Yangiboyev S.D. Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika ta'limyo'nalishi 2-bosqich talabasi
MUHAMMAD SODIQ QOSHG'ARIYNING PEDAGOGIK
QARASHLARI
Annotatsiya: maqolada "Sodiq" taxallusi bilan turk vafors tillarida g'azal, muhammas, ruboiy, masnaviy, qit'alar yaratgan, o^zida shaxs va uning tarbiyasini yolga qo^yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarini va pedagogik bilimlarini yarata olgan tarixchi, tilshunos, olim va adib Muhammad Sodiq Qoshq^ariyning talim tarbiyaga oid qarashlari, tasavvuf talimoti rivojiga qo\shgan hissasi hamdapedagogik qarashlari haqida mulohazayuritiladi.
Kalit so^zlar: Qoshg^ariy, talim-tarbiya va uning vazifalari, "Odob as-solihin" asari, ma^rifat, dunyoqarash.
Yangiboyev S.D.
2nd level student of Pedagogical Education
Faculty of Pedagogy Urganch State Pedagogical Institute
PEDAGOGICAL VIEWS OF MUHAMMAD SADIQ KASGHARI
Abstract. Historian, linguist, scientist who wrote ghazals, muhammas, rubai, masnavi, and poems in the Turkish and Persian languages under the pseudonym "Sadiq" in the article, and who was able to create his works and pedagogical knowledge reflecting the issues of the individual and his upbringing. and writer Muhammad Sadiq Kashqari's views on education, his contribution to the development of Sufism, and his pedagogical views are discussed.
Key words: Kashghari, education and its tasks, "Odob as-salihin", enlightenment, worldview.
Qoshgariy tomonidan yaratilgan Odob as-solihin asari muallifning ozi takidlab otkanidek, muqaddima 7 bobdan iborat bolib har bir bob ozida 4 faslni aks ettiradi. Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko'zda tutilgan maqsad borasida so'z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq - atvorga ega bo'lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g'oya - insonlarning ijobiy xulq atvorga ega bo'lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g'oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob - axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq - atvori bilan muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo'lmasa, nafaqat o'zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi.
Birinchi bob salomlashish, ko'rishish, qo'l olishish hamda ruxsat so'rash qoidalari to'g'risida ma'lumotlar berishga yo'naltirilgan bo'lib mazkur bob to'rt fasldan tashkil topgan. Ikkinchi faslda esa salomlashish odobining o'n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi.Mazkur o'rinda salom berish va alik olish masalasida bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan munozaraga nuqta qo'yilgan. Muallifning fikriga ko'ra, salom bermak sunnat, javobi farzu ayyondir. Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning e'tirof etishicha, salom quyidagi holatlarda quyidagi kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiqdir: ulug' kichikka, otliq piyodaga, yuruvchi o'ltirguvchiga, ozchilik ko'pchilikka, xonaga kirib keluvchi, xona ichkarisida o'tirgan kishilarga salom bergay ", deb ta'kidlar ekan, bir kishi ko'pchilik oldiga kirib kelganda, birinchi bo'lib salom berishi, ko'pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan salomga alik olishi joizligiga alohida e'tiborni qaratadi. Allomaning salomlashish odobi xususidagi fikrlari bilan tanishar ekanmiz, ta 'lim muassasalarida muallim sinf xonasi yoki auditoriyaga kirib kelganda, "Kim oldin salom berishi kerak?",degan muammoning yechimini topgandek bo'lamiz. Birinchi bobning uchinchi faslida berilgan muloqot (uchrashuv) odobiga oid tavsiyalar ham diqqatga sazovor. Bunda uchrashganda qo'l berib ko'rishish lekin qo'l uchi bilan emas, astoydil, biroq qo'lni silamay, ochiq yuz bilan ko'rishish odobi bayon etiladi. Quchoqlashib ko'rishish, safardan qaytgan kishi hamda yosh bolalar bilan ko'rishish, o'pib ko'rishish odoblari bayon etiladi. Uchinchi bobda suhbatlashish odobi borasida so'z yuritiladi. Asrlar o'tsa hamki bizgacha o tmishdan qon-qonimizgacha singan ilm va tarbiyaga oid bilimlar va insonni odob-axloqiga oid har xil qarashlar mavjud. Tarixdagi eng buyuk mutafakkir ulamolar tomonidan ta lim-tarbiyaga oid moddiy meroslar bor bo'lib, bu madaniy va moddiy meroslar pedagogika faniga borib taqaladi. Muhammad Sodiq Qoshg ariy ham o zining ta lim-tarbiyaga oid ilmi orqali sharq pedagogikasi tarixiga o'zining hissasini qo'shgan ulamolardan biri hisoblanadi. Mahmud Qoshg'ariy Bolasog'un shahrida dunyoga keladi. Uning to'liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammaddir. Mahmud Qoshg'ariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga qomuschi olim va tolmas sayyoh bo'lib tanildi. Mahmud Qoshg'ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ'ibotchisidir. U «arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o'zib borayotgan turk tilini» ko'klarga ko'taradi, uning o'ziga xos xususiyatlarini mahorat bilan ko'rsatib beradi. «Devon» sahifalari orqali tanishish ko'z oldimizda Mahmud Qoshg'ariyni geograf, botanik, zoolog, biolog, etnograf, tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarixchi olim sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun ham uni qomusiy olim deb ataymiz. Muhammad Sodiq haqida bizgacha juda oz malumot yetib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga malum bolgan "Odob as- solihin" asarining oziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi. Bizgacha uning "Zubdat al-masoyil" ("Masalalarning qaymogT'), ("Dur al-muzoxir") ("Ko'makdoshlarning durdonasi") hamda ("Tazkirai xojagon") ("Xojalar tazkirasi") nomli asarlari yetib kelgan.Ko'plab ilmga va pedagogikaga oid asarlar yaratish mavjud bo'lgan davrda Muhammad
Sodiq Qoshgariy tomonidan turkiy tilda ("Odob as- solihin") "Yaxshi kishilar odobi "Zubdat as- masoyil" nomli asarlar yaratildi. "Odob as- solihin" 5 marta, 1889 hamda 1901-yillarda Toshkent shahrida va 1892 hamda 1986-yillarda Istanbul shahrida qayta nashr etilgan. Mazkur asar nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g'oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi xulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada malumotlar berishga xizmat qiladi. ("Odob as solihin") asrida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson qatiy amal qilinishi zarur bo' lgan zohiriy va botiniy odob va axloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasida ijtimoiy hayotni yo'lga qo'yishdagi o'rni va roli borasida batafsil so'z yuritiladi. Muhammad Sodiq Bizga yaxshi ma'lumki, suhbatlashish odobi va uning shartlariga amal qilish ijtimoiy munosabatlarning mo'tadil kechishini ta'minlovchi asosiy va o'ta muhim aksariyat mualliflar tomonidan omillardan bir axloq - odob muammolariga bag'ishlangan hamda asarlar mazmunidan alohida o'rin olgan. "Odob as -solihin" asarida ham muallif suhbatlashish odobi va uning o'ziga xos jihatlari borasida batafsil so'z yuritadi. Mazkur o'rinda quyidagi fikrlar ilgari suriladi: uylanadigan yigit nikohdan oldin o'zi uylanmoqchi bo'lgan qizni ko'rmog'i, uylanadigan qizning bokira bo'lishi, shuningdek, to'rt narsa: umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va uch narsa: husn-u jamolda, xulq (odob)da hamda iffatda erdan yuqori bo'lishi zarurligi muallif tomonidan alohida ta'kidlanadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarning ahamiyati amaliy turmushda o'z isbotini topgan bo'lib, ularni bilish hamda mazkur fikrlarga amal qilish oilalarda tinchlik totuvlik, farovonlik va xotirjamlikning barqaror bo'lishini kafolatlovchi omillar bo'lib xizmat qiladi. Sodiq kasal holini so'rash, tashg'ariy " Odob as - solihin " asarida, ta'ziya va musibat odoblari haqida ham fikr yuritadi. Ushbu holatlarda amal qilinadigan qoidalar mohiyatidan xabardor bo'lish ham har bir kishi uchun foydadan holi bo'lmaydi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan yaratilgan " Odob as solihin " asari jamiyat a'zolari, shu jumladan, yoshlarning ma'naviy axloqiy jihatdan barkamol bo'lishlarida katta ahamiyatga ega. Mazkur asar har bir inson tomonidan o'rganilishi va kundalik turmushda qat'iy amal qilinishi zarur bo'lgan xulq odob qoidalarining majmui sanaladi. Shu bois Sharq pedagogikasi tarixida mazkur asar ham Unsurul-Maoliy Kaykovusning " Qobusnoma " asari kabi o'z o'rni va mavqeiga ega. Pedagogik deganda o'z navbatida ma'naviyat va ma'rifat tushunchalari ham ko'z ongimizda gavdalanadi. Ma'rifat - kishilarning ong -bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim -tarbiya, maorif hamdir. Nemis mumtoz falsafasining asoschilaridan biri Kant mazkur tushunchaning mazmun va mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. U o'zining «Ma'rifat nima? degan savolga javob» nomli maqolasida bayon qilishicha, ma'rifat inson shaxsini tarbiyalash, uning aqli, axloqi imkoniyatlaridan jamiyatning ilgarilama, ya'ni yuksaklik tomon taraqqiyoti manfaatlari yo'lida foydalanishdir. Jamiyat taraqqiyotini ma'rifatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bu so'z qadim zamonlardan
tortib, to XX asr boshlarigacha asosan bilim va ilm, uni egallash borasida amalga oshirilgan ta'lim-tarbiya jarayoni ma'nosida qo'llab kelingan. Dunyoqarash -insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to'g'risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o'zining undagi o'rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash insonning dunyoni va o'zini ma'lum ma'noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo'lishi jihatdan uning har qanday moddiy va ma'naviy faoliyatida o'z ifodasini topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy pedagogik qarashlari referat // O'zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1972. 4-5 sonlar.
2. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent, 1990. 256 bet.
3. Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Toshkent, 1991. 268 bet.
4. Ibrohim Haqqul. Tasavvuf saboqdari. Buxoro, 2000. 78 bet.
5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).