MUSIQA DARSLARIDA FAOLIYATNI ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH YO'LLARI
Shamsiyev Sh.I. - Buxoro davlat pedagogika institute, musiqa va tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu mаqolаdа o'quvchilаrgа tа'lim-tаrbiyа berish jаrаyonidа musiqа dаrslаrini fаoliyаt tur^ini ilmiy аsosdа tаshkil etishning o'zigа xos jihаtlаri bаyon etilgаn.
Kalit so'zlar: Musiqа mаdаniyаti, dаrs fаoliyаt turlаri, texnik vositаlаr, ko'rgаzmаli qura^r, video kitoblаr, musiqаli аlbomlаr, аsbob uskunаlаr, kinoproektor, musiqа dаrslаri, kompyuter, metodist, tаlim.
СПОСОБЫ ОРГAНИЗAЦИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ HA YPOKAX МУЗЫКИ HA Н4УЧНОЙ ОСНОВЕ Шaмсиев Ш.И. - препoдaвaтель эфедры My3biKa и изoбрaзительнoе искусство Бухaрскoгo гoсудaрственнoгo педaгoгическoгo институтa
Aннoтaция. В данной статье описаны уникальные аспекты организации уроков музыки на научной основе в процессе обучения учащихся.
Ключевые ^OBa: музыкальная культура, виды уроковой деятельности, технические средства, наглядные пособия, видеокниги, музыкальные альбомы, оборудование, кинопроектор, уроки музыки, компьютер, методист, образование.
METHODS OF ORGANIZING ACTIVITIES IN MUSIC LESSONS ON A SCIENTIFIC BASIS
Shamsiev Sh.I. - Teacher of the Department of music and fine arts of the Bukhara state pedagogical institute
Annotation. This article describes the unique aspects of organizing music lessons on a scientific basis in the process of educating students.
Key words: Music culture, types of lesson activities, technical tools, visual aids, video books, musical albums, equipment, film projector, music lessons, computer, methodist, education.
Har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirish mustaqil respublikamiz ta'lim tizimi oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Shunday ekan, barcha fanlar qatori musiqiy fanlarni o'qitish ishini yanada yaxshilash, uning samaradorligini oshirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoq kerak. Ayniqsa, bunday imkoniyatlarning qaysi biridan yaxshirok natija chiqarish ustida bosh qotirish lozim.
Bizga ma'lumki, umumta'lim maktablarida o'qitiladigan musiqa madaniyati darsi faqatgina o'quvchilarning bilim olish va dunyoqarashi kengayishi zamiriga qo'rilmasdan, balki ma'lum ma'noda ularning qobiliyatlari o'sishi, ijodkorlik va ijro malakalarining oshirilishini ham taqozo yetadi. Chunki, bu darslar ko'proq amaliy faoliyat, ya'ni jonli harakatlar asosida o'qitiladi. Bu esa ta'lim beruvchi pedagogdan faqatgina chuqur musiqiy bilim va keng dunyoqarashni emas, balki yuksak ijrochilik mahoratini ham talab qiladi.
O'qituvchining shaxsan ijro etgan har bir musiqiy asari o'quvchilar uchun ko'rgazmalilik vazifasini bajaradi. Dars jarayonida o'quvchilar pedagogdan ovoz ishlatish texnikasi, milliy oxanglar xosil qilish, so'zlarni burro talaffuz qilish, intonatsiya va boshqa qo'shiqchilikning o'ziga xos sir-sinoatlarini o'rganadilar.
Zero, boshqa fanlar kabi musiqiy fanlarni o'qitishda ham ko'rgazmalilik muhim o'rin egallaydi. Xalqimiz «yuz marta eshitgandan ko'ra bir marta ko'rgan afzal», deb bejiz aytmagan. Ko'rgazmalilik jonli va tasviriy vositalar orqali amalga oshiriladi.
Umumtalim maktablarida musiqa madaniyati darslarini ilmiy asosda tashkil yetish uchun avvalo shuni aytish keraki, xozirgi zamonaviy pedagogic texnalogiyalar bir vaqtning o'zida ta'lim vositalari (asbob uskunalar, labaratoriya jixozlari, axborot va texnik vositalar, ko'rgazmali qurollar, adabiyot, radio televediniya, kompyuter va x.k) ni bir necha yunalishlarda, musiqa darslarida esa foaliyat turlarida qo'llash imkoniyatini beradi, ayni vaqtida yesa "aparat matnlar" tuzumi (video kitoblar, o'quv diktantlari, musiqali albomlar va boshqalar)dan ommaviy ravishda foydalanilmoqda. Shuningdek, musiqa fanlarini o'qitishda ham ta'lim loyihalarini yaratish pedagog texnalog va metodistlarning kasbiy mahoratalarini oshirishga yordam beradi.
Quyidagi tizim, ya'ni "buyurtma, vosita, uslub, - yondashuv-ta'lim turi" tizimi kinoproektor o'quv magnitafoni, radio va televideniya, lingafon xonasi, avtomatlashtirilgan ta'lim tizimlari, multimedia va gipermatnli ta'lim turlarining intelektual tizimi yordamida o'zlashtiriladi.
Yangi ta'lim turlarining shakllanib borishi hamda zamonaviy ilg'or o'quv vositalarining ta'limga to'liq tadbiq qilinishi samaradorligini o'rganish ular
o'rtasida ma'lum uzviy bog'liqlik mavjud yekanligini ko'rsatmoqda. Bunday bog'liqliq mohiyati jihatidan quyidagi tartibga asoslanadi:
- zamonaviy ta'limga ijtimoiy zaruriyatning vujudga kelishi;
- ta'lim tizimiga jamiyat tomonidan ijtimoiy buyurtma berilishi;
- ilg'or o'quv vositalarining yaratilishi;
- ilg'or o'quv vositasini ta'limda qo'llash texnalogiyalarining zaruriyati;
- ta'lim tamoyillari tizimining yaratilishi.
Demak pedagok texnalogiyalar ta'lim vositasining yangi avlodi va turlari sifatida va ulardan foydalangan holda namoyon bo'ladi. Zamonaviy texnalogiyaga asoslangan yangi paradigmaning mohiyati interfaol ta'limni keng ko'lamda va mavjud imkoniyatlar asosida yo'lga quyishdan iborat.
Unga ko'ra har bir ta'lim oluvchi o'quv axborotlarini 3 manba:
1. O'qituvchi yordamida
2. Ma'lumotlar bazasi yordamida (muayyan fan bo'yicha, yoki o'quv darslarida).
3. O'quvchilar guruxi yordamida (ular bilan o'zaro fikrlashish) egallaydi. Pedagogik texnologiya modelida quyidagi paradigma aks etadi.
1. Muammoni qo'yish;
2. Kuzatish va tajriba asosida dalillar to'plash;
3. Dalillarni sharhlash va ilmiy farazni ilgari surish;
4. Testlar yordamida, nazariy g'oyalarni amaliyotga tadbiq etish yo'li bilan birga ilmiy farazning haqiqatligini tekshirish;
5. Xulosa va tavsiyalar tayyorlash:
Musiqa ma'daniyati ta'limida qo'llanilayotgan pedagogik texnalogiyalarning samaradorligini o'lchash mezonlari shu soha bo'yicha ta'limning davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlari mazmunidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi.
Musiqa madaniyatining standart asosdagi yangi ta'lim mazunidan bu fan bo'yicha o'quvchilar o'zlashtirgan bilimning, ko'nikma va malakalarning, shu bilan birga ulardagi kuzatuvchanlik, xotirani mustaxkamlash, obrazli tasvir hosil qilish, ijodkorlik, mustaqil fikrlash, badiiy va musiqiy didning shakllanishini belgilaydi. Ayni vaqtda bu borada samaradorlikka yerishish yo'li musiqa darslariga, uning tashkil yetilishiga nisbatan texnologik yondoshuvni taqozo etmoqda. Pedagogik texnologiyalarning samaradorligi musiqiy ta'limni ma'lum maqsad asosida, shuningdek maqbul usul, shakl vositalar yordamida tashkil etilishi orqali ta'minlanadi. Jumladan: texnik vositalar (kompyuter va boshqalar) musiqiy cholg'ular ijro uslublari, ko'rgazmali jixozlar, amaliy mashg'ulotlar, pedagogik va psixologik vositalar, ilg'or o'qituvchilarning ish-tajribalari, noan'anaviy dars shakllari, baholashning yangi tizimi kabilar yangi pedagogik texnologiya samaradorligini aniqlashning muhim mezonlari bo'lib xizmat qiladi.
Pedagogik texnologiyalarning samaradorligi dars jarayonida o'quvchilarning quyidagi o'quv faoliyatlarini nazariy hamda amaliy tarzda bajarish borasidagi bilim ko'nikma va malakalarning yegallanish darajasi bilan
belgilanadi.O'quvchilar umumiy musiqiy dunyoqarashini kengaytirish ularda ijrochilik (kuylash ritmik, harakatlar bajarish, cholg'u sozlar chalish) malakasini shakllantirish, musiqiy bilim doirasini kengaytirish musiqiy ta'limning umumiy maqsadidir. O'zbek xalq, musiqasi jaxon xalqlari musiqa asarlari, shashmaqom va boshqa yo'nalishdagi o'zbek maqomlaridan, yurtimiz xududiga mos mahalliy musiqa uslublaridan namunalar, tinglash orqali o'quvchilarda musiqa asarlari turlari, janrlari, milliy va akademik ijro uslublarinip bir-biridan farqlash, dramatik saxna asarlarini shakllanadi farqlash kabi musiqiy savodxonlik darajalari. Jamoa bo'lib kuylash faoliyati o'quvchilarning musiqiy o'quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. U orqali o'quvchi o'z ovozini ya'ni ovozda ijro yetish iste'dodini boshqarish, ustozi ijrosini tinglash, undan ibrat olish, kuzatish, unga taqlid kilish va u bilan birga kuylashga intiladi. Musiqa madaniyati darsida musiqiy faoliyat turlari
O'zbek xalk qo'shiqlari bastakorlar ijodi mahalliy musiqa uslublariga oid fol'klor qo'shiqlar va qardosh xalqlar qo'shiqlari, maqom yo'llaridan na'munalar ijro yetish orqali ularda ijrochilik malakalari shakllana boradi.
Musiqiy savodxonlik barcha bilimlarni nazariy jihatdan birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhim ahamiyatga ega.
Dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida qanday faoliyat (tinglash, ijro yetish, musiqiy harakatlar, cholg'u ijrochiligi) tashkil yetilmasin, muayyan mavzudagi musiqiy asar o'rganiladi va o'kuvchilarda ularning janri, shakli, tuzilishi, ladi, tempi, dinamikasi, jo'rovozlari, ritmi to'g'risida yangi tushunchalar hosil bo'ladi.
Shu bois musiqiy savodxonlik faqat nota yozuvini o'rganish yemas, balki o'quvchilarning umumiy musiqiy bilimlarini shakllantira boradi.
Musiqa tinglash yakkanovoz (yakka cholg'u), yakka ovoz (yakka qo'shiq ijrosi), Jo'rnovoz (cholg'uda jo'r bo'lish), jo'rnovoz (qo'shiq yoki kuylash orqali jo'r bo'lish)ni bir biridan farqlash ansambl va orkestr musiqasini farqlay olish, cholg'u sozlar ovozini farklash, milliylikni yoki hududiylikni farqlash, musiqiy did va idrokni rivojlantirishni ta'minlaydi, yestetik dunyoqarash va milliy koloritni uyg'otadi.
Cholg'u sozlarini chalish milliy cholg'u sozlarimiz, ularning tovush hosil qilish imkoniyati, milliy kuylarimiz, ularning tuzilishi tezligi, dinamikasi, ladi va ritmini xis qilishga hamda o'quvchilarning o'z iqtidorlariga o'zlari va boshqalarning baho bera olishiga, ijro jarayonida ritmga, dinamikaga, tempga rioya qilishga o'rgatadi
Musiqali ritmik harakatlar bajarish musiqali faoliyatlar ichida muhim faoliyat turi hisoblanadi. O'quvchilarda musiqa mazmuniga tushunib yetish va shunga mos ravishda o'z harakatlarini boshqara olish mahoratini shakllantiribgina qolmay, turli xalqlar, turli millatlar musiqalarini bir-biridan farqlay olish musiqa ritmini, tezligini, dinamikasini va harakterini bilishga o'rgatadi.
Ayniksa harakatlar jarayonida ular musiqaning ichki tuzilishini ham o'rganadi.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan barcha faoliyat turlari umumiylashgan holda yagona mavzuga buysindiriladi, natijada bu faoliyat turlari va tanlangan mavzular orqali o'quvchilarning umumiy musiqiy dunyoqarashi shakllanadi va ularning yestetik tarbiyasida mavzuning to'g'ri tanlanishi hamda shu mavzuning o'quvchilarga singdirilishi uchun tanlangan faoliyat turlari va metodlarining roli benihoya katta ahamiyatga yega bo'ladi va muhim vosita xisoblanadi.
Adabiyotlar
1. Шлмсиев Ш. И., Солиев А. А. Основы хорового пения Ha ypoKax музыки //Проблемы туки. - 2021. - №. 1 (60). - С. 55-57.
2. Шлмсиев Ш. И. Молодой специaлист учитель музыки, KaK руководитель хорового коллективa в общеобрaзовaтельной школе //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 540-545.
3. Шлмсиев Ш. И. Новые подходы к подготовке молодых специaлистов учителей музыки, рaзрaботкa уроков музыки //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 528-533.
4. Shamsiev S. I. The role of folk songs in educating student's role of folk songs in student education //International Journal on Integrated Education. -2021. - Т. 4. - №. 2. - С. 76-78.
5. Shamsiyev S. I., Ramazonov S. R. O. G. L. Boshlang'ich sinflarda vokal-xor malakalarini shakllantirish va rivojlantirish uslublari //Scientific progress. -2021. - Т. 1. - №. 5. - С. 377-381.