Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH'

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
52
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Область наук
Ключевые слова
ta’lim-tarbiya / shaxs / iste’dod / iqtidor / islohot / qobiliyat / yuksalish / taraqqiyot. / образование / личность / талант / способность / реформа / способность / подъем / развитие.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ismoilova Nodira

Yoshlarning iqtidori, istedodi, qobiliyati, imkoniyatini erta aniqlash, ularga rivojlanish uchun sharoit yaratish ta’lim-tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РАЗВИТИЕ ТАЛАНТА СТУДЕНТОВ НА ЗАНЯТИЯХ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ

Одной из важнейших задач образования является раннее выявление талантов, способностей и возможностей молодежи и создание условий для их развития.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH»

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA O�QUVCHILARNING ISTE�DODINI RIVOJLANTIRISH

Ismoilova Nodira

NavDPI 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8265875

Qabul qilindi: 17.08.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-08-11-17

UDK: 37.013.43

Annotatsiya: Yoshlarning iqtidori, istedodi, qobiliyati, imkoniyatini erta aniqlash, ularga rivojlanish uchun sharoit yaratish ta�lim-tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir.

Kalit so�zlar: ta�lim-tarbiya, shaxs, iste�dod, iqtidor, islohot, qobiliyat, yuksalish, taraqqiyot.

KIRISH.

Bizga ma�lumki, ta�lim-tarbiya sohasidagi islohotlar, undagi maqsad va vazifalarni to�liq amalga oshirilishi ta�lim tizimini har tomonlama taraqqiy etib borishini, davlatimizning bosh maqsadi va xalqimizning azaliy orzusi bo�lgan jahon talablariga javob bera oluvchi barkamol shaxsni voyaga yetkazishni taqozo etadi. Shunday ekan, yoshlarning iqtidori, istedodi, qobiliyati, imkoniyatini erta aniqlash, ularga rivojlanish uchun sharoit yaratish ta�lim-tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev shuni takidlab o�tganlarki, �Bizning asosiy maqsadimiz - yoshlarning sifatli ta�lim olish imkoniyatiga ega bo�lishiga erishish, ularning o�z qobiliyati va iste�dodini ro�yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.� Bugun Yangi O�zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Mamlakatimizda so�nggi yillarda ta�lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo�yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Shunday ekan, maktabda ishlaydigan har bir o�qituvchining eng asosiy vazifasi-ijodiy izlanuvchan, mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ega yoshlarni aniqlash, ular bilan alohida shug�ullanish va iste�dodlarni rivojlantirib borish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.

TADQIQOT OBYEKTI VA QO�LLANILGAN METODLAR.

Iste�dod � shaxs psixik sifatlarining (hayot davomida egallagan) shu qadar murakkab birikmasiki, uni qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan belgilab bo�lmaydi. Iste�dod juda ko�p faoliyatlarni yuksak darajada amalga oshirish imkoniyati bilan ta�minlovchi psixik jarayonlarning uyg�un holatda kechadigan xarakterli guruhi tarzida namoyon bo�ladi. Iste�dod deb, odamning murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi.

Qobiliyatning avloddan-avlodga irsiyat yo�li bilan o�tishi haqidagi qarashlar ilmiy nazariyalarga ziddir. Har bir kishining psixik taraqqiyoti, shu jumladan, undagi qobiliyatga xos intellektual salohiyatning yuksalishi ijtimoiy � tarixiy qonuniyatlar bilan boshqariladi. Qobiliyatning uyg�onishi ijtimoiy shart-sharoitlarga bog�liq bo�lib, dastlab bolaning ehtiyojlarida, qiziqish va yo�nalishlarida namoyon bo�ladi.

Shu nuqtai nazardan, ta�lim tizimining quyi bosqichlaridan boshlab intellektual salohiyatli o�quvchi-yoshlarni tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:

- yoshlarni jismoniy va psixologik rivojlanish qonuniyatlari asosida shakllanadigan layoqat, iqtidor, qobiliyat va iste�dod ko�rinishida namoyon bo�ladigan intellektual salohiyatini o�rganadigan psixologik mexanizmni yaratish va amalda keng joriy etish;

- yoshlardagi intellektual salohiyat va uning rivojlanish qonuniyatlari bilan ota-onalar, tarbiyachilar, o�qituvchilar va hatto keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish uchun eng ma�qul variantdagi o�quv kurslarini tashkil etish;

- yosh avlodning har biridagi intellektual salohiyatni psixodiagnostik usullar yordamida o�rganib, unga xos individual o�quv-tarbiya dasturi va tizimini ishlab chiqish;

- yoshlarning intellektual salohiyatiga xos rivojlanish qonuniyatlarini, bosqichlarini muntazam kuzatib o�rganib borish asosida o�quv-tarbiya dasturi va tizimini takomillashtirib borish;

- individuallashtirilgan o�quv-tarbiya ta�siri bilan yoshlarning intellektual salohiyatiga xos rivojlanish qonuniyatlarida yuzaga kelgan o�zgarishlar, yangiliklar, yutuq va ilmiy asoslangan yechimlarni amaliyotga keng joriy etish tizimlarini yaratish.

Psixologik kuzatuvlardan ko�rinadiki, har bir insonda qobiliyat tug�ma yoki orttirilgan darajada muqarrar ravishda o�zini namoyon etadi. Bolaning oila va ta�lim maskanida to�g�ri tarbiyalash orqali uning qobiliyatini erta aniqlash uning kelgusi hayoti va faoliyatiga bevosita ta�sir etadi. Har bir inson o�zini ijodiy qobiliyatini erta ravishda aniqlab, uni rivojlanishiga oilasi, maktabida madad olsa, kelgusida jamiyat uchun barkamol shaxs bo�lib yetishadi.

Barkamol bo�lib yetishiga esa o�quvchidagi irodaviylik xislatlaridan: o�quvchi shaxsining maktabdagi faoliyati ko�p qirraliligi; ilm olish, o�qish jarayonida sabr-toqatli bo�lish; to�garak va ilmiy jamiyatlarning faol ishtirokchisi bo�lish, fan yangiliklari haqida ma�lumot berish; mustaqil fikrning baralla bildira olishlik; egallagan bilimlarni o�z ishida, turmushda ongli ravishda qo�llay bilish; darslikdan tashqari adabiyotlar bilan mustaqil shug�ullanish, bu adabiyotlardagi ilmiy tushuncha va g�oyalarning mohiyatini tushuna bilishlik; o�qilgan matndagi g�oyalarni erkin va tez bayon qila olishlik; o�rtoqlarni ilmiy - ijodiyotta targ�ib eta olishlik; o�z fikriga tanqidiy yondosha olishlik kabilarni tarkib toptirish eng asosiy masaladir.

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI.

Ijodkor va qobiliyatli o�quvchilar oila va o�quv dargohining oltin fondi hisoblanadi, chunki ularda aqliy salohiyat, iqtidori, qobiliyatini aniqlash uchun albatta o�ziga xos yondashuv zarur. Buning uchun uch bosqichda ishni tashkil etish kerak.

1-bosqich � tahliliy bosqich � ta�limning boshlang�ich pog�onasida (1-4-sinflar) amalga oshirilib, bunda o�quvchilar faoliyatining ma�lum sohasidagi yutuqlari, alohida belgilari hisobga olinadi, tahlil qilinadi va ma�lum xulosalarga kelinadi.

2-bosqich � diagnostika � tashxis qo�yish, o�quvchilardagi qobiliyat va intilishlarning aniqlash bosqichi � 5-9-sinflarni o�z ichiga olib, har bir o�quvchining ijodiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini alohida baholash yo�li bilan ulardagi ijodkorlik hislatlari aniqlanadi va qobiliyatga mos ixtisoslik bo�yicha yo�naltiriladi.

3-bosqich � yuqori sinflarda (10-11-sinflar) o�quvchidagi aniqlanilgan ijodkorlik qobiliyatlarini yanada chuqurroq va to�laroq o�rganish, to�liq shakllantirish, bu qobiliyatlarni chuqurlashtirish va takomillashtirish ishlari amalga oshiriladi.

O�quvchining dunyoqarashi keng bo�lishi uchun gumanitar yo�nalishdagi fanlarni chuqur o�rganishi, shuningdek, estetik yo�nalishdagi, jumladan, tarix, adabiyot, musiqa, rasm, qo�shimcha ta�lim singari fanlar integratsiyasidan foydalanish yo�li bilan ko�p axborotga ega bo�lishi, uni to�g�ri va to�liq, har tomonlama tahlil qila bilish zarur. Buning natijasida o�quvchida o�z dunyoqarashi nuqtai nazarini to�g�ri va puxta asoslay bilish ham suhbatini tinglay olish, turli xil fikrlarga nisbatan sabr-chidamli bo�lish, o�z fikrini to�liq asoslagan holda tushuntira bilish ko�nikmalari hosil bo�ladi.

O�quvchilarning umumiy o�rta ta'lim maktablarida o�tkazgan davri davomida sinf, maktab jamoasi, oila, mahallada o�z o�rnini topa olishida hamda har tomonlama qobiliyatlarini rivojlantirishda musiqa ta'limi alohida o�rin tutadi. Aniq mazmun asosida o�tkaziladigan musiqa darslari, sinfdan tashqari mashg�ulotlar va umumiy tarzdagi musiqiy muhit o�quvchilarning ma'naviyatini shakllantirishda va ularning iste�dod va qobiliyatini shakllanib borishi uchun muhim manba bo�lib xizmat qiladi. Musiqa darslarining haqiqiy ta'lim-tarbiya vositasiga aylanishida o�qituvchisining bilimi, iqtidori, jonkuyarligi, targ�ibotchiligi, mehribonligi, maslahatgo�yligi yetakchi ahamiyatga ega.

Musiqaning buyuk qudrati shundaki, o�quvchining ichki dunyosiga kirib, hissiyotlarini junbushga keltira oladi. Psixolog olimlaming ta�kidlashicha, musiqa inson bosh miyasining yarim sharlaridagi asab to�rlarining eng yirik, eng nozik, boshqa hech qanday vosita ta'sir etolmaydigan qatlamiga ham kirib bora oladi. Bu qatlamlarda insonning juda katta quvvati zahiralari saqlanadi va yaxshi musiqa aynan shu aqliy quvvat, hissiyot zahiralarini harakatga keltira oladi.

Musiqa darslari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar

orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Maktab sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san�at bilan uzviy bog�langan holda amalga oshiriladi. Ashula aytish usuli, janrdagi musiqa asarlari, xususan, syujetli cholg�u pyesalarini tinglash, musiqaviy o�yinlar bilan shug�ullanish va raqsga tushish jarayonida musiqa mashg�ulotlari

ko�pincha badiiy so�z bilan belgilanadi. Demak, musiqa san�ati va ta�lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da�vat etadigan, insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e�tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg�otadigan qudratli botiniy kuch � ma�naviyatning yuksalishini ta�minlash bilan birgalikda bola iste�dodi va qobiliyatini ham rivojlantirib boradi. Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to�g�ridan-to�g�ri bog�liq.Davlat uchun insonni yuksaklikka ko�tarishga yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblagan.

Umumiy o�rta ta�lim maktab o�quvchilarining musiqiy tarbiyasi asosiy ko�rsatgichlari quyidagilardan iborat:

- musiqaga va musiqiy faoliyatga qiziqtirish;

- musiqiy va musiqiy faoliyat jarayonida musiqiy ijodning namoyon bo�ishi;

- musiqiy asarlarni taqqoslash orqali fikrlar xilma- xilligini farqlash, baholash, xulosa chiqarish;

- o�zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish, ijrochilik va musiqiy ijodini faolligini oshirish.

Musiqiylikning namoyon bo�ishi quyidagicha:

- ohang, usul sur�at va ifodalilik; tovushning kuchi, cho�zilish jilolari, kuyning yo�nalishi va o�zgaruvchanligini aniqlash;

- ovozlarni to�g�ri idrok qilib milliy cholg�ular, vokal, yakkasoz, jo�rsoz, ansambl va orkestr ijrochiligini bir�biridan farqlashni aniqlash;

- musiqiy asarni ravon va yoqimli qilib ijro qilish malakasini egallash, uning tuzilishi, mazmuni, kayfiyati, xarakteri, xushsoz va xushohang jihatlarini idrok qila bilishi musiqiylikning namoyon bo�lishidir.

Musiqiy layoqat va ularni aniqlash mezonlari:

- o�quvchilarning musiqiy asarlarni ongli idrok qilish layoqat;

- musiqiy asarlardagi sur�at va usul o�zgarishlarini farqlash layoqati;

- sof kuylash va diqqat bilan tinglash layoqati;

- musiqiy asarlarni tahlil qilish va ularga shaxsiy munosabat bildirish layoqati.

O�quvchi yoshlarni ijodiy qobiliyatini oshirish bevosita ikki holatga bog�liq deb hisoblaymiz.

Birinchidan, o�quvchining hayotiy tajribasi va musiqiy taasurotlari ko�lami qay tarzda rivojlanganligi bilan belgilanasa, Ikkinchidan, musiqiy bilim berishning samarali yo�llari va vositalarini qo�llash orqali sezilarli ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Darhaqiqat, musiqiy bilim va ijodiy jarayonlar ta�sirida o�quvchilarining musiqa savodxonligi qay tarzda o�sa borishiga qarab, o�quvchi�yoshlarning ijodiy faolligining hamma turlariga o�zining ijobiy ta�sirini o�tkazadi.

Maktab yoshidagi o�quvchi�yoshlarning iste�dodini oshirishda qo�yidagi holatlar doimo o�qituvchi e�tiborida bo�lishi maqsadga muvofiqdir:

- o�quvchilarning ijodiy va musiqiy layoqatlarini doimo uzviy tarzda rivojlanib borishligini hisobga olish;

- musiqiy bilim, va ko�nikmalar rivojlanishini ijodiy faollikni o�sib, shakllanib borishining asosi deb qarash dan iborat.

Musiqiy bilimlarni o�zlashtirish jarayonining ilmiy nazariy, uslubiy jihatdan pishiq va mukammal bo�ishi muhimdir. Uning samarali, muvaffaqiyatli bo�lishini ta�minlovchi asosiy omil puxta ishlab chiqilgan dars tizimidir. Darslarni tizimli tarzda olib borish, bosqichlararo uzviylikni ta�minlashga ham ijobiy ta�sir ko�rsatadi. 1-sinfda o�tilgan mavzular 2-sinfda takrorlash orqali esga olinadi va yangi mavzularni o�rgatishga zamin yaratiladi. Avval o�tilgan mavzularni qaytarmay, yangi mavzuni o�tish mumkin emas. Musiqa madaniyati darslarida musiqiy bilimlarning o�ylangan va asoslangan tizimda o�zlashtirilishi o�ta muhim ahamiyatga ega. Beriladigan bilimlar soddadan murakkabga qarab yo�naltirilgan bo�lmog�i darkor. Ushbu tamoyilning buzilishi o�quvchilarning o�quv materialini o�zlashtirishlariga salbiy ta�sir ko�rsatib qolmay, ularning musiqa madaniyati darslariga bo �lgan qiziqishlarini ham so�ndiradi. Musiqa bilimlarni o�zlashtirish jarayonida beriladigan bilimlar avval o�zlashtirilgan bilimlarga asoslangan bo�lishi bilan birga, asta-sekin kengaytirilib va chuqurlashtirilib boriladi.

Tizimlilikka asoslangan holda darslarni tashkil etish, musiqiy bilimlarni o�zlashtirish, ko�nikma, malakalarni shakllantirish jarayonida o�quvchilarda o�zlariga bo�lgan ishonchni uyg�otadi, ruhlari ko�tariladi va musiqa madaniyati darslariga bo�lgan qiziqishlari ortadi. Musiqiy ta�limda izchillikka rioya qilib o�qitish lozim. Musiqiy ta�lim asosan 3 bocqichda amalga oshiriladi.

1. Musiqa tinglash

2. Musiqa savodxonligi

3. Jamoa bo�lib kuylash.

Har bir jarayon nafaqat musiqiy bilimni va savodxonlikni mustahkamlaydi balki, o�quvchilar qobiliyat va qiziqishlarini ham rivojlantirib boradi. Darslarni tizimlashtirilgan holda olib borish, bosqichlararo uzviylikni ta�minlashga yordam beradi.

XULOSA.

Xulosa qilib aytadigan bo�lsak, o�quvchi � yoshlarga uzluksiz ta�lim tizimi jarayonida chuqur bilim berish, ularni har tomonlama yetuk, iste�dodli va qobiliyatli qilib tarbiyalash, musiqiy madaniyat sirlarini yoshlik chog�idan qalbiga singdirish, kuchli va kengaytirilgan darajada musiqiy bilim, ko�nikma, malaka va tarbiya berish, bu yo�lda ko�zlangan maqsadga erishishda o�quvchilarning ijodiy faolligini hamda iste�dodini oshirib borish fan o�qituvchilari oldiga muhim vazifalarni qo�yadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoev Sh.M. Erkin farovon, demokratik O�zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T. 2016.13-b.

2. R.Ishmuhamedov., M.Yuldashev. Ta�lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.-T.: �Nihol nashryoti, 2013 yil 278 bet.

3. G.Sharipova� Musiqa va uni o`qitish metodikasi�T. 2006 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.