Научная статья на тему 'INSON EKOLOGIYASI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI BIOSFERA'

INSON EKOLOGIYASI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI BIOSFERA Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
9041
255
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Antropoekologik sistema / adaptiv tiplar / ekosistema / agrobiotsenoz / urbanotsenoz / biologik tizim / biokimyoviy sikl / genetik monitoring / biosfera / migratsiya / radiatsiya

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Uralova Palina Nurali Qizi, Nazarova Gulchehra Xamrakulovna

Inson ekologiyasi – antropoekologik sistemalarning kelib chiqishini, yashash sharoitini, rivojlanishini hamda atrof – muhit bilan bo’lgan munosabatini o’rganadigan bo’lim hisoblanadi. Antropoekologik sistema bu – muhit bilan dinamik munosabatda bo’lgan va shu muhitdan o’z ehtiyojlarini qondirib kelgan ongli jamoa tizimidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON EKOLOGIYASI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI BIOSFERA»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES | (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. INSON EKOLOGIYASI VA UNGA TA'SIR ETUVCHI BIOSFERA

Uralova Palina Nurali qizi

Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti talabasi Ilmiy rahbar: Nazarova Gulchehra Xamrakulovna

Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi assistenti

ANNOTATSIYA

Inson ekologiyasi - antropoekologik sistemalarning kelib chiqishini, yashash sharoitini, rivojlanishini hamda atrof - muhit bilan bo'lgan munosabatini o'rganadigan bo'lim hisoblanadi. Antropoekologik sistema bu - muhit bilan dinamik munosabatda bo'lgan va shu muhitdan o'z ehtiyojlarini qondirib kelgan ongli jamoa tizimidir.

Kalit so'zlar: Antropoekologik sistema, adaptiv tiplar, ekosistema, agrobiotsenoz, urbanotsenoz, biologik tizim, biokimyoviy sikl, genetik monitoring, biosfera, migratsiya, radiatsiya.

Inson hayotning har bir jabhalarida ongli ravishda rivojlanib kelayotgan ekan, uning tashqi muhitga bo'lgan munosabati bilan bog'liq holda kechadi. Antropoekologik sistema odam paydo bo'lgandan boshlab, hozirgi kungacha o'z dinamik muvozanatini ko'rsatib kelmoqda. Bu tabiiy muhit bilan inson o'rtasida 2 xil ta'sir yuzaga keladi: 1. Muhit ta'sirida biologik va ijtimoiy munosabat o'zgaradi; 2. Inson ehtiyojilarini qondirish uchun muhitning o'zi ham o'zgarib boradi.

Inson ekologiyasi fani nima uchun kerak va u nimalarni bajarmog'i lozim? Bu savolga uning vazifalari javob beradi:

- Yashash muhitini idora qilishning usullarini ishlab chiqish.

- Tabiat zahiralaridan oqila foydalanish chora - tadbirlarini ishlab chiqish.

- Insonlarning yashash muhitlarini optimizatsiyalash choralarini o'rganish.

- Insonlarning yashash muhitiga ekologik adaptatsiyani o'rganish.

Inson ekologiyasida ilmiy - texnikaviy revolyutsiya ham yotadi. Bu insoniyat tarixining faqat 1%iga teng, qolgan 99%ini asosan iqlim, alimentar omillar, biologik omillar, geokimyoviy jarayonlar tashkil etadi. Bu inson ekologiyasining differensiatsiyasiga, ya'ni adaptiv tipga olib keladi.

Adaptiv tip - "adaptatio" ma'nosidan kelib chiqqan bo'lib, insonni ma'lum bir muhitga morfologik, immunologik, geografik, biokimyoviy jihatdan eng yaxshi moslashgan reaksiya normasidir. Buning negizida o'zgaruvchanlik yotadi. O'zgaruvchanlik tashqi muhitga moslashib embrion davridan boshlab yashayotgan muhitiga moslashish demakdir. Adaptiv tipga quyidagilar kiradi:

Arktik adabtiv tipi - sovuq iqlim, asosan oziq - ovqat mahsulotlaridan hayvon mahsulotlari ko'pligi sharoitida moshlashgan. Harakterli xususiyatlariga suyak -

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. muskul sistemasining yaxshi rivojlanganligi, suyaklarda mineral moddalar miqdorining ko'pligi, qonda gemoglobin miqdorining yuqoriligi, termoregulyatsiyaning yaxshi rivojlanganligi, xolesterin miqdorining ko'pligi, lipidlarning yaxshi oksidlanishi, ko'krak qafasining hajmi kengligi kabilar kiradi.

Tropik adaptiv tipi - jazirama va nam iqlim, ovqat ratsionida esa hayvon mahsulotlari kam uchraydi. Bu tipdagi xususiyatlarga quyidagilar kiradi: somatik ko'rsatkichlar turlicha bo'lishi, muskul massasining kamligi, oyoq - qo'llarning uzunligi, kuchli ter ajralishi, asosiy va yog' almashinuvining sustligi va qonda xolesterin miqdorining kamligi kabilardir.

Cho'l - sahro adaptiv tipi - quyosh radiatsiyasi o'ta kuchli, quruq, jazirama, kontinental iqlim sharoitlarida shakllanadi. Xususiyatlariga issiqlikning uzatilishi yuqoriligi, suv ko'p iste'mol qilinishi, ter bezlarining yaxshi rivojlanganligi kabilar kiradi.

Tog' adaptiv tipi - atmosfera bosimi past, kislorodning parsial bosimi kam, sovuq, gipoksiyaning mavjudligi, ovqat ratsionining nisbatan bir xilligi kuzatiladi. Bu tipning o'ziga xos xususiyatlariga esa eritrotsitlarning soni, gemoglobin miqdorining yuqoriligi, qonda kislorod sig'imi yuqori bo'lishi, gaz almashinuvi esa yengil kechishi kabilar kiradi.

Tabiiy muhitda inson ekologiyasi bilan birgalikda o'simliklar, hayvonlar hamda sun'iy ekologiya mavjuddir. Ularni esa ekosistema birlashtirib turadi. Ekosistemaning tarkibida faqatgina jonli mavjudotlar tashkil etibgina qolmasdan, jonsiz tabiatning ham barcha qirralari tarkib topgan. "Ekosistema" tushunchasini birinchi bo'lib angliyalik biolog olim A.Tensli 1935 - yilda fanga kiritdi va yunoncha "oykos" - yashash joyi, sistema - uyushma degan ma'noni anglatadi. Ekosistema bu Yer yuzining asosiy tabiiy birliklari demakdir. Ekosistemani biz mavzudan chetlashmagan holda, antropoekosistemaga to'xtalamiz. Antropoekosistema insonlar jamoasidan tashkil topgan bo'lib, 2ta turga bo'linadi:

- Agroekosistema (yunoncha "agros" - dala) - turlar tarkibi cheklangan bo'lib, o'simlik va hayvon turlarining xilma - xilligi bilan shahar ekologiyasidan ancha farq qiladi. Bu ekosistemada o'simliklarning turlichaligi yerning kengligi hamda almashlab ekishning mavjudligi odam organizmining fiziologik o'zgarishlariga mehnat unumdorligini, og'irligini va qancha energiya sarflangaligini belgilab beradi. Hayvon turlarining xilma - xilligi esa zararli tomonini olib qaraganda, infeksion va surunkali kasalliklarning tarqalishiga zamin yaratadi. Bularga misol qilib, tibbiyot nuqtai nazaridan antropozoonozlar (exinokokkoz, trixinelloz), geogelmintozlar (askaridoz, ankilostomoz), biogelmintozlar (shistosamoz)ni aytishimiz mumkin. Ularning morfologiyasini, profilaktikasini hamda davolash uslublarini o'rganib chiqish inson organizmiga foydali tomondan qaragan bo'lamiz.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

- Ubanoekosistema (lotincha "urts" - shahar) - inson tomonidan sun'iy yaratilgan va boshqariladigan ekosistema hisoblanadi. Bu ekosistema tabiiy va sun'iy komponentlaróan tashkil topgan bo'lib, tabiiy komponent^ (yoгug'lik, suv, havo, tupгoq, zambuгug'laг, mikгooгganizmlaг, hayvonlaг, o'simliklai) nisbatan kamroq, asosan sun'iy komponent^ (sanoat koгxonalaгi, aгxitektuгa quгilish obyektlari, dam olish va yashash joylari) ko'pгoq uchraydi. Sun'iy komponentlaг tabiiy komponentlarning ishlanmasidan tashkil topib, inson tomonidan yaratilgan komponentlardir. Inson tomonidan yaratilgan ikkinchi komponent ko'pgina yirik shahañaráa abiotik va biotik qismla^a sezilaгli daгajada ta'siг ko'гsatib kelmoqda. Jumladan, shaharlarda sanoat korxonalari hamda avtotransport tizimlarining gaz bilan to'lishi, ko'pgina hayvon va o'simliklaT tunning kamayishiga, kartonat angidiгid va is gazining ortishi ularning zaharlanishiga va yana bir qancha tuproq unumdorligining pasayishi, ta^ibining sho'rianishi, suvda chiqindilaming oгtib boгishiga olib kelmoqda. Shahar tarmoqlariga antennalaг va aloqa vositalarining o'matilishi shovqinning ko'payishiga, inson asab tizimining faoliyatiga va yovvoyi hayvonlami cho'chitib yuboгilishiga sabab bo'lmoqda, bu agraeksistemadan 1,5 - 2 baravar yuqori ko'reatkichga ega. O'simlik va sut mahsulotlarining nisbatan kam iste'mol qilinishi, tug'ilish ko'reatkichi ancha pastligi bilan odamga zararii oqibatlami olib keladi. Buni oldini olish maqsadida texnologik nazariyadan kelib chiqqan holda, quyosh batareyalari va energiyani nisbatan kamroq sarflaydigan yoritish uskunalaridan foydalanilmoqda. Sanoat korconalarida ishlab chiqarishni oqilona yo'llarini ishga tushirishga harakat qilishmoqda.

Tabiatda biotik va abiotik qismlar umumiy bitta biologik tizimni tashkil etadi. Biologik tizim o'z - o'zini hosil qilish hamda o'zining dinamik muvozanatini teskari aloqa signallariga muvofiqlashtirishdan iboгat. O'z - o'zini hosil qilish deganda, biologik, kimyoviy hamda fizik ichki va tashqi ta'siriaT natijasida vujudga kelgan Ыг yangi organizmni tushunishimiz mumkin. Biotik qismlarga yuqorida sanab o'tganimizdek, tirik oгganizmlaг kiгadi. Abiotikka esa o'sha tiгik oгganizmlaгning hayot faoliyatini qondiruvchi tuproq, suv, havo, quyosh va boshqalar kiradi. Bu ikkalasi insonning foydasi uchun, dinamikasi uchun zarur bo'lgan omillar hisoblanadi. Biotik omillaming o'zi yana ikkiga bo'linib, geteгotгof va avtotгoflaгdan tashkil topadi. Getem^!7^ boshqa biг o^anizmaing faoliyati natijasida hosil bo'lgan ene^iyani o'ziga toгtib olish xususiyatiga ega o^tizm^d^. Avtotгoflaг esa o'z kuchi bilan abiotik qismlaráan foydalangan holda o'z ene^iyasini hosil qiladi. Цкг biг - biri bilan munosabatda bo'lishi ozuqa zanjirini yuzaga keltiradi. Ozuqa zanjiгining eng oliy toifasiga inson kiradi. Chunki u ongli ravishda yaratilgan mavjudot hisoblanadi.

Biokimyoviy sikl tirik organizmlarning barchasi organik va noorganik moddalarni talab qiladi. Bu uchun tabiatning biotik va abiotik qismlarining elementar va molekulyar moddalari keгak bo'ladi. Misol sifatida fosfomi olaylik. Bu

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. ene^iyaning univereal manbai bo'lgan ATF (adenozintrifosfat) va nukleotidlaming sintezlanishi uchun zamin yaratadi. Azot nitrifikator bakteriyalarning faoliyati, nuklein kislota hamda oqsil bo'lgan moddalaming sintezlanishi uchun kerak bo'ladigan asosiy elementdir. Kislorod organizm nafas jarayonlarida faol ishtirok etadi. Karbonat angidrid va suv o'simliklaming fotosintezatoг funksiyasi uchun zaim omildiг. Bu elementlarning barchasi bir - biriga uzviy гavishda bog'langandir Bunday bog'liqlikka biokimyoviy sikl deyiladi.

Genetik monitoring - bu atrof - muhit za^li omillaгini, mutagen ta'siriami hamda tiгik oгganizmlaгda o'lim va yarim o'limga olib keladigan holatlami aniqlash, nazorat qilish, populyatsiya yoki tur tarkibida uchraydigan irsiy kasalliklarni tahlil qilish va aniqlashda bir necha usullarni ishlab chiqish degan tushunchadir. Genetik monitoгing quyidagi tadbiriaMa keng ko'lamda foydalaniladi:

- Tibbiy statistik ma'lumotlaráan foydalangan holda genetik yukni aniqlash;

- Dominant mutatsiyalar fenotipini aniqlash;

- Mutant oqsillarni aniqlash uchun qon zardobida oqsillarni elektroforez usulida o'гganish;

- Spontan abortla^ o'lik tug'ilisЫaг, chala tug^lishla! va tug'ma nuqson bilan tug'ilganlami sitogenetik usul bilan tekshirishdan iboratdir.

O^anizm o'zini nazorat qilib turishi, dinamik muvozanatini haг qanday muhit sharaitlarida saqlay olishi, bu uning salomatligini musbat tomonga o'zgarishini maqsadga muvofiq deb bilishimiz mumkin.

Biosfera - hayot paydo bo'lgandan boshlab bugungi kungacha bo'lgan barcha tiriklik sistemalaгining va unga bog'liq bo'lgan abiotik muhitning jabhalarini qamгab oladi. Biosfera atamasini fanga birinchi bo'lib, Jan Batist Lama^ kiгitgan, u lotincha "bio" - hayot, "sphera" - shar, yer degan ma'noni anglatadi. Biosfeгaning biгligi biogeotsenozdiг. Biogeotsenoz esa ekosistema^ yig'indisidan tashkil topgan bo'lib, unda ozuqa zanjiri, biologik sistema, genetik almashinuv, nasllarning gallanishi va yana bir qancha jarayonlar amalga oshadi. Biosfera, avvalo, jamiki yirik mavjudotlaming eng kichik biriigi bo'lmish hujayгadan kelib chiqqan. Bora - bora inson biosferadan o'ziga qulaylik tomonlarini yaгatishga kiгishgan. Mezolit, neolit davrlarida odamlar oddiylikdan murakkablikka harakat qila boshlagan. Biosfera bilan bog'liq holda atmosfera, litosfera, gidrosferalar munosabatda bo'lishadi. Bunday munosabat murakkab kategoriyalar, olimlarning nazariyalari, filosoflarning ongli ravishdagi fikr va xulosalari hamda texnologlarning yaratgan texnologiyalari insonni baгcha qiггalaгini qondirib kelmoqda. Inson tabiatga qanday munosabatda bo'lsa, tabiat ham unga shunday javob qaytaradi!

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. P.X.Xoliqov, A.Q.Qurbonov, A.O.Daminov, M.V.Tarinova "Tibbiy biologiya va genetika" Toshkent 2018-yil

2. T.E.Ostanaqulov, I.X.Xamdamov, I.T.Ergashev, K.Q.Shermuxammedov "Biologiya va genetika" Toshkent 2014-yil

3. K.N.Nishonboyev, J.N.Hamidov "Tibbiy biologiya va genetika" Toshkent 2005 - yil

4. P.S.Sultonov "Ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish asoslari" Toshkent 2007 - yil

5. T.Raximov, Tilovov "Inson ekologiyasi" Qarshi 2015 - yil

6. Internet sahifalari

7. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

8. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

9. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

10. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.