Научная статья на тему 'MUSIQADA VARIATSIYA SHAKLINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

MUSIQADA VARIATSIYA SHAKLINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
816
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
variatsiya / mavzu / variant / musiqashunos / ta’rif / tahlil / musiqiy rivojlov / faktura / musiqiy ifoda vositalari. / variation / theme / variant / musicologist / definition / analysis / musical development / texture / means of musical expression.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sarvinoz Maxmutboyeva

Ushbu maqola musiqiy variatsiya mavzusiga bag’ishlangan. Unda variatsiyaning turlari va bir qancha musiqashunoslarning variatsiyaga ta’rifi keltirib o’tilgan. Bundan tashqari yosh o’zbek kompozitori Nurali Erkayevning “Вариации на тему Паганини” asari tahlili keltirib o’tilgan. Ushbu maqola musiqa bilim yurti talabalari doirasi uchun mo’ljallangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF VARIATION FORM IN MUSIC

This article is about music variation. It outlines the types of variation and the definition of variation by several musicologists. There is also an analysis of the work of young Uzbek composer Nurali Erkayev "Variations on the theme of Paganini." This article is intended for music school students.

Текст научной работы на тему «MUSIQADA VARIATSIYA SHAKLINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

MUSIQADA VARIATSIYA SHAKLINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Sarvinoz Maxmutboyeva

O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyi 2-kurs

o'quvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola musiqiy variatsiya mavzusiga bag'ishlangan. Unda variatsiyaning turlari va bir qancha musiqashunoslarning variatsiyaga ta'rifi keltirib o'tilgan. Bundan tashqari yosh o'zbek kompozitori Nurali Erkayevning "Вариации на тему Паганини" asari tahlili keltirib o'tilgan. Ushbu maqola musiqa bilim yurti talabalari doirasi uchun mo'ljallangan.

Kalit so'zlar: variatsiya, mavzu, variant, musiqashunos, ta'rif , tahlil, musiqiy rivojlov, faktura , musiqiy ifoda vositalari.

CHARACTERISTICS OF VARIATION FORM IN MUSIC

Sarvinoz Makhmutboeva

2nd year student of the Academic Lyceum for Gifted Children at the State Conservatory

of Uzbekistan

ABSTRACT

This article is about music variation. It outlines the types of variation and the definition of variation by several musicologists. There is also an analysis of the work of young Uzbek composer Nurali Erkayev "Variations on the theme of Paganini." This article is intended for music school students.

Keywords: variation, theme, variant, musicologist, definition, analysis, musical development, texture, means of musical expression.

KIRISH

Musiqada variatsiya shakli juda keng tarqalgan shaklardan biridur. Ko'p kompozitorlar variatsiya shaklida ijodini yuksaklantirgan. Glinka, Motsart ijodida ham variatsiya shakini uchratishimiz mumkin. Shu jumladan taniqli musiqashunoslar variatsiya, variatsiya shakli haqida o'z fikrlarini bildirib o'tganlar.

Misol uchun Rauf Qodirovning1 fikricha: "Variatsiya (lot. Variation - o'zgarish) -musiqa shakli va janr. Musiqa asari asosiy mavzusi, kuyi bir necha bor xar xil usul,

1 Rauf Qodirovning "Ommabop musiqiy glossariy " 22 bet

www.scientificprogress.uz

faktura ,tonallik , melodik, garmonik va b. o'zgartirish bilan qaytarilishi - variatsiya (variatsiya shakli) deb nomlanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kompozitorlar ijodida variatsiya (musiqa asarini ichida yoki alohida mustaqil asar) larga ko'p o'rin ajratiladi. Baletda variatsiya- katta bo'lmagan. Lekin texnik jihatida murakkab klassik raqsi, odatda "pa de de", "pa de truya" va boshqalarning qismi"

Sposobinning2 fikricha " Mavzu va variatsiyalar deb shunday shaklga aytiladiki , bunday shakl mavzuning dastlabki bayonidan hamda varuatsuyalar deb ataladigan, bir oz o'zgartirilgan takrorlaridan iborat bo'ladi. Mazkur shaklning sxemasi : A + A1+A2+A3+......

XVII asrda muayyan kuy tuzilmalarini basda ketma -ket aynan takrorlashga asoslangan variatsiyalar paydo bo"gan. XVIII asrda oxirida kelib esa basso ostinsto bilan bir qatorda variatsio shaklning yangi turi hisoblangan qat'iy (klassik) variatsiyalar shakllangan.

I.Akbarov esa o'zining " Musiqa lug'ati" kitobida variatsiya so'ziga ta'rif va tushuncha bergan. Variatsiyalar (lot, variation-o'zgartirish)- shakl jihatidan tugal musiqa asarining ba'zi bir o'zgarishlar bilan qaytarilishi. Mana shu o'zgartirilib qaytarilgan mavzu A deyiladi. Variatsiyali mavzu ,mavzu va variatsiyalar-variatsiya tuzilishidagi musiqa shakli. 3

MUHOKAMA

P. Chaykovskiy " Детский альбом" No_8 " Вальс" Variatsiya shaklida bironta mavzu beriladi va uning orqasidan mavzuning variantlari ketadi. Mavzu qanaqa bo'lishi mumkin? Mavzu xar hil bo'lishi mumkin 8 takt 10 takt yoki davriya shaklida bo'lishi ham mumkin. Asarning tahlili. Mavzu davriyasi 8 ta taktdan iborat 4+4 . Tanalligi : Es-dur o'lchovi % Tempi : Allegro assai. Xarakteri: valssimon Faktura: gamofon garmoniya akkordiviy . Tonallik jihatidan : bir tonallikli masshtab jihatidan kvadratli . Ushbu davryamizda IMT ni ham ko'rishimiz mumkin. ya'ni boshlanish ,rivojlov va yakunlov. Qatlamlarga bo'lingan. Ifodaviy vositalarga boy. Var14 asosiy mavzudan uzoqlashmagan , soprano ovozda ritmik yoyilish parchalanish yuzaga kelgan. Bas ovozda bo'lsa ritmik yig'lish xarakteri kuychaning .

2 Способин " Музкальный форма"

3 I. Akbarov " Musiqa lug'ati"

4 Variatsiya so'zining qisqartmasi " var"

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 4

www.scientificprogress.uz

Var2 bosh mavzuga yaqin bas ovozimiz ritmik parchalangan. Bas ostinatali kuychang ,

sokin o'ylanuvchan , tantanavor mavzuiylik mujassamlashgan. 5

O'zbek yosh kompozitori Nurali Erkayevning "Вариации на тему Паганини" asari

tahlili;

Variatsiyaning mavzusi tonallik - a moll , o'lchovi 2/4, tempi moderato davriyasi 16 ta takt kvadratli takrorlangan. 2 ta jumlaga bo'lingan. Ekspozitsion xarekteri kuychang . Fakturasi gamofon garmonik akkordiviy . Sopranpda kuy bas ovoz yig'iq. Sitakatolar liga, sekunda yurishlar, musiqaning ifodaviy vositalari hammasi o'z o'rnida kelgan. Ya'ni davriyada jamlangan. Qatlamlarga bo'lingan.

Varl oktavali ko'chishlar yuzaga keldi bosh mavzuni eslatib turibdi. Bas yoyildi , parchalandi. Bosh mavzuda kelgan akkordiviy tovushlarimiz var1 da yoyilib kelgani uchun soprano bilan bir birini to'ldirib kelyapti.

Var2 soprano ovoz yig'ildi bas esa ritmik parchalandi davomida bo'lsa soprano ritmik parchalanib bas ovoz yig'ildi. Garmonik jihatidan qo'shimcha alteratsiya begilar, xromatizm yutishlar o'zi o'rnida aks etgan.

NATIJA

Var3 xarakteri etyudsimon bos va soprano ovozlari baravar ritmik parchalanishga uchradi ya'ni rivojlandi. Qo'shimcha musiqiy bezaklar qo'shildi. Var4 bu umuman boshqacha bo'lib yangradi. Temp o'zgardi: lento. O'ylanuvchan og'ir sokin kuychang xarkterga ega.

Var5 juda ko'p qatlamlarga bo'lindi. Bas va sorano ovozlari akkordiviy , ritmik yig'ilgan bosh mavzudan uzoqlashdi lekin ba'zi joylarida ozgina bo'lsada bosh mavzuni eslatib turuvchi elemetlar bor.

Var6 temp o'zgardi Adagio . Tantanavor xarakterga ega. Bas ovozda ostinato pog'ona sakrashlar sekvensiya yurishlar. Bosh va o'rta qismlar mavzu parchalari rivojlantirilgan.

Var7 kuychang bas ovozda yuyilishlar ostinatalar etyudsimom yurishlar kelgan. Bu variatsiyamiz o'z navbatida tugallab beruvchi variatsiya hisobida kelgan. O'z ichida kodani ham mujassamlashtirib kelgan. Bundan tashqari o'zidan oldingi varatsiyalarni ma'lum 2, 3 taktidan foydalanib rivojlantirib kelingan,

Koda ( ital. coda, lot. Cauda - dum ) - musiqa asarining tonalligi va mazmun-g'oyasini tasdiqlovchi qo'shimcha xotima qismi.6 Variatsiyada 17 ta taktli koda mavzuni tasdiqlab beruvchi tugallovchi qism sifatida qo'llanilgan. Kodada soprano ovoz parchalanib , bas ovozda bo'lsa sekundakordlar kvintaakkord kvartaakkordlar almashinib qo'shimcha tasodifiy alteratiyali begilar bilan soprano ovoz bilan bir birini to'ldirib kelgan.

5 O'z.D.K huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyi o'quvchisi Maxmutboyeva Sarvinoz ijodiy ish muallifi

6 Rauf Qodirov " Ommabop musiqiy glossariy"

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 4

Xulosa .N.Erkayev variatsiyasi shaklini yevropa kompozitorlaridek ko'rsarib bera oldi. Induviduallikka boy milliyliklarni kvartakord kvintakkordlarni kiritgan. Variatsiyasi fortepiano cholg'u asbobi uchun yozilgan bo'lsada , o'zbek milliy ohanglarini eslatib turadi. N.Erkayev o'zbek kompozitorlari ham milliy mavzudagi variatsiyalar yoza olishini ko'rsatib bera olgan. Паганини shaxsini ko'rsatib beradigan mavzu bo'lsa ham milliy ohanglar variatsiyada bor. U yevropa an'analariga xos bo'lgan variatsiya shaklini muhirona tarzda ko'rsatib bergan.

XULOSA

Umuman olganda variatsiya shakli shunday qiziqarli shaklki, unda kompozitorlarni o'zini mahorati ,induvidualigini bemalol ko'rsatib bera oladigan o'ziga xos shakl deyish mumkin. Bu shakl tinglovchiga judayam yoqadigan shakl. Chunki takror tinglovchining ongida saqlanib qoladi. Bundan tashqari variatsiya shakli asrlar davomida sayqallanib mukammal ko'rinishiga yetib kelgan shakl hisoblanadi. Variatsiya shakli XVIII asrni boshalarida shakllangan bo'lsa hozir XXI asr mana shuncha asr o'tib o'zini chiroyli mukammal ko'rinishiga kelgan. Oldingi variatsiyalar bian xozirgi variatsiyalarni solishtirib ko'rsak ham bunga amin bo'lamiz.

REFERENCES

1. R.Qodirov "Ommabop musiqa glossariy"

2. I. Akbarov "Musiqa lug'ati"

3. Н . Эркаев "Вариации на тему Паганини"

4. П. Чайковский"Детский албом" No_8

5. В. Н. Холопва "Формы музыкальных произедений"

6. В. Способин "Музыкальный форма"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.