Научная статья на тему 'MUSIQA ASARIDA KUYNING AHAMIYATI'

MUSIQA ASARIDA KUYNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
116
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / kuy / ritm / lad / mеtr / ikki ovozli va ko‘p ovozli / kuy harakati / kulminatsiya / kadеntsiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — T.Xalilov

Ushbu maqolada Musiqiy asar va unda kuyning o‘ziga hos ahamiyati haqida so‘z boradi. Musiqa asarida kuyning shakllanishidagi vositalar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA ASARIDA KUYNING AHAMIYATI»

MUSIQA ASARIDA KUYNING AHAMIYATI

T.Xalilov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Musiqiy asar va unda kuyning o'ziga hos ahamiyati haqida so'z boradi. Musiqa asarida kuyning shakllanishidagi vositalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, kuy, ritm, lad, mеtr, ikki ovozli va ko'p ovozli, kuy harakati, kulminatsiya, kadеntsiya

THE IMPORTANCE OF MELODY IN A WORK OF MUSIC

T.Khalilov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article is about the musical work and the unique importance of melody in it. The means of forming the melody are mentioned in the musical work.

Keywords: music, melody, rhythm, scale, meter, two-voice and polyphonic, melodic movement, climax, cadence

Musiqa asarlari inson ruhiyatiga to'g'ridan to'g'ri tasir ko'rsata olishi nuqtai-nazaridan unga ruhiy sokinlik bag'ishlashi bilan bir qatorda, uning kamoloti uchun ham xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tovushlarning bir ovozli shaklda ma'lum lad va metr hamda ritm jihatdan uyushib kelishi kuy deb ataladi. Musiqaviy mazmun jo'rsiz, yakka kuy orqali ham ifodalanishi mumkin. Bir ovozli musiqa asarlari so'z matni bilan (qo'shiq) va matnsiz (cholg'u kuylari) holida ham bo'lishi mumkin. Matnli kuy mazmuni ancha yorqin va tushunarli bo'lashi bilan ahamiyatlidir. Bunga xalq qo'shiqlari va raqslari misol bo'la oladi. Ularning mazmuni xilma-xildir.

Xalq folklorida xalqning boshdan kechirganlari va orzu-niyatlari, hayoti, kishining ma'naviy dunyosi aks ettirilgan. Xalq musiqasi ijodida ikki ovozli va ko'p ovozli asarlar ham uchraydi. Lekin bunday asarlarda nechta ovoz (qo'shimcha ovoz) bo'lishidan qat'iy nazar, asosiy kuy yo'nalmasi barcha tovushlarning qo'shilib eshitilishidan ajralib turadi. Turli xil millatlar xalq qo'shiqlarida kuyning tuzilishi ularning hilma-xil mazmuniga nihoyat mosdir. Ular hamda raqs kuylari o'zlariga xos kuy tuzilmalariga ega bo'lishi bilan bir-biridan farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir xalq qo'shig'ida o'ziga xos milliy kolorit bo'ladi.

Kuy harakati o'zining rivojlanish jarayonida hilma-xil shakllarga kiradi. Kuy harakatining shakli turli yo'nalmalardan tashkil topadi. Ulardan eng asosiylari diyidagilardir:

a) ko'tarilib boruvchi harakat;

b) quyilashib boruvchi harakat;

c) kotariluvchi va quyilashuvchi harakatning bir tekisda almashib turishidan hosil bo'ladigan to'lqinsimon harakat;

d) tovushning takrorlanishidan hosil bo'ladigan gorizontal harakat.

Kuy harakati pog'onama-pog'ona, intervalma-interval (sakrama) yoki aralash holda bo'lishi mumkin. Kuyning rivojlanishi o'xshashlik va noo'xshashlik (kontrast) tamoyilarga asoslanadi. O'xshashlik ostida aniq yoki o'zgartirlgan takror nazarda tutiladi. Variatsion takror kuyga uncha ahamiyatli bo'lmagan, asosan "bezaklashtiruvchi" o'zgarishlarni olib kiradi. Variantli takror kuyning tashqi ko'rinishini saqlab turib, unga sifatli o'zgarishlar bag'ishlaydi.

Sekventsiya - kuy harakati va ritm shakli saqlab qolingan holda biror melodik davraning boshqa balandlik (tovush)dagi takroriga aytiladi.

Noo'shashlik (kontrast) tamoyili har xil materialga ega bo'lgan tuzilmalarning qo'shilishida ko'rinadi. Kuy rivojlanib o'zining eng yuqori nuqtasiga -kulminatsiyasiga ko'tariladi. Kulminatsiya, ya'ni kuyning emostional keskinlik payti, asta-sekin ko'tarilish yo'li bilan tayyorlanishi yoki keng intervalga sakrab chiqish orqali amalga oshirilishi mumkin. Kulminatsion tovush kuyning eng baland tovushlaridan biri bo'lib, ko'pincha kuchli hissaga to'g'ri keladigan nisbatan katta cho'zimli tovush bilan ifadalanadi. Kulminatsiyadan so'ng emotsional keskinlik darajasi pasayib, tez orada kuyning yakuniga olib keladi. Shuning uchun, kulminatsiya asosan kuyning oxiriga yaqin qismda sodir bo'ladi. Ko'p hollarda kuy eng baland tovushidan boshlanib, so'ng quyilashuvchi harakat bilan rivojlanadi.

Kuy nutq kabi tinimsiz davom etavermay, tarkiblarga bo'linadi. Kuy yoki musiqaviy asarning tarkiblari esa tuzilma deyiladi. Ularning cho'zimi ham turlicha bo'ladi. Tuzilmalar chegarasi oralig'iga sezura deb ataladi. Tsezura "V" belgisi bilan yoziladi. Bu belgi, odatda, darsliklarda qo'llaniladi. Tuzilmalar musiqaviy fíkrning tugallanish darajasi bilan bir-biridan farqlanadi. Tugallangan musiqaviy fikrni ifodalovchi musiqaviy tuzilmaga davriya deyiladi. Oddiy davriya sakkiz yoki o'n oltita taktdan iborat bo'ladi. Davriya ha o'z navbatida ikki qismga bo'linadi, ular jumla deb ataladi. Musiqaviy tuzilmaning tugallanishiga, ya'ni yakunlovchi qismi kadentsiya hisobl;anib, kadensiyalar davriyada joylanishi bo'yicha o'rtaliq - birinchi jumlaning oxiri, va xotima - davriyaning yakunidagi kadensiyalarga ajratiladi. Kuyda kadentsiya ikki va undan ortiq tovushlarning birin-ketin tugallanishi bilan ifodalanadi. Bu tovushlar tuzilmani turg'un yoki noturg'un holda tugallanishga olib keladi. Shuning uchun kadentsiya funksiya jihatidan quyidagi ko'rinishlarda uchraydi:

1) Mukammal (to'liq o'mashgan) kadentsiya — kuyda tonika uchtovushligining prima tovushi bilan tugaydi (kuyning garmonik jo'rligida yakunlovchi akkord - Tonika uchtovushligi).

2) Nomukammal (to'liq o'rnashmagan) kadentsiya — tonika uchtovushligining tertsiya yoki kvinta tovushi bilan tugaydi (kuyning garmonik jo'rligida yakunlovchi akkord - Tonika uchtovushligi yoki sekstakkordi).

3) Yarim kadentsiya — noturg'un tovush bilan tugaydi. Bundan tashqari, dominanta uchtovushligi yoki dominantseptakkordning primasi bo'lgan V- pog'ona bilan ham tugashi mumkin (kuyning garmonik jo'rligida yakunlovchi akkord -dominanta yoki subdominanta akkordlari). Davriyaning birinchi jumlasi yarim kadentsiya yoki nomukammal kadentsiya bilan tugallanadi va u tugallanmagan asar taassurotini qoldiradi. Davriyaning ikkinchi jumlasi esa doim mukammal kadentsiya bilan tugaydi.

Kulminatsiya - (lotincha kulmen - choqqi) - musiqa rivojlanishida eng yuqorigi nuqta. Agar davriya o'zining dastlabki tonalligi bilan tugasa, unga bir tonalli davriya hisoblanadi. Davriyaning tugallanish vaqtida modulyatsiya hosil bo'lsa, modulyatsiyali davriya deyiladi. Jumla ibora deb ataladigan ikkita kichik tuzilmaga bo'linadi. Musiqada shunday jumlalar uchraydiki, ularda iboralar tsezura bilan ajralgan bo'ladi, yana boshqa jumlalar uchraydiki, ularda iboralar butun bir kuyga ulanib ketadi. Ikki taktli ibora bir butun tuzilmadan iborat bo'ladi yoki bir taktli motivlarga ajrab ketadi. Bitta asosiy metrik zarbni o'z ichiga olgan tuzilma motiv deyisanaladi. Motivning kuchsiz davri bir yoki bir necha tovushlar bilan ifodalanishi mumkin. Motivning boshlanishi yoki tugallanishi birgina takt chegaralarida bo'lishi shart emas, u takt oldidan boshlanishi va navbatdagi taktning yarmida tugallanishi ham mumkin. Bir taktdan kichik bo'lgan motivlar ham uchraydi.

Musiqiy usullardan yana biri - transpozitsiya usullari Kompozitor musiqaviy asar yaratmoqchi bo'lar ekan, bu asar mazmuniga mos keladigan tonallikni tanlaydi. Lekin shu bilan birga, barcha musiqaviy asarlarni dastlabki tonalligidan pastga yoki yuqoriga qarab istagan biror tonallikka ko'chirish mumkin. Musiqaviy asar yoki kuyning biror tonallikdan boshqa bir tonallikka ko'chirilishi transpozitsiya deb ataladi. Transpozitsiya vokal ijrochiligida juda keng qo'llaniladi. Ashulachilar asarlarni ovozlari diapazoniga qulay keladigan tonallikka ko'chirib ijro etadilar. Ma'lumki, bitta qo'shiq yoki romans ovoz diapazonlariga moslanib hilma-xil tonalliklarda nashr qilinadi. Transpozitsiya biror musiqaviy asarning asl ko'rinishidan boshqa bir asbobga, masalan, skripka uchun yozilgan pyesani alt yoki violonchelga moslab qaytadan yozishda ham qo'llaniladi. Transpozitsiya uch usul:

1) muayyan intervalga ko'chirish;

2) kalit belgilarini o'zgartirish

3) kalitning o'zini o'zgartirish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Biror intervalga transpozitsiya qilish lozim bo'lganda, oldin transpozitsiya qilinadigan tonallik aniqlanadi. Masalan, Re majordan kichik tertsiya yuqoriga transpozitsiya qilsak, yangi tonallik Fa major bo'ladi. Kalit yoniga si-bemol qo'yiladi. Barcha notalar, original tonallikda qaysi pog'ona va akkordlarga mos kelishi oldindan aniqlanib, Fa major tonalligiga ko'chiriladi. Ikkinchi usul xromatik yarim ton yuqoriga yoki pastga qarab yarim tonga transpozitsiya qilishdan iborat. Bunday hollarda kalit yonidagi belgilar o'zgaradi, notalar o'z holicha qoladi, tasodifiy belgilar esa yangi kalit belgisining ko'tarilishi yoki pasaytirilishiga qarab o'zgarib turadi. Masalan, Lya-bemol majordan Lya majorga transpozitsiya qilsak:

a) kalit yonidagi to'rtta bemolni uchta diez belgisi bilan almashtiramiz;

b) agar tasodifiy belgilar uchrasa, bekarlarni diezlar bilan, bemollarni esa bekarlar bilan almashtiramiz.

Uchinchi usul shundan iboratki, unda nota yo'liga yangi kalit tanlanib, original tonallik tonikasi nota yo'li qayeriga yozilgan bo'lsa, yangi tonallik tonikasi ham o'sha yerga yozilaveradi, ammo kalit yangilanadi. Bu usul yuqorida aytilgan ikki usulga nisbatan ancha kam qo'llaniladi, chunki bunda notalarni barcha kalitlarda erkin o'qiy olish malakasi talab qilinadi. Yuqorodagilarni to'liq o'zlashtirish orqali sozandalik malakasi shakllantiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.Karimova. "Musiqa nazariyasi" Andijon. 2020 yil

2. Boboyev, V. (2022). KONSERT IJROCHILIGI REPERTUARINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, 3(4), 323-325.

3. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.

4. Yuldashyev, A., & Boboyev, V. (2022). CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O 'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDO SHUVCHANLIKKA O 'RGATISH. Oriental Art and Culture, 3(1), 219-225.

5. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.

6. Madaminov, S. (2022). National Uzbek Music. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 88-91.

7. Madaminov, S. (2022). A Look at the Lifepath of Niccolo Paganini. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 39-41.

8. Madaminov, S. (2021). The Importance of Music Education in Out-of-School Education. International Journal of Culture and Modernity, 11, 371-377.

9. Mamatov, J. (2022). The Secret of the Violins of the Cremonese School. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 3(6), 293-295.

10. MaMaroB, (2021). CAHLAT MYTAXACCHCTAPHHH TAHEPTAm^A ^HPHTOPTHK. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.

11. Topildiev, S. (2022, November). A Glance at the History of Makom Art. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 170-172).

12. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.