Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘ZLASHTIRMOVCHILIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI OMILLAR'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘ZLASHTIRMOVCHILIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
140
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Область наук
Ключевые слова
induksiya / deduksiya / analogiya / induktiv / deduktiv. / индукция / дедукция / аналогия / индуктивный / дедуктивный.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Azimova Dilorom Hamza Qizi, To‘rayeva Mohlaroybegim Boymurod Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘zlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ФАКТОРЫ, ОБЕСПЕЧИВАЮЩИЕ НЕЗАВИСИМОСТЬ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

В этой статье представлена ​​информация о важности факторов, вызывающих неадаптивное обучение в начальных классах.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘ZLASHTIRMOVCHILIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI OMILLAR»

BOSHLANG�ICH SINFLARDA O�ZLASHTIRMOVCHILIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI OMILLAR

Azimova Dilorom Hamza qizi

Termiz Davlat Pedagogika Instituti talabasi,

To�rayeva Mohlaroybegim Boymurod qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8265825

Qabul qilindi: 17.08.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-08-3-10

UDK: 37.012.85

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang�ich sinflarda o�zlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar ahamiyati haqida ma�lumotlar berilgan.

Kalit so�zlar: induksiya, deduksiya, analogiya, induktiv, deduktiv.

KIRISH.

Har bir alohida olingan o�zlashtirmovchilikning vujudga kelishi tarixi har xildir. Bu shaxsning indivudual xususiyatlari va atrofdagilar bilan munosabatlariga, xususiyatlariga bog�liqdir. P.P.Blanskiy �Qiyin o�quvchilar� asarida psixik va jismoniy tayyorgarlikning turli xususiyatlarning birikuvi quyidagi tiplarga ajratilgan. P.P.Blanskiy birinchi o�rinda jsmoniy sog�liqga e�tibor bergan. Muallif ishlarida psixologik xususiyatlarga yetarlicha e�tibor berilmagan. P.P.Blanskiy o�zlashtirmaslikka olib keladigan. Asosiy sababni ajratib ko�rsatgan. Birinchidan, o�quvchi sog�lig�iga bog�liq, ikkinchidan o�zini to�g�ri tashkil eta olmaslik, uchinchidan, o�qishga qiziqishining yo�qligi, to�rtinchidan, o�quvchining bo�yi rivojlanganligi.

TADQIQOT OBYEKTI VA METODLARI.

P.P. Blonskiy o�zlashtirmovchi o�quvchilarni quyidagi tiplarga ajratadi:

I. Tip o�zlashtirmovchi o�quvchilarga taxminan 50% jismonan bo�sh va aqliy rivojlangan o�quvchilar kiradi.

II. Tip o�zlaashtirmovchi o�quvchilarning taxminan 25% jismonan kuchsiz.

III. Tip o�zlashtirmovchi o�quvchilarning taxminan 10% jismonan normal, lekin aqlan rivojlanmagan o�quvchilar .

IV. Tip o�zlashtirmovchi o�quvchilarning taxminan 15% oilaviy sharoitga ko�ra maktabdan ajralib qolgan o�quvchilar.

Shunday qilib, o�quvchilar tiplari klassifikatsiyasini asosiy ikkinchi ichki sababga ko�ra, jismoniy bo�sh va aqliy rivojlanmagan muammosini o�rganishda muhim hissa bo�lib qo�shildi. L.S.Slavinanig �O�zlashtirmovchi o�quvchilar turli guruhlarga bo�lingan�.

- O�qishga nisbatan noto�g�ri munosabat shakllangan o�quvchilar.

- Materiallarni qiyinchilik bilan o�zlashtiruvchi o�quvchilar.

- O�quv ishida malaka va usullari shakllangan.

- Mehnat qila olmaydigan o�quvchilar.

- Bilim va o�qishga malaka va usullari shakllangan.

Bunda turli guruhdagi o�quv o�quvchilar shaxsining har xil tamonlari orasidagi munosabat tug�risidagi munosabat tug�risidagi savol ochiq qoladi.

Avvalo o�zini kuchsiz boshqarish, o�z psixik jarayonlari boshqara olmaslik, o�quv ishining oqilona usullari shakllanmaganligini , o�quv masalalarini ychishda o�ylashni istamaslik ,bilimlarini shartli o�zlashtirishi xos. Bunday o�quvchilar aqliy ishdan qochishga intilib, faol fikrlash zaruratidan ularni xalos qiladigan har- xil aylanma yo�llarni izlaydilar. Ko�pincha o�qituvchilar o�zlashtirmovchi o�quvchi bilan mashg�ulotlar o�tkazdilar. Ayrim hollarda o�qituvchilar sababini tushunmasdan o�zlashtirmovchi o�quvchilarni �qobilayatsizlar�, �aqli etishmaydiganlar� safiga kiritib qo�yadilar. Tez orada o�qituvchilar o�quvchilarga e�tibor bermay qo�yadilar. Keyinchalik bunday o�quvchilarda maktabga nisbatan salbiy tushunchalar rivojlanadi va shakllanadi. Bunday o�quvchilarga mahsuldor usullar qo�llanilsa, umumta`lim maktabida bemalol o�zlashtiruvchi o�quvchilar qatorida bo�ladilar.

A.I.Murachkoviskiy o�zlashtirmovchi o�quvchilar tiplarini ajratishda quyidagilarga etibor beradi:

Birinchidan, aqliy faoliyat xususiyati bilan bog�liq.

Ikkinchidan, shaxsning yo�nalganligi o�quvchining ichki holati , o�qishga munosabati yuqorida ifodalanishi mumkin.

Aqliy faoliyatning quyi darajasi o�qishga ijobiy holatini saqlaydi.

Aqliy faoliyatning yuqori darajasi o�qishga salbiy munosabat bilan birikishi natijasida o�quvchi �holati qisman yoki to�liq yo�qolishi� ro�y beradi.

Ajratilgan xususiyatlar birikishidagi o�ziga xoslik o�zlashtirmovchi o�quvchilar tipi va o�zlashtirmaslikni yuqotishini belgilaydi.

A.I. Murachkoviskiy har bir tip ichida quyidagi ikki belgi asosida turlarini belgilaydi:

A) O�quvchilar o�qishdagi muvaffaqiyatsizlikni to�ldirilgan vositalar mavjud emasligi.

T.B Stultinos bo�sh o�zlashtiruvchi o�quvchilarning quydagi to�rt tipini ajratgan:

Birinchi tip � tasodifiy uzoq vaqt kasal bo�lishi hisobiga orqada qoladiganlar.

Ikkinchi tip � eslab qoladiganlar.

Uch inchi tip �yuzaki faol o�smirlar, tafakkur operatsiyalarini egallaganlar.

T.A. Vlasova , M.S. Tevenir tadqiqotlarida me�yordan og�gan bolalar o�rganiladi. Ular bunday bolalarni quyidagi ikki guruhga ajratadilar:

Birinchi guruhga jismoniy va aqliy taraqiyoti sust bolalar kiradi. Tadqiqotchilarning takidlashicha, ularning taraqqiyotda orqada qolishining sababi - bosh miya po�stlog�ida peshona qismining sekin yetilishi bilan bog�liq. O�qishda orqada qolib,ular yanada asabiy bo�lib, o�qituvchilar uchun yanada qiyinchilik tug�diradi.

Mualliflar yuqorida klassifikatsiyasi asosida taraqqiyotda chetlashgan bolalar bilan ishlaydigan o�qituvchilar uchun qimmatli tavsiyalar ishlab chiqadilar. Yuqorida biz keltirgan o�zlashtirgan o�quvchilarning tiplarini bilish o�quvchilarga individual yondashuvini amalga oshirishga katta yordam beradi.

Psixolog va pedagoglar o�zlashtirmaslikning ko�plab sabablarini, tiplarini aniqlaganlari hamda ikkinchi yilga qoldirilishi va ommaviy o�zlashtirmaslikni yo�qotishi bo�yicha didaktik tarbiyaviy ishning tashkiliy �pedagogik shakl va uslublarning guvohi bo�ldik. Pedagogik olimlar va o�qituvchilarning uzoq vaqt o�zlashtirmaslikni bartaraf etishga ishonchli o�quv �tarbiya jarayonining xususiyatlarini o�rgandilar.

Psixologlar o�quv jaryonida namoyon bo�ladigan o�zlashtirmovchi o�quvchilarning shaxs xususiyatlariga, ular o�quv faoliyatinig o�ziga xosliklarning aniqlashga e�tibor qaratadilar. O�zbekistonlik psixologlardan Y. F.G�oziyev, S.A. Axunjanova, T.M. Adizova, Y.Z. Usmonova, A.X.Yugay, T.K.To�laganovalarning ishlarida ham tahlil qilingan. Lekin ularning hech birida aynan boshlangich sinflardagi o�zlashtirmovchilik muoammosi maxsus ilmiy tadqiqot predmeti sifatida tahlil etilmaganini ta�kidlash joiz.

Uzoq vaqt o�zlashtirmaydigan o�quvchilar shaxsi xususiyatlarini chuqur o�rganish, qanday pedagogik sharoitlarda qiyinchiliklarini bartaraf etishga yordam beradi. Maktab dasturini muvaffaqiyatli o�zlashtirishga yordam beradi.

Bugungi kunga k�lib, ta'lim sohasida o�zlashtirish xususida k�ng fikrlar bayon etilmoqda. �O�zlashtirish� tushunchasi o�z mohiyatiga ko�ra kompl�ks muammo bo�lib, u jamiyatning iqtisodiy jihatdan rivojlanganligi, mamlakat fuqarolarining siyosiy, ma�rifiy, madaniy tarbiyalanganligi, maktab o�qituvchilarining zamonaviy o�kitish vositalari, usullari, tamoyillari bo�yicha atroflicha bilimga egaliklari, yoshlarning o�qish-o�rganishga ishtiyoqmandligi bilan uzviy bog liq hodisadir.

Mustaqil mamlakatimizning erkin fuqarolari tilimiz va tariximizning inson hayotidagi ahamiyatini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni har qachongidan aniqroq, to�liqroq his qila boshlashdi, maktab hayotida tub o�zgarishlar yuz b�rdi, o�qituvchilar faoliyati sifat jihatdan yangilanish bosqichini o�z boshidan k�chirmokda, o�zb�k bolasining aql- zakovatini jahon afkor ommasi tan oladigan bo�ldi. Yoshlarimiz jahon olimpiadalarida qatnashib, faxrli o�rinlarni egallay boshladi.

Zamonaviy ta'limni tashkil etish nazariyasi va amaliyotida ham qator sifat o�zgarishlari sodir bo�ldi:

- ta�limning samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilashga oid k�ng qamrovli didaktik va m�todik tadqiqotlar o�tkazilmoqda; ta�lim jarayonining davriyligi ilmiy- didaktik jihatdan asoslanib, o�qituvchilar faoliyatida munosib o�rin ola boshladi;

- ta�lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning int�rfaol usullaridan foydalanish odat tusini oldi;

- ta�lim natijalarini sinashda r�yting usuliga, bilim, malakalarni t�stlashtirishga yanada ko�proq rioya qilinadigan bo�ldi.

O�zlashtirmaslikning oldini olish uchun sindda o�tkaziladigan tadbirlar.

Sinfda o�tkaziladigan tarbiyaviy ta�sir o�qituvchilar, ota � onalar, jamoatchilik va o�quvchilar tashkilotlarining kuchlarini o�quvchilarning o�qish muvafaqqiyatiga tarbiyaning ta�sirini oshirish maqsadida birlashtirish bilan bog�liq. O�qishda qiynalayotgan bolalarga nisbatan qulay ahloqiy iqlim yaratish muhimdir. Bunda birinchi navbatda bolaning ustidan kulish, haqoratlashlariga yo�l qo�ymaslik, ta�sirini antipedagogik usullarga yo�l bermaslik zarur. Bunday iqlim yakdil tashkil e�tilgan jamoadagina yaratish mumkin. Shuning uchun ham o�zlashtirmaslikning oldini olishning muhim tarbiyaviy ta�sirlaridan biri o�quvchilar jamoasida birdamlikni tarbiyalash, o�qishga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda yoshlar tashkilotining rolini oshirish bo�yicha tadbirlar tashkil e�tish muhim hisoblanadi.

Jamoa barcha tarbiyaviy kuchlarning maqsadga yo�naltirilgan ta�siri va birlashishi natijasida bo�sh o�zlashtiruvchi o�quvchi o�zini-o�zi tarbiyalashi va o�qishga qiziqishi oshadi. O�quvchilarni o�zlashtirmaslik sabablari haqidagi psixologik pedagogik konsimum xulosasi bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiq, uy vazifalarini bajarishning oqilona yo�llarini ko�rsatish, uy vazifalarini bajarishga ketadigan vaqtni domo tahlil qilish zarur.

Boshlang�ich sinflarda o�quv ishlarini tashkil etish elementlarini egallash bo�yicha maxsus mashg�ulotlar tashkil e�tilishi maqsadga muvofiq. O�quvchilarning o�z kun tartibini oqilona tashkil e�tishga o�rgatish, uyda va maktabda mustaqil o�quv ishlarini asosiy bosqichlarini ajratish, kitob bilan to�g�ri ishlash, o�quv va mehnat topshiriqlarini bajarishda domiy o�z o�zini tekshirishni, amalga oshirishga qaratish lozim. Diqqat, xotira, tafakkur kabi bilish jarayonlarini rivojlantirish yo�llari bilan o�quvchilarni tushuntirish muhim.

Tarbiyaviy ishlar vositasida o�zlashtirilmaslikning oldini olish sinf jamoasi hayotini shunday tashkil etish bilan bog�liqki, bunda har bir o�quvchi, ayniqsa, bo�sh o�zlashtiruvchi o�quvchio�rtoqlari bilan doimiy aloqani his qiladi. Ular bilan muloqotga ehtiyoj sezadi. Bu esa sinfdan tashqari ishlarning har xil shakllarini tashkil etish va har xil o�quvchini maktabdagi o�zini o�zi boshqarish organlari tizimiga jalb etishni anglatadi. Bunday ishlarni tashkil etishda o�g�il va qiz bolalarning qiziqishlari hisobga olinishi, o�quvchilarda mustaqillikni rivojlantirishga olib keladi. Bu ishda o�quvchilarga ota onalari yordam berishi mumkin. O�quv yili boshida bo�sh o�zlashtiruvchi o�quvchilar ota � onalar bilan yaqin aloqa o�rnatish uchun barcha chora tadbirlarini ishlab chiqish , ularning uylariga borish, farzandlari o�zlashtirmasliklarini oldini olish bo�yicha hamkorlikda ishlarini ishlab chiqish lozim. Oilaning tarbiyaviy ta�siri mahsuldorligini oshirish maqsadida ota � onalar majlislarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi va tarbiyasidagi ularning rolini oshirish haqidagi masalalarni muhokama qilish zarur.

O�qishda orqada qolishning oldini olish olish bo�yicha sinfdagi tadbirlar individual ishlar bilan olib borish lozim. Bo�sh o�zlashtiruvchi o�quvchilarning o�quv ishlarni oqilona rejalashtirish va tashkil etishda ko�nikma va malakalarini rivojlantirishga, muhimini ajratish ko�nikmasiga o�qishda o�z o�zini nazorat qilish uy vazifalarini bajarishga, oraliq va mustaqil ishni shakllantirishga e�tibor berish lozim. Maxsus to�garaklardan ma�lum bo�lishicha boshlang�ich sinflarda uy vazifalarini bo�sh o�zlashtiruvchi o�quvchilarni nisbatan ko�proq yordam yo�li bilan yechimda o�quvchilar qiynaladigan savollarni o�zlashtirishini, albatta, nazorat qilinishi zarur. Dars qoldirgan o�quvchining o�tilgan mavzuni o�zlashtirilganligini nazorat qilish lozim.

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI.

O�quvchilarda o�zlashtirmaslikni bartaraf etish bo�yicha tadbirlar tizimi.

Bo�sh O�zlashtiruvchi o�quvchi o�qishdan orqada qolishini bartaraf etishga yo�naltirilgan tadbirlar tizimi har doim ham maqsuldor bo�lavermaydi. O�quvchilarni chuqur va to�liq o�rganishning yetishmasligi, yashash joyining o�zgarish va boshqa bir qator sabablarga ko�ra o�quvchilarda dastlab vaqtinchalik, keyinchalik barqaror o�zlashtirmaslik sodir bo�ladi. Bunday hollarda o�quvchilar o�zlashtirmasliklarining oldini olish chora tadbirlari bilan bir qatorda uni yo�qotishga qaratilgan tadbirlar ham zarur bo�ladi. Agar o�zlashtirmaslikning oldini olish bo�yicha tadbirlar umum sinfiy va guruhiviy xarakterga ega bo�lsa, o�zlashtirmaslikni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar individual xarakterga ega bo�ladi.

Psixologik � pedagogik konsimumda o�zlashtirmaslik sabablari muhokama qilingach, hozirgi vaqtdagi asosiy sabablar aniqlanadi. O�quvchi o�zlashtirmasligining asosiy sababini bilish ko�pincha pedagogik ta�sir vositalari orasidagi qo�llashini tanlash, qisqa vaqt ichida ijodiy natija beradigan o�qishdan orqada qolishini asosiy sababini yo�qotishga qaratilgan usullarni tanlash imkonini beradi. O�zlashtirmaslik hodisasi bilimlar hamda maxsus ko�nikma va malakalar mavjudligiga uzulish bilan tavsiflanar ekan, tanlanadigan chora � tadbirlar tuzish dasturdagi mavzularni o�zdashtirishdagi uzulishlarni bartaraf etishga qaratilishi maqsadga muvofiq.

O�quvchilar bilimidagi bo�shliqni to�ldirishga qaratilgan chora va tadbirlarni tuzish maxsuldor bo�lishi uchun bilim va ko�nikmalardagi bo�shliqning chuqurligi va xarakterini birinchi navbatda aniqlash zarur. Bu maqsadda kursning qaysi bo�limlari o�zlashtirilmasligini, bu bo�limdagi qaysi tushunchalar bo�sh o�zlashtirmaslikning, tushunchaning qaysi elementlari yaxshi o�zlashtirilmagan, amaliyotda misollar yechishda, mashqlar bajarishda, o�rganilgan ko�nikmalarni amaliyotda qo�llashda qanday bo�shliqlar borligi aniqlanadi.

Bilimdagi bo�shliqlarni to�ldirishda programmalashtirilgan tipdagi mashqlar katta ahamiyatga ega. Muammoni kichik qismlarga bo�lish, har biri to�g�ri o�zlashtirilganligini nazorat qilish, barcha muammoni, o�qishda orqada qolish sababini bartaraf etishda mahsuldor hisoblanadi. Ko�pincha o�zlashtirlovchi o�quvchilar o�qida orqada qolishda o�quv ishlari o�rgatishning rolini tushunmaydilar. Ular o�zlarining o�zlashtirmaslik sababini dangasalik yoki materialni yaxshi eslab qola olmaslikdan izlaydilar. Ba�zan o�qituvchilar ham o�quv ishlarini sekin bajarish, dasturdagi zarur materiallarni yodlay olmaslik deb baholab, xatoga yo�l qo�yadilar.

XULOSA VA TAVSIYALAR.

O�zlashtirmaslikni vujudga keltiruvchi omillar, o�zlashtirmovchi o�quvchilarning psixologik xususiyatlarini o�rganish ta�lim jarayonida o�quvchi o�zlashtirmasligining oldini olishga yo�naltirilgan chora � tadbirlar tizimini ishlab chiqish imkonini beradi. O�zlashtirmaslikning oldini olish bo�yicha tadbirlar tizimi har bir o�quvchi real o�quv imkoniyatlarining barcha asosiy tarkibiy qismlarini kompleks rivojlantirishga, ya�ni shaxsning intellektual, irodaviy, hissiy sohalarini bir vaqtda rivojlantirishga, uning ta�lim va tarbiyasini ta�minlash, o�qishga va jamoaga ijobiy munosabatini rivojlantirish, uning ishga qobiliyatini shakllantirishga yo�naltirilgan bo�lishi kerak. O�quvchi real o�quv imkoniyatlaridan birining shakllanishi muhimligini yetarlicha baholamaslik, bu tizimning yaxlitligiga salbiy ta�sir ko�rsatadi. Natijada o�zlashtirmaslikning muvafaqqiyatli oldini olishga olib kelmaydi. Bunday kompleks yondashuv maktabda, sinfda, guruhiy va tarbiyaviy tadbirlar birgalikda olib borilgandagina amalga oshirilishi mumkin.

O�tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida quyidagi xulosaga keldik:

1. O�zlashtirmovchi o�quvchiga qo�yiladigan baho uning shaxsi shakllanishiga ta�sir qiladi.

2. Bo�sh o�zlashtiruvchi o�quvchining kichik muvaffaqqiyatini ham hammaning oldida maqtash, ozgina yuqori baholash, uni yangi muvaffaqqiyatlarga undaydi.

3. Ko�pchilik o�qituvchilar o�zlashtirmaslikning vujudga kelishida ko�proq ota � ona aybdor deb o�ylashadi. Demak ota � onaning farzandlari bilan uyda shug�ullanmasliklari, nazorat qilmasliklari, o�tilgan mavzularning uy vazifalarida mustahkamlanmasligi o�zlashtirmovchilikni keltirib chiqaruvchi yetarli omildir.

4. Boshlang�ich sinflarda o�zlashtirmaslikning vujudga kelishi bolaning psixik jarayonlarining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan bog�liq.

5. O�zlashtirmovchi o�quvchilar narsa va hodisalar orasidagi muhim belgini ajratish, predmetlarni , bir umumiy guruhga umumlashtirishga qiynalishadi.

6. O�zlashtirmovchi o�quvchilarda diqqat, xotira, tafakkur qiyin rivojlangan bo�lib, bunday o�quvchilar individual shug�ullanishga ehtiyoj sezadilar.

7. O�zlashtirmaslikni keltirib chiqaruvchi omillardan yana biri bolaning maktabda o�qishga psixologik jihatdan tayyor bo�lmay kelishidir.

8. O�zlashtirmovchi o�quvchilarda ijobiy o�quv motivatsiyasi shakllanmagan. Ma�lumki, psixologik jixatdan tayyorgarlikning asosiy tarkibiy qismi motivatsion tayyorgarlikdir.

9. Maxsus tashkil etilgan mashg�ulotlarda bo�sh o�zlashtiruvchi o�quvchilarni bilim jarayonlarini rivojlantirish orqali o�zlashtirmaslikni bartaraf etish mumkin.

10. O�zlashtirmovchilikni bartaraf etishda o�quvchi, psixolog va ota � onalar hamkorlikda ish olib borishlari muhim omil hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO�YXATI:

1. I.A.Karimov �Barkamol avlod O�zbekiston taraqqiyotining poydevori�. Toshkent

2. I.A.Karimov �O�zbekiston XXI asr bo�sag�asida� Toshkent 1997 y.

3. I.A.Karimov �O�zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo�lida�. Toshkent O�zbekiston 1995 y.

4. Ta�lim to�g�risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkent 1997 y.

5. Goliza M.V. ����������� � �������������� �����������

6. Gafarov A.E, � Pedagogik amaliyot�. Toshkent 2002 y.

7. Gurova A. ������������ ������������� �������� ������.

8. Davletmin M.G. To�ychieva S.M �Umumiy psixologiya� Toshkent 2002 y.

9. Davletmin M.G. �Yosh davrlari va pedagogik psixologiya�. Toshkent 2004 y.

10. Krutenskiy V.V �Pedagogik psixologiya�. Toshkent 1979 y.

11. Petrovskiy �Umumiy psixologiya� . Toshkent 1992 y.

12. To�laganova G.K. �Tarbiyasi qiyin uslubiy psixologiyasi� .

13. Nimatova Z.T. �Psixologik xizmat� O�zMCH 2005 y.

14. Nimatova Z.T, Xalilova N.I. �Psixokorrektsiya�. Toshkent 2006 y.

15. Fridman L.M, Volkov K.N. ������������ �������������. M.1985 g.

16. SHerimbetova Z.SH. Nishonova Z.T. �O�zlashtirmovchi o�quvchilarning tiplari. Maktab va Hayot 2006 �6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.