MUSIQA MADANIAYTI FANI DARSLARIDA O'QUVCHILARGA QO'SHIQ
O'RGATISH USLUBLARI
S.Asqarova Qo'qon DPI
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida tashkil etilayotgan musiqa madaniayti fani darslarida o'quvchilarga qo'shiq o'rgatish uslublari, darslarda qo'shiq kuylash jarayonini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: qo'shiqlar, qo'shiqni muvaffaqiyatli o'rgatish, qo'shiqni ijro etish texnikasi, qo'shiq o'rgatishning bir necha asosiy jarayonlari
METHODS OF TEACHING SONG TO STUDENTS IN MUSIC CULTURE
LESSONS
S.Askarova Kokand SPI
Abstract: This article talks about the methods of teaching songs to students in music culture classes organized in general secondary schools, the specific features of organizing the process of singing in classes.
Keywords: songs, successful song teaching, song performance techniques, some basic processes of song teaching
Kelajak avlodni har tamonlama tarbiyali, axloqli bo'lib ulg'ayishida maktabning alohida o'rni bor. Aynan shu yerda bolaning xulqi, odobi, bilim saviyasi va dunyoqarashi shakllanadi. Uning kelajakda qanday inson bo'lib kamol topishi ham ko'p jihatdan maktab va unda tashkil etilgan ta'limiy va tarbiyaviy ishlarga bog'liq.
Maktabda har xil qo'shiq, ashula o'rgatish va ijro etish-musiqa tarbiyasining asosiy hamda musiqa savodi va musiqa tinglashning zaminidir.
Musiqa madaniyati o'qituvchisi umumiy ta'lim maktabining har bir sinfida o'rgatish uchun tavsiya qilinayotgan qo'shiq-ashula matnini puxta o'ylab chiqishi kerak. Repertuarga kiritiladigan qo'shiqlar g'oyaviy-badiiy qiymatiga qarab tanlanmog'i, o'quvchi bolalarga tushunarli va mavzu jihatidan xilma-xil bo'lmog'i lozim. Qo'shiq va ashulalar, hazil-mutoyiba qo'shiqlari, lirik qo'shiqlar, qahramonlik qo'shiqlari shular jumlasidandir. Ashulalarning bir qismi muhim sanalar bilan bog'liq bo'ladi.
ITFVE^^Hl 217 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
O'zbek xalq qo'shiqlari qatorida rus, qozoq, ukrain, tojik va boshqa xalq qo'shiqlari ham o'rganib boriladi, albatta. Bu qo'shiqlarning hammasi bolalarni o'z Vataniga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaydi. Bolalar o'z xalq qo'shiqlarini sevishadi, shuningdek boshqa xalqlarning qo'shiqlarini ham qadrlab o'rganishadi.
Shunga intilish kerakki, bolalar sinfda o'rganib olgan qo'shiqlarini har yoqlama anglab, ta'sirli qilib ijro eta oladigan bo'lsin. Bu esa qo'shiqning qanday o'rganilganligiga, o'qituvchining qo'shiqdagi badiiy obrazni nechog'li ishonarli qilib ochib bera olganligiga bog'liq bo'ladi.
O'qituvchining darsga yaxshi tayyorlanishi qo'shiqni muvaffaqiyatli o'rgatishning muhim shartidir. U bolalar bilan birinchi marta o'rganiladigan ashulani juda yaxshi bilishi, to'g'ri va ta'sirli kuylab berishi kerak. O'qituvchi qo'shiqni chuqur o'rganib chiqqanidan keyingina uni bolalarga o'rgatishi mumkin.
Har bir qo'shiqni, hatto eng oddiysini ham juda sinchklab tahlil etish, uning g'oyaviy mazmunini bilib olish va musiqada shu mazmunning qanday ifoda vositalari bilan aks ettirilishini aniqla olish zarur. Butun qo'shiqni ijro etish rejasi oldindan belgilab olinadi va o'qituvchining darsda o'tkazadigan suhbatlarining mazmuni, ya'ni qo'shiqning asosiy sur'ati va undan chetlanishlar, rang-barangliklar, tovush xususiyatlari o'ylab chiqiladi. U matnning ta'sirini kuchaytirish uchun qo'shiqning qaysi so'zlarini ajratib ko'rsatish va uqtirib o'tish zarurligini mo'ljallab qo'yadi.
Shuningdek, qo'shiqni ijro etish texnikasini ham puxta bilib olib, qanday joylarda nafas olish qulay bo'lishini, qo'shiqning qaysi tomonlari murakkabligini, nima uchun bolalarning o'zlashtirishlari qiyinligi va qaysi tomonlarini o'zlashtirishlar oson bo'lishini aniqlash kerak. O'qituvchi qo'shiqning murakkab o'rinlarini aniqlagach ularni o'rganishni osonlashtiradigan vositalarni topa oladi. Masalan, bu o'rinlar intonatsiya qiyinchiliklardan iborat bo'lsa, yordamchi mashqlar tuziladi.
Qo'shiq o'rgatishning bir necha asosiy jarayonlari bor:
a) o'qituvchining qo'shiqni ijro etishi;
b) suhbat o'tkazish;
v) qo'shiq matnini o'rgatish;
g) qo'shiq kuyini o'rgatish;
d) o'rganilgan qo'shiqni mustahkamlash;
e) qo'shiqning badiiy ijrosi ustida ishlash.
Har qanday qo'shiqni o'rgatishda ana shunday paytlarga rioya qilish shart. Bularni bajarish izchilligi esa o'rganilayotgan qo'shiqning xususiyatiga bog'liqdir.
Qo'shiqning kuyini o'rganib olishda muayyan izchillik mavjuddir. Odatda kuy musiqa tarkiblari bo'yicha o'rganib boriladi. Dastlab birinchi tarkib, so'ngra ikkinchi, uchinchi va hokazo tarkiblar tahlil qilinadi va o'rgatiladi. O'qituvchi ularning har birini ohangi bilan aytadi va ikki-uch marta chalib beradi, undan keyin o'zi bilan birgalikda ma'lum tarkibni ohangi bilan aytishni bolalardan talab qiladi. Odatda
[fcöil^^B 218 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
bolalar dastlab qo'shiqni dadil aytisha olmaydi, ammo bir necha bor takrorlash tufayli tobora dadil aytadigan bo'lishadi. Bordi-yu o'rganilayotgan tarkib bolalarga yetarli darajada tushunarli bo'lmasa, uni yana bir marta chalib va aytib beriladi. Bu o'rinda me'yorni bilish va hatto ma'lum bir tarkib yetarli o'zlashtirilmagan taqdirda ham, uni o'rganish ustida uzoq to'xtalib qolmaslik lozim. Shuni unutmaslik kerakki, bunday holda bolalarning diqqati zaiflashadi, shu sababdan ular charchab, passivlashib qolishadi, bu esa ta'lim natijasiga salbiy ta'sir qiladi. Shuning uchun qo'shiqning qiyin joyiga keyinroq yana qaytish ma'qul ko'rinadi.
Har bir frazalar to'g'ri o'rganib chiqilgach, birinchi frazani ikkinchi fraza bilan, dastlabki ikki frazani uchinchi fraza bilan birlashtiriladi, keyingi frazalar ham shu shaklda birlashtiriladi. Agar ba'zi frazalar juda ham murakkab bo'lsa, ularni ancha mayda qismlarga bo'lib o'rgatiladi.
Qo'shiqning murakkab joylarini ayniqsa sinchiklab o'rganish kerak. Bu paytdagi qiyinchiliklar odatlanilmagan intonatsiya (davra)lar bilan, qo'shiq kuyidagi sakrashlar bilan, alteratsiya kabilarning noqulayligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bunday qiyinchiliklarni qunt va g'ayrat bilan bartaraf qilish zarur, chunki agar kuy tamomila to'g'ri o'rganib olinmasa, xatolarni tuzatish nihoyatda qiyin bo'ladi, ba'zan esa ularni tuzatish mumkin bo'lmaydi. Bu holda o'qituvchi xatolarga yo'l qo'ymasligi uchun shu qo'shiqni uyda takrorlamaslikni bolalarga uqtirib qo'yadi.
Shuningdek, kuyning ritmik tomondan murakkabligi tufayli uni o'rganish qiyinchiliklari yuz berishi mumkin. Kuyning bolalar idroki uchun murakkab bo'lgan ritmik shaklini o'zlashtirishni chapak chalib ko'rsatish yo'li bilan osonlashtirish mumkin.
Qo'shiqning ma'lum bir bo'g'ini bir necha notada kuylanayotgan joylari bolalarni dambadam qiynab turadi. Bunday joylarni she'r bilan kuylamay, balki «lya» singari neytral bo'g'inlar bilan kuylash foydali bo'ladi; bunday kuylash idrok etishni osonlashtiradi va tezlashtiradi.
Tez tempda yozilgan qo'shiqlarni faqat sekin tempda o'rganish lozim, aks holda intonatsiya va ritm aniq o'zlashtirilmay qoladi, demak, qo'shiq palapartish ijro etiladigan bo'ladi. Shu sababli kuyni yaxshi o'zlashtirgandan keyingina tempni kompozitor tomonidan ko'rsatilgan darajaga asta-sekin yaqinlashtirish mumkin. Bundan tashqari, tez templi qo'shiqlarni o'rgatishda ularning so'zlarining juda aniq talaffuz etilishiga erishish, qo'shiq tamomila o'rganib bo'lguniga qadar ana shunga harakat qilish zarur.
Sekin yoki o'rtacha tempda yozilgan qo'shiqlarni shu asarlar ijro etilishi kerak bo'lgan tempda yoki birmuncha tezlashtirilgan tempda o'rgatish lozim. Bu o'rinda boshqa bir xavf—bolalarning tempni cho'zib, ya'ni qo'shiqni to'g'ri temp bilan ijro etishdagiga nisbatan sustroq ijro etish istagi paydo bo'ladiki, bunga yo'l qo'ymaslik kerak.
ncTTni^^H] 219 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Shaxdam qo'shiqlar o'rganilganda shoshilish va hovliqish yaramaydi. Sekin aytiladigan qo'shiq ustida chaqqonlik bilan ishlash zarur, aks holda bolalar sustlashib ketishadi.
Qo'shiq o'rgatish jarayonida har xil usuldan foydalanish zarur. Har bir sinfda xushovoz, ba'zan, esa musiqaga juda qobiliyatli bolalar bo'lishi tabiiydir. Ular qo'shiq ohangini o'rganishda o'qituvchining yordamchilari bo'ladilar.
O'qituvchi ayrim tarkibni o'rgatar ekan, birinchi navbatda musiqa o'quvi yaxshi bo'lgan o'quvchidan u tarkibni takrorlashni talab qiladi. Boshqa bolalar esa shu paytda ohangni diqqat bilan, aktiv ravishda tinglab, uni dilda kuylashlari lozim. Shuningdek, dastlab musiqaga qobiliyatli bo'lgan o'quvchilar guruhsi o'rganilayotgan tarkibni takrorlamog'i mumkin. Tarkib birmuncha tushunib olingach, aniq kuylay bilmaydigan o'quvchilarga shu tarkibni kuylash taklif etiladi. Bolalar ularning ovozini diqqat bilan eshitib, noaniq kuylagan joylarinn ko'rsatib berishlari kerak. Bu ish ularning musiqaviy tarkibni yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, musiqa madaniayti fani darslarida o'quvchilarga qo'shiq o'rgatishda samarali uslublardan fodalanish ularni musiqiy savodxonligini oshrishda muhum ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R.N.Muhitdinova Xorshunoslik asoslari. O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligining 2007 yil 28 avgustidagi 177-buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan. 1141-sonli guvohnoma
2. Mukhammadzhonovna, Askarova Sohibakhon, and Kusherbayev Zhanbolat Asetovich. "MORAL EDUCATION OF STUDENTS THROUGH THE ART OF MUSIC AND SINGING." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.02 (2023): 12-16.
3. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).
4. Askarova, S. "DEFECTS IN THE VOICE OF PUPILS AND WAYS TO ELIMINATE IT." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 418-420.
5. Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.
220
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)