Научная статья на тему 'MUHAMMAD SODIQ QOSHG ‘ARIYNING MA ‘RIFIY-AXLOQIY QARASHLARI. EDUCATIONAL AND MORAL VIEWS OF MUHAMMAD SADIQ KASHGHARI'

MUHAMMAD SODIQ QOSHG ‘ARIYNING MA ‘RIFIY-AXLOQIY QARASHLARI. EDUCATIONAL AND MORAL VIEWS OF MUHAMMAD SADIQ KASHGHARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
13
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
odob-ahloq / asar / mustabid tuzum / adabiyot / tarix / jo‘g‘rofiya / toshbosma nusxalari.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nafasov D.Sh., Yangiboyev S.

Ushbu maqolada Muhammad Sodiq Qoshg’ariy (1740-1843) ning “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”) kitobidir. Mazkur asar kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo’lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Bu asar XIX asr boshlarida xalqimizning odob-ahloq me’yorlari va milliy qadriyatlarini o’zida mujassamlashtirgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD SODIQ QOSHG ‘ARIYNING MA ‘RIFIY-AXLOQIY QARASHLARI. EDUCATIONAL AND MORAL VIEWS OF MUHAMMAD SADIQ KASHGHARI»

Nafasov D.Sh.

Pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo 'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Yangiboyev S. Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika ta'limyo 'nalishi 2-bosqich talabasi

MUHAMMAD SODIQ QOSHG 'ARIYNING MA 'RIFIY-AXLOQIY QARASHLARI. EDUCATIONAL AND MORAL VIEWS OF MUHAMMAD SADIQ KASHGHARI

Annonatsiya. Ushbu maqoladaMuhammadSodiq Qoshg'ariy (1740-1843) ning "Odob as-solihin" ("Yaxshi kishilar odobi") kitobidir. Mazkur asar kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo'lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Bu asar XIX asr boshlarida xalqimizning odob-ahloq me'yorlari va milliy qadriyatlarini o'zida mujassamlashtirgan.

Kalit so'z: odob-ahloq, asar, mustabid tuzum, adabiyot, tarix, jo'g'rofiya, toshbosma nusxalari.

Nafasov D.Sh., doctor of philosophy (PhD) in pedagogical sciences

associate professor Head of the Department of Pedagogy

Yangiboyev S.

Faculty of Pedagogy 2nd level student of Pedagogical Education Urganch State Pedagogical Institute

EDUCATIONAL AND ETHICAL VIEWS OF MUHAMMAD SADIQ KOSGH ARI. EDUCATIONAL AND MORAL VIEWS OF MUHAMMAD

SADIQ KASHGHARI

Annotation. This article presents the book by Muhammad Sadiq Kashgari (1740-1843) "Odob al-Salihin" ("Manners of Good People"). This work is a set of lifestyle rules that we need to know every minute of our daily lives. This work embodies the moral norms and national values of our people at the beginning of the 19th century.

Key words: morals, labor, authoritarian regime, literature, history, geography, lithographs.

O'zbek xalqining turli an 'analariga boy, milliy qadriyatlari keng ma 'no va chuqur tarixga ega. Mustabid tuzum davrida toptalgan adriyatlarni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bugungi kunda odob-axloq va yoshlarni

tarbiyalashda qadriyatlarimizga oid manbalarni o 'rganish va hayotga tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shunday asarlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg 'ariy (1740-1843)ning "Odob as-solihin" ("Yaxshi kishilar odobi") kitobidir. Mazkur asar kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo 'lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Bu asar XIX asr boshlarida xalqimizning odob-ahloq me'yorlari va milliy qadriyatlarini o'zida mujassamlashtirgan. Olim 1740-yilda Qashg'arda tavallud topgan. U tarixchi, adabiyotshunos, mutafakkir olim, mutasavvuf shoir va tarjimon sifatida tanilgan. Qoshg'ariy boshlang'ich ta 'limni otasi Mulla Shoh A'lam Ohundan olgach Qashg'ardagi mashhur madrasada Xomidiydna ta 'lim olishni davom ettiradi. U erda arab, fors tillarini, matematika, adabiyot, tarix, jo'g'rofiya, va diniy bilimlarni mukammal egallab, zamonasining ko'zga ko'ringan olimi darajasiga erishadi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy hayoti davomida katta ilmiy meros qoldirgan.Manbalarda uning "Tazkira i Azizon" (Tazkirai Xo 'jagon), "Zubdat al-masoyil","Tazkira-i ashob al-kahf', "Tarixi Iskandar va Tojinoma-i shohi", "Odob as-solihim", "Qiyofat al-bashar", "Risola - i kasbdor", "Durr al-muzohir" kabi asarlari arab tilidan, "Tarixi Rashidiy" asarini esa fors tilidan turkiyga (uyg 'urchaga) tarjima qilgan. Muhammad Sodiq Qoshg 'ariy 1849 yilda vafot etgan. U Yusuf Xos Xojib maqbarasi yonidagi qabristonga (Qashg'arda) dafn etilgan. Olimning odob-axloqqa oid muhim pedagogik asari "Odob as-solihin" ("Solihlarning doblari") kitobidir. Asar turkiy tilda yozilgan bo'lib, muqaddima, yetti bob va xotimadan iborat. Har bir bob esa to'rt fasldan tashkil topgan.U "Zubdat almasoyil" nomli asar bilan bir jildda besh marta nashr etilgan: ikki marta Toshkentda (1889, 1901) va uch marta Istanbulda (1891, 1892, 1896). Hozirgi kunda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining fondida asarning ikkita qo 'lyozma (1343,1320 y ko 'chirilgan) va oltita toshbosma nusxalari saqlanmoqda.

O'zbek xalqining turli an 'analariga boy, milliy qadriyatlari keng ma 'no va chuqur tarixga ega. Mustabid tuzum davrida toptalgan qadriyatlarni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bugungi kunda odob-axloq va yoshlarni tarbiyalashda qadriyatlarimizga oid manbalarni o'rganish va hayotga tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shunday asarlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg'ariy (1740-1843)ning "Odob as-solihin" ("Yaxshi kishilar odobi") kitobidir. Mazkur asar kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo 'lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Bu asar XIX asr boshlarida xalqimizning odob-ahloq me'yorlari va milliy qadriyatlarini o 'zida mujassamlashtirgan. Olimning odob-axloqqa oid muhim pedagogik asari "Odob as-solihin" ("Solihlarning odoblari") kitobidir. Asar turkiy tilda yozilgan bo 'lib, muqaddima, etti bob va xotimadan iborat. Har bir bob esa to 'rt fasldan tashkil topgan. U " Zubdat almasoyil" nomli asar bilan bir jildda besh marta nashr etilgan: ikki marta Toshkentda (1889, 1901) va uch marta Istanbulda (1891, 1892, 1896). Hozirgi kunda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining fondida asarning ikkita qo'lyozma (1343, 1320 y ko 'chirilgan) va oltita

toshbosma nusxalari saqlanmoqda. "Odob as-solihin" asarining mundarijasi uning e 'tiborga loyiq axloqiy - tarbiyaviy asar ekanligini ko 'rsatadi. Asar muqaddima va 7 bobdan, har bir bobi 4 fasldan iborat bo'lib, alloma mazkur asarni yozishdan maqsadini quyidagicha bayon qilgan: "Tolibi soliqlar odobi zohiriy va odobi botiniyning bilib, unga amal qilmoqlari lozim keldi, toki bular ham talabu suluklaridin foyda topib, urug 'lar martabalariga yetkaylar....".Demak, muqaddimada asarning maqsadi ifoda etiladi, ya 'ni insonga yaxshi xulq egallashi zarurligi ta 'kidlanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa va yaxshi xulq bilan muaddab (odobli) va mukazzab (toza) bo 'lmasa, nafaqat o 'ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqadi, deydi va quyidagi masnaviyni keltiradi:

Beadab tanho na xudro dosht bad, Balki otash dar hama ofoq zar.

References:

1. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870 -1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

2. Do'stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

3. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

4. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

5. Ro'zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI.

Scientific progress, 1(6).

7. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.