Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFDA TA’LIM SAMARADORLIGINI AMALGA OSHIRISH METODIKASINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH'

BOSHLANG’ICH SINFDA TA’LIM SAMARADORLIGINI AMALGA OSHIRISH METODIKASINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
395
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshlang’ich ta’lim / ta’lim / tarbiya / natija / pedagogik texnologiya / metodika / yaxlitlik tamoyili. / primary education / education / upbringing / result / pedagogical technology / methodology / principle of integrity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — K. Abrorxonova, M. Karabayeva

Mazkur maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf darslarida pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim metodikasini faoliyat samaradorligini oshirish haqida fikr-mulohazalar yurutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF THE METHODOLOGY OF IMPLEMENTATION OF EDUCATIONAL EFFICIENCY IN PRIMARY SCHOOL BASED ON PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES

In this article, there are opinions about improving the effectiveness of educational methods based on pedagogical technologies in the primary classes of general secondary schools.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFDA TA’LIM SAMARADORLIGINI AMALGA OSHIRISH METODIKASINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINFDA TA'LIM SAMARADORLIGINI AMALGA OSHIRISH METODIKASINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH

Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi

PhD, dotsent. Nizomiy nomidagi TDPU "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi"

kafedrasi mudiri Karabayeva Mahliyo

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ( boshlang'ich ta'lim) fakulteti II kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7309599

Annotatsiya. Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich sinf darslarida pedagogik texnologiyalar asosida ta'lim metodikasini faoliyat samaradorligini oshirish haqida fikr-mulohazalar yurutilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, ta'lim, tarbiya, natija, pedagogik texnologiya, metodika, yaxlitlik tamoyili.

ОРГАНИЗАЦИЯ МЕТОДИКИ РЕАЛИЗАЦИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ

ОБУЧЕНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ НА ОСНОВЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ

ТЕХНОЛОГИЙ

Аннотация. В данной статье высказываются мнения о повышении эффективности методики обучения на основе педагогических технологий в начальных классах общеобразовательных школ.

Ключевые слова: начальное образование, обучение, воспитание, результат, педагогическая технология, методика, принцип целостности.

ORGANIZATION OF THE METHODOLOGY OF IMPLEMENTATION OF EDUCATIONAL EFFICIENCY IN PRIMARY SCHOOL BASED ON PEDAGOGICAL

TECHNOLOGIES

Abstract. In this article, there are opinions about improving the effectiveness of educational methods based on pedagogical technologies in the primary classes of general secondary schools.

Key words: primary education, education, upbringing, result, pedagogical technology, methodology, principle of integrity.

KIRISH

Pedagogik texnologiyalar mohiyatini to'laqonli anglash uchun mazkur iboraning lug'aviy ma'nosini tushunib olish taqozo etiladi. «Texnologiya» yunoncha so'z bo'lib, «techne» -mahorat, san'at va —logos - tushuncha, ta'limot, fan ma'nosini anglatadi. —Ta'lim texnologiyasi iborasining ma'nosi - (inglizcha —An educational technology) Boshlang'ich sinf mehnat ta'limi darslarini yuksak mahorat bilan san'at darajasida tashkil etish to'g'risida ma'lumot beruvchi fan, ta'limot demakdir. Ayni vaqtda mazkur tushunchaning ta'rifi hamda uning mohiyati borasida yagona g'oya mavjud emas. Bu nazariya mohiyatining yoritilishiga nisbatan turli yondashuvlar mavjud.

So'nggi yillarda o'zbek olimlari tomonidan ham ta'lim texnologiyasi nazariyasiga oid bir qator maqola, risola va qo'llanmalar yaratildi. Xususan, pedagog olim P.A.Mavlanova mazkur iborani «Pedagogik texnologiya - tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta'lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob'ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o'zaro ta'sirini inobatga olib, ta'lim maqsadlarini oydinlashtirib, o'qitish va bilim

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'zlashtirish jarayonlarida qo'llanadigan usul va metodlar majmuidir» deya sharhlasa, N.Saidahmedov esa quyidagicha: —Pedagogik texnologiya bu o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o„quvchilarga ta„sir ko„rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, - degan ta„rifni beradi.

METOD VA METODOLOGIYA

Yuqorida keltirilgan fikrlardan anglashiniladiki, «pedagogik texnologiya» tushunchasi o„zida boshlang„ich sinf mehnat ta„limi darslarini tashkiliy-metodik majmualar yordamida tashkil etish va bu jarayonda muayyan yutuqlarga erishish mumkinligini ifodalaydi. Pedagogik texnologiyalar an„anaviy ta„lim shakl va metodlaridan farqli ravishda pedagogik faoliyatni oldindan loyihalash, maqsad va vazifalarni aniq belgilash, o„quvchi, boshlang„ich sinf o„quvchilari tomonidan o„zlashtirilishi nazarda tutilayotgan bilim, ko„ngikma va malakalar darajasini tashqislash, ta„lim samaradorligini aniqlash va baholash kabi harakatlarning amalga oshirilishini taqozo etadi.

Boshlang„ich sinf mehnat ta„limi darslaring maqsadini aniq va puxta belgilanishi yaxlit pedagogik faoliyat muvaffaqiyatini ta„minlashga poydevor yaratadi. Boshlang„ich sinf mehnat ta„limi darslarining maqsadi DTS, o„quv rejasi va dasturi, shuningdek, darslik va qo„llanmalar mazmunida o„z ifodasini topgan ma„lum mavzular hamda o„quv fanining o„ziga xos jihatlari, o„quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ehtiyoj, qiziqishlari, pedagoglarning bilimi, kasb mahorati, ijodiy layoqati pedagogik vaziyatlarni inobatga olish asosida belgilanadi. Pedagogik faoliyatning maqsadi aniq, puxta, shuningdek, tashhislangan bo„lishi maqsadga muvofiqdir. Bu quyidagi holatlarni vujudga keltiradi:

❖ shaxsning ma„naviy-axloqiy sifatlari va aqliy salohiyati shunday aniq va ravshan

ifodalanadiki, natijada hosil bo„ladigan intellektual-axloqiy sifatlarini o„quvchi yoki o„quvchining boshqa xislatlaridan farqlay olish imkoniyati yaratiladi;

❖ shaxsning tashhislangan ma„naviy-axloqiy sifatlari va aqliy salohiyatining shakllanadigan

darajasini haqqoniy nazorat qilishga yo„naltirilgan aniq usullarning mavjudligi ta„minlanadi;

❖ shaxsning avvaldan tashhislangan sifatlarini aniqlashga yo„naltirilgan nazorat unda hosil

bo„lgan aqliy-axloqiy sifatlar darajasini belgilabgina qolmay, balki pedagogik faoliyat samarador-ligini ham aniqlaydi;

❖tashhislash maqsadi doirasida shaxsning aqliy-axloqiy sifatlari drajasini belgilovchi mezonlarning ishlab chiqilishi hamda ularga tayangan holda faoliyat olib borish shaxs bilim, ko„nikma va malakalarining sifatini baholovchi ko„rsatgichlar mavjud bo„ladi.

Pedagogik faoliyatni tashhislash bir necha bosqichlarda olib borilib, ushbu bosqichlarning har birida ma„lum vazifalar hal qilinadi. Pedagogik faoliyat jarayonini loyihalash bir qancha bosqichlardan iborat.

Yaxlitlik tamoyili. Mazkur tamoyil mazmunida quyidagi ikki jihat aks etadi: ta„lim va shaxs kamolotining birligi; pedagogik texnologiyaning muayyan, qat„iy tizimga egaligi. Asoslilik tamoyili. Ushbu tamoyil muayyan o„quv fanlari yoki faoliyat o„zining negizini ifodalovchi tushunchalar, bosh g„oyasi hamda ma„lum asoslariga ega ekanligini ifodalaydi.

Ijtimoiy madaniyat taraqqiyoti bilan uyg„unlik tamoyili. Ayrim adabiyotlarda ushbu tamoyil madaniyatni anglash, madaniy hayotning rivojlanishiga nisbatan muvofiqlik tamoyili tarzida qayd etilgan bo„lsada, mazmun jihatidan yagona fikrni ifoda etadi. Mazkur tamoyilning mohiyati ta„lim faoliyati ijtimoiy jamiyat rivoji, madaniy taraqqiyoti darajasi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmuni va g'oyasidan kelib chiqib belgilanishini ifodalashga xizmat qiladi.

TADQIQOT NATIJASI

Boshqacha aytganda, «...insonparvarlashtirish bu insonning jamiyat bilan bog'liq barcha munosabatlari jarayonida inson omili uning qadr-qimmati, sha'ni, or-nomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslangan faoliyat jarayoni bo'lib, insonparvarlashtirish barcha sharoitlar inson va uning kamoloti uchun» degan g'oya asosida tashkil etiladigan faoliyat jarayoni ekanligini anglatadi.

O'qitib tadqiq etish, tadqiq etib o'qitish tamoyili. Ushbu tamoyil ham o'zida quyidagi ikki jihatni ifodalaydi: har bir o'qituvchi o'z sohasida boshlang'ich sinf o'quvchilarini jalb etgan holda tadqiqot, ijodiy izlanish olib borishi lozim; o'qituvchi faoliyat texnologiyasini ishlab chiqadi, uni amaliyotda sinab ko'radi, kuzatadi va uning mazmuniga tuzatishlar kiritadi, bevosita amaliyotga tatbiq etadi. O'qitish faoliyatining uzluksizligi. Ushbu tamoyil boshlang'ich sinf mehnat ta'limi darslari boshlang'ich sinf o'quvchilariiga nazariy bilimlarni berish, ularda amaliy faoliyat ko'nikma va malakalarini hosil qilishni uzluksiz ravishda tashkil etish lozimligini anglatadi.

Faoliyatli yondashuv tamoyili. Mazkur tamoyil nazariy-amaliy faoliyatning o'zaro aloqadorligini ta'minlaydi. Pedagogik texnologiya nazariyasi uchun yuqorida bayon etilgan tamoyillar bilan birga quyidagi qonuniyatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi: Boshlang'ich sinf mehnat ta'limi darslarini optimallashtirish qulay shart-sharoit yaratib, oz vaqt va kam kuch sarflab, pedagogik faoliyatni amalga oshirishda qulay natijalarga erishish;

> boshlang'ich sinf mehnat ta'limi darslarining sub'ektlari (o'qituvchi va o'quvchi-o'quvchi) faoliyati, ular o'rtasidagi munosabatni oqilona tashkil etish, o'qituvchi tomonidan pedagogik faoliyat jarayonining umumiy manzarasini ko'ra olish, vaziyatlarning to'g'ri baholanishga erishish;

> o'quvchi pedagogik faoliyat jarayonining faol, yetakchi sub'ektiga aylanishi, o'z imkoniyati va iqtidorini erkin ro'yobga chiqara olish layoqatiga ega bo'la olishi; pedagogik faoliyatni jadallashtirish, shu maqsadda axborot texnologiyalari xizmatidan foydalanish;

> pedagogik faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo'lgan moddiy-texnik bazani vujudga keltirish;

> pedagogik faoliyat natijalarining xolis baholanishi;

> boshlang'ich sinf o'quvchilarining nazariy bilimlari hamda amaliy ko'nikma va malakalari, shuningdek, pedagogik texnologiyalar samaradorligini baholashni avtomatlashtirish va hokazolar.

Ta'lim texnologiyalari doirasida yangi o'quv materialining o'quvchi tomonidan o'zlashtirilishiga muhim ahamiyat qaratiladi. O'quv materialini o'zlashtirish muayyan fan asoslari yoki mavzu yuzasidan kerakli ma'lumotlarni olishdangina iborat bo'lmay, balki shaxs dunyoharashi, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun xizmat qilishi lozim. Yuqorida qayd etib o'tganimizdek, pedagogik texnologiyalarning markazida o'qituvchi hamda o'quvchi o'rtasidagi muloqotga asoslangan faoliyat turadi. An'anaviy ta'lim texnologiyasidan farqli ravishda ushbu faoliyat jarayonida o'quvchi yetakchilik rolini bajaradi. O'quvchining o'quv-biluv jarayonidagi yetakchiligi quyidagi pedagogik vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi: S o'quvchida nazariy bilimlar hamda faoliyatni o'zlashtirishga bo'lgan ichki ehtiyoj hamda rag'batni qaror toptirish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

S nazariy bilimlar hamda faoliyatni o'zlashtirishga nisbatan ongli yondashuvni vujudga keltirish;

S ularda mustaqil faoliyat yuritish ko'nikmalarini shakllantirish; boshlang'ich sinf

o'quvchilarining faolligini ta'minlash; S boshlang'ich sinf o'quvchilarida mustaqil fikr yuritish, nazariy va amaliy bilimlarning mohiyatini tahlil etish, anglash, ular xususida ma'lum xulosalar chiqarish, umumlashtirish va ularni amaliy faoliyatga tatbiq etish borasidagi ko'nikmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish;

S o'z faoliyatini nazorat qilish va baholash layoqatini haror toptirish.

S Pedagogik texnologiyalarni ta'lim amaliyotida qo 'llash bilan birga ularning samaradorligini ham baholashga alohida ahamiyat berish kerak.

Pedagogik texnologiyalarning samaradorligini aniqlash mezonlari pedagogik faoliyatni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad va uning natijalanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Shu maqsadda yangi pedagogik texnologiyalarning samaradorligini aniqlash mezonlari mavjud bo'lib, ular quyidagi guruhlarga bo'linadi:

Pedagogik texnologiyalarni loyihalash va ularni qo'llash bosqichida baholash. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta'lim natijalarini baholash. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar ta'limi tizimi amaliyotida yangi pedagogik texnologiyalardan tobora kengroq foydalanilmoqda. O'zbekiston Respublikasida ham bu borada bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim muassasalari, jumladan, boshlang'ich sinf mehnat ta'limi darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning nazariy-amaliy asoslarini ishlab chiqish dolzarb pedagogik muamo ekanligini asoslash imkonini berdi. O'quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni faol tadbiq etish imkoniyatlari. Boshlang'ich sinf ta'limi darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish muammosining nazariy-amaliy jihatlarini batafsil o'rganish, bu boradagi harakat muvaffaqiyatini ta'minlash omillaridan biri mazkur o'quv yurtlari faoliyatini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mavjud holatini tahlil qilish va unga to'g'ri baho berishdan iboratdir. Zero, mazkur o'quv yurtlarida tashkil etilayotgan ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalar tatbiq etilishining mavjud ahvolini o'rganish, eng avvalo, tadqiq etilayotgan muammoning dolzarbligini asoslash, tadqiqot doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan tajriba-sinov ishlarining mazmunini ishlab chiqish hamda yo'nalishini belgilash imkonini yaratadi. Shunga ko'ra tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida muammoning mazkur jihatini o'rganishga alohida ahamiyat qaratdik. Bizning bosh maqsadimiz bo'lgan o'zbek modelini amalga oshirishda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy, ma'rifiy yo'nalishlardagi islohatlarni amalga oshirishda demokratik, fuqorolik, jamiyatimizning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi erkin shaxs tarbiyasi, uning mustaqil tafakkurini uzluksiz ta'limning dastlabki bosqichlaridan shakllantirib borish fuqorolik jamiyatining asosiy talablaridan biridir.

MUHOKAMA

Pedagogik texnologiyani o'quv mashg'ulotlariga faol tadbiq etish hisobiga ta'lim jarayonining rag'bati (motivatsiyasi) kuchaytirilishi mumkin. Ma'lumki, tayyor holda olingan bilimlar, odatda, ularni amaliyotda qo'llashni qiyinlashtiradi, bu ayniqsa, aniq biror buyumni tayyorlashda namoyon bo'ladi. SHuning uchun bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishda o'quvchilarning bevosita faoliyat ko'rsatishlari talab etiladi. Bu muammoning yechimi boshqaruvga asoslangan pedagogik texnologiyaning qo'llanishi bilan bog'liqdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Pedagogik texnologiyani o'qitish jarayoniga faol tadbiq etishda o'quvchi ta'lim tizimiga moslashtirilmay, aksincha, ta'lim tizimi turli shaxsga xos barcha xususiyatlari (erkinlikka intiluvchanlik, mustaqillik, shaxsiy fikrlarning mutloq o'ziga xos tizimga ega bo'lishi, o'z-o'zini tasdiqlash extiyojining mavjudligi va boshqa holatlar)ni hisobga olgan holda, o'quvchi individualligini rivojlantirish imkonini berishi hamda o'z-o'zini rivojlantirish va o'zligini namoyon etish uchun sharoit yaratish lozim. SHuningdek, bu jarayonda o'quvchi shaxsiga faoliyatli yondashish orqali shaxsni «sub'ekt» sifatida erkinlikka intilishi, o'z-o'zini rivojlantirishi, mustaqil uqishi, o'zligini namoyon etishi va faollashtirishi ta'minlanadi. O'quv jarayoni tarkibiy qismlari - maqsad, mazmun, metod, shakl, usul va vositalar o'quvchi uchun shaxsan ahamiyatga ega bo'lgan shaxsiy tajribasi maxsuli sifatida tadbiq etiladi. Masalan, agar o'quvchi o'quv faoliyati mohiyatini anglay olmasa, o'quv maqsadini tan olmaydi, o'qituvchi qo'ygan vazifalarni tushunmaydi va qabul qilmaydi, u tomonidan sodir etiladigan barcha hatti-harakatlar majburiyat va taziyq ostida sodir bo'ladi. XULOSA

Natijada uning bilimlari rasmiy xarakterga, o'qituvchining faoliyati esa rasmiyatchilik mazmuniga ega bo'ladi. Bilim esa ularni amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan faoliyat natijasidagina shakllanadi. Bu darslik mazmunidan ba'zi ilmiy ma'lumotlarni shunchaki ko'r-ko'rona yodlab olish bo'lmay, balki o'quvchining shaxsiy, sub'ektiv tajribasiga asoslangan xaqiqiy bilimlar bo'ladi. O'quvchi muayyan bilimlarga nisbatan befarq bo'lmay, bilimlar uning uchun shaxsiy mazmunga ega bo'lsagina puxta o'zlashtiriladi. O'qituvchi bunga o'quvchida o'quv predmetiga nisbatan qadriyatli, ijobiy sub'ektiv munosabatni tarkib toptirish natijasida erishadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» qonuni. 1997.

2. «Ta'lim to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi qonuni. Barkamol avlod- O'zbekiston kelajagining poydevori.-T.: I998.2I-b.

3. Abdullaeva Q.A, Safarova R.g', Bikbaeva N.U, Baxramov.

4. Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi. Boshlang'ich ta'lim jurnali № 6-I998 y.

5. Abdullaeva q. Ochilov M., K.Nazarov, S.Fuzailov, N.Bikbaeva «Boshlang'ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari. T.: I999.

6. R.A.Mavlonova N.Raxmonqulova "Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi" T.: Ili-Ziyo 2009 y.

7. Umumiy o'rta va o'rta maxsus kasb- hunar ta'limi jarayonida fanlararo uzviylikni ta'minlash muammolari respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi Toshkent - 2009 y.

8. O'zbekiston Respublikasining «Boshlang'ich sinf tarbiya va sport to'g'risida» qonuni (Yangi taxrirda). 2000.

9. Safarova P.F., Sh.Ne'matov va boshq. O'quv predmetlari mazmunini aniq^vchi asosiy parametrlar.- T:Fan va texnologiya, 2011 yil. 160b. [I,2], [I,8]

10. ^^middm Maxmudov "O'qituvchi va nutq texnikasi" Til va adabiyot ta'limi № 2^оп. Т.:-2007 yil. -4-9 b. [2,3]

11. Axmedova M.T., Axmedova N.E. Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi. Фoрмирoвaниe гармонично pa3BKroro поколения в современных условиях. Сборник таучно-методических статей -Т.:2011 г. -109-111стр. [3,5]

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

12. Olsson, Thomas; Martensson Katarina and Roxa, Torgny. Pedagogical competence. (manual). Swedish, Division for Development of Teaching and Learning,Uppsala University, 2010 yil. [4,4]

13. Ziyomuhammedov B. Pedagogik mahorat asoslari. -T.:TIB-KITOB, 2009 yil.

14. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2006 yil.

15. Ibragimov X., Yoldoshev U. va boshqalar. Pedagogik psixologiya. -T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007 yil.

16. Xoliqov A. Pedagogik mahorat.-Т.: Iqtisod-moliya, 2011 yil. -163-164 betlar. [8,6]

17. Axmedova М.Т.. Rashidov H.F. Pedagogik konfliktlarni bartaraf etish dars intizomini yaxshilash omili sifatida. Maktab va hayot. - Т. 2015 yil.

18. Jumayev R.Z. Konfliktologiya asoslari, asosiy tushuncha va tamoyillari. O'quv qo'llanma, 2015 yil.

19. To'ychiyeva G., Asadova Е. Yoshlar va konfliktlar yechimi. Manual. Т. 2003 yil.

20. Куприянчук, Е.В. Пcихoлoгия кoнфликтa в oбрaзoвaнии [TeKcT]: yчeбнoмeтoдичecкoe пocoбиe / Е.В. купрянчук. - CapaToB: СГУ, 2015 г.

21. Rahmatova, F., & Abrorxonova, K. (2021). Educational issues in the works of enlightened intellectuals. Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar, 7(Архив№ 2).

22. Abrorkhonovna, A. K. (2022). FORMATION OF A SENSE OF PATRIOTISM THROUGH TOURISM IN THE CURRENT TEXTBOOK" UPBRINGING" OF PRIMARY EDUCATION. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 5, 70-74.

23. Abrorkhonova, K., & Khudoyberdieva, S. (2022). VIRTUAL TOUR IN PRIMARY SCHOOL. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(06), 72-77.

24. Abrorkhonova, K., & Khudoyberdiyeva, S. (2022, June). ORGANIZATION OF EXCURSIONS IN PRIMARY SCHOOL CLASSES. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 139-143).

25. Abrorxonova, K. A., & Qizi, S. M. S. (2022). BOSHLANG 'ICH SINF "TARBIYA" DARSLARINI TASHKIL ETISHNING USUL VA VOSITALARI. Science and innovation, 1(1), 54-61.

26. Hayitov, A. I., & Miltikboyeva, Z. (2022, May). METHODS OF ORGANIZATION OF NATIVE LANGUAGE CLASSES IN PRIMARY CLASSES ON THE BASIS OF INTERACTIVE METHODS. In E Conference Zone (pp. 11-13).

27. Hayitov, A. I., & Abdushukurova, D. (2022). EFFECTIVE WAYS TO ORGANIZE MOTHER TONGUE LESSONS IN PRIMARY CLASSES ON THE BASIS OF INTERACTIVE TECHNIQUES. Conferencea, 30-32.

28. Bakhtiyarovna, M. Z. (2021). INTEGRATED TEACHING OF PRIMARY EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1332-1336.

29. Anvar, H. Integrated Approach to Improving Pedagogical Abilities of Future Primary Education Teachers. JournalNX, 197-201.

30. Сaлaeвa М.С., Aбдyрacyлoвa Ш.К. Пeдaгoг прoфeccиoнaлизмининг шaкллaниши кacбий кддрият cифaтидa нaмoён булиши // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Center. www.in-academy.uz. ISSN 2181-2888. With Impact Factor: 8.2. Volume 2 Issue 02, February 2022 Pages 183 -188. https://doi.org/10.5281/zenodo.6242575

31. Salaeva M.S., Luxmanovna N.M. Kichik maktab yoshdagi o'quvchilarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I March, 2022. ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 380-383. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20064.%20380-383.pdf

32. Бекназарова Х.Х. Формирование мобильности личности как педагогическая проблема // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 384-390. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20065.%20384-390.pdf

33. Shoyunusova F.S. Bola shaxsini shakllantirishda ota-onalarning o'rni // Международный научно-образовательный электронный журнал «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ». ISSN: 2658-7998. Электронный журнал. Выпуск №22 (том 5) (январь, 2022). -C.1099-1103.

https://www.mpcareer.ru/ files/ugd/a62191 0b77bb588ae44c41874c43e8211 ea9a8.pdf

34. Салаева М.С., Джумабаева М.Б. Педагогнинг кичик мактаб ёшидаги болаларни ижтимоий мобиллигини оширишга таъсири // IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, ISSN - 2181-2608. With Impact Factor: 8.2 SJIF: 5.426 - Б. 59-62. Retrieved from http://www.sciencebox.uz/index.php/jis/article/view/1552

35. Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Бошлангич таълим укувчиларини ижтимоий мобиллигини ривожлантириш // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 6.051 www.in-academy.uz Volume 2 Issue 4, April 2022 ISSN 21812888. Pages 136-139. https://doi.org/10.5281/zenodo.6511330

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

36. Salaeva M.S., Koshnazarova M.A., Abdukodirov G., Radjabova D.A. Professionalism of the Teacher as a Pedagogical Credo in the Age of Innovation // SPECIALUSIS UGDYMAS / SPECIAL EDUCATION 2022 1(43). Pp. 10571 - 10576. https://www.sumc.lt/index.php/se/article/view/1637

37. Muxammadeva, X. K., Nurmuratova, I., Tulaganova, S., & Jumaniyazova, M. (2022). O 'QUVCHILARDAGI KITOBXONLIK MADANIYATI ORQALI ALTRUISTIK MOTIVLARNI RIVOJLANTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 1284-1288.

38. Мухаммадиева, Х. К., & Исматуллаева, Ф. Р. (2022). БОШЛАНГИЧ СИНФЛАРДА ДИДАКТИК ЖАРАЁНДА БОЛАНИНГ РИВОЖЛАНИШИНИ ТАЪМИНЛОВЧИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ИЛМИЙ-ПЕДАГОГИК ТАХДИЛИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(2), 77-82.

39. Muhammadiyeva, X. K., & Ergasheva, G. Z. (2021). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(2), 10-14.

40. Эргашева, Г. М., Мухаммадиева, Х. К., & Артикбаева, Н. Н. (2021). Синфдан ташкари машгулотлар оркали укувчиларни ижодий фаолиятга йуналтириш методлари. Science and Education, 2(5), 578-582.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

41. Muhammadieva, K. (2020, June). The Idea "Personal Interests and the Priority of Education" in the Education as One of the Key Factors in Reforming School Education for Upbringing Perfect Individual. In Proceedings of International Multidisciplinary Scientific-Remote Online Conference on Innovative Solutions and Advanced Experiments (p. 22).

42. Абдуллаева, Ш. А., & Мухаммадиева, Х. К. (2016). Девиант хулили илк успирин ёшидагиларни ижтимоийлаштириш ва профилактика ишларини олиб бориш. Современное образование (Узбекистан), (11), 48-53.

43. Мухаммадиева, Х. К. (2014). Начальные сведения о развитии арифметики в трудах учёных математиков Востока. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (3-2), 230-231.

44. Tuxtayevna, H. M., Mahkambayevna, E. G. Z., & Karamatovna, M. X. Methodological Bases of Development of Socially Active Competencies of Future Primary School Teachers in Students and Improvement of Its Methodology. International Journal of Health Sciences, (II), 10646-10654.

45. Furkatovna, A. M. (2022). INNOVATION YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK PEDAGOGLARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(7), 99-106.

46. Furkatovna, A. M. (2022). Methods of Innovation Approach to Forming Communicative Competence of Future Educators. Eurasian Scientific Herald, 10, 53-58.

47. Adilova, M. (2022). PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL FACTORS OF INNOVATIVE APPROACH TO THE FORMATION OF COMMUNICATIVE COMPETENCE OF THE FUTURE TEACHER. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(04), 304-308.

48. Адилова, М. Ф. (2021). Формирование экологической культуры у учеников начального образования на основе медиатехнологий. Science and Education, 2(6), 543546.

49. Адилова, М. Ф. (2020). РЕФОРМЫ В ОБРАЗОВАНИИ УЗБЕКИСТАНА: СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ. Science and Education, 1(7), 452-455.

50. Ergasheva, G. M., Sotiboldieva, S. J., & Adilova, M. F. (2020). COMPREHENSIVE APPROACH TO ASSESSING STUDENTS KNOWLEDGE IN PRIMARY SCHOOL BASED ON THE INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Theoretical & Applied Science, (1), 56-62.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.