kerak bo'ladi.

2. Fortepianoda musiqiy matn bilan ishlash. Aqliy tanishuvdan so'ng, birinchi ijro asarning umum-badiiy obrazini anglash va tushunish asosiy omildir.

3. Asar ustida partiturasiz ishlash (yoddan ijro). Eslab qolishda -assotsiatsiya(mo ' lj al)lar katta yordam berishadi.

4. Fortepianosiz va partiturasiz ishlash. I.Gofmanning fikricha bu eng qiyin bosqieh bo'lib, unda aqliy munosabatning qiyinligi va vazifaning zerikarliligidir. [9.188-197] Bu borada Makkinon xam "soqov fortepiano"da shug'ullanish foydasi haqida ta'kidlagan. [6.110]

Ovsyankina ijrochilik tajribasini kuzatish natijasidan kelib chiqib bir nechta psixologik tavsiyalar beradi: Birinchidan, bu davomiy jarayon bo'lib, uning natijasi tez ko'rinmaydi. Ikkinchidan, yuqori natijaga erishish uchun, aniq bir muddatni belgilash "qachon asarni yodlash" miximligi. Uchinchidan, 5 daqiqalik bir xil vazifali ishdan so'ng diqqatni boshqa narsaga yo'naltirish lozim, Bunda axborotni tekshirish 20 daqiqadan so'ng amalga oshirilishi kerak. To'rtinchidan, harakat(motor)li xotiraga 30 soniyadan 5 daqiqa oraliqdagi davrdan so'ng takrorlash foyda beradi. Beshinchidan, tasodifan uzilgan vazifa yaxshi esda qoladi. Oltinchidan, yodlash jarayonida xotira turlaridan tashkil topgan majmuasiga tayanish lozim: taktil, xarakat-motorli, ko'rish, eshitish, verbal xotiralar va hokazo. Yettinchidan, asarning boshi va yakuniy qismlari tez yodlanishi bilan farqlanadi, shuning uchun ularga alohida e'tibor bilan yodlash tavsiya beriladi. [8.42]

Xulosa o'rnida aytish kerakki, inson - tabiatning bir bo'lagi, tabiat hodisalariga e'tibor bersak - tong, undan so'ng kun, kundan so'ng tun keladi, bu esa o'z navbatida

"ritmlilikka" xosligiga guvoh bo'lamiz. Musiqachi xam o'z hayotini ritmik tarzda tashkil qilishi kerak. Unda albatta o'z ustida ishlash uchun vaqt, fikrlash va dam olish uchun vaqtlar ajratilgan bo'lishi lozim. Yana yodlash va yodda saqlashning muhim shartlaridan biri - bu o'quv ma'lumotni idrok qilish uchun to'g'ri tashkillashtirilgan jarayondir. Inson bir paytda xam idrok etib, xam turli chalg'ituvchi tashqi omillarga e'tibor bera olmaydi. Bochkaryov bu borada shunday degan: "Idrok qilish ko'lamini va diqqat e'tiborni asta-sekinlik bilan kengaytirish lozim". Masalan, G.P.Prokofyev juda xam to'g'ri fikr bildirgan bu borada: yunonchadan "mnemonika" - eslab qolish san'atida diqqatning davriyligi - obyektning soniga bog'liq, chunki xar bir obyekt idrok etilishi uchun ma'lum bir vaqt kerak. [2.310]

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Алексеев А.Д. Методика обучения игре на фортепиано. М., 1978

2. Бочкарёв JI. Психологические аспекты публичного выступления музыкантов-исполнителей // Вопросы психологии. 1975 №1

3. Буасье А. Уроки Листа. "Музыка" Л., 1964

4. Бузони Ф. Путь к фортепианному мастерству. Лань 2018

5. Григорьев В.Ю. О развитии музыкальной памяти учащегося. Музыка. М., 1980 вып.2

6. Маккинон Л. Игра наизусть. 1966.

7. Муцмахер В.И. Совершенствование музыкальной памяти в процессе обучения игре на фортепиано. М., 1982

8. Овсянкина Г.П. Музыкальная психология Санк-Петербург 2016

9. Петрушин В.И. Музыкальная психология. М.,1997

10. Савшинский С.И. Пианист и его работа. Л., 1961

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.