Astanova D.
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti "Musiqa ta'limi"yo'nalishi 3-kurs talabasi Ilmiy rahbar: Xodjabayeva Z.P.
BOSHLANG'ICH SINFLARDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Musiqa madaniyati darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o'quvchilarning o'zlashtirish va ma'naviy rivojlanishlarini oshirishga yordam berishi, innovatsion texnologiya o'quvchining ma'naviy salohiyatini rivojlantiribgina qolmay, balki uning hissiy o'sishida ham katta yordam berishi haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: innoyatsiya, musiqa madaniyati, rivojlanish, ma'naviy salohiyat, san'at.
Astanova D.
3rd year student of Music Education Navoi State Pedagogical Institute Research advisor: Khodjabayeva Z.P.
USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MUSIC CULTURE LESSONS IN PRIMARY GRADES
Abstract. The article talks about the use of innovative technologies in music culture classes, which helps to increase the spiritual development of students, and how innovative technology not only develops the spiritual potential of the student, but also greatly helps in his emotional growth.
Key words: innovation, music culture, development, spiritual potential, art.
Musiqiy ta'lim har bir inson hayotida muhim o'rin tutadi. Badiiy tasvir, ijodkorlik va ilhom baxsh etgan musiqa o'ziga xos tushunchadir. U bolalarda noan'anaviy fikrlash, ijodkorlik hissi va dunyoni aks ettirish qobiliyati, mustaqil hayotiy pozitsiyani shakllantiradi. Musiqa darslarida innovatsion dasturni qo'llash uchun bir qancha omillarni asos qilib olish mumkin. Bu, asosan, boshlang'ich sinf yoshidagi bolalarni o'qitish jarayonida asosiy fikrlarni aniqlash imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang'ich maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash bugungi kunda ko'p mezonlarga muvofiq yangilanishi zarur. Musiqa darsida o'quv jarayonini tashkil etishda, avvalo, o'qituvchi hissiy(psixologik) atmosferaga ta'sir o'tkazishi kerak. Yangi mavzuni zavq bilan o'tishi, "o'qituvchi-do'st", "o'qituvchi-hamkor" formulasi orqali darsda ijodiy muhit yaratish eng samarali yo'ldir. Dars yakuniga qadar o'qituvchi faqatgina o'zi so'zlashi, o'quvchilarni muloqotga undamasligi aslo mumkin emas. O'qituvchi
o'zi berayotgan yangi ma'lumotga o'quvchilardan qo'shimcha ma'lumot ham talab etishi kerak. Chunki bugungi davr o'quvchilari uzluksiz internet tarmog'i orqali ko'plab yangiliklardan xabardor bo'lib turadi.
Hayotimizni musiqasiz tasavvur etolmaymiz. Ammo beixtiyor o'z istaklarimizga ko'ra ularni tanlaymiz. Masalan, bolalarni klassika bilan tanishtirish, ularda bu janrga muhabbat uyg'otish va konsert zallarida tinglash mumkin bo'lgan musiqa ekanligini tushuntirish mumkin. Bunda klassik, pop, rok janrlarining tarkibiy qismini aks ettiradigan asarlarni tanlashimiz samara beradi. Ushbu uslublar yordamida bolalar o'zlarining ruhiga yaqin ritmlar orqali mumtoz musiqa bilan tanishadi.
Musiqa darsi o'z tabiatiga ko'ra ham san'at, ham tarbiya darsidir. Uni rang -barang, sermazmun va qiziqarli tashkil qilish har bir o'qituvchidan katta pedagogik va professional mahorat talab qiladi. "Bolalarni san'atga o'rgatish nihoyatda murakkab" - deb ta'kidlaydi taniqli kompozitor - pedagog D.B.Kabalevskiy, - hamma murakkabligi shundaki, ularni emotsional tarzda qiziqtirmay turib chinakam san'atga o'rgatish mutlaqo mumkin emas. Bu o'rinda musiqiy mashg'ulotlar jarayonida o'quvchilarning ijodiy faolligini ta'minlash alohida ahamiyatga molik. Musiqani tushunish, uning hissiy - emotsional ta'siridan bahramand bo'lish bilim, malaka va ko'nikmalar qatori emotsional his - tuyg'ularning ishtirokiga ham bog'liq. Asarni ijro va idrok etishda his -tuyg'ular qanchalik faol va chuqur bo'lsa, ularni tushunish va o'zlashtirish, ta'sirlanish shuncha ongli va samarali bo'ladi. Bu holatlar esa o'z o'rnida ijodiy faollik natijasida sodir bo'ladigan jarayondir. Zero, zer ikarli va bir xillik sinfda jonli hissiyot holatini vujudga keltira olmaydi. O'quvchilarni darsga qiziqtirish birinchi navbatda tinglash va ijro etish uchun tanlanadigan repertuar va uslublarga (an'anaviy yoki interfaol metodlar) bog'liq.Boshlang'ich sinflar uchun tanlanadigan asarlar repertuarining asosiy mezoni ularning yoshi, qiziqishi, bilim va malakalari, ko'nikmalari darajasiga bog'liq. Shunga muvofiq qo'llaniladigan metodlar ham ko'proq o'yin xarakterida bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Sho'x, o'yinbop, raqs ishtirokida turli musobaqa tarzida uyushtiriladigan va tematikasi bolalar dunyosiga mos ertak qahramonlari, hayvonlar, parrandalar, o'simliklar, tabiat manzaralari, qushlar obrazlari bilan bog'liq asarlar o'quvchilarda darsga nisbatan qiziqish va havas uyg'ota oladi, estetik hissiyotlarini, musiqiy qobiliyatlarini o'stirib boradi. Bu o'rinda zamonaviy qo'shiqlar qatori xalq qo'shiqlaridan, qardosh xalqlar va kompozitorlari asarlaridan foydalanish darslarni yanada sermazmun va faol bo'lishini ta'minlaydi, yoshlarda xalq musiqa merosiga bo'lgan mehr va muhabbat tuyg'ularini shakllanishiga kuchli ta'sir etadi. Har bir darsda ijodiy faollik yuzaga keladi.
Qo'shiqni o'rganish va uni ijro etish jarayonida innovatsion yondashish ham mumkin. Bugungi kunda bolalar o'zini haqiqiy san'atkor kabi his etish imkoniyati mavjud. Ular dars davomida fonogramma(minus) asosida qo'shiq kuylashi mumkin. Musiqa darsining ijod namunasi ekanligini tushunish va
boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar uchun bunday dars texnik jihatdan jihozlangan sinfda (kompyuter, audio tizim, konsol, mikrafonlar va boshqalar) yorug' xonada o'tkazilishini ta'minlash zarur. Zamonaviy musiqa darsining bu kabi ko'rinishi — XXI asrning musiqiy sabog'idir.
Bugungi kunda musiqa darsiga qo'yiladigan talablar o'zgardi. Endi dars yangi shakllarni izlash tamoyiliga asoslanadi. Ushbu jarayonlarni chuqur his etgan o'qituvchi har bir darsga innovatsion tarzda yondashadi. Zamonaviy o'qituvchi -kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisidir.
Pedagogik maqsadning o'ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya'ni pedagogik faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog'liqdir. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta'minlaydi. Pedagog o'z faoliyati maqsadini va unga erishish yo'llarini aniq tasavvur qilishi hamda bu maqsadga erishish o'quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta'kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda soz ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o'z-o'zidan kelaveradi».
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o'ziga xosligi o'qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to'la anglab, o'z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarining «o'sib», uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondashishi;
- o'quvchilar qiziqishlarini e'tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish.
Pedagogik faoliyatning o'ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo'ladi:
Inson o'zining alohida xususiyatlariga ega bo'lgan, ro'y berayotgan voqealarni idrok qila oladigan va ularga o'zicha baho beradigan takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. U pedagogik jarayonning o'z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo'lgan ishtirokchisi ha mdir.
Xulosa
Musiqa madaniyati darsida o'qituvchining mahorati har tomonlama yuksak darajada bo'lishi lozim. Uning asar haqidagi kirish so'zi va dars mavzusini tushuntirib berishi, o'quvchilarni ajoyib va sehrli san'at - musiqa olamiga olib kiradi. Va qiziqarli suhbat bilan bolalar diqqatini musiqa mavzulariga yo'naltirishi mumkin. O'qituvchining musiqa asari haqidagi hikoyasi qisqa, qiziqarli bo'lishi kerak va o'quvchilarni badiiy idrok etishga erishtirishi lozimdir.
Dars davomida o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqot usulini qo'llasa, musiqa haqida to'g'ri mulohaza yuritishga, aniq xulosalar chiqarrishga yordam beradi. Suhbat jarayonida ko'proq o'quvchilar baxsga o'tadilar. Bu faoliyatida o'qituvchi rejissyor singari ularni boshqarib, to'g'ri xulosalarga erishtirilishi lozim.
Musiqa va innovatsiya, o'quvchilarga kreativlik va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Innovatsion texnologiyalar, musiqa madaniyati darslarini o'zlashtirish va o'quvchilarni yangi texnologiyalar orqali musiqaga qiziqishlarini oshirishda keng imkoniyatlarni ochadi. Virtual darslar, interaktiv dasturlar, onlayn musiqa platformalari orqali o'quvchilar, musiqa tarixini, ko'ngil ochadigan musiqaviy usullarni va jamoat bilan bog'liq musiqa tadbirlarini o'rganishlari mumkin. Bu ularning kreativlik va ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar:
1.Sh.M. Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quraylik. -T.: "O'zbekiston", 2017.
2. Ishmuxamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. T.2004
3. L.B.Umurzoqova "Роль музыкального образования развитии личности" 2022.