Научная статья на тему 'MULOQOT DAROMAD BOSQICHINING YOSH BILAN BOG’LIQ XUSUSIYATLARI'

MULOQOT DAROMAD BOSQICHINING YOSH BILAN BOG’LIQ XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
144
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muloqot bosqichlari / muloqot daromad bosqichi / til va jamiyat. / Communication stages / communication income stage / language and society.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muxtorova, Barno, Raxmonkulova, Maftuna

Ushbu maqolada muloqot va uning turlari hamda muloqot daromad bosqichining kasblar doirasida bir biridan farqi va o’xshash taraflari haqida so‘z borgan. Muloqotning kompazitsion bosqichlaridan adresant faoliyatidagi muloqot daromad bosqichiga alohida urg’u berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF COMMUNICATION LEVEL OF INCOME RELATED TO AGE

This article talks about communication and its types, as well as the differences and similarities of the income stage of communication within professions. Of the compositional stages of communication, special emphasis is placed on the income stage of communication in the activity of the addressee.

Текст научной работы на тему «MULOQOT DAROMAD BOSQICHINING YOSH BILAN BOG’LIQ XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

MULOQOT DAROMAD BOSQICHINING YOSH BILAN BOG'LIQ

XUSUSIYATLARI

Barno Muxtorova

Farg'ona Davlat universiteti o'qituvchisi Raxmonkulova Maftuna

Farg'ona Davlat universiteti (ingliz tili) yo'nalishi magistranti.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada muloqot va uning turlari hamda muloqot daromad bosqichining kasblar doirasida bir biridan farqi va o 'xshash taraflari haqida so Z borgan. Muloqotning kompazitsion bosqichlaridan adresant faoliyatidagi muloqot daromad bosqichiga alohida urg 'u berilgan.

Kalit so'zlar: Muloqot bosqichlari, muloqot daromad bosqichi, til va jamiyat.

This article talks about communication and its types, as well as the differences and similarities of the income stage of communication within professions. Of the compositional stages of communication, special emphasis is placed on the income stage of communication in the activity of the addressee.

Key words: Communication stages, communication income stage, language and society.

Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o'rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni jamiyatda yashash va o'zini shaxs deb hisoblash bilan bog'liq xususiyatni qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir. Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir birlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir.

Ya'ni, har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, o'qish, o'yin, ijod qilish va boshqalar) o'zaro munosabat va o'zaro ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishini, bir-birlariga turli xil ma'lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o'rni, ishlarining muvaffaqiyati, orttirgan obro'si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog'liqdir.

Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bo'lib, dastlabki bosqich -odamning o'z-o'zi bilan muloqotidir. T.Shibutani "Ijtimoiy psixologiya" darsligida: "Agar odam ozgina bo'lsa ham o'zini anglasa, demak, u o'z-o'ziga ko'rsatmalar bera

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

oladi"- deb to'g'ri yozgan edi. Odamning o'z-o'zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi.

Agar odam o'z-o'zi bilan hadeb muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o'zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak, o'zgalar bilan muloqot - muloqotning ikkinchi bosqichi va ko'rinishidir.

A.N.Leontev o'zining "Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning uchinchi shakli - avlodlar o'rtasidagi muloqotning ahamiyati to'g'risida shunday deb yozadi: "Agar barcha katta avlod o'lib ketganda, insoniyat turi yo'q bo'lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo'qolib ham ketishi mumkin edi". Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o'z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo'ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg'or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta'lim tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Olimlarning e'tirof etishlariga ko'ra "...nutqiy muloqotning to'g'ri va real amalga oshishi uchun kommunikantlar nutq momentiga qadar muayyan faktlar bilan tanish bo'lishi, umumiy vaziyat bilan bog'liq muayyan bilim va xabardorlikka ega bo'lishlari lozim. Ayni shu faktlar, bilimlar tilshunoslikda presuppozisiya nomi bilan umumlashtiriladi".

Jumladan, kimgadir nimadir demoqchi bo'lgan kishi, eng avvalo, adresantning u aytmoqchi bo'lgan gap presuppozitsiyasi bilan aloqadorligini inobatga oladi. Ya'ni, aytiladigan gapga aloqador voqelik bilan oldindan tanish bo'lgan adresat uchun adresantning asosiy fikrni bir yoki bir necha so'z orqali bayon etishi kifoya qiladi. Masalan, noma'lum sababga ko'ra biror yerdan kelishi kechikayotgan o'g'lini xavotirlik bilan kutayotgan ona uchun undan xabar olgani chiqib ketgan kishining "keldi" degan so'zining o'zi o'g'lining (boshqa birovning emas) kutilayotgan yerdan kelganligi haqidagi xabarni beradi.

Ammo adresat prosuppozitsiyadan mutlaqo bexabar, buning ustiga adresantning o'zi bilan ham notanish bo'lsa, u holda muloqotning to'g'ri va real amalga oshishi uchun adresantning gapni uzoqdan boshlashiga to'g'ri keladi. Shuning uchun "...inson o'z ijodiy faoliyatining barcha sohasida kompozitsiya to'g'risidagi muayyan printsiplarga amal qilishi ham bejiz emas.

Kishilar bunga ko'p vaqt ongda o'rnashib qolgan an'analar asosida, ongli ravishda, bazan esa go'zallik tuyg'usi ta'sirida beixtiyor amal qiladilar.... Jumladan,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

mutaxassislardan va musiqadan xabardor kishilardan boshqalar u qadar e'tibor bermaydigan kuyni bastakor "daromad", "dunasr", "miyonxat", "avj", "siporish" kabi pardalar orqali tinglovchi qalbi va shuuriga yetkazishga harakat qiladi.

Muloqotda adresant va adresatlar faoliyati funktsional farqlangani kabi kompozitsion jihatdan ham farqlanadi.S.Mo'minovning"O'zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xusisiyatlari" monografiyasida adresant va adresatlar faoliyatini kompozitsion jihatdan alohida - alohida tahlil etib quyidagi bosqichlarga ajratadi.

1. Adresant faoliyati bosqichlari:

1. Salomlashuv va murojaat bosqichi.

2. Tanishuv bosqichi.

3. Daromad bosqichi.

4. Muddao bosqichi.

5. Xotima yoki xayrlashuv bosqichi.

Adresat faoliyati bosqichlari:

1. Tinglash bosqichi.

2. Munosabat bildirish bosqichi.

Daromad bosqichi. "Daromad" fors-tojikcha so'z bo'lib, foyda ma'nosidan tashqari muqaddima, kirish tushunchalarini ham bildiradi va biror maqsadni anglatish uchun shu maqsad atrofida uzoqdan boshlangan gapni ifodalaydi. Masalan: "Shunaqa qilib, Narzini ham yubormoqchimisiz?" - dedi kampir, darrov gapning daromadini payqab" (H. Nazir, Mayoq sari)

O'zbeklar nutqida "Berdisini aytguncha shoshmay tur", "Tomdan tarasha tushganday gapirma" kabi naqllar qo'llanadi. Bu shundan dalolat beradiki, esini tanigan aksariyat o'zbek kommunikanti adresatga biror jiddiyroq fikrni aytishdan oldin uni suhbat mavzuiga ruhiy jihatdan tayyorlab olishga harakat qiladi.

A. Qahhorning " Muhabbat " qissasida ham Naimjon bu vaziyatda hech qanday daromadga o'rin yo'qligini ko'rib gapning po'stkallasini aytdi. Daromad shu matnda kirish so'zga yoki tayyorlovga ma'nolarida kelyapti. Sherali gapning daromadini topa olmay, Shahrinsoning qo'lini ushladi.

Daromad bosqichi nafaqat nutqda balki tasvirlanayotgan matnda ham bo'lishi mumkin bunda tasvirlanayotgan vaziyat biron bir tayyorgarlikni ochib beradi. Marg'uba taqinchoqlarini titib ko'rgani odamlar chiqib ketishini kutar edi,Buni sezib barcha chiqib ketdi. Komolxonov iltimosiga binoan "xo'p" degan javobni kutib,savol alomatiday gajak bo'lib turganda telefoni jiringlab qoldi.

Bu kabi tasvirlarni ingliz adabiyotida ham kuzatish mumkin xususan O. Genrining " The count and the wedding guest" nomli hikoyasida ham daromad bosqichi mavjud " All in black and that sad far away look and the golden hair shining

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

under the black veil" matnda kitobxonni o'lim vaziyatiga tayyorlash bosqichini ko'rishimiz mumkin. Muloqotdagi bu xususiyati deyarli barcha davlatlar uchun xos bo'lib , ma'lum bir mavzuda gapirganda tinglovchini gapning mag'ziga tayyorlab olish aytilgan gaplar tushuniladi.

Misol uchun insonga yomon xabarni yetkazish uchun aynan shu gapni o'zidan oldin ana shu insonni shu xabarga tayyorlab olinadi bunga misol qilib xalqimizda biror kimning yaqining o'limi haqidagi xabardan oldin aytiladigan ' Alloh sabr bersin' yoki ' Bu narsa har bir insonni boshida bor' kabi so'zlar tinglovchini ruhan bundan keyingi so'z nima haqida ekanligiga tahmin qilishga yordam beradi.

Misol uchun A. Qodiriyning 'O'tkan kunlar' romanida Yusufbek hojining Otabekga aytgan so'zlaridan parcha keltiradigan bo'lsak, " O'g'lim, hali sen

eshitdingmi, yo'qmi haytovur biz sanining ustingdan bir ish qilib qo'ydiq....."

Aynan shu jumla orqali Yusufbek hoji o'g'lini diqqatini muhim bir masalaga qaratmoqchi bo'ladi.

A. Qahhorning " Muhabbat" qissasida Marg'uba dalda berish uchun " Hammaning ham ota va onasi o'ladi " shu jumla bilan tinglovchiga xabarga qisman tayyorlaydi va tasali beradi.Ingliz adabiyotida esa O. Genrining " Girl" hikoyasida " I have something to tell you" said Hartley to the girl. Men senga bir narsa aytmoqchiman, shu jumla orqali Hartey qizni jiddiy bir mavzuga tayyorlayapti.

Muloqot - odamlar o'rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o'zoro ta'sirning yagona yo'lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo'lgan aloqalarni o'rnatish va rivojlantirishning murakkab , keng qamrovli jarayondir.

A. Qahhorning " Mahalla" nomli hikoyasida otaxonga cho'tkachi " Xafa bo'lmay yuribsizmi otaxon, Kampir onam alomat odam edilar" deb aytdi.

Bundan tashqari Abdulla Qahhorning yana bir mashhur qissalaridan xisoblanadigan "Sinchalak"qissasini oladigan bo'lsak, undagi berilgan ba'zi bir jumlalar bor, Nosirov Saidaga "Bo'ston" partiya tashkilotining sekretarligiga tavsiya qilinganligini aytish uchun gapni uzundan uzoq daromaddan boshlaydi, ya'ni Qalandarov haqidagi ma'lumotlar va uning fe'lidagi o'ziga xosliklardan gapira ketadi. Saida endi xonadan chiqib ketmoqchi bo'lib turganda esa unga " Men sizga aytmoqchi bo'lgan gapimni hali aytganim yo'q, bu gaplar hammasi daromad edi deb aytadi.Bu orqali esa Saidaga muhim bir gapni aytish oldidan unni aynan shu vaziyatga tayyorlaydi.

Umuman badiiy asarlarda ham kundalik hayotda ham daromad bosqichiga ko'plab misollarni ham topish mumkin. Saida o'zining mansabga ko'tarilganligini

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

aytish uchun To'tinsoga aytgan gaplarini misol qilish mumkin. Saida daftarni yopib, uzun daromaddan keyin voqeani aytib berdi ya'ni daromad keyin bu degani xolasiga bo'lib o'tgan voqeani aytib bergandan so'ng.Saida va Qalandarov suhbat paytida Saidaga ikki qo'chqorning kallasi bitta qozonda qaynamasligini aytadi shunda Saida darrov gapning daromadini payqab " meni ketgin demoqchimisiz " deb aytadi aynan shu gap ham daromad bosqichiga yaqqol misol bo'la oladi.

Odatda yoshlar kattalarga dalda berganda ishlatiladigan so'zlari ham qisqa va lo'nda bo'ladi, bunga misol qilib P.Tursunning "O'qituvchi" romanidagi shu matini keltiraman." Bandalikda opa.Eringiz shu choyxonada bir kechayu kunduz inqillab yotdi. Raxm qilib, eshigimga olib ketdim. Ayvonga joy qilib yotqizib qo'ydim. Achchiqina xo'rda qildirib berdim. Ajali yetgan ekan. Bir kun yotib,ertasi kechasi qazo qildi" . Bu kabi misollarni ko'plab kuzatish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. A. Qahhor." Sep" hikoyasi.T.2018.195.b

2. A. Qahhor " Muhabbat" qissasi T. 2018. 30 b

3. A.Qahhor . Qissa va hikoyalar to'plami. T. 2018. 70-b

4. Mahmudov N. Presuppozitsiya va gap // O'zbek tili va adabiyoti, 1985, 6-son,

5. Adabiyot nazariyasi akademik M.K. Nurmuxamedov taxriri ostida 1-tom,Toshkent : Fan,1978,246-b5.

6. S. Mo'minovning "O'zbek muloqot xulqining ijtimoiy lisoniy xusisiyatlari "monografiyasi. Farg'ona, 2021-y. B 63

29-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.