CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
Central Asian Journal of
Education and Innovation
MUSIQA TA'LIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH
USLUBLARI
Asomova Dilnoza Fazlitdinovna Xolmirzayeva Gulnoza Alijonovna Nomozova Gulbaxor Nodirovna
Ilmiy tadqiqotchilar https://doi.org/10.5281/zenodo.10639853
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-February 2024 yil Ma'qullandi: 04- February 2023 yil Nashr qilindi: 09- February 2023 yil
KEY WORDS
interfaol, texnologiya, klaster, metod, kuy, ohang, ritm, maqom, katta ashula, folklor.
Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida pedagogik texnologiyalarni qo'llash metodlari, musiqa ta'limida dars samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari, interfaol metodlar turlari va maktab o'quvchilarini ham ijroviy, ham ijodiy barkamollikka erishishlari uchun usul va texnologiyalarfoydalanishyo'llari o'rin egallagan.
Bugungi kunda yuqori malakali o'qituvchi kadrlarni tayyorlash, ularni kasbiy mahoratini oshirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish dolzarb muammolardan biri bo'lib hisoblanadi. O'zbekistonda ta'lim tizimida ro'y berayotgan o'zgarishlar barcha fanlar qatori musiqa fanini o'qitishni ham tubdan yangilashni taqozo etadi.Barcha fanlar qatori musiqa ta'limida ham DTS ni joriy etilishi milliy musiqa merosimizdan, mumtoz asarlar, maqom, katta ashula, folklor, o'zbek milliy cho'lg'u sozlarimizdan, o'zbek xalq qo'shiqlari bilan birga rus va evropa xalqlari musiqalaridan to'liq foydalanish imkoniyatini berdi. Musiqa sana'tini bu kabi imkoniyatlari yosh avlodni tarbiyalashda o'ziga xos takrorlanmas manbaa b'olib hisoblanadi. Shu bilan birga hozirgi kunda yangi zamonaviy texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishga qiziqish kundan kunga ortib bormoqda. Chunki, pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar o'quvchi talabalarni tez fikrlashga,nutqini o'stirishga , o'z ustida ishlashga, izlanishga,oz kuch sarflab kafolatlangan natijalarga erishishga yordam beradi. Pedagogik texnologiyalarni asosiy negizi, o'quvchi-yoshlarni mustaqil fikkrlashga, adabiyotlarni ko'proq o'qishga, oz ustida ishlashga , bir- birlarini fikrlarini hurmat qilishga, har qanday vaziyatda o'zini tuta bilishga o'rgatadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta'lim- tarbiya tizimini mazmunini yangilashda asosiy kuch ekanligi ilmiy va amaliy tarzda asoslab berilgan. Pedagogik texnologiyalarni o'ziga xos xususiyatlaridan biri jonkuyarlik, tashabbuskorlik va yuksak madaniyat va san'atga asoslanadi. Pedagogik texnologiyalar bir necha bosqichlar asosida shakllanadi: -dars mavzusini o'quvchilar talabiga mos qilib tanlash; -o'quvchilarni bilim saviyasini nazorat qilish;
-o'quvchilarni o'zlashtirgan bilimlar darajasini o'zlaridan qidirib topishga o'rgatish; -dars jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash;
-erkin so'zlashga ,o'z fikrini bildirishga, darsga tayyorlanib kelishga, jamoa bo'lib ishlab, bir
qarorga kelishga o'rgatish ;
-dars jarayonida mavzu bo'yicha yuzaga kelgan muammolarni yechimini topishga o'rgatish;
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo'yicha dars o'tish uchun esa har bir musiqa o'qituvchisi oldiga quyidagi talablar qo'yiladi:
-o'qituvchi yangi texnologiyalarni musiqa darsida q'ollashi uchun nazariy va amaliy bilimlarni puxta bilishi hamda takomillashtirishi iozim;
-musiqiy asarlar yordamida musiqani hayot bilan bog'lashi; -
o'quvchilarni aqliy va ruhiy holatiga ta'sir ko'rsatib ularda izlanish va fikrlash qobiliyatlarini o'stirish;
-har bir o'qituvchi "jonli" ijro, tarqatma kartochkalar ,kompyuter, slayd, multimediya, SD-R disklar va MP3 kolonkalar, magnitafon va boshqa texnik vositalardan foydalanishni bilishi kerak;
-musiqa darsi jarayonida o'qituvchi o'quvchilarga kartochkalarni tarqatib, ularni guruhlarga bo'lib o'yin shartlari bilan o'quvchilarni tanishtirishi kerak.
Guruhlar oldilaridagi kartochkalariga qarab, topshiriqlarni bajarishga kirishishi lozim. Masalan, birinchi guruh qo'shiq nomini topishga, ikkinchi guruh kompozitorini aniqlashga, uchinchi guruh esa qo'shiqning mazmunini yoritishga harakat qiladilar.O'quvchilar o'qituvchi ijrosidagi qoshiqni tinglab, bolganlaridan so'ng vazifalarini bajaradilar. Bunda o'qituvchi o'z oldiga nimalarni o'rgataman va qanday natijaga erishaman degan savolni qo'yadi. O'qituvchi o'quvchilarga tayyor o'quv materiallarini bermay, balki ularni o'quv mateirialidagi muammolarni yechishga, izlanishga, fikr yuritishga yo'nalish beradi.
Yangi pedagogik texnologiyalar, ya'ni interaktiv metodlar quyudagicha:
1."Klaster","Tarmoqlar" metodi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o'rganishga fikrlash faoliyatini jadallashtiradi. O'quvchilarga biron-bir mavzuni chuqur o'rganishlarga yordam beradi. Mavzuga taaluqli fikrlarni uzviyligi va ketma-ketligini tarmoqlashlariga o'rgatadi.
2. "Fikrlar hujumi" metodi.
Bu metod Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda yangi g'oyalar ishlab chiqish samaradorligi oshadi. Har bir guruh ishlab chiqilgan g'oya haqida axborot beradi va o'qituvchi rahbarligida guruh ishlariga birgalikda baho beradilar.
3. "Vesi"- "Tarozi" texnologiyasi.
Mazkur texnologiya munozarali, turli mavzularni o'rganishga qo'l keladi. U tanqidli tafakkur, mantiq ijodini improvizatsiya , fikriy tajribalarni rivojlantirish, o'zlari keltirgan dalillarni yozish, og'zaki shaklda ishonchli va lo'nda qilib ifodalaydilar hamda o'z fikrlarini himoya qiladilar. Qaysi guruh ishonarli qilib ko'proq dalillar keltirsa, o'sha guruh g'olib deb topiladi. Bu texnologiya o'quvchilarda o'z bilimiga ishonch va munozara qilish madaniyatini rivojlantiradi. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy texnologiya asosida musiqa darslari o'qituvchisi yosh avlodni yetuk , davlat va jamiyat oldida javob bera oladigan , ma'naviy pok inson qilib tarbiyalaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. G. M. Sharipova "Musiqa o'qitish metodikasi va maktab repertuari" Toshkent "TURON-IQBOL" 2018 y
2. F. Karomatov "O'zbek xalq musiqa merosi" Toshkent "O'qituvchi" 1988y
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.28
3. D.Soipova "Horijiy mamlakatlarda musiqa ta'lim tarbiya tizimi" Toshkent "Istiqbol" 2000 y