Научная статья на тему 'MILLIY QADRIYATLARIMIZDA ALLANING TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI'

MILLIY QADRIYATLARIMIZDA ALLANING TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1744
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Folklor / roviy / maddox / baxshi / qo’shnoch / ertakchi / dostonchi / qo’shiq / lapar / o’lan / askiya / qiziqchilik / qo’g’irchoqboz

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — G’Ofurjon Yusupovich Yunusov

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimizning eng durdona turlaridan bo’lmish dastlabki qo’shiq onalarimiz allalari xaqida qisman tushuncha beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY QADRIYATLARIMIZDA ALLANING TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI»

MILLIY QADRIYATLARIMIZDA ALLANING TUTGAN O'RNI VA

AHAMIYATI

G'ofurjon Yusupovich Yunusov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimizning eng durdona turlaridan bo'lmish dastlabki qo'shiq onalarimiz allalari xaqida qisman tushuncha beriladi.

Kalit so'zlar: Folklor, roviy, maddox, baxshi, qo'shnoch, ertakchi, dostonchi, qo'shiq, lapar, o'lan, askiya, qiziqchilik, qo'g'irchoqboz

THE ROLE AND IMPORTANCE OF GOD IN OUR NATIONAL VALUES

Gofurjon Yusupovich Yunusov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article gives a partial overview of the gods of our mothers, the first song, one of the most glorious types of our national values.

Keywords: Folklore, narrator, madox, baxshi, neighbor, storyteller, narrator, song, lapar, olan, askiya, curiosity, puppet

Qadim qadim zamonlardan folklor asarlari namunalarini laparchilar, o'lanchilar, askiyachi va qiziqchilar, qo'g'irchoqbozlar, roviylar, maddox va ertakchilar, baxshilar, dostonchilar, qo'shnochlar xalq o'rtasida ijro etishgan va targ'ib qilishgan.

Ushbu ijrochilar asrlar davomida xalq og'zaki ijodini rivojlantirgan va mukkammal xolatga keltirgan desak mubolag'a bo'lmaydi.Folklor atamasining o'zi nima ushbu atama qanday ma'noni anglatadi degan savol tug'iladi.

Bu savolga javob shunday.Folklor atamasini birinchi bor 1803-1885 yillarda yashab o'tgan ingliz olimi Vilyam Toms o'zining "THE FOJKLORE" maqolasida izoh berib o'tgan. Ya'ni "FOJK" - bu xalq, JORE-bilim, donishmandlik ma'nosini anglatadi. Demak, "FOLKJORE" - Xalq donoligi, xalq donishmandligidir. O'zbek folklorshunoslari va olimlari yillar davomida xalq og'zaki ijodiga oid bir necha yuzlab asarlarni bizga yozib qoldirganlar.Bulardan G'ozi olim Yunusov, Xodi Zarif, Abdulla Alaviy, Yunus Rajabiylar qadimgi xalq og'zaki ijodi namunalari, folklor asarlar, qo'shiq laparlarni, allalarning namunalarini to'plab kitoblar, risolalar, qo'llanmalar shaklida nashr ettirganlar. O'zbek folklor asarlari, xalq og'zaki ijodi namunalarini, jamlab, milliy urf odatlar va udumlarni o'ziga xos uslublarini o'zining ko'plab asarlari, risolalari, qo'llanma va maqolalarida keng yoritgan folklorshunos

olima Muzayyana Alaviya juda ko'plab ijodiy ishlarni amalga oshirgan. U barcha hududlarga borib o'sha joyning og'zaki ijodi namunalari, qo'shiq, kuy, laparlari, marosim qo'shiqlari, o'lan, yor-yorlari, afsona, rivoyat, ertaklari, joylardagi baxshilar, doston ijrochilaridan xalq dostonlari va termalarini va albatta onalarimiz ijrosidagi allalarni yozib olgan. Olimaning "O'zbek xalq qo'shiqlari" (1955), "Yangi qo'shiqlar" (1959), "O'zbek folkloridan namunalar" (1955)," Oq olma qizil olma" (1979)," Xalq qo'shiqlari" (1983) va yana ko'plab asarlari fikrimizning yaqqol dalilidir.Ushbu olim va olimalarimiz alla turkumidagi ijro etilgan asarlar xaqida juda ko'p asarlar yozib qoldirganlar. Endi sizlarga alla va uning yaratilish tarixi haqida qisman tushuncha berishga o'tamiz.

Qadim qadimdan o'zbek xotin-qizlari, ayollari, onalari o'ta sabr qanoatli, bardoshli, matonatli, kezi kelganda mard va jasur bo'lganlar. Turmushning achchiq-chuchugi, jabr zulumlarini mardonavor engib o'tganlar Ular bor dard-u xasratlarini ochiqdan ochiq oshkor etmasdan, allalar, yallalar qo'shiq, lapar, o'lanlarda kuylaganlar. ALLA... alla...bizlarni quloqlarimiz birinchi bo'lib tinglagan, yaxshilik, ezgulik sari etaklagan, oila, ona yurt, vatanga cheksiz mehr-muhabbat uyg'otgan birinchi qo'shiq, onalar qo'shig'i, onajonlar qo'shig'i. Alla so'zining tag zamirida ma'nosida Ollox nomi zikr etilgan. Endi e'tiboringizga mana bu allani xavola etamiz. Yana bir izoh, shu allani men rahmatlik onam Xoliniso Xusanboy qizidan tinglab, eshitib, yodlab olganman. Allaning so'zlariga e'tibor bering. Men ketar bo'ldim netay-o alla, Arzim bayon aylab ketay-o alla. Mehribonim qoldi deb-o alla, Yo'llarda zor yig'lab ketay-o alla. Mehribonim ketdiyu alla, Mehri ko'zimdan ketmadi-yo alla. Mehribonimdan keyin-o alla, Hech kim meni yod etmadi-yo alla. Bog'bonim beraxm-o alla. G'uncha gulimni uzdilaro alla. Bemaxal kelgan o'lim-o alla, Xonumonimnm buzdilar-o alla. Men ketarman bosh olib-o alla. Ikki qo'limga tosh olib-o alla. Mehribonim ketdi deb -o alla, Ikki ko'zimga yosh olib-o alla. Alla. Allalar ham har bir joylarda o'ziga xos uslubda ijro etiladi. Allalar har bir onaning o'z so'zi, o'z ohangida alohida aks etadi. Qadim-qadim zamonlardagi xasrat dard, alam, alamli allalar o'rnini hozirgi kunda tinch farovon obod, go'zal

turmushimizni aks ettiruvchi so'zlar bilan kuylanishi yoki ijro etilishini alohida ta'kidlab o'tishimiz mumkin.

Alla, birinchi qo'shiq, barcha onalar qo'shig'i, bu qo'shiqda farzandiga yaxshilik, ezgulik, mehr-muxabbat, yurtiga ona vatanga sadoqat tuyg'ularini singdiradi.

Allalar dastlab har bir ayolning o'z ohangi o'z dardi, o'z yurak nolasi bilan musiqa jo'rligisiz aytilgan bo'lsa keyinchalik, bir necha vaqtlardan so'ng, bizlarni davrimizga kelib ayrim ustoz san'atkorlar, bastakorlar tomonidan allalarga xos musiqalar bastalay boshladilar. Shoirlarimiz alla yo'nalishiga tushadigan vaznda she'rlar yozdilar. Shunday qilib xalq og'zaki ijodining yangi yo'nalishi musiqa jo'rligida kuylanadigan zamonaviy allalar yaratildi. O'zbek ustoz san'atkorlari (asosan ayollar va qizlar) ko'plab musiqa jo'rligidagi "alla" turkumidagi qo'shiqlarni ijro etib, Ushbu qo'shiqlarni O'zbekiston teleradio kompaniyasi oltin fondiga milliy musiqa merosimizning boyligi sifatida yozib qoldirdilar.Ustoz san'atkorlar: Shirin Azizova, Xabiba Oxunova, Mexri Abdullayeva, Raxima Mazoxidova, Farog'at Raxmatovalar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda biz bilan elkama elka turib o'z san'at maktablarini, ijro uslublarini,bilimlarini yosh avlodlarga o'rgatib kelayotgan O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti o'qituvchilari O'zbekiston xalq artisti ustoz san'atkor Shafoat Rahmatullayeva, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Xursanoy Umarova, O'zbekiston xalq artisti Yorqinoy Xotamovalar ham "alla" turkumidagi bir necha qo'shiqlarni maromiga etkazib ijro etadilar. Hozir musiqa jo'rligida kuylangan alla namunalaridan misollar keltiramiz: Alla

Alla aytay jonim bolam, Quloq solgil, alla. Shirin allam tinglab asta, Uxlab qolgin alla.

Yuzlaringa tomgan suvga, Hayron bo'lma, alla-yo, Baxtimga sen katta bulgin, Xazon bo'lma alla.

Alla

Yulduzim desamda oz, Kunduzim desamda oz. Dunyoda nimaiki bor, Bo'lsa undan o'zing soz Orom ol qo'zim,alla - yo, Uxla yulduzim, alla. Asalmisan, qandmisan,

G'azal muhabbatmisan. Buncha shirinsan o'zing, Jonimga payvanmisan. Orom ol qo'zim, alla-yo, Uxla yulduzim alla.

Alla

Jon bolam do'ndiqqinam, Alla-yo alla, Shirin qo'zichog'im Alla - yo alla.

Uxla qo'zim qunduzim -o alla, Yum - Yum ko'zing yulduzim - o alla, Kecha to'yib uxlasang- o alla, Quvnoq o'tar kunduzing - o alla. Folklor asarlar vaqt o'tishi bilan davrga qarab o'zgarishi mumkin shu jumladan allalar ham.Qadim zamonlarda onalarimiz o'z dardlari, g'am anduxlarini qo'shiq, lapar, allalarda kuylagan bo'lsalar, endilikda, tinzh farovon xayot, baxtu iqbolni, jannatmakon yurtimizni madx etuvchi qo'shiq kuylar, lapar va yallalar, albatta baxtiyor ona va baxt iqboli bor mustaqil O'zbekistonimizni madh etuvchi allalar yaratilmoqda.

Allalardan namunalar. Jonimning jindalagi, Jonimning jindalagi, alla, Qovunning handalagi, alla, Gullar ichida g'unchasi, alla, Nonlar ichida kulchasi, alla. O'rgilayin o'zingdan, alla, Shamchiroqdek ko'zingdan, alla, Obi-novvot tomchilar, alla, Buvi degan so'zingdan, alla, Oyni olib beraymi, alla, Kunni olib beraymi, alla, Belanchaging boshiga, alla, Sara gullar teraymi, alla, Bolaginam bolasi Bolaginam bolasi, alla, Qantak o'rik donasi, alla. Qantdan ham shirin ekan, alla, Bolaginamning bolasi, alla.

Bog'da uzumning g'o'rasi, alla, Tog'da kiyikning bolasi, alla. Do'ppisida ukkipari, alla, Bu kimning nevarasi, alla. Asaka yo'li to'p chinor, alla. Bolalar otini qamchilar, alla. «Buvi» degan tilingdan, alla, Obinovvot tomchilar, alla.

O'RGILAYIN O'ZINGDAN O'rgilayin o'zingdan, alla, Shamchiroqdek ko'zingdan, alla. Obinovvot tomchilar, alla, «Buvi» degan so'zingdan, alla. Aylanayin qarog'im, alla, Uyda yongan chirog'im, alla. Do'stim ko'rsa, yarashib, alla, Dushmanimga yarog'im, alla. Qalam-qalam qoshingdan, alla, Qalandarlar aylansin, alla. Xumor-xumor ko'zingdan, alla, Xumoralar aylansin, alla. Oyni olib beraymi. Oyni olib beraymi, alla, Kunni olib beraymi, alla, Belanchaging boshiga, alla, Sara gullar teraymi, alla? Alla, deyin, o'payin, alla, Qiyosingni topayin, alla. Tiling chiqib «non» desang, alla, Kunda kulcha yopayin, alla. Oltin beshik oldiray, alla, Kumush beshik oldiray, alla. Bolaginam tagiga, alla, Baxmal to'shak soldiray, alla Onamanu onaman, alla, Bolam uchun yonaman, alla. Bolam tinchlikda o'ssa, alla.

Orzularga qonaman, alla.

(Yuqoridagi allalar " O'zbek allasi" nomli risoladagi Nigoraxon Sodiqova to'plagan allalardan namunalar olindi.)

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Фольклор - этнографик жамоалари услубиёти. С.Йулдошева "Навруз" нашрёти Тошкент: 2014.

2. Узбек маросим фольклори. Б.Саримсоков. Тошкент: Фан 1986.

3. М.Жураев, Л.Худойкулова. Маросимнома. Тошкент. 2008 йил.

4. Фольклор жамоа ижрочилиги. Е.Юнусов. Тошкент 2021йил.

5. Сахна нутки. У.Болтабоева. Тошкент. 2020 йил.

6. Узбек халк мусикаси. Ю.Ражабий, Тошкент 1956 йил.

7. "O'zbek allasi" nomli risoladagi Nigoraxon Sodiqova to'plagan allalardan namunalar olindi.

8. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

9. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

10. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

11. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

12. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

13. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

14. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

15. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махдллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).

16. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

17. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

18. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

19. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

20. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

21. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

22. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

23. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

24. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

25. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

26. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144151.

27. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

28. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

29. Qurbonova, M. (2020). OTET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

30. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

31. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

32. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

33. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

34. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

35. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

36. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

37. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.