MUHIT OMILLARINING POPULYATSIYAGA TA�SIRINI QISQACHA O�RGANISH
Kanalova Sug�diyona Davronbek qizi
Yunusova Dilnura Umidjon qizi
ADPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo�nalishi 2-bosqich talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7886800
Qabul qilindi: 02.05.2023
Annotatsiya: Ushbu tezisda muhit omillarining hayvonlar populyatsiyasi tarkibiy qismlari, tuzilmalari va hayvonlar populyatsiyasining statistik ko�rsatkichlariga ta�siri to�g�risida ma�lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga biologik xilma-xillikni saqlash bilan bog�liq muammolarga duch kelish uchun tadqiqot guruhining populyatsiya ekologiyasi va muhit omillarining populyatsiyaga ta�siri to�g�risida aniq ma�lumotga ega bo�lish kerak deb hisobladik.
Abstract: This thesis presents information on the influence of environmental factors on the components, structures and statistical indicators of animal populations. At the same time, the population ecology of the research group to face the problems related to the preservation of biological diversity. and we felt that it is necessary to have accurate information about the effect of environmental factors on the population.
Kalit so�zlar: muhit, edafik, populatsiya, biotik, optimum zona, pessimum zona, evribiontlar, kosmopolitlar, karaxt.
Key words: environment, edaphic, population, biotic, optimum zone, pessimum zone, evrybionts, cosmopolitans, karakht.
ASOSIY QISM.
Muhit � quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud bo?lib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur bo?lgan elementlar yoki omillardan: yorug?lik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga bo?ladi.
Muhitning tirik organizm, populatsiya, tabiiy jamoalarga ta�sir ko�rsatadigan fizik-kimyoviy, biologik shart-sharoitlari (elementlari) ekologik omillar deyiladi. Ko�pchilik ekologik omillar � harorat, namlik, shamol, yog�ingarchilik miqdori, oziq miqdori, yirtqichlar va parazitlar soni kabilar o�zgaruvchan omillar hisoblanadi. Bu omillarning o�zgaruvchanlik darajasi muhitning xususiyatlari bilan bog�liq. Masalan, quruqlikda tez-tez o�zgarib turadigan havo harorati okean qa�rida va g�orlarning tubida deyarli o�zgarmaydi. Yirtqich sutemizuvchilar tanasida parazitlik qiladigan organizmlar uchun oziq zaxirasi yetarli bo�lsa, erkin yashovchi yirtqichlar uchun oziq zaxirasi o�ljasining soniga bog�liq bo�ladi. Muhit omilining yetishmasligi ham, me�yordan ortib ketishi ham tirik organizmlar hayot faoliyatining o�zgarishiga olib kelishini yuqoridagi misollarda ham ko�rsak bo�ladi. Har qanday populyatsiya o�zi yashayotgan hududni eng qulay ekologik zonasida yashaydi, bu zona biologik optimum yoki optimum zonasi deyiladi. Optimum zonasidan og�ish, ya�ni chetga chiqish noqulay hayot zonasi (pessimum zona)ni belgilaydi. Og�ish qanchalik kuchli bo�lsa, omilning populyatsiyalarga noqulay ta�siri ko�proq namoyon bo�ladi. Ekologik omilning tez suratda o�zgarishiga qaramay o�z hayotchanligini saqlab kelayotgan populyatsiya tarkibidagi organizmlar-evribiontlar (yunoncha �eurys� � keng, �biontos� � yashovchi) deyiladi. Masalan, kosmopolit turlar muhitning o�zgaruvchanligiga keng doirada moslanuvchan bo�ladi. Kosmopolitlar � keng tarqalgan, ya�ni Yer yuzining juda katta hududlarini egallagan turlardir. Masalan, kalamushlar, suvaraklar, pashshalar, burgalar kosmopolitlar sanaladi.
Tirik organizmlar har bir omilga nisbatan alohida moslashadilar. Organizmlarning alohida bir omilga nisbatan chidamlilik darajasining yuqori bo�lishi, uning boshqa omillarga ham chidamli ekanligini anglatmaydi. Masalan, havo haroratining vaqtinchalik pasayishiga bardoshli, lekin bu vaqtda karaxt holatga o�tadigan ayrim mayda hasharotlar havo namligining keskin pasayishini ko�tara olmay, tez nobud bo�ladi. Ba�zan ekologiya populyatsiyadagi organizmlar va atrof-muhit o�rtasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini o�rganadigan umumiy va bir qancha xususiy bo�limlarga bo�linadi va populyatsiyadagi biologik xilma-xillikni saqlash uchun populyatsiya tarkibiy qismlarining atrof muhit omillariga moslashishini ko�rishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. To�xtayev A.S. Ekologiya. T., �O�qituvchi�1998.
2. Qodirov E.B. va boshqalar. Tabiiy muhitni muhofazalashning ekologik asoslari. T., �O�zbekiston�, 1999.
3. �������� �.�. � ������ �������� ��������. �.: ��������, 1938.
4. �������� �.�. � ������ ��������. ��?������� 2003 �.