MUSIQIY TOVUSHLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Ijodbek Jo'rayev
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqolada musiqiy tovushlar va ularning xususiyatlari hamda musiqa savodi musiqaning ifoda vositalari musiqa tovushlarining yozish usullari va musiqa nazariyasi bo'yicha ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: musiqa, tovush, akustik tovush, tovushqator, tembr, registr, oktava, ritm, pauza
MUSICAL SOUNDS AND THEIR CHARACTERISTICS
Ijodbek Jorayev
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: The article provides information on musical sounds and their characteristics, as well as musical literacy, means of musical expression, methods of writing musical sounds, and music theory.
Keywords: music, sound, acoustic sound, pitch, timbre, register, octave, rhythm, pause
Ertamiz kelajagi hisoblangan o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Inson kamoloti uchun aniq va ijtimoiy fanlar qatori musiqa ilmining ham ahamiyati kattadir. Chunki ilmlar jamlanmasi borliq haqiqatini anglashda qanchalik muhim hisoblansa, musiqa uni qalban idrok etish, ma'naviy yuksalish uchun ahamiyatlidir. Ayni paytda musiqa bilan shug'ullanuvchi, xususan, talantlarga pedagogik mahorat sirlarini o'rgatib borish zarurati paydo bo'lmoqda. Musiqa fani o'qituvchisi bo'lajak musiqa mutaxassislarida ijro etish ko'nikmasini shakllantirish bilan bir qatorda, yosh avlod ongiga yuksak tuyg'ularni singdirish, ularda Ona Vatanga muhabbat, go'zallikga intilib yashash, uni asrash va yaratishga bo'lgan ishtiyoq uyg'otuvchi kasb egalari hisoblanadilar.
Musiqiy ta'limning oliy maqsadi: yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok eta oladigan, yetuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat o'z milliy an'analarini, balki boshqa millatlar madaniyatidan boxabar va bu an'ana, madaniyatlarini hurmat qiladigan qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bunda nafosat tarbiyasi hisoblanmish musiqaning ahamiyati benihoya
ncTTni^^H] 138 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
kattadir. Nafosat tarbiyasining mazmuni serqirra bo'lib, musiqa tarbiya eng asosiy o'rinni egallaydi.
Pedagogik jarayonlar yangilik kasb etib, o'sib, rivojlanib borayotgan bir davrda xalq musiqiy namunalarini o'rganish, buyuk san'atkorlar mahorat maktabi hamda ijod namunalaridan dars jarayonida keng foydalanish musiqa o'qituvchisi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ajdodlar merosiga murojaat etish musiqa tarixi va rivojlanish bosqichlarini o'rganish bilan bir qatorda ustoz-shogird an'analarining bardovom bo'lishiga imkoniyat yaratadi. Mazkur tavsiyada mavjud pedagogik vazifalar saqlangan holda, O'zbekistonga xos milliy qadriyatlar, an'analar, xalq ijodi, musiqani bolalarning idrok etish qobiliyati darajasiga bosqichma-bosqich tadbiq etish nazarda tutiladi.
Tabiatda tovushlar rang-barangligini kuzatishimiz mumkin. Mavjud tovushlar musiqali va shovqinli tovushlarga ajratiladi. Shovqinli tovushlar ya'ni akustik tovushlar jismlarning bir-biriga o'zoro ta'siri natijasida paydo bo'ladi. Misol tariqasida qarsillash, g'ijirlash, dukullash, gumburlash singarilarni olishimiz mumkin. Bu kabi tovushlarda shonqin bo'lib, aniq balandlikka ega emas. Shuning uchun ular musiqada qo'llanilmaydi. Musiqaviy tovushlar esa ma'lum balandlikka ega bo'lib, insondagi eshitish analizatori bu tovushlarni payqab oladi. O'z navbatida musiqiy tovushlar ham turi, xususiyatiga ko'ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlar tovushning balandligi, qattiqligi, davomiyligi va tembrdan iboratdir. Tovushlarning balandligi tebranuvchi jismning tezligiga bog'liqdir. Tebranish qancha tez bo'lsa, tovush shunchalik baland bo'ladi, aksincha, tebranish qanchalik sust bo'lsa, tovush balandligi shunchalik past bo'ladi.
Tovush qattiqligi esa tovush manbayi bo'lgan jismning tebranish ampletudasiga bog'liq hodisadir. Tovush qanchalik qattiq bo'lsa, shuncha qattiq ishlatiladi va aksincha. Tovush cho'zimi manbayi tebranishining davom etishi bilan bog'liq hisoblanadi. Musiqa ijrochiligi uchun belgilangan musiqaviy sistema o'zaro munosabatda bo'lgan muayyan balandlikdagi tovushlar tizilmasidan ya'ni qatoridan iboratdir. Tovushlarning o'z balandligiga qarab joylashishi sistemasiga tovushqator deyiladi. Musiqaviy sistemaning to'liq tovushqatorlarida 88 ta xilma-xil tovushlar mavjud. Musiqaviy sistema tovushqatorlari yettita mustaqil nomga ega bo'lgan asosiy bosqichlardan iboratdir.
I II III IV V VI VII
Do Re Mi Fa Sol Lya Si
Bu asosiy tovushlar fortepianoning oq klavishlari (bosqich pardalari) tovushlariga mos keladi. Tovushqatorlarining bu yettita bosqichi ma'lum bir vaqtda takrorlanib turadi. Bunda yuqori tomon sanalgan har bir 8 tovush 1-tovushga nisbatan ikki baravar kuchliroq tebranish natijasida hosil bo'ladi va shu sababdan ikki marta baland bo'lib eshitiladi. Bir xil nomdagi tovushlar oralig'I esa oktava deyiladi. Demak, oktava
PÍgcTÍÍ^^BI 139 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
tovushlarining yetti asosiy bosqichini o'z ichiga birlashtiradi. Butun tovushqator bir necha oktavaga bo'linadi. Har bir oktavaning «Do» tovushi boshlang'ich bosqichning tovushi deb qabul qilingan.
Cholg'u asboblari tovushlarning yoki inson ovozining ma'lum bir bo'lagiga registr deyiladi. Registrlar uch xil bo'ladi:
- pastki registrlar,
- o'rta registrlar,
-yuqori registrlar.
Registrlar haqidagi tushunchani mustahkamlash va o'zlashtirishni tekshirib ko'rish uchun quyidagi o'yin-mashqni o'tkazishni tavsiya qilamiz. Konsertmeyster qo'shiqni turli registrlarda chaladi, talabalar esa ularni qo'l harakatlari bilan ko'rsatib borishlari kerak. Agar qo'shiq yuqori registrda chalinayotgan bo'lsa, ular qo'llarini yuqoriga ko'tarishadi, pastki registrda chalinayotganda - pastga tushurishadi, o'rta registrda esa qo'llarini oldinga uzatishadi. Bu o'yinni tikka turib bajarish maqsadga muvofiqdir. Bunda ko'zlanadigan asosiy maqsaddan tashqari, bir yo'la go'yo jismoniy yengillikka ham erishish orqali mashg'ulotda ko'tarinki ruh paydo qilinadi.
Tovushlarning baland-pastligini aniqlash birinchi oktava bilan cheklangach, shu tovushlarni eshitishnigina emas, balki ularni kuylashni ham talab etish zarur. Shunda bolalarning eshitib, tasavvur hosil qilishlari bilan bir qatorda qo'shiqchilik sezgilari ham shakllanib boradi. Sababi eng baland tovushlar qo'shiq aytishda o'rtacha va past tovushlarga qaraganda ko'proq zo'r berishni talab etadi.
Musiqa savodi musiqaning ifoda vositalari musiqa tovushlarining yozish usullari va musiqa nazariyasi bo'yicha dastlabki ma'lumotlar bilan tanishtiriladi hamda shu bilan bir qatorda, notaga qarab ashula aytish bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni ham o'z ichiga oladi. Nota yozuvi haqidagi tushunchalarni ifodalaydigan va musiqa savodi bilan yuritiladigan maxsus bilimni nota savodi deyiladi. Tovushlar joylashgan besh chiziq esa nota chiziqlari deb ataladi. Besh chiziqni birlashtirib turgan bir chiziq takt chizig'i deyiladi. Nota yozuvi boshi sol kaliti deyiladi.
Musiqa savodi musiqaning ifoda vositalari musiqa tovushlarining yozish usullari va musiqa nazariyasi bo'yicha olingan bilimlar asosida yetuk mutaxassis shakllantiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S.I.Musabekova. «Musiqa tarbiyasi», Toshkent, 1973.
2. A.Lugovskaya. «Ritmicheskiy uprajneniya igri i plyaski», Moskva, 1991.
3. R.Rahimova. «Tarbiyachiga 1001 maslahat», Toshkent, 2007.
4. A.Rahimov. «Uchinchi ming yillikning bolasi», Toshkent, 2002.
140
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
5. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.
6. Jo'Rayev, I. (2022). MILLIY MUMTOZ KUY VA QO 'SHIQLARIMIZNING INSONIYAT RUHIYATI VA TARBIYASIDAGI O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(4), 280-283.
7. Juraev, I. (2022). Development Factors of the Art of Singing in Uzbek and World Scenes. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 162-164.
8. Juraev, I. (2022). Pedagogical Approaches to Education of Singing Students. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 225-227.
9. Ahmedov, R. (2022). STAGES OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF INSTRUMENT ENSEMBLES IN THE MUSIC ART OF UZBEKISTAN. Oriental Art and Culture, 3(4), 379-384.
10. Ahmedov, R. (2021). Murodjon Ahmedov-Fergana Valleys Singer. International Journal of Culture and Modernity, 11, 412-418.
11. Yunusov, G. Y. (2022). KATTA ASHULA. Oriental Art and Culture, 3(4), 385-389.
12. Yunusov, G., & Mirzaev, A. (2022). A Look at the History of Uzbek Music. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 50-58.
13. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A look at the regional seasonal folklore and their origin. The role and importance of folklore in the development of dance art. European Journal of Arts, (1), 121-124.
14. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. An International Multidisciplinary Research Journal. An International Multidisciplinary Research Journal.
141
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)