Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR FOLKLOR IJODINI SHAKLLANTIRISHNING PEDADOGIK YO’NALISHLARI'

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR FOLKLOR IJODINI SHAKLLANTIRISHNING PEDADOGIK YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
86
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
folklor / musiqa madaniyati / alla / maktab / o'quvchi / folklore / musical culture / alla / school.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xatamova Irodaxon

Maqolada musiqa madaniyati darslari orqali ma'naviyatimizni, madaniyatimizni yanada boyitish, bolalar folklor ijodini rivojlantirish yo‟llari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the ways of further enrichment of our spirituality and culture through the lessons of musical culture, the development of children's folklore

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR FOLKLOR IJODINI SHAKLLANTIRISHNING PEDADOGIK YO’NALISHLARI»

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR FOLKLOR IJODINI SHAKLLANTIRISHNING PEDADOGIK YO'NALISHLARI

Xatamova Irodaxon

Sirdaryo viloyati Guliston tumani 15-maktabning musiqa madaniyati fani

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada musiqa madaniyati darslari orqali ma'naviyatimizni, madaniyatimizni yanada boyitish, bolalar folklor ijodini rivojlantirish yo'llari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: folklor, musiqa madaniyati, alla, maktab, o'quvchi

ABSTRACT

The article describes the ways of further enrichment of our spirituality and culture through the lessons of musical culture, the development of children's folklore.

Keywords: folklore, musical culture, alla, school.

Folklor hamma zamonlarda ham ijod sarchashmasi hisoblanib keladi. Shuning uchun ham, insoniyat alla, qo'shiqlar, afsonalar, ertaklar va dostonlarda o'zining yuksak orzu-umidlari, zavq-shavqiyu kurashlarini ifodalagan. Xalq og'zaki ijodi o'zining mazmunan rang-barangligi, yuksak g'oyalar bilan yo'g'rilganligi, xalq turmushi, mehnati, xullas xalq hayotining barcha tomonlari bilan uzviy bog'liqligi bilan ham g'oyatda e'tiborlidir.

Bolalar folklori ko'pincha kattalar tomonidan ijod qilinadi (alla), ba'zi hollarda bolalar o'z o'yinchoqlari asosida o'zlari ham alla, qo'shiq va ovutmachoqlar to'qiydilar. Bularning hammasi bir bo'lib faqat yaxshi tarbiyani targ'ib qiladi. Bolalar xalq og'zaki ijodining pedagogika bilan bog'lanishi alladan boshlanadi.

Alla - onajonlarimizning jajji farzandlariga, xotin-qizlarning o'z bolalari, singil yoki ukalarini uhlatish uchun beshik yoki belanchakni tebratib aytadigan qo'shig'i. Alla aytish odatda xotin-qizlarga xos, o'zbek bastakorlari va kompozitorlari bir talay yangi allalar yaratdilar. Ba'zan cholg'u allalar ham uchraydi.

Taniqli o'zbek musiqashunosi Ilyos Akbarovning "Musiqa lug'ati" (1987) kitobidan bejizga misol keltirmadik. Alla haqida so'z yuritar ekanmiz, eng avvalo ko'z o'ngimizda mo'tabar, munis, mehribon onalarimiz siymosi gavdalanadi.

Farzandlarni tarbiyalashda, ona allani faqat chaqaloqning orom olishi uchun aytmaydi, balki uning ta'sirida bolaning ichki dunyosiga milliy ruh kiradi. Urf-

odatlarimizga nazar tashlaydigan bo'lsak, chaqaloq tug'ilganda qulog'iga azon

aytiladi keyin esa har bir ona o'zi bilgancha alla aytadi.

Ona allasi zamirida milliy madaniyat, milliy mafkura, milliy ma'naviyat yotadi, chaqaloq ruhiga u asta-sekin singdirib boriladi.

Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Al-Farobiy, Ibn-Sino, Al-Beruniy singari buyuk allomalar ham onajonlarimizning allalaridan bahramand bo'lganlar. Tarixchilarning yozib qoldirishlaricha o'sha davrda onalar allalari quyidagicha aytilgan:

Jonimga darmon bolam, Alla qilgin jonim bolam, Allayo alla.

Farzand onaning dilbandi, jigarbandidur. Dunyoga kelgan birinchi kundan boshlab ota-ona uning odobli, ahloqli va mehnatsevar bo'lishini istaydi.

Donishmandlar ta'biri bilan aytganda: Ota-onaning muqaddas burchi farzandlarining dunyoga keltirganligi emas, balki yaxshi fazilatlarni singdirib, yaxshi farzand tarbiyalay olganligidadir. Xalq pedagogikasida onalik eng yuksak ijtimoiy qadriyat, inson zotining voyaga erishishida bo'lgan tabiiy ehtiyoj sifatida ulug'langan.

Onalar insoniyatning bosh me'moridir. Bolalar bog'chalariga borsangiz, jajji qizaloqlarning qo'g'irchoqlariga alla aytayotganini ko'rasiz.

Katta yoshdagi, ya'ni erta-indin turmushga chiqadigan qizlarimizning ko'pchiligi esa hali alla aytolmaydilar. Shuni onajonlarimiz e'tiborga olib qo'yishsa yomon bo'lmaydi.

Umumta'lim maktablari musiqa darslarida olib borilgan tajriba-sinovlar shuni ko'rsatdiki, o'quvchilar orasida alla aytishni biladiganlari ozchilikni tashkil etar ekan. Dars jarayonida o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qildik:

1.Onangizning uka-singillaringizga aytga allasini tinglaganmisiz?

2.O'zingiz alla aytishni bilasizmi?

Ushbu savollarga o'quvchilardan to'liq javob olmadik. So'ngra o'quvchilarga uyga vazifa sifatida onalaridan alla o'rganib kelishini topshirdik. Onalari alla o'rgata olmagan ba'zi o'quvchilarimiz o'zlari quyidagi allalarni yozib kelishdi.

Alla aytadi oyim

Qo'shiqlari muloyim

Alla bolam deydilar

Guli lolam deydilar.

Alla jonim singlim-a

Orom olgin alla.

Kipriklaring namlik-a

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

Uxlay qolgin alla Oyim kelar uxlab tursang Jonim singlim-alla Shirinliklar olib kelar Uxlab tursang alla Allayo alla, allayo alla. Yoki Alla bolam, alla Jonim bolam alla Ikki ko'zim alla Shirin so'zim alla Alla bolam bazti bor Har narsaning, vaqti bor Jonim bolam alla Shirin bolam alla Ikki ko'zim alla Uxlay qolgin alla Yoki:Yot bolam, uxla qo'zim Uylarda o'chdi chiroq Uxlar asalarilar Uxlar baliqlar tinchroq Ko'kda oy yarqiraydi Derazadan qaraydi Ko'zlaring yumgin qo'zim Yot quvonchim qunduzim Alla, alla, alla-yo Uxlab qolgin bola-yo

Xulosa qilib aytganda, yetuklik balog'at arafasida turgan qizlarimizni, bo'lg'usi onalarni alla aytishga undash foydadan holi emas. Oliy va o'rta ta'lim muassasalari o'quvchi qizlari orasida "Alla" ko'rik tanlovlari o'tkazilib borilishi maqsadga muvofiq. Ma'naviyatimiz, madaniyatimizni yanada boyitishda, yosh qizlar tarbiyasida alla qo'shiqlarining o'z o'rni bor, bu bilan kichkintoylarni ham odobli, axloqli, el-yurtiga sadoqatli qilib voyaga yetkazish, oldimizga qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirishda muhim deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. O. Ibrohimov 4-sinf musiqa darsligi 2015-yil

2. A.Mansurov. D.Karimova. 5-sinf darsligi 2015-yil

3. MJumaboyev."Bolalar adabiyoti" Toshkent"O'qituvchi" 1994-yil 7-9 betlar.

4. R. Qodirov «Musiqa pedagogikasi»-T.»Musiqa» 2009 y.

5. Tolipov U.K., Usmonboeva M., Pedagogik texnologiyalarning tarkibiy asoslari. T., «Fan» 2006

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.