Научная статья на тему 'MUSIQA ASARLARIDAGI DAVRIYA TURLARI'

MUSIQA ASARLARIDAGI DAVRIYA TURLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
264
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
sezura / musiqaviy fikr / davriya / jumla / kadenisya / garmonik davriya / turg’un kadensiya / noturg’un kadensiya / mukammal kadensiya / nomukmml kadensiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug‘bek Karimjonovich Xuramov

Musiqiy asarlarni tahlil qilish jarayonidagi masalalar, xususan asarlar qismlarini tashkil etuvchi davriyalarning qaysi turga mansubligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada aniq xulosalarga kelish, muammolarga yangicha yondashuvlar qilish kabi ilmiy asoslangan yechimlar maqolada o’z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA ASARLARIDAGI DAVRIYA TURLARI»

MUSIQA ASARLARIDAGI DAVRIYA TURLARI

Ulug'bek Karimjonovich Xuramov xurramov_ulugbek@mail .ru Termiz davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Musiqiy asarlarni tahlil qilish jarayonidagi masalalar, xususan asarlar qismlarini tashkil etuvchi davriyalarning qaysi turga mansubligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada aniq xulosalarga kelish, muammolarga yangicha yondashuvlar qilish kabi ilmiy asoslangan yechimlar maqolada o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: sezura, musiqaviy fikr, davriya, jumla, kadenisya, garmonik davriya, turg'un kadensiya, noturg'un kadensiya, mukammal kadensiya, nomukmml kadensiya.

TYPES OF PERIODS IN MUSICAL WORKS

Ulugbek Karimjonovich Khuramov xurramov_ulugbek@mail .ru Termiz State Pedagogical Institute

Abstract: It is important to determine the issues in the process of analyzing musical works, in particular, the type of periods that make up the parts of the work. Science-based solutions, such as drawing clear conclusions and taking new approaches to problems, are reflected in the article.

Keywords: cesura, musical thought, period, sentence, cadence, harmonic period, stable cadence, unstable cadence, perfect cadence, imperfect cadence.

Musiqa san'atining boshqa san'at turlaridan o'ziga xos xususiyati shundaki bunda aks ettiriladigan badiiy obraz mavzusi yoxud musiqiy fikr vaqt davomida bayon etiladi. Shu bilan birga, ma'no jihatidan bir xil va shakl jihatidan yaxlit musiqa asari, o'zining ayrim bo'limlarini tashkil qiluvchi tuzimlarga ham bo'linadi. Tuzimlar bir-birlaridan sezura yordamida ajraladi. Sezura bir tuzimning oxirini ikkinchi tuzimning (ularning ko'lamidan qat'i nazar) bosh qismidan ajratib turadigan payt yoxud o'rindir. Sezuraning belgilanishi lotin alifbosidagi V harfiga o'xshaydi. Bu belgi asarlar nota matnlarida qo'llanilmaydi, balki o'quvchilar uchun darsliklarda hamda mashq vazifalarda qo'llaniladi.

Faqat bir mavzuni, bir musiqaviy fikrni ifodalovchi (ko'rsatuvchi) tugal musiqa tuzimining eng oddiy namunasi davriyadir. Davriya odatda, musiqaviy jumla deb

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

ataladigan ikkita teng cho'zimli to'rt taktli tuzimdan tashkil topadi (1-jadvalga qaralsin).

1-jadval

Davriya o'z o'rnida 4 turga ajraladi

Takroriy davriya Murakkab davriya Yagona strukturali davriya Modulyatsiyalovchi davriya

Bir necha akkordning bog'lanib kelishi garmonik davriyani yoxud akkordlar izchilligini hosil qiladi. Bu esa o'z navbati davriya va undagi kadensiyalarning turlarga bo'linishini taqozo etadi. Hattoki yagona strukturali davriyani qolgan davriyalardan farqini aynan garmonik davriyalari orqali aniqlashimiz mumkin.

Kadensiya, kadans italyancha cadenza, yunoncha cadere hamda lotincha cado -yig'ilaman, tugallanaman hamda tugayapman so'zlaridan olingan bo'lib, muayyan musiqa tuzilmasini yakunlovchi garmonik yoki ohang iborasi, kuy yoki akkordlar rivojiga yaxlitlikni baxsh etadi.

Kadensiyaning to'liq, mukammal, o'rta, xotima deb nomlanuvchi turlari mavjud va bular bir-biri bilan tarkibidagi akkordlar izchilligi orqali farqlanib turadi:

2-jadval

Kadensiyaning turlari

To'liq kadensiya Mukammal kadensiya O'rta kadensiya Xotima kadensiya

Ular asar parchalarini bir-biridan ajratib, ayni vaqtda, musiqa tuzilmalarining o'zaro mantiqan bog'lanishiga ham xizmat qiladi. Qolaversa kadensiya konsert kabi yirik asarlardan o'rin olgan, yakka ijrochi uchun mo'ljallangan erkin shaklli virtuoz musiqa lavhasi vazifasini ham bajaradi. Bunda kadensiya ijrochining yuksak mahoratini namoyish etishga qaratilgan bo'ladi.

Odatda kvadratli deb ataladigan, sakkiz taktli teng cho'zimli jumlalardan tuzilgan davriya, o'lchovi jixatidan juda katta axamiyatga ega bo'lgan raqs janrida, skertso, marsh, xorovod qo'shiqlarida juda keng tarqalgandir.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek biror musiqa tuzimini tugallovchi va musiqaviy fikr bayonini (yoki uning birorta mustaqil qismini) tugallovchi garmonik davralar kadensiyalar yoki kadanslar deb ataladi. Kadensiyalar davriyadagi o'rniga qarab ham ikki turga bo'linadi: o'rta (birinchi jumlaning oxiri) va xotima (ikkinchi jumlaning oxiri, davriyaning umumiy xotimasi):

L.Betxoven, skripka va f-no uchun sonata, op.2, № 2

a - moll

Andante

//2a li ' m 9 P % : ty J>- > —0 m rn -r= ft \-- I'-i

p '): 2 I * •- I- V * 9 * 0 ft * J •f 0- m n 9— 1 P i - m * m /

V^MH -_- J )7 f y 0 J / -0- m

t t sII6 D s6 DVII916/4sII6/5 K6/4 D71

1-rasm

Odatda, davriyaning o'rta va xotima kadensiyalari oxirgi akkordning funksiya xususiyatlariga qarab ham farq qiladi; masalan, birinchi kadensiya D yoki S da (noturg'un funksiya), ikkinchi kadensiya esa T da (turg'un funksiya)dir. Bu hol turg'un D (S) ning turg'un T ga tomon masofad an tortilishini xosil qiladi. 1-rasmda keltirilgan misol kabi birinchi kadensiyani ikkinchi kadensiya bilan bog'laydi, bir-biriga buysundiradi, shu bilan o'rtada sezura bo'lishiga qaramasdan, ikki jumlani yaxlit bir musiqaviy fikrga aylantirishga yo'l ochadi:

2-rasm

Barcha kadensiyalar garmonik nuqtai nazardan ikki asosiy funksiya guruhiga bo'linadi: 1-guruhi T bilan tamomlanadigan barqaror akkordli kadensiyalarga; 2-guruhi D yoki S bilan tamomlanadigan beqaror garmoniyali kadensiyalarga.

Barqaror kadensiyalar o'z navbatida: avtentik, plagal va to'liq kabi uch turga bo'linadi. Jumla yoki davriya oxirida keladigan D - T ning garmonik davralari avtentik kadensiyalar deb ataladi:

3-rasm

Jumla yoki davriya oxirida keladigan S - T garmonik davralari plagal kadensiyalar deb ataladi:

Volume 3 Issue 4 / December 2022 A.Dargomijskiy, "Bulut tunni o'tkazdi"

4-rasm

Jumla yoki davriya oxirida tonikadan oldin ikki noturg'un funksiya akkordlari bilan, ya'ni S - D - T xolida keladigan gormonik davralari to'liq kadensiyalar deb ataladi:

5-rasm

Beqaror funksiyali (D yoki S) akkordlar bilan tugallanadigan kadensiyalar yarim kadensiyalar deyiladi va bular ham quyidagi ikki guruhga bo'linishi mumkin:

1) birinchi jumlani dominanta garmoniyasi bilan tamomlaydigan yarim avtentik kadensiyalar (1-rasmga qarang);

2) birinchi jumla subdominanta garmoniyasi bilan tamomlanadigan yarim plagal kadensiyalar:

6-rasm

Davriyani tamomlash uchun qo'llaniladigan avtentik kadensiyalar ko'p zamonlar davomida va ko'p uslubarda asosiy rol o'ynab kelgan. Davriya oxirida keladigan plagal kadensiyalarning ahamiyati kam bo'lganligi uchun ham kamroq ishlatilganligini kuzatishimiz mumkin. Dastlab bular hayotda mustaqil davralar shaklida emas, balki davriyaning avtentik tamomlanishidan keyin yoki uning davriyasini kengaytirish uchun, yoxud tonallikni (tonikani) to'liq mustahkamlash

uchun qo'shimcha xotima qisim qilib kiritilgan. Shunga o'xshash davriyaning taxminiy shakli quyidagicha:

3-jadval

Davriyaning hajmi 10 taktli shundan

1 - jumla 4 taktlik

2 - jumla 4 taktli + qo'shimcha plagal kadensiya 2 taktlik

Agar asosiy avtentik kadensiya kvadrat davriyaning odatdagi tugallanishidan oldin kiritilsa (masalan, 7-taktda), bu holda plagal kadensiya tuzimning strukturasini to'liq teng cho'zimli bo'lguncha (ya'ni to'liq sakkiz taktga qadar) to'ldirib boradi (masalan, B.Betxovenning III simfoniyasidagi "Motam marshi"ning birinchi

davriyasiga qarang):

A.Varlamov, "Aiiiq yulduzcha"

tugal avtentik kadensiya,

7-rasm

Davriya jumlalari qo'shimcha plagal kadensiya tufayligina emas, balki umumiy musiqaviy rivojlanish hisobiga ham notekis cho'zimli bo'lishi mumkin; masalan, birinchi jumla to'rt taktli, ikkinchi jumla olti taktli (V.Motsartning Sol major sonatasidagi o'n taktli davriya singari) bo'lishi mumkin:

8-rasm

Yarim avtentik kadensiyalar yarim plagal kadensiyalardan ancha ustunlik qiladi, bu hol dominantaning roli va xususiyatlari bilan tabiiy ravishda bog'liqdir.

Avtentik va plagal kadensiyalar umumiy tugallik darajasiga qarab o'z navbatida mukammal va nomukammal kadensiyalarga bo'linadi.

Oxirgi tonikasi taktning kuchli hissasiga to'g'ri kelgan, asosiy tovushi melodik holatda joylashgan va yo D yoki S asosiy ko'rinishda kelgan (basdan D - T yoki S - T holidagi kadansli kvarta-kvinta bo'lgan) kadensiyalar mukammal kadensiya deyiladi.

Oxirgi tonikasi taktning kuchsiz hissasiga to'g'ri kelgan, tersiya yoki kvinta kuy holatida joylashgan, shuningdek D yoki S aylanmasidan keyingi izchillikda kelsa nomukammal kadensiya deyiladi:

T

9-rasm

Mukammal kadensiya umuman boshqa tekis vaziyatlarga qarab nomukammal kadensiyaga nisbatan xotimaning yuksak darajasini beradi. Shuning uchun ham ayrim vaqtlarda davriyaning birinchi jumlasi nomukammal kadensiya bilan, ikkinchi jumlasi esa mukammal kadensiya bilan tamomlanishi mumkin. Jumlalarning manashu xildagi xotimalarida biz kadensiyaning oddiy takrorinigina eshitib qolamiz; so'ngra akkordlarning tugallik darajasi xilma-xil bo'lishi tufayli, akkordlar tarkibining o'xshashligiga qaramay, bu kadensiyalar bir-birini to'ldiradi va bir-biriga bo'ysunadi:

V.A.Motsart, "Bahorga intilish"

T

10-rasm

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak musiqiy asar ma'lum bir shaklga ega ekanligini aniqlash uchun undagi musiqiy tuzilmalarning funksiya aloqalariga e'tibor berish

kerak bo'ladi. Shunda asar g'oyasining bayon etilish darajalarini, asarning qism shakllarini aniqlash hamda tahlil qilish ancha yengillashadi. Bu borada esa musiqiy asar go'yasining ilk bayoni ya'ni davriyaning qanday kadensiyalardan tashkil topganligi ahamiyatli o'ringa egaligini hisobga olish kerak. Musiqiy asarlarning kuylari bayon etiladigan qismi ya'ni davriyasidagi kadensiyalari quyidagi turlarga mansub qo'ladi:

4-jadval

Kadensiyalarning funksiya jihatidan farqlanishi

Mukammal -Ij1

Avtentik kadensiya: D - T Nomukammal jI-

Barqaror kadensiyalar Mukammal -Ij

Plagal kadensiya: S - T

Nomukammal jI-

To'liq kadensiya: S - D - T

Beqaror yoki yarim Yarim avtentik kadensiya: .. - D2

kadensiyalar Yarim plagal kadensiya: . . - S2

Yuqorida ta'kidlaganimizdek musiqiy asarlarni tahlil qilish jarayonini osonlashtirish maqsadida, ayniqsa kuylarning davriyalari qaysi turga mansubligini aniqlash 4-jadval asosida amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimjonovich K. U. et al. Sherna bakhshi's work and its place in sherobod school of friendship //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - Т. 25. - №. 4. - С. 13413-13417.

2. Khuramov U. K. Formation, development and history of harmony //Theoretical & Applied Science. - 2019. - №. 12. - С. 77-82.

3. Karimjonovich X. U. Important importance of elementary theory of music in the field of music education // Таълим ва ривожланиш тахлили онлайн илмий журнали. - 2022. - С. 200-204.

4. Khurramov U.K. Processes of formation of performance traditions in folk instruments // Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari. 2021. № 9. С. 186-192.

5. Rahimov Q. Musiqa nazariyasi. T. Musiqa nashriyoti, 2007.

6. Urmanova L., Trigulova A., Ibrahimjanova G. Musiqa nazariyasi. T. 2013.

1 " I "bu beldi takt chizig'ini anglatadi. "-" bu belgi shartli ravishda D yoki S funksiyasini, 'T' bu esa T funksiyasini anglatadi. Bundan ko'rinib turibdiki takt chizig'idan oldin kuchsiz hissa, takt chizig'idan so'ng kuchli hissadagi funksiyalarning joylashuvini bilib olishimiz mumkin.

2 Birinchi jumla yakuni bo'yicha

Пмта^^Н 204 http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.