Научная статья на тему 'MUSIQA TA’LIMIDA BOLALAR MUSIQA ASARLARINI O‘RGATISH USLUBIYOTI'

MUSIQA TA’LIMIDA BOLALAR MUSIQA ASARLARINI O‘RGATISH USLUBIYOTI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
20
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / ta’lim / qo‘shiq / ijodkor / nota / kuylash / mahorat / tarbiya / ma’naviyat / axloq

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M.Djumaboyeva

Ushbu maqolada bolalar musiqa asarlarini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o‘rgatish, hamda ularni musiqa va san’atga qizizqishini orrttirish, kompozitorlar asarlarini kuylash barobarida ijodkorlikni shakllantirish haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA TA’LIMIDA BOLALAR MUSIQA ASARLARINI O‘RGATISH USLUBIYOTI»

MUSIQA TA'LIMIDA BOLALAR MUSIQA ASARLARINI O'RGATISH

USLUBIYOTI

M.Djumaboyeva Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar musiqa asarlarini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rgatish, hamda ularni musiqa va san'atga qizizqishini orrttirish, kompozitorlar asarlarini kuylash barobarida ijodkorlikni shakllantirish haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, ta'lim, qo'shiq, ijodkor, nota, kuylash, mahorat, tarbiya, ma'naviyat, axloq

METHODS OF TEACHING CHILDREN'S MUSIC WORKS IN MUSIC

EDUCATION

M.Djumaboyeva Kokand DPI

Abstract: This article talks about teaching children musical works using modern technologies, and increasing their interest in music and art, forming creativity while singing the works of composers.

Keywords: music, education, song, creator, note, singing, skill, education, spirituality, morality

Bolaning shaxsiyatini shakllantirishning asosiy vazifasi - bolaning har tomonlama va uyg'un rivojlanishi. Bu vazifani musiqiy ta'lim bajaradi. N.K.Krupskaya san'atning bola shaxsini tarbiyalashdagi ahamiyatini shunday ta'riflaydi: "Biz san'at orqali bolaga o'z fikr va tuyg'ularini chuqurroq anglashi, aniqroq fikrlashi va chuqurroq his etishiga yordam berishimiz kerak..."1 Shularga asoslanib, pedagogika qoidalari, musiqiy ta'lim va rivojlanish kontseptsiyasini belgilaydi.

Bolalar musiqiy ta'limidagi muammolardan biri bolalarning yoshi, qobiliyati shaxsiyati shakllanishiga qarab unga to'g'ri yondashilgan musiqiy ta'lim berish, bola shaxsiyatiga ta'sir qiluvchi va uni qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan metodikalarni ishlab chiqishdir. Mazkur kurs ishida ushbu muammo o'z aksini topgan. Bolaning shaxsiyatini shakllantirishning asosiy vazifasi - bolaning har tomonlama va uyg'un rivojlanishi. Bu vazifani musiqiy ta'lim bajaradi. N.K.Krupskaya san'atning bola

1 https://minikar.ru/uz/deti/rol-muzykalnogo-vospitaniya-v-razvitii-rebenka-rol-muzykalnoi/

rfciyfl^^B 223 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

shaxsini tarbiyalashdagi ahamiyatini shunday ta'riflaydi: "Biz san'at orqali bolaga o'z fikr va tuyg'ularini chuqurroq anglashi, aniqroq fikrlashi va chuqurroq his etishiga yordam berishimiz kerak..." Shularga asoslanib, pedagogika. qoidalari, musiqiy ta'lim va rivojlanish kontseptsiyasini belgilaydi. Shunga asoslanib bugungi kunda bolalar musiqa asarlarini o'rgatish metodikalarini ishlab chiqib musiqiy ta'limni amalga oshirish, bolalarni shaxs sifati rivojlantirish va ta'lim-tarbiya jarayoni bilan uzviyligini ta'minlash mazkur kurs ishining dolzarbligini belgilab beradi.

Bolalar musiqasi - bolalarning tinglashi va ijro etishi uchun mo'ljallangan musiqa asarlari. Bolalar musiqasi namunalari sodda shakli, yorqin ifodasi, jonli badiiy mazmuni bilan ajralib turadi. Bolalar hayoti, xalq ertaklari, tabiat manzaralari, hayvonot dunyosi Bolalar musiqasida uz ifodasini topadi. Bolalar ijrosiga mo'ljallangan asarlarda ularning ijro imkoniyatlari (mas, bolalar ovozining kulami, xorda kuylashga tayyorligi, ijro usuli murakkabligi va h.k.) nazarda tutiladi. Bolalar tinglashi uchun maxsus yaratilgan musiqa asarlari orasida talaygina sahna asarlari (opera, balet, musiqali spektakl), kinofilm va multfilm, teleko'rsatuv va radioeshittirishlarga yozilgan musiqalar ham mavjud. Bolalar va ayni ular uchun kattalar tomonidan ijro etiladigan xalq musiqa ijodiyoti namunalari (qo'shiq, musiqiy tomosha va o'yinlar) Bolalar folkloriga kiradi. I.S.Baxning "Anna Magdalena Baxning nota daftari", P.Chaykovskiyning "Bolalar albomi", R.Shumanning "Yoshlar albomi", K. SenSansning "Xayvonlar karnavali" orkestr fantaziyasi, S. Prokofyevning "Petya va bo'ri" simfonik ertagi, K.Orfning "Bolalar uchun musiqa"2 5 jildli to'plami (G. Ketman bilan hamkorlikda) Bolalar musiqasi ning yorqin namunalaridir.O'zbekistonda Bolalar musiqasi 20-asrning 30- yil larida yuzaga kelgan. Ilyos Akbarov, H.Muhamedova, K.Abdullayevlar birinchi bolalar qo'shiqlari, V.Uspenskiy, B.Nadejdinlar bolalar uchun ilk fortepiano asarlari yaratgan. Lekin 1950-90- yillardagina Bolalar musiqasi tizim tarzida rivojtopdi. M.Burhonov, A.Muhamedov, F.Qodirov, N.Norxo'jayev, Ye.Shvars, A.Mansurov va boshqa ommabop qo'shiqlar, S.Varelas, B.Giyenko, D.Zokirov, G.Mushel, F.Nazarovlar turli janrlarda cholg'u asarlar. X.Azimov, S.Abramova, P.Xoliqov, G'.Qodirov kabi kompozitorlar bolalar musiqa ta'limiga oid asarlar yozgan. Bolalar uchun opera ("Yoriltosh", S. Boboyev; "Alovuddinning sehrli chirog'i", S.Varelas; "Malikai ayyor", S.Jalil; "Ali Bobo va qirq qaroqchi", V.Milov; "Xayvonlar sultoni", A.Mansurov va boshqalar) va baletlar ("Oltin kalitcha", B.Zeydman; "Go'zal Vasilisa", A.Berlin), musiqali komediya ("Dono qiz va ahmoq podsho", D.Zokirov va boshqalar) yaratilgan. Kompozitorlardan T.Toshmatov, N.Norxo'jayev, M.Bafoyev, A.Ergashev, A.Nabiyev, A.Mansurov va boshqa yosh tomoshabinlar va qo'g'irchoq teatrlarida sahnalashtirilgan spektakllarga musiqalar yaratishgan.Musiqa asarlari mazmunida musiqali obrazlarning o'zaro munosabatlari

2 R.Tursunova, G.Tursunov "Jaxon musiqa tarixi"- Toshkent 2017

fîcïV^^^BI 224 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJlF 2022)

(taqqoslanish, to'qnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga ko'ra Musiqa mazmuni ham turli - epik, dramatik, lirik belgilarga ega bo'lishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil bo'lgan lirika Musiqaning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni - shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat bo'lib, bunda ma'lum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, sur'at, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning ma'naviyma'rifíy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining ko'pgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning o'zaro etik va estetik ta'sir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg'ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag'batlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir. Musiqiy ta'limda o'quvchilarni bolalarni musiqiy asarlari namunalari bilan tanishtirish. Milliy musiqa merosimiz serqatlam va rang-barang uslubli ijodkorlik hamda uning ijrochiligiga oid javxalardan tashkil topadi. Bolalar folklori - og'zaki ijod namunalaridir. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy qismi. O'zbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar o'yin qo'shiqlari, erkalama, masharalama va boshqalarni o'z ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, o'yiniga, qo'shig'iga moslangan bo'ladi.

O'zbekistonda Bolalar folklori namunalari to'plam holida 1932-yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehr-muhabbati bilan yo'g'rilgan bo'lib, ularda go'dakning istiqboliga oid orzu-umidlar, bola yashayotgan muhit o'z ifodasini topadi. Bolalar qo'shiqlarining ko'plari yil fasllari bilan bog'liq. "Boychechak", "Oftob chiqdi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz bo'ldi", "Qaldirg'och" kabi qo'shiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq ko'chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg'ir yog'ishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bog'liq. "Bu bog'chada olicha", "Zuvzuv borag'on", "Chamandagul", "Oq sholi, ko'k sholi" va boshqa qo'shiqlar turli davralarda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san'at bilan bog'liq mehnat jarayonlari, kattalar xatti-harakatlariga taqlid aks etadi. O'yinlar ham, qo'shiqlar ham bolalarning aqliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uyg'otadi. O'yinlar Bolalar folklorining murakkab turi bo'lib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. O'yinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama o'yinidan, katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan boshlaydi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qat'iyatli, qiyinchi-liklarni yengishga, o'rtoqlariga yordam berishga tayyor bo'lish singari yaxshi sifatlarga ega bo'lib o'sishlariga yordam beradi.

IIgcTÍÍ^^BI 225 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

Chitti gul

Chitti gul-e, chitti gul-e, Etagingga gul bosay

Hayu chitti gul, hayu chitti gul

Qo'ling qo'lbog'da bo'lsin, Beling belbog'da bo'lsin

Hayu chitti gul, hayu chitti gul

Tapur-tupur ot keldi, Chiqib qarang kim keldi

Hayu chitti gul, hayu chitti gul

Aravada un keldi, Childirmada gul keldi

Hayu chitti gul, hayu chitti gul

Gul yaxshiyu gul yaxshi, Gulning popugi yaxshi

Hayu chitti gul, hayu chitti gul

O'rtada o'ynagan qizning

Hay dar kokili yaxshi

Hayu chitti gul, hayu chitti gul

Musiqiy ta'limda bolalarni kichik yoshidan boshlab folklor ijrochiligi namunalari bilan tanishtirib borish va ularni ijro ettirish, o'sib kelayotgan avlodni milli ruhda tarbiyalashga, o'z Vataniga muhabbat tuyg'ularini shakllanishiga yordam beradi, shuningdek bolalarga folklor namunalarini o'rgatish orqali milliy qadriyatlarimizni ular ongiga chuqur singdirib boramiz. Musiqiy asarlarni o'rganish o'quvchilarga ijobiy ta'sir etibgina qolmay, ularning musiqiy didi va musiqiy dunyoqarashi shakllanishiga ham samarali ta'sir qiladi. Shu bois maqbul mazmun va metodikada berilgan musiqiy bilimlar majmuasi o'quvchilarda musiqaga barqaror qiziqishni tarbiyalaydi, muhimi ular yaxshi musiqani, janrlarni, xalq va mumtoz musiqasini ajratishga o'rganadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qobilova E. "Musiqa o'qitish metodikasi va maktab repertuari" darslik.T. Tamaddun. 2023.

2. Qobilova E. "Musiqa o'qitish metodikasi va maktab repertuari"fanidan amaliy mashgulot ishlanmalari.Fargona.2020yil.

3. Sh.Turdiyev.Maktab repertuari.2023

4. Ibrohimov O. J.Sadirov.7 sinf «Musiqa» darslik T.2017.

5. Begmatov S. 6 sinf«Musiqa» darslik T,2017.

6. A.Mansurov,D.Karimova. 5 sinf. «Musiqa» darslik T,2020

7. Sh, Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132.

8. Djumaboyeva, M. "IN FOLKLORE-ORAL CREATIVITY AND TRADITIONALISM." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING &

ncTvni^^H] 226 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 306-312.

9. DJUMABOEVA, M. "FORECASTING IN THE FIELD OF MUSIC EDUCATION: GOALS, OBJECTIVES, FUNCTIONS," TECHNOLOGICAL" APPROACHES." ЭКОНОМИКА: 190-193.

10. Djumaboyeva, M. "Activities Specific To Music Lessons And Requirements For The Teacher In Using Them As A Means Of Education." Journal of Positive School Psychology (2023): 877-880.

11. Djumaboyeva, M. "FORMING THE QUALITY OF CREATIVITY IN STUDENTS BY TEACHING THE LIFE AND WORK OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.02 (2023): 30-33.

12. Djumaboyeva, M. Sh. "MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA MUSIQIY SAVODXONLIK MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA O'QITUVCHINING O'RNI." Interpretation and researches 1.1 (2023).

13. Kobilova, Ezozxon Bakirovna. "Classical music and youth education." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.9 (2022): 126-130.

14. Qobilova, E. "FORMING A SENSE OF INTERNATIONALLY IN STUDENTS THROUGH THE TRADITIONAL MUSIC OF AZERBAIJAN." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.10 (2023): 127-132.

15. Азизхонова, М., and Э. Кобилова. "ЁШЛАРНИ МУСЩИЙ МАДАНИЯТИ ВА МАЪНАВИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА МУСЩИЙ ТАРБИЯНИНГ АХДМИЯТИ." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 51-57.

16. Kabilova, E. B. "FORMING A SENSE OF PATRIOTISM IN STUDENTS THROUGH THE LIFE AND WORK OF COMPOSER DONI ZAKIROV." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.10 (2023): 68-74.

17. Qobilova, E. "FORMING A SENSE OF INTERNATIONALLY IN STUDENTS THROUGH THE TRADITIONAL MUSIC OF AZERBAIJAN." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.10 (2023): 127-132.

18. QOBILOVA, E'ZOZXON. "Forming A Sense Of Love For The Profession By Teaching Labor Songs To 4th Class Students In Music Culture Lessons." Journal of Positive School Psychology 7.2 (2023).

227

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.