Научная статья на тему '“MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI” FANINI O’QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

“MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI” FANINI O’QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
615
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
pedagogik texnologiyalar / interaktiv metodlar / axborot texnologiyalar. / pedagogical technologies / interactive methods / information technologies.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D T. Po’latova

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar,innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundankunga kuchayib bormoqda,bunday bo’lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiya ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, xato hulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchi lik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi –talaba asosiy figuraga aylanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING THE SUBJECT "ENGINEERING AND COMPUTER GRAPHICS"

Nowadays, there is a growing interest in the use of interactive methods, innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process, one of the reasons for which is still traditional teaching. While students are taught to acquire only ready-made knowledge, modern technology teaches them to search for, independently study and analyze the knowledge they have acquired, and to draw their own conclusions. In this process, the teacher creates conditions for the development, formation, acquisition and upbringing of the individual, and at the same time acts as a manager, a guide. The student becomes a key figure in the learning process.

Текст научной работы на тему «“MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI” FANINI O’QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

www.scientificprogress.uz

"MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI" FANINI O'QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

D. T. Po'latova

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar,innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan- kunga kuchayib bormoqda,bunday bo'lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiya ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, xato hulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchi lik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi -talaba asosiy figuraga aylanadi.

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar, axborot texnologiyalar.

USE OF INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING THE SUBJECT "ENGINEERING AND COMPUTER GRAPHICS"

D. T. Polatova

Almalyk branch of Tashkent State Technical University

ABSTRACT

Nowadays, there is a growing interest in the use of interactive methods, innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process, one of the reasons for which is still traditional teaching. While students are taught to acquire only ready-made knowledge, modern technology teaches them to search for, independently study and analyze the knowledge they have acquired, and to draw their own conclusions. In this process, the teacher creates conditions for the development, formation, acquisition and upbringing of the individual, and at the same time acts as a manager, a guide. The student becomes a key figure in the learning process.

Keywords: pedagogical technologies, interactive methods, information technologies.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

KIRISH

Hozirgi davr talabi ham kelajakka komil inson etkazib berishdir.Har bir o'qituvchi o'z ustida ishlab, mashg'ulotlarga kirganida o'zi yonib dars o'tsa, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars jarayonini qiziqarli olib borsa, o'quvchilarni jalb qila olsa, albatta kutilgan natijaga erishiladi [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"BLIS - O'YIN" texnologiyasi talabalarni xarakatlar ketma- ketligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan predmeti asosida ko'p hilma-hil fikrlardan, ma'lumotlardan keragini tanlab olishni o'rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida talabalar mustaqil fikrlarini boshqalarga o'tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to'liq sharoit yaratib beradi.

Ushbu texnologiyaning maqsadi - talabalarga tarqatilgan qog'ozlarda ko'rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so'ngra o'z fikrini boshqalarga o'tkaza olish yoki o'z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfîkir bo'la olishga yordam beradi [2].

Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o'tkaziladi:

1 - bosqich; O'qituvchi ushbu trening bir necha bosqichda o'tkazilishi haqida talaba larga tushuncha beradi.Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, talabalar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi. O'qituvchi hamma talabalarga alohida tarqatma material beradi va talabalardan ushbu materialni sinchiklab o'rganishlarini so'raydi. O'qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi, ya'ni tarqatma materialda berilgan 15ta harakatni ketma - ketliggini to'g'ri belgilash kerakligi, belgilash esa qog'ozdagi alohida ajratilgan bo'limga raqamlar bilan ko'rsatilishi kerakligini tushuntiradi. Qo'yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.

2 - bosqich; O'qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir talaba tomonidan yakka tartib da bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi yoki qaytadan tushuntiradi.

Har bir talaba tarqatma materialdagi "YAKKA BAHO" bo'limiga shu erda berilgan harakatlardan o'zini shahsiy fikri asosida mantiqiy ketma- ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya'ni berilgan 15ta harakatdan, uning fikricha qaysi biri birinchi bo'lishi, qaysi biri esa ikkinchi va hakazo. Bu vazifani bajarish uchun o'qituvchi talabalarga 10 daqiqa vaqt beradi [3].

3- bosqich; O'qituvchi talabalarni 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so'raydi. 3 kishilik guruhlar talabalarning hohishlariga qarab yoki raqamlar bo'yicha tashkil etilishi mumkin;

Kichik guruhlardagi talabalarning har biri o'z qog'ozidagi yakka baho bo'limida belgilangan harakatlar ketma - ketligi bilan bir- birlarini tanishtiradilar, keyin 3 kishida

3 hil bo'lgan ketma - ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan tortishib, bir-birlariga ta'sir o'tkazib, o'z fikirlariga ishontirib kelishgan holda bir muqimga kelib ularga tarqatilgan qog'ozdagi "GURUH BAHOSI" bo'limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar [4].

O'qituvchi kichik guruhdagi talabalar munozarasida ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va har bir talaba faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.

4- bosqich; Barcha kichik guruhlar o'z ishlarini tugatgach, o'qituvchi harakatlar ketma -ketligi bo'yicha to'g'ri javobni beradi, ya'ni talabalardan ularga tarqatilgan qog'ozlar dan "TO'G'RI JAVOB"ni topishni va unga o'qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so'raydi.

5- bosqich; O'qituvchi "TO'G'RI JAVOB" bo'limida berilgan raqamlardan"YAKKA BAHO" bo'limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha) ya'ni kattadan kichikni ayirgan holda "YAKKA XATO" bo'limiga chiqqan farqni yozishni so'raydi "YAKKA BAHO" bolimidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo'shib chiqib umumiysini hisoblashlari kerakligini uqtiradi.

6- bosqich; Huddi shu taribda "TO'G'RI JAVOB" va "GURUH BAHOSI" o'rtasidagi farq kattadan kichigi ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni "GURUH XATOSI" bo'limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo'shiladi va umumiy son keltirilib chiqariladi.

7-bosqich; O'qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo'yicha tushuncha beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi.

ASOSIY QISM

"YAKKA XATO" bo'limidagi umumiy sonlarning sharhi:

Agar yakka xatolar soni 30 tagacha bo'lsa, bundan talabalarda tashkilotchilik, konstruktivlik etarli ular mustaqil ravishda har bir ishni tashkil eta oladilar, turli sharoitlardagi harakatlar vaqtida mantiqan ularning ketma -ketligini tashkil eta oladilar.

Agar yakka xatolar soni 30 dan 40 gacha bo'lsa, bunday talabalarda tashkilotchilik qobiliyati etarli emas, biron bir ishni yoki faoliyatni tashkil etishlarida qiynaladilar yoki pala-partishlikka yo'l qo'yadilar. Shuning uchun ular alohida kurslarda o'qishlari yoki mantiqan fikrlashga o'rganishlari kerak bo'ladi [5].

Agar xatolar soni 40 dan yuqori bo'lsa, bunday talabalarda tashkilotchilik,mantiqiy fikrlash qobiliyati etarli emas ular o'z ustilarida ishlashlari kerak bo'ladi yoki maxsus treninglar,kurslarda o'qishlariga to'g'ri keladi.

"GURUH XATOSI" bo'limidagi umumiy sonlarning sharhi:

Agar xatolar soni 30 gacha bo'lsa bu guruhdagi talabalar bir- birlarini tushunishga harakat qilganlar,bir-birlarini ishontira olganlar va natijada bir hil natijaga erishganlar. Demak guruhda samimiy munosabat o'rnatilgan,fikrlar bir joydan chiqqan.

Agar guruhning xatolar soni 30 tadan 40 tagacha bo'lsa bu guruhda talabalarning bir muqimga kelishlari qiyin bo'lgan,tortishuvlar yuzaki yoki ishonarsiz bo'lgan, yoki guruh a'zolari bir-birlarini tushunishga sust holda intilganlar yoki vazifaga be'parvoroq bo'lganlar, yoki bir-birlarini hafa qilib qo'yishdan cho'chiganlar yoki guruhning barcha a'zolari yuzaki holda kelishishganu, aslida esa har kim o'z fikrida qolgan bo'lishi mumkin.Samimiy munosabat bu guruhda o'z aksini topmagan [6].

Agar guruh hatosi 40 dan ortiq bo'lsa bu guruhdagilar umuman bir - birlari bilan kelisha olmaganlar.O'zaro ishontirish bo'lmagan.Har kim o'z fikrida qolgan.Samimiy munosabat o'rnatilmagan [7].

Izoh: Bajarilgan vazifani to'g'ri bajarishning yana bir turi,quyidagi talabalarning javoblari o'qituvchi tomonidan berilgan "TO'G'RI JAVOB" ning yarmidan ko'piga to'g'ri kelgan bo'lsa "qoniqarli", 75%ga to'g'ri kelgan bo'lsa "yahshi", 100%ga to'g'ri kelgan bo'lsa "a'lo" deb baholash mumkin [8-11].

Misol uchun "Ish chizmasini chizish tartibi" mavzusini " blis-o'yin" metodi bilan o'tish mumkin.Bu metod uchun 1 soat vaqt ketadi.

BLIS - O'YIN "Ish chizmasini chizish tartibi"

Guruh bahosi Guruh xatosi To'g'ri javob Yakka xato Yakka baho Guruh ishidan chetlatish Harakatlar mazmuni

3 Format tanlanadi

7 O'q va markaz chiziqlari chiziladi

1 Tasvirlar soni aniqlanadi

2 Masshtab tanlanadi

4 Chizmaning ramkasi chiziladi

6 Chizma qog'ozida tasvirlarni joylashtirish uchun maydonlari ko'rib chiqiladi

5 Burchak shtampi uchun joy ajratiladi

10 Qirqim va kesim beriladi

12 Chiqarish va o'lcham chiziqlariga strelkalar qo'yib chiqiladi

11 G'adir-budurlik belgilari qo'yib chiqiladi

13 O'lcham sonlari yozib

chiqiladi

9 Hamma yordamchi va ortiqcha chiziqlar rezinkada o'chirib chiqiladi

15 Chizmaning asosiy yozuv grafigi to'ldiriladi

14 Texnikaviy talablar va boshqa tushuntirish tekstlari yoziladi

8 Ish chizmasi bajariladi

REFERENCES

[1] S.K.Bogolyubov "Texnikaviy chizmachilik kursi" Toshkent-1976.

[2] Yu.Qirg'izboyev,Z.Inog'omov,T.Rixsiboyev"Texnikaviy chizmachilik kursi" Toshkent-1987.

[3] Ishmuhammedova R.J. "Innovasion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari" Toshkent-2003.

[4] Azizxodjaeva N.N. "pedagogic texnologiya va pedagogic mahorat" Toshkent -2005.

[5] Самадов, А., & Носиров, Н. (2021). СПОСОБ ИЗВЛЕЧЕНИЯ ЦЕННЫХ КОМПОНЕНТОВ (ЗОЛОТО, СЕРЕБРО) ИЗ ХВОСТОВ ЗИФ. InterConf.

[6] Самадов, А., Носиров, Н., & Жалолов, Б. (2021). Изучение минералогический состав хвостов Чадакской зиф. InterConf.

[7] Samadov, A., Nosirov, N., Qosimova, M., Muzafarova, N., & Almalyk, B. (2021). PROCESSING OF LAYOUT TAILS OF GOLD-EXTRACTING FACTORIES. Збгрник наукових працъ SCIENTIA.

[8] Носиров, Н. И. (2021). РЕКОМЕНДУЕМАЯ СХЕМА ПЕРЕРАБОТКИ ХВОСТОВ ЧАДАКСКОЙ ЗОЛОТОИЗВЛЕКАТЕЛЬНЫХ ФАБРИК. Scientific progress, 1(6).

[9] Носиров, Н. И. (2021). Изучение Обогатимости Золотосодержащих Хвостов. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 11-16.

[10] Носиров, Н. И. (2021). ИССЛЕДОВАНИЙ СПОСОБОВ ИЗВЛЕЧЕНИЯ ЗОЛОТА И СЕРЕБРА ИЗ ХВОСТОВ ЗОЛОТОИЗВЛЕКАТЕЛЬНЫХ ФАБРИК. Scientific progress, 1(6).

[11] Nosirov, N. (2021). TAKING SAMPLES OF STRAIGHT TAILS OF THE TAILS OF THE GOLD EXTRACTION FACTORY. Зб1рник наукових працъ SCIENTIA.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.